Urug‘larning unib chiqishi uchun harorat darajalari, (0C).
O‘simliklarning nomi
|
Minimal
|
Optimal
|
Maksimal
|
Arpa, suli, bug‘doy
|
0-5
|
25-31
|
31-37
|
Kungaboqar
|
5-10
|
31-37
|
37-44
|
Makkajo‘xori
|
5-10
|
37-44
|
44-50
|
Oshqovoq
|
10-15
|
37-44
|
44-50
|
Qovun, bodring
|
15-18
|
31-37
|
45-50
|
G‘o‘za
|
10-12
|
25-35
|
40-46
|
Haroratning minimal va maksimal nuqtalarida o‘sish eng past darajada bo‘ladi yoki to‘xtaydi, lekin nobud bo‘lmaydi. O‘sishning to‘xtab qolishi uzoqqa cho‘zilganda o‘simlik kasallikka chalinishi yoki asta-sekin nobud bo‘lishi mumkin. Optimal harorat darajasi o‘sishning eng faol bo‘lishini ta’minlaydi.
O‘simliklar haroratga bo‘lgan munosabatlari asosida bir necha guruhga bo‘linadi: 1) issiqsevar o‘simliklar-minimal harorat darajasi 100C dan yuqori, optimal 30-400C atrofida, 2) sovuqqa chidamli o‘simliklar -minimal harorat 0 dan 5 0C va optimal-25-310C.
Lekin aytish lozimki, o‘sishni eng faol ta’minlaydigan fiziologik maqbul harorat hamma vaqt ham samarador bo‘lmaydi. Chunki, o‘sishning eng tez borishi doim ham sog‘lom va baquvvat o‘simlik olish degan gap emas. Aksincha, ko‘p organik moddalar sarf qilinishi natijasida o‘simliklar kuchsiz bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun ham o‘sishni ta’minlovchi sof fiziologik optimum o‘simlikning o‘sish va rivojlanishini eng baquvvat o‘simlik olishini ta’minlovchi garmonik optimumdan farq qiladi. Bu harorat darajasi fiziologik jarayonlarning bir tekisda faollanishi uchun sharoit yaratadi.
O‘simliklar yuqori harorat ta’siridan shikastlanganda, ularning o‘lishdan oldin hujayralari ichida bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlar o‘rtasidagi muvofiqlik buzilib, protoplazmani zaharlaydigan keraksiz moddalar vujudga keladi. V.F. Altergot va boshqa olimlarning fikricha, yuqori darajadagi harorat ta’sirida oqsillar parchalanishi tezlashadi, hujayralarni zaharlaydigan ammiak hosil bo‘ladi va to‘planadi. Sitoplazmaning mikrostrukturasiga salbiy ta’sir qilib, undagi oqsil, lipid birikmalar va plastidalar parchalanadi. Nafas olishda hosil bo‘lgan kimyoviy energiya samaradorligi keskin pasayadi va uning asosiy qismi tashqi muhitga issiqlik shaklida tarqaladi.
Issiqlikka chidamli o‘simliklar protoplazmasining qovushqoqligi va elastikligi yuqori bo‘ladi. Bunday o‘simliklarda bog‘langan suv miqdori ko‘p, oqsillari issiqqa chidamli bo‘lib, tezlikda koagulyasiyaga uchramaydi. Issiqlikka chidamli o‘simliklarning nafas olish jarayonida ko‘proq organik kislotalar hosil bo‘ladi va ular ammiak bilan reaksiyaga kirishib, asparagin, glutamin kabi aminokislotalar hosil bo‘ladi. Natijada erkin ammiak neytrallanib, o‘simliklarga zarar etkazmaydi.
RNK miqdori ko‘p bo‘lgan o‘simliklar ham issiqlikka chidamli bo‘ladi. Ko‘pchilik suv bilan yaxshi ta’minlangan mezofitlar taranspiratsiya jadalligini oshirish orqali kuchli issiqlik ta’siridan saqlanadi. Bu o‘simliklarning barg harorati havo haroratiga nisbatan 4-6 °C gacha past bo‘ladi.
Issiqlikka chidamli o‘simliklarning sitoplazma yopishqoqligi va elastikligi kuchli bo‘ladi. Bunday o‘simlik to‘qimalarida bog‘langan suv miqdori mezofit o‘simliklardagiga nisbatan bir necha marta ko‘p bo‘ladi.
N.A.Satarova ma’lumotlariga ko‘ra, o‘simlikning issiqlikka chidamli bo‘lishi uning tinim davrini o‘tkazgan haroratga bog‘liq. Masalan, lola piyozchasi tinim davrini +250C da o‘tkazsa, undan o‘sgan o‘simlik issiqlikka chidamli, tinim davrini +50C da o‘tkazgani esa issiqlikka chidamsiz bo‘ladi(5-jadval).
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |