O‘simliklar tarkibidagi bog‘langan va erkin suv miqdori
O‘simlik turi
|
Bog‘langan
|
Erkin
|
suv miqdori, %
|
Qizil bug‘doy(mezofit)
|
30,2
|
53,2
|
Kaktus(sukkulent)
|
67,7
|
26,2
|
Aloe (sukkulent)
|
70,0
|
25,0
|
Semezak (sukkulent)
|
56,0
|
36,0
|
G‘o‘za (mezofit)
|
15,5
|
73,7
|
Nashagul (mezofit)
|
8,8
|
75,1
|
YU.G. Molotkovskiy va I. M. Jestkovalarning ko‘rsatishicha, barg to‘qimalariga shakar eritmalarining (glyukoza, galaktoza, rafinaza) infiltratsiya qilinishi ularning issiqlikka chidamliligini oshiradi.
P.A. Genkelning takliflariga asosan urug‘larga ekishdan oldin kalsiy xlor tuzining 0,25 foizli eritmasi bilan 20 soat davomida ishlov berish ham o‘simliklarning issiqlikka chidamliligini oshiradi.
O‘simliklarning issiqqa chidamliligini oshirish maqsadida ularni mikroelementlarning tuzlari bilan ishlash ham tavsiya etiladi.
Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi a’zolarining professor J.X.Xo‘jaev rahbarligida olingan ma’lumotlariga ko‘ra, g‘o‘zaning gullash fazasida H3BO3 kislotaning 0,01 foiz va rux sulfat tuzining 0,05 foizli eritmalarini purkash ularning issiqlikka va qurg‘oqchilikka chidamliligini oshiradi. Natijada gullarning changlanishi ko‘payadi va hosildorlik 10-12 foizgacha ortadi. Tola va chigit sifati yaxshilanadi.
Haroratning o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan minimal darajadan past bo‘lishiularning zararlanishiga olib keladi. Shuning uchun ham o‘simliklarning yashashi ularning sovuqqa chidamli bo‘lishlariga bog‘liq bo‘ladi. Chidamlilik darajasi asosida barcha o‘simliklarni ikki guruhga bo‘lish mumkin: sovuqqa va o‘ta sovuqqa chidamli o‘simliklar.
Yer yuzasida yashaydigan o‘simliklar o‘zlari o‘sadigan muhitga qarab har xil past haroratlarda zararlanadlar. Masalan, uzoq Sibirda o‘suvchi o‘simliklar 60 °C sovuqqa ham chidamli bo‘lib, qishni o‘tkazish xususiyatiga ega. Masalan, asosan Markaziy Evropada ko‘plab o‘suvchi dastagul qishda gullash xususiyatiga ega. Shuningdek, yulduzo‘t ham qishda muzlashga chidamli bo‘lib, havo harorati oshgandan so‘ng o‘z hayot faoliyatlarini jadallashtirib yuboradi. Shuning bilan birgalikda ko‘pchilik issiqsevar janub o‘simliklari nisbatan past haroratda, ya’ni, 10 °C va undan past haroratda ham yashay olmaydilar. Masalan, kakao o‘simligi bir sutkada harorat 1-3 °C gacha bo‘lganda halok bo‘lishi mumkin.
Makkajo‘xori o‘simligi urug‘ining unib chiqishi va o‘simtalarining rivojlanishi uchun tuproq harorati 10 °C dan yuqori bo‘lishi lozim.
O‘simliklar o‘zlarining sovuqqa chidamliligi bo‘yicha ikkita guruhga bo‘linadi, ya’ni, sovuqqa chidamli va izg‘iringa chidamli o‘simliklar. Sovuqqa chidamli o‘simliklarga nisbatan past havo haroratiga chidamli, issiqsevar janub o‘simliklari mansub bo‘lsa, izg‘iringa yoki muzlashga chidamli o‘simliklar 0 °C haroratdan past haroratga ham chidamli turlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |