O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


Tarkibidagi tuzning miqdori asosida tuproqlarning guruhlari



Download 0,99 Mb.
bet38/55
Sana06.01.2022
Hajmi0,99 Mb.
#323960
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Tarkibidagi tuzning miqdori asosida tuproqlarning guruhlari




Tuproqning sho‘rlanish darajasi

100 g tuproq tarkibida tuz miqdori, ( g hisobida

1

Chuchuk tuproq

0,1 dan kam

2

Juda kam sho‘rlangan

0,20 - 0,25

3

Oz sho‘rlangan

0,25 - 0,50

4

O‘rtacha sho‘rlangan

0,50 - 0,70

5

Kuchli sho‘rlangan

0, 71 - 2 va undan ko‘p

To‘plangan tuzning miqdori va tarqalishiga ko‘ra, sho‘rtob va sho‘rxok tuproqlar bo‘ladi.

Sho‘rtob tuproqlar - tuz tuproqning asosan pastki qatlamlarida to‘planadi. Ularning ustki qatlamlarida juda oz yoki bo‘lmasligi mumkin. Ammo, ustki qatlam tuzilmasining yopishqoqligi kuchli bo‘lganligidan qotib qolgan va yorilib ketganligi bilan tavsiflanadi. Bu ayniqsa, quruq dasht va yarim cho‘llarda ko‘proq kuzatiladi. Sho‘rxok tuproqlar - tarkibida 1-3 foizgacha tuz to‘plangan tuproqlar kiradi. Bunday tuproqlarda madaniy o‘simliklar rivojlana olmaydi.

Markaziy Osiyo hududlarida yog‘ingarchiliklar kam va issiq kuchli bo‘lganligi uchun ham sho‘rxok tuproqlar ko‘p bo‘lib, ular tarkibida natriy xlor, natriy sulfat, kalsiy xlor, magniy xlor, natriy karbonat va magniy karbonat tuzlari keng tarqalgan.

Tuproqning ortiqcha sho‘rlanishi o‘simliklar uchun (ayniqsa qishloq xo‘jalik ekinlari) ikki tomonlama zararli hisoblanadi. Birinchidan, tuzning ko‘payishi tuproq eritmasining osmotik bosimini oshiradi va ildizlarning suvni shimish tezligiga salbiy ta’sir etadi. Osmotik bosimi past bo‘lgan o‘simliklar bunday tuproqlardan suvni o‘zlashtira olmaydi. Ikkinchidan, tuproqda eruvchan tuzlarning ortiqcha to‘planishi o‘simliklarga zararli ta’sir etadi. Kuchsiz konsentratsiyalarda salbiy ta’sir etmaydigan tuzlar ham hujayralarda to‘planib, konsentratsiyasi yuqori bo‘lgandan keyin zaharli bo‘ladi. Bularga natriy xlor va natriy sulfat tuzlarini kiritish mumkin.

O‘simlikshunoslikda o‘simliklarning sho‘rga chidamlilik muammosini o‘rganish katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Tuproq sho‘rlanishining yildan-yilga oshib borishi qator qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan yuqori va sifatli hosil olishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Sho‘r tuproqlar issiq va quruq iqlimli zonalarda keng tarqalgan bo‘lib, yer sharidagi quruqlikning deyarli 25 % ni tashkil etadi.

O‘simliklar tuproqning sho‘rlanishi munosabatiga nisbatan ikkita asosiy guruhga galofitlar va glikofitlarga bo‘linadi. Sho‘rxok yerlarda o‘sadigan, o‘z ontogenezi jarayonida yashash sharoiti ta’sirida evolyusiya jarayonida paydo bo‘ladigan belgi va xossalari tufayli tuproqning yuqori darajada sho‘rxokligiga moslashgan o‘simliklar galofitlar deb ataladi .

Sho‘rxok bo‘lmagan sharoitda o‘sib, individual rivojlanish jarayonida sho‘rlanishga nisbatan kam moslashgan o‘simliklar glikofitlar deb ataladi, Chunki, evolyusiya jarayonida ularning yashash sharoiti bunday xususiyatni hosil qilishga qulaylik tug‘dirmagan. O‘simliklarning tuzga chidamliligi masalasi ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortadi. Bu masalani hal qilish o‘simliklarning tuzga chidamliligini va unga tuproq tarkibida ko‘p miqdorda bo‘ladigan suvda eriydigan tuzlarning ta’sirini aniqlashdan iborat.

Tuz miqdoriga va uning qatlamlarda tarqalishiga ko‘ra sho‘r tuproqlar sho‘rtob va sho‘rxok tuproqlarga bo‘linadi. Sho‘rtob tuproqlarda tuzlar tuproqning pastki qismlarida (80 sm) to‘planadi. Bu tipdagi tuproqlarda ularning ustki qavatida tuz bo‘lmasada, u strukturasiz bo‘lganligidan, namlantirilganida tuproqning yopishqoqligi kuchayib, o‘zidan suv va havoni o‘tkazmaydigan holatga keladi. Qurigan sho‘rtob tuproqlarning yer ustki qatlami qotib, ayrim bo‘laklarga bo‘linib ketganligi quruq dasht va yarim cho‘llarda kuzatiladi. Tarkibida 1-3% gacha tuz saqlagan tuproqlar sho‘rxok tuproqlar deyiladi. Sho‘rxok tuproqlarda madaniy o‘simliklar o‘sib rivojlanmaydi. O‘rta Osiyo sho‘rxok tuproqlarida Na Cl, Na2 SO4, Na2CO3, CaCl2, MgCl2 va MgCO3 tuzlari keng tarqalgan. Sho‘rxok tuproqlarda tuzlar tuproqning ustki qatlamlarida qattiq yoki yumshoq qavat bo‘lib to‘planadi .

Lavlagi va kungaboqar o‘simliklari pomidor, karam, piyoz va bodringga nisbatan sho‘rga ancha chidamli hisoblanadi. Mevali daraxtlardan jiyda, bodom, o‘rik, olxo‘ri va nok tarkibida 2-3% tuz saqlangan sho‘rxok tuproqlarda, tut va olma daraxtlari kuchli sho‘rlangan tuproqlarda (1,2 - 2% tuz) rivojlansa, maymunjon, Kavkaz xurmosi va ayniqsa janub xurmosi kam sho‘rlangan tuproqlarda o‘sadi.

Sho‘rga chidamlilik o‘simliklarning rivojlanish bosqichlariga ko‘ra o‘zgaruvchandir. Yosh o‘simliklar sho‘rga chidamsiz bo‘ladi, ayniqsa, gullash bosqichida o‘simliklarga tuz salbiy ta’sir etadi. Ular tuz ta’siriga sezgir bo‘lishi tufayli zaif o‘sadi, o‘simlik o‘sgan sari uning sho‘rga chidamliligi orta boradi.

Tuproqda tuzlarning ortiqcha to‘planishi ko‘pchilik madaniy o‘simliklar uchun zararli bo‘ladi. Sho‘rxok yerlarda galofitlar deb ataladigan sho‘rga chidamli o‘simliklar o‘sadi. Ular o‘zlarining bir qancha anatomik va fiziologik belgilari bilan boshqa o‘simliklardan farq qiladi.

Tuproqning ortiqcha sho‘r bo‘lishi o‘simliklar uchun ikki tomondan zararli hisoblanadi. Bir tomondan tuzlarning to‘planishi tuproq eritmasining osmotik bosimini oshiradi. Bu bosim ildizlarning shimish harakatiga to‘sqinlik qilib, o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishini qiyinlashtiradi.

Shu bilan birga tuproqda eruvchi tuzlarning ortiqcha to‘planishi, osmotik ta’sirdan tashqari, o‘simliklarga zaharli ta’sirini ham ko‘rsatadi. Hatto kuchsiz konsentratsiyalarda neytral bo‘lgan tuzlar ham quyuq konsentratsiyalarda zaharli bo‘ladi .

Ular fiziologik jarayonlarning normal borishini buzadi. Bunday tuzlarga misol qilib sho‘r tuproqlarda tarqalgan natriy sulfatni ko‘rsatish mumkin. Sho‘r tuproqlarda ko‘pincha muvozanatga kelgan eritmalar bo‘lsa ham, juda kuchli konsentratsiyada ularning zaharli ta’siri juda aniq bilinadi. Shu bilan birga har xil o‘simliklar bu ta’sirga turlicha chidamlilik qobiliyatiga egadir.

Madaniy o‘simliklar o‘rtasida chinakam galofitlar uchramaydi, (shuningdek, chinakam kserofitlar ham uchramaydi). Ular orasida ko‘proq yoki ozroq darajada chidamli shakllarni va o‘simliklarnigina farq qilishimiz mumkin. Masalan, g‘o‘za, beda, lavlagi, pomidor va tarvuzlarning sho‘rga chidamliligi yuqori bo‘lib, ular to‘qimalarida eruvchan tuzlarning bir qadar to‘planishiga chidaydilar. Yumshoq bug‘doylar qattiqlariga ko‘ra sho‘rga chidamliroq bo‘ladi. Zig‘ir, suli, grechixa, makkajo‘xori sho‘rga juda oz chidamli bo‘ladi. Bir xil ekin ichida sho‘rga ko‘proq va ozroq chidamli navlari bo‘lishi mumkin.

Tuproq sho‘rlanishi urug‘larning unib chiqishiga va yosh o‘simlikda ildiz tizimining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Hujayralarda tuzlarning to‘planishi protoplazmani zaharlab, sintetik jarayonlarni, shu jumladan fotosintez jadalligini va oqsillarning sintezini sekinlashtiradi. Hujayralarda asosan eruvchi uglevodlar, aminokislotalar va shunga o‘xshash birikmalar to‘planadi. Ularning to‘planishi natijasida hujayralar ichida osmotik bosim kuchayadi, natijada o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi. Tuproq xlorid va sulfat tuzlari bilan sho‘rlangan vaqtda modda almashinuv jarayoni o‘zgaradi. Masalan, sulfat tuzlari bilan sho‘rlangan vaqtda fotosintez juda sekinlashadi, ayni paytda nafas olish va ba’zi fermentlarning faolligi oshadi.

Tuproqlarning sho‘rlanishiga qarshi kurash eng muhim xalq xo‘jaligi vazifalaridan biri hisoblanadi. Cho‘kindi jinslardan tashkil topgan qatlamlar tuzlarning muhim manbai hisoblanadi. Yer osti suvlari cho‘kindi jinslar tuzini eritib, ular bilan boyiydi. Tegishli gidrogeologik sharoitlarda kapillyar ko‘tarilish va suvning yuza qatlamlariga sizib chiqishi ro‘y beradi.

Kapillyar suv bug‘lanib, tuzni yer yuzasida va tuproqning yuqori qatlamida qoldiradi. Tuzlar, shuningdek tog‘ jinslarini shamol uchirib kelishi hamda suv to‘planadigan maydonlar qatlamining yuvilishi natijasida ham paydo bo‘ladi. Tuzlarni yuza suvlar daryo havzalarining voha va delta zonalariga olib keladi. Bu erda ular bug‘lanish tufayli hosil bo‘ladi. Sug‘orish sharoitida beriladigan suv ko‘pincha sho‘rlanish manbai bo‘lishi mumkin.

Sho‘rlangan zax suvlarning yer yuzasiga yaqin bo‘lishi ularning yer ostiga sekin singishi hamda tuproq yuzasidan intensiv bug‘lanish ham tuproqning sho‘rlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumki, ko‘pchilik ekinlar uchun tuproqda xlorning 0,2% dan va tez eriydigan tuzlarning 0,3 % dan ko‘p bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishiga qarshi eng samarali kurash sho‘r yuvish hisoblanadi. O‘rta Osiyo rayonlarida 1,5 metr qalinlikdagi tuproqda 0,8-1,2% tuz bor bo‘lganda sho‘r yuvish amalga oshiriladi. Yuvish normalari odatda tuproqning bir metrlik yuqori qatlamida asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari faol ildiz hosil qiladigan doirada tuzsizlantirishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Ko‘pchilik olimlar sug‘orishning sho‘r yuvish rejimini qo‘llanishini, ya’ni, sho‘rlangan yerlarda etishmagan namga nisbatan sug‘orish normasini oshirishni, shuningdek, tuproqning sug‘orish oldidagi namligini uning to‘liq nam sig‘imiga nisbatan 75-75-85 foiz darajasida ushlab turish kerakligini, chunki, tez-tez sug‘orish tuproq eritmasining suyuqlashuviga olib kelishini ta’kidlashadi.

Lekin, ayrim tadqiqotchilar ko‘p norma bilan sug‘orish yerning meliorativ holatiga ta’sir qilishini ta’kidlashadi. Ular sho‘rlangan yerlarda tuproqning mo‘ljallangan qatlamda etishmagan namga nisbatan ortiq norma bilan sug‘orish ildiz joylashgan qatlamida tuzning birmuncha kamayishiga olib kelishini, lekin havo, oziq rejimi birmuncha yomonlashishiga sabab bo‘lishini va sizot suvlar sathining umumiy ko‘tarilishiga olib kelishini ta’kidlashgan.

Tuproq tarkibidagi tuzning miqdori 0,5 % dan oshganda o‘simliklarni ekish unchalik maqsadga muvofiq emas. Agar tuproq tarkibida tuzlar miqdori 0,2-0,5% atrofida bo‘lsa, madaniy o‘simliklarni ekish tavsiya qilinadi, lekin hosildorlik nisbatan past bo‘ladi. Bunday tuproqlar o‘rtacha sho‘rlangan bo‘ladi. Tuzlar miqdori 0,1-0,2% bo‘lsa, o‘simliklarni ekib ulardan yuqori hosil olish mumkin va bunday tuproqlar sho‘rlangan hisoblanmaydi.

G‘o‘za navlarining sho‘rga chidamliligiga tuproqning mexanik tarkibi, vegetatsiya davomida tuproqdagi namlik darajasi, iqlim, mikrorelef va boshqa omillar ta’sir qiladi.

O‘simliklarning sho‘rga chidamliligi ularning biologik xususiyatlariga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Ba’zi bir o‘simliklarda ularning sho‘rga chidamliligi yuqori, lekin mahsuldorligi past bo‘ladi, boshqalarida nisbatan yuqori bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi uchun o‘simliklarning sho‘rga nisbatan chidamliligi va ayni paytda mahsuldorligi ham yuqori bo‘lgan navlar qimmatbaho hisoblanadi. Tuproq tarkibidagi umumiy tuzlar miqdori 0,5% bo‘lganda g‘o‘zaning hosildorligi 10% ga, 0,9% bo‘lganda 50% ga pasaygan.

Tuproq sho‘rlanishi g‘o‘zada kechadigan fiziologik jarayonlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Sho‘rlangan tuproqlarda ionlar ildiz tizimi orqali o‘tib o‘simliklarning barcha organlariga tarqaladi va hujayralarda to‘planadi. Tuproq sho‘rlanish darajasining oshishi bilan o‘simlik organlariga kul elementlarining kirishi va to‘planishi kuchaygan.

G.V.Udovenko ma’lumotlariga qaraganda, ba’zi bir sho‘rga chidamli o‘simlik turlari tuproqdagi tuzlarni kamroq yutishi bilan xarakterlanadi. X.Amanov izlanishlariga qaraganda, tuproq sho‘rlanishi darajasining oshishi bilan g‘o‘zaning transpiratsiya jadalligi va suv sarflashi sekinlashgan. A.T.Krapivina esa tuproq sho‘rlanishining oshishi bilan barglardagi umumiy suv miqdori, hujayra shirasining osmotik bosimi va transpiratsiyaning oshishi, so‘rish kuchi va kunduzgi suv taqchilligining kamayishini kuzatgan.

G‘o‘zada suv almashinuvining jadalligi tuproq sho‘rlanishining sifatiga ham bog‘liq. Sulfatli sho‘rlangan tuproqlarda umumiy suv miqdori kamayadi, transpiratsiya jadalligi oshadi, bargning so‘rish kuchi, hujayra shirasining osmotik bosimi va protoplazmaning qovushqoqligi kamayadi.

Sho‘rlangan tuproqda o‘sadigan o‘simlik barglarining anatomik tuzilishlarida ham o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. Ko‘pchilik olimlarning fikriga qaraganda tuprog‘i sho‘rlangan sharoitlarda o‘sgan o‘simliklarda sukkulentlik belgilari paydo bo‘ladi. Bunda barglar qalinlashadi, epidermis hujayralarining sathi oshadi, ma’lum barg sathidagi ustitsalar soni kamayadi. Tuprog‘i sulfatli sho‘rlangan sharoitda g‘o‘za, g‘alla navlarida galokserofit belgilari paydo bo‘ladi, Ya’ni, epidermis hujayralarining o‘lchami kichiklashadi, ustitsalar soni oshadi. Hamda o‘tkazuvchi tizimlar yaxshi rivojlanadi.

Tuproq sho‘rlanishi o‘simliklarning o‘sish jarayonlariga ham ta’sir qilib, umumiy barg sathining kichrayishiga olib keladi. Bu xususiyat tuproq sho‘rlanishiga va unga nisbatan o‘simlik turi va navlarining chidamliligiga bog‘liq. Sho‘rlangan muhitda o‘simliklarda kechadigan fotosintez jadalligi sekinlashadi, o‘simliklarning umumiy fotosintetik faoliyati pasayadi.

Sho‘rlanish xloroplastlarning fotoximiyaviy faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada xlorofillar sintezi kamayadi. Ma’lumotlarga qaraganda, sho‘rlangan muhitdagi ionlar pigment-oqsil komplekslari FS I va FS II larning energetik faolligiga ham kuchli ta’sir qiladi. Natijada xloroplastlar strukturasida o‘zgarishlar paydo bo‘lib, fotosintetik mahsuldorlik pasayadi.

Sulfatli sho‘rlanish xloridli sho‘rlanishga qaraganda fotosintetik apparatning shakllanish va ishlashiga zaharli ta’sir qiladi. Sho‘rlangan sharoitda o‘sgan o‘simliklarda azot almashinuvi o‘zgaradi. Sho‘rlanish ta’sirida o‘simlik tarkibidagi DNK va RNK larning umumiy miqdori har xil darajada o‘zgargan. DNK miqdori yosh o‘simtalarda ko‘paygan, ba’zi holatlarda kamaygan, RNK miqdori esa kamaygan.

O‘simliklarda sho‘rlanishning ta’siri natijasida peroksidaza fermentining faolligi hamda gistaminlar miqdori oshganligi aniqlangan. Sho‘rlangan sharoitlarda o‘simlik organizmida ba’zi bir past molekulali metabolitlar to‘planadi va o‘simliklarni stress omillarning salbiy ta’siridan himoya vazifasini bajaradi. Bunday moddalar qatoriga yaxshi o‘rganilgan prolin ham kiradi.

O‘simliklarga tuzning salbiy ta’siri ularning maysalash bosqichlarida kuchli bo‘ladi. V.A.Novikovning ma’lumotlariga qaraganda, o‘simlik urug‘larining suvni shimishi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda urug‘dagi kolloidlarning bo‘rtishi hisobiga hosil bo‘lgan kuch orqali 1000 atm.ga yaqin kuch bilan suv shimiladi. Bu bosqichda urug‘ tomonidan 60% dan ko‘proq suv shimiladi. Bunda tuproqdagi tuzlar konsentratsiyasi salbiy ta’sir ko‘rsata olmaydi.

Qolgan 40% suvning shimilishi esa kolloidlarning bo‘rtish hisobiga emas, balki hujayra shirasining osmotik bosimi hisobiga amalga oshadi. Ba’zan tuzli eritmalarda urug‘larning unmasligiga sabab tashqi eritmaning gipertonik bo‘lishi hisoblanadi, natijada urug‘lar tashqi muhitdan etarli miqdorda suv ololmaydi va unuvchanlik qobiliyatini yo‘qotadi.

Urug‘larning unish tezligi, o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligi sho‘rlangan muhitlarda bevosita tuzlarning konsentratsiyasi bilan bog‘liq. Tuproq tarkibida tuzlar konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, o‘sish va rivojlanish shuncha sekin amalga oshadi.

Tabiatda har xil o‘simliklar sho‘rlikka turlicha chidash qobiliyatiga egadir. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun sho‘r tuproqlar zararli bo‘lsa ham, ayrim yovvoyi o‘simliklar bunday tuproqlarda yaxshiroq hayot kechiradi. Shu asosida o‘simliklar ikki guruhga ajratiladi: glikofitlar va galofitlar.




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish