O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
bet21/56
Sana06.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#322587
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

1.Suvda yashaydigan o‘simliklar.

2.Quruqlikda yashaydigan o‘simliklar.

1.Gidrofitlar-suvda yashovchi o‘simliklar deb ataladi. Ular suv o‘simliklari hisoblanib, butunlay yoki bir qismi suvga botib yashaydi. Bu guruhga barcha suvo‘tlari (suv ayiqtovoni, nilfiya, lotos, elodeya, ryaska, xara, nitella valisneriya, g‘ichchak va boshqalar) kiradi. Suv o‘simliklarining yashash muhiti suv bo‘lganligi uchun ham xarakterli xususiyatlari ortiqcha suvning tanaga kirishdan saqlashga moslashgan. Suv o‘simliklari suzib yuruvchi sathining katta bo‘lishi, mexanik to‘qimalarning sust rivojlanganligi, vegetativ organlarining shilimshiq bo‘lishi, qoplag‘ich to‘qimalarning sust rivojlanganligi, suzuvchi barglarning ustki tomonida ko‘plab og‘izchalar joylashishi, barg mezofili ustunchasimon va bulutsimon to‘qimalarga ajralmaganligi, ildiz tizimining juda kuchsiz rivojlanganligi, ko‘proq vegetativ yo‘l bilan ko‘payishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Gidrofitlar suv yuzasida, suv ichida osilgan holda, suv ostida buyumlarga yopishib, ildiz va rizoidlar yordamida suv ostida o‘rnashib hayot kechiradi.

Suv qatlamlarida va ostida yashovchi o‘simliklarda og‘izchalar bo‘lmaydi. Ularga fotosintez uchun zarur bo‘lgan (qizil) yorug‘lik nurlarining hammasi etib bormaydi. Shuning uchun ham ularning xloroplastlarida xlorofillar bilan birgalikda, to‘lqin uzunligi qisqa 500-600 nm ga teng bo‘lgan nurlarni qabul qiluvchi qo‘shimcha pigmentlar-fikobilin (fikoeritrin va fikotsianinlar) ham bo‘ladi.

Suv o‘simliklarining to‘qimalarida juda ko‘p hujayralararo bo‘shliqlar bo‘lib, ular gazlar bilan to‘lib, yaxshi aerenximani hosil qiladi. Bunday o‘simliklar o‘z gavdasini suvda yaxshi saqlaydi.

Shuning uchun ham mexanik to‘qimalari yaxshi rivojlanmagan. O‘tkazuvchi naylari ham kam rivojlangan yoki butunlay bo‘lmaydi. Tanadagi epidermis qavati juda yupqa bo‘lib kutikula bo‘lmaydi, bo‘lsa ham juda yupqa bo‘lib, suv o‘tkazishga qarshilik qilmaydi. Osmotik bosim va hujayralarning so‘rish kuchi 1 atm.ga teng bo‘ladi. Metabolitik jarayonlar uchun zarur suvni butun gavdasi orqali shimib oladi. Bu o‘simliklarni suvdan chiqarib olsa, bir necha minut ichida hamma suvni yo‘qotadi va nobud bo‘ladi. Suv o‘simliklari tanasida hujayralararo bo‘shliqlarning bo‘lishi gaz almashinuvi jarayonlarini ham mo‘tadillashtiradi. Fotosintez jarayonida ularda kislorod to‘planadi va nafas olish uchun sarflanadi. Nafas olish jarayonida va ayniqsa kechki (qorong‘i) muddatlarda ko‘proq CO2 to‘planadi va ular yorug‘likda fotosintez uchun foydalaniladi.

Quruqlikda yashaydigan o‘simliklar namlik sharoitiga moslashishga ko‘ra 3 ta ekologik guruhga ajratiladi: gigrofitlar, mezofitlar, kserofitlar.


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish