O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Download 1,05 Mb.
bet40/56
Sana06.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#322587
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56
Bog'liq
Osimliklardagi turli omillarga chidamliligining eko-fiziologik usullari

Glikofitlar - sho‘rlikka chidamsiz o‘simliklar. Ularga ayrim yovvoyi va ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ekinlari kiradi. Madaniy ekinlar orasida sho‘rlikka chinakam chidamlilar bo‘lmaydi. Madaniy ekinlar sho‘rlikka chidamsiz o‘simliklar bo‘lib, faqat ularning turlari va navlari o‘rtasida nisbiy chidamlilik xususiyatlari mavjud. Ayrim kuzatishlarga qaraganda, g‘o‘za, beda, lavlagi, kungaboqar va tarvuzlar pomidor, karam. Bodring, zig‘ir, suli, grechixa va boshqalarga nisbatan sho‘rga chidamliroq bo‘ladi.

Galofitlar - tabiiy sharoitda sho‘r tuproqlarda (9 % hatto yuqori konsentratsiyada) yashashga moslashgan o‘simliklar. Yunoncha “galos” - tuz, “phyton” - o‘simlik ma’nosini bildiradi. Galofitlar tuzlarga bo‘lgan munosabatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: evgalofitlar, krinogalofitlar va glikogalofitlar.

Evgalofitlar - tanasida to‘z to‘plovchi. Sho‘rlikka eng chidamli o‘simliklar bo‘lib, ular hujayra shirasida ko‘p miqdorda tuz to‘plash qobiliyatiga egadir. Ularga qora sho‘ra, sho‘ra, olabo‘ta va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Ularning hujayralarida 7 -10 foizgacha to‘z to‘planishi mumkin. To‘plangan tuz hisobiga hujayra shirasining osmotik bosimi 100 - 200 atmosferagacha ko‘tariladi. Natijada ularning so‘rish kuchi juda yuqori bo‘ladi. Va sho‘rxok tuproqlar eritmasidan suvni bemalol shimib oladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklarning barglari qalin, etli bo‘lib, kserofitlik belgilari ko‘p.

Krinogalofitlar - tanasidan tuzni ajratib chiqaruvchilar. Ular tuzni shimib oladi, lekin to‘qimalari ichida to‘plamaydi. Organizmdagi ortiqcha tuzni barglarida joylashgan maxsus bezchalar orqali tashqi muhitga chiqaradilar. Tuzlarning chiqarilishi ion nasoslari yordamida amalga oshiriladi va ko‘p miqdorda suv transportida ishtirok etadi. Ko‘p miqdorda tuz to‘plangan barglarning to‘qimalari bilan ham tuzlarning bir qismi ajraladi. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘simliklarga kermek, jing‘il va jiyda misol bo‘ladi.

Glikogalofitlar - o‘rtacha va kam sho‘rlikka ega bo‘lgan tuproqlarda yashashga moslashgan. Ularning plazmolemma qavati tuzni o‘tkazmaydi, natijada o‘simlik to‘qimasida tuz to‘planmaydi. Ular hujayrasida yuqori osmotik bosimni fotosintez mahsulotlari (uglevodlar) hisobiga hosil qiladi va kuchli so‘rish qobiliyatiga asosan sho‘r tuproqlar eritmasidan suvni o‘zlashtiradi. Glikogalofitlarga shuvoq va har xil koxiyalar misol bo‘ladi.

Yuqorida ko‘rsatganimizdek, sho‘r tuproqlar ta’siridan madaniy o‘simliklar ko‘proq zararlanadi. Avvalo urug‘larning suvni shimib olib bo‘rtishiga, unib chiqishiga, yosh maysalarda ildiz tizimining o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Hujayralarda tuzlarning to‘planishi protoplazmani zaharlab, barcha sintetik jarayonlarni, fotosintez jadalligini va oqsillar sintezini sekinlashtiradi. Oqsillarning parchalanishidan ammiak ajralib chiqadi. Natijada to‘qimalarda ammiak to‘planib, ularni zaharlaydi. Sho‘r tuproqlarga moslashgan o‘simliklarda salbiy ta’sir darajasi birmuncha kam bo‘ladi.

Sho‘rlik ta’sirida g‘o‘za hujayralar biokalloidlarining fizik - kimyoviy xususiyatlari, modda almashinish jarayonlari o‘zgarib qolmay, o‘simlik organlarining, ayniqsa, barglarning morfologik va anatomik tuzilishida ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Sho‘r tuproqda o‘sgan g‘o‘za barglarining sathi kamayib, mezofill qavati qalinlashadi.

O‘simliklarning sho‘rlikka chidamliligi va hosildorligini oshirish maqsadida bir qancha usullar taklif etilgan:

- ekin maydonlaridagi tuproqlarni yuvish va tuzdan tozalash, buning uchun drenaj va zavurlardan keng foydalanish, erlarning melioratsiya holatini yaxshilash;

- ekin maydonlarining unumdorligini oshirish, buning uchun asosiy o‘g‘itlar bilan bir qatorda mikroo‘g‘itlardan foydalanish;

- o‘simliklarning xlorli sho‘rlikka chidamliligini oshirish maqsadida ekishdan oldin urug‘larga ishlov berish, buning uchun ularni osh tuzining 3-6 foizli eritmasida bir soat saqlab, keyin ularni 1,5 soat davomida yuvish va ekish (P.A. Genkel va boshqalar tavsiya etgan);

- sho‘rlikka nisbatan chidamli navlarni tanlash va ulardan foydalash;

- o‘simliklarni sulfat sho‘rlanishga chidamligini oshirish uchun urug‘larni ekishdan oldin magniy sulfat tuzining 0,25 foizli eritmasida bir kecha - kunduz ivitish va boshqalar.

G‘o‘zani sho‘r tuproqqa chidamli qilish uchun gullash oldidan uni yoki ayrim shoxlarini 1,2 va 2,4 % li natriy xlor eritmasiga botirib, 15 minut saqlanadi. Har 10 kun o‘tishi bilan ish yana ikki marta takrorlanadi. Shu usulda ishlangan g‘o‘za chigitlaridan o‘sgan o‘simlik sho‘rga chidamli bo‘libgina qolmay, balki hosil va uning sifati oshganligi aniqlangan(7-jadval).

7-jadval


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish