O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
bet20/56
Sana06.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#322587
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Suv almashinuv evolyusiyasi. Evolyusiya davomida o‘simliklar tashqi muhitga moslashishi uchun ularda bir necha xil suv almashinuv tiplari paydo bo‘lgan.

Bunday tiplar ichida eng qadimgisi gidatofit suv almashinuvi hisoblanadi. Bunday suv almashinuv xili suv muhitida yashaydigan ko‘k- yashil va eukariot suvo‘tlariga xos. Bunday organizmlar o‘zining butun tana yuzasi orqali suvni osmotik yo‘l bilan yutadi, lekin o‘zlarining suv almashinuvini boshqarish xususiyatiga ega emas.

O‘simliklarning quruqlikka chiqishi munosabati bilan ularda suv almashinuvining poykilogidr tipi paydo bo‘lgan. Bunday suv almashinuv tuban o‘simliklar (lishayniklar) va ba’zi bir yuqori o‘simliklarga (mox va psilofit) xos. Bu o‘simliklarda suvning yutilishi to‘qimalarning gigroskopikligi natijasida amalga oshiriladi. Suvning o‘tkazilishi esa sodda tuzilishga ega bo‘lgan o‘tkazuvchi tizimlar orqali apoplast va simplast yo‘llari orqali amalga oshadi. Bu organizmlarda ham suv almashinuvi jarayonlari mustaqil boshqarilmaydi. Tanasidagi suvning miqdori tashqi muhitga bevosita bog‘liq. Qurg‘oqchilik sharoitida bu o‘simliklar ko‘p miqdorda suv yo‘qotadi va anabioz holatiga o‘tadilar.

Keyinchalik havoning sovushi va namlikning kamayishi natijasida o‘simliklar uchun yangi muhit paydo bo‘ladi. Natijada o‘simliklarda suv almashinuvining gomeogidr tipi paydo bo‘ladi. Bu ko‘pchilik yuqori o‘simliklarga xos. Bunda o‘simliklarda maxsus suv yutish uchun poyalar paydo bo‘ladi (paporotniksimonlar), ochiq va yopik urug‘li o‘simliklarda esa shakllangan ildiz sistemasi paydo bo‘ladi.

Qadimgi ochiq urug‘li o‘simliklarda traxeitlar hosil bo‘lsa, mayda urug‘li o‘simliklarda naylar sistemasi shakllanadi. Gomeogidr o‘simliklarda bug‘lanish faqat epidermis emas, balki ustitsa orqali ham amalga oshadi. Shuning uchun ham bu o‘simliklar o‘zlarining suv almashinuvini mustaqil boshqaradi.

O‘simliklarning suv almashinuv evolyusiyasini o‘rganish ular ontogenezida suvga bo‘lgan talabchan davrni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Bu davr o‘simliklarning erkaklik va urg‘ochilik gametalarining shakllanishi va urug‘lanish paytiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham bu davrda suvning yetishmasligi embrion xaltasining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada hosildorlik pasayadi, hosil sifati buziladi va ko‘pincha puch urug‘lar paydo bo‘ladi.

Umuman olganda, o‘simliklarning qurg‘oqchilikka moslashishida ikki xil yo‘l mavjud: 1) faol; 2) passiv. Passiv yo‘l poykilogidr o‘simliklarga xos bo‘lib, ularda suv almashinuvini boshqaruvchi organlar bo‘lmaydi. Moslanishning faol yo‘li gomeogidr o‘simliklarda kuzatiladi. Bunday o‘simliklar tashqi muhitning noqulay omillariga qarshilik ko‘rsatuvchi evolyusiya davomida paydo bo‘lgan moslanishlarga ega. Yuqoridagi moslanishlarga ildiz sistemasi, suv o‘tkazuvchi to‘qimalar, og‘izchalar, kutikula, hujayraning suvni saqlash qobiliyati va boshqa moslanishlarning paydo bo‘lishi kiradi.

Yer yuzida yashaydigan barcha o‘simliklar suvga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra ikki guruhga ajratiladi.




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish