Xulosa .
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ochiq, urug’li o’simliklar bo’limi —
Gimnospermae
Yer yuzida keng tarqalgan ochiq urug’lilar — Gimnospermae va yopiq urug’li yoki gulli o’simliklar, Andiosperma (Anthophyta ) o’simliklar dunyosining qolgan hamma vakillaridan urug’ hosil qilishi bilan farq qiladi.
Urug’ nima va biologik jihatdan qanday ahamiyati bor, degan xakli savol tug’ilishi mumkin.
Maʼlumki barcha urug’li o’simliklar, ochiq urug’li yoki yopiq urug’li bo’lishidan qatʼiy nazar ularning urug’lari har xil sporali bo’ladi. Bu degan so’z, urug’larning sporasi har xil tipdagi mikro (erkak) va mega (urg’ochi) sporalardan iborat buladi. Birinchisidan erkak gametofit, ikkinchisidan urg’ochi gametofit vujudga keladi. Bunday qaraganda urug’li o’simliklar selaginella, polushnik, marsiliya va salviniya singari har xil sporali (urug’ xosil qilmaydigan) o’simliklardan deyarli farq qilmaydi. Lekin ular o’rtasida muhim farqlar kuzatiladi.
Hamma sporali o’simliklarda urug’lanish faqat suvli muhitda sodir bo’ladi. Urug’li o’simliklarni urug’lanishi uchun esa suvli muhitning bo’lishi shart emas. Urug’li o’simliklar jinsiy ko’payishi quruq muhitda xatto cho’lu biyobonda ham sodir bo’laveradi.
Yuksak urug’siz sporali o’simliklarda megosporalar megasporangiydan ajraladi, urug’li o’simliklarda esa pishib yetilgan megospora megosporangiy ichida qoladi va megosporangiy ichida urg’ochi gametofit taraqqiy etib urug’lanish jarayoni sodir bo’ladi. Bu yo’nalishdagi boshlang’ich qadamni ayrim har xil sporali o’simliklarda uchratish mumkin. Masalan, selaginellalarning ayrim turlarida megaspora megosporangiy ichida qolib, urug’lanishdan so’ng murtakning rivojlanishi, ayrim xollarda hatto yosh o’simlik vujudga kelishi undan ajralmaslik xollari ham kuzatiladi. Bizga qadar yetib kelmagan ayrim plaunsimonlar urug’li o’simliklarga shu jihatdan yanada yaqinrok turadi. Masalan, toshko’mir davrida uchraydigan miadesmiya (miadesmia) va lipidodendron (Lepidodeldron) larning megasporangiysi qayrilgan sporofillar qatlami bilan o’rab olingan. Bu ularning maksimal darajada yaqinligidan dalolat bersa-da, undan tubdan farq qiladi. Haqiqiy urug’ faqat ochiq urug’lilarda hosil bo’lgan. Urug’li plaunsimonlardan farqli ravishda, ochiq urug’li o’simliklarning megosporangiysi integument deb ataluvchi mahsus himoya qatlami bilan o’ralgan. U o’zining kelib chiqishi jihatdan miadesmiya va lepiden- dronlarning megosporangiysi o’ramidan tubdan farq qiladi. Megosporangiy uni o’rab turgan intugement bilan birga boshlang’ich urug’murtak yoki urug’ deb yuritiladi. Urug’lanishdan so’ng undan urug’ taraqqiy etadi. Shunday qilib megasporaning rivojlanishi huddi urg’ochi gametofit kabi megasporangiyning ichida shakllanadi.
Urug’murtak ichida urug’lanish jarayoni va pusht taraqqiy etadi. Bu jarayoiniig suvga bog’liq bo’lmagan holda sodir bo’lishi va uning avtonomik holatini taʼminlaydi. Rivojlanish jarayonida boshlang’ich urug’murtak yuksak o’simliklarning tarqalishi uchun yagona manba—urug’ga aylanadi.
Endi biror urug’ murtakniig tuzilishi to’g’risida bir qadar tuxtalib o’taylik. Аgar urug’murtakniig taraqqiy etishini kuzatsak unda megasporangiy juda mayda pa-renximatik hujayralardan tashkil topgan burtma sifatida vujudga keladi. Bu bo’rtma asta-sekin aylana shaklidagi nutseliusning ostki qismi bilan tutashgan integument bilan o’raladi. Lekin integument uni to’liq o’rab olmaydi, uning uchki qismida mikropile tirqish saklanib, bu mikrosporalarning o’tish yo’li hisoblanadi. Urug’murtak ko’rinar-ko’rinmas funikulus deb ataladigan ustuncha yordamida platseitaga birlashgan. Urug’murtakning integument qismidagi ustunchaga o’tadigan qismi yoki murtagining ostki qismi xalaza deb yuritiladi.
Shunday qilib urug’murtakdan urug’ vujudga keladi. Urug’ yetilgunga qadar ona o’simlik hisobiga yashaydi. Yetilgan urug’ uzilib yerga tushadi va maʼlum vaqt davomida tinim holatida qolishi mumkin. Qulay muhit sharoitida darxol unib chiqadi.
Urug’murtak o’sa boshlaydi. Mustaqil hayotga o’tgunga qadar urug’dagi jamg’arma oziq hisobidan yashaydi. O’sish davomida urug’ning po’sti yoriladi, urug’murtak ildiz poya va barg hosil qilib mustaqil hayot kechirish imkoniga ega o’simlikka aylanadi. Shunday qilib, urug’ning vujudga kelishi yuksak o’simliklar taraqqiyotida yangi progressiv pog’ona hisoblanadi.
Аrxegoniy o’simliklar orasida ochiq urug’lilar vegetativ va generativ organlarining nihoyatda murakkab tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Ularning poyasi yog’ochlangan daraxt va buta o’simlik. Kambiyning faoliyati tufayli ular ikkilamchi yug’onlashish xususiyatiga ega. Ochiq urug’lilar paleozoy erasi devon davrining ikkinchi yarmida paydo bo’lib, paleozoy erasining ikkinchi yarmi, karbon va perm davrlarida, mezozoyning birinchi yarmi trias — yura davrida ravnak topgan. Bo’r davridan boshlab, tabiatda sodir bolgan maʼlum o’zgarishlar tufayli ochiq urug’lilar so’na boshlaydi va ularning ko’pchilik qismi o’lib yo’q bo’lib ketadi. Lekin hozirgi paytda ularning bir qismi, xususan qubbalilar yer yuzida keng tar kalgan va o’simliklar olamining shakllanishida hamdainsonning xo’jalik faoliyatida muhim rol o’ynaydi.
Ochiq urug’lilarning 800 ga yaqin turi yer yuzining hamma qitʼalarida keng tarqalgan. Аyniksa shimoliy yarim sharlarda ochiq urug’li o’simliklardan tarkib topgan o’rmonlar million gektarlab maydonlarni egallaydi. Mazkur bo’lim uchta ajdodga bo’linadi.
Ochiq urug'li o'simliklar devon davrida paydo bo'lgan yuksak
o'simliklarning eng qadimgi guruhlaridan bo'lib, ular paleozoy va
mezozoy eralarida keng rivojlangan. Ular asosan Shimoliy yarim sharda tarqalgan.
Yer yuzida qarag'aytoifa o'simliklarning 700 ga yaqin
turi borligi aniqlangan. Bular uchun xaraktcrli belgilardan biri urug'
hosil qilishidir. Urug'ning o'zi urug'kurtakdan hosil bo'ladi. Urug'kurtak
esa shakli o'zgargan megasporangiydir. U megasporofilda ochiq holda
o'rnashgan. Magnoliyatoifa o'simliklarda esa urug'kurtak urug'chi
tugunchasining ichida joylashgan. Evolutsiya jarayonida mcgasporangiy
urug'kurtakka, mikrosporangiy changdonga, mikrosporalar esa changga
aylangan. Bu jihatdan qaraganda qarag'aytoifa o'simliklar har xil sporali
o'simliklar hisoblanadi. Qarag'aytoifalar hayotiy shakli jihatidan daraxt, buta va
ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o'simliklarning ildiz
sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. Qarag'aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri
ularda qubbalarning bo'lishidir. Qubbalar o'q, poya, qoplagich va tangacha
bargchalardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo'ltig'ida urug'kurtak yoki
changdonlar joylashgan. Shunga ko'ra ular changclonli va urug'kurtakli
qubbalarga ajratiladi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo'yicha qarag'aytoifalar 6 ta
ajdodga bo'linadi:
1. Urug'li qirqquloqsimonlar — Pteridospermae
2. Sagovniksimonlar — Cycadopsida
3. Bennettitsimonlar — Bennettitopsida
4. Gnetumsimonlar — Gnetopsida
5. Ginkgosimonlar — Ginkgoopsida
6. Qarag ‘aysimonlar — Pinopsida.
Yuqoridagi 6 ta ajdoddan birinchi va uchinchi ajdodlarning vakillari faqat qazilma
holda uchraydi. Qolgan ajdodlarning vakillari esa Yer yuzasida ancha keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |