kombinator o‘zgarish
deyiladi. Bunga
assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza
kabi hodisalar kiradi.
1. Assimilyatsiya
da tovushlardan biri ikkinchi bir tovushni o‘ziga aynan
yoki qisman o‘xshatib oladi. Masalan,
xat-ni – xatti
(o‘zakdagi
t
tovushi affiks
tarkibidagi
n
ni aynan o‘ziga o‘xshash tovush –
t
ga aylantiradi (yozilishi:
xatni
);
ish+ga – ishka
(bunda o‘zakdagi jarangsiz undosh
sh
affiks tarkibidagi jarangli
undosh
g
ni o‘ziga qisman o‘xshatadi, ya’ni jarangsiz
k
ga aylantiradi (yozilishi
ishga
). Shunga ko‘ra assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi:
a) to‘liq assimilyatsiya
so‘z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni
aynan o‘zi kabi tovushga aylantirishidir:
to‘k+gan=to‘kkan, yet+di=yetti,
chiq+gan = chiqqan, tuz+siz=tussiz
(yozilishi:
yetdi, sizni, chiqqan, tuzsiz)
. Bunda
tovushlar o‘zaro moslashadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |