Gnetumlar oilasi — Gnetaceae
Bu oilaning faqat ginetumlar (Gnetum) turkumi mavjud bo’lib, uning 40 ga yaqin turi Janubi-Sharqiy Osiyo, Аfrika va Janubiy Аmerikaning tropik o’rmonlarida keng tarqalgan.
Gnetum buta, daraxt va liana shaklidagi tashqi ko’rinishiga ko’ra ikki pallali yopiq, urug’lilarga o’xshash ikki uyli o’simlik. Changchili qubbalari o'rtasida qisqa o'q qo'shilib o'sib, kosachasimon shaklni hosil qilgan qoplag'ich barglardan iborat. Har bir mikrostrobilda bittadan mikrosporofill bo'ladi. Gnetum larning changlari shamol yordamida tarqaladi. Megastrobil urug'chi qubbalarining tashqi qoplami yumshoq etli, ichkisi esa qattiq bo'ladi. Urg'ochi gametofitda chang kelib tushgandan so'ng, tuxum hujayra hosil bo'ladi. Changchining chang nayi o'sib, nutsellus orqali urg'ochi gametofitga yetgandan so'ng, ikalla spermiy, sitoplazmaning ma’lum qismi urg'ochi gametofit bilan qo'shiladi. Shundan so'ng spermiyning bittasi tuxum hujayra bilan qo'shilib. Undan urug' hosil bo'ladi. Janubi-Sharqiy Osiyoda gnetum madaniylashtirilgan. Ularning qubbasi, yosh barglari, murtagi iste’mol qilinadi.
Strobillari velvichiya strobilasiga o’xshash, mikro va megasporofilli. Strobil markazida rudiment megasporangiy joylashgan. Urg’ochi gametofitning shakllanishi, changlanishi va urug’lanishi velvichiyadagidek. Urg’ochi gametofit ust tomondan etli qatlam bilan qoplangan.
Gnetumlar maʼlum darajadagi xo’jalik ahamiyatga ega. Ularning urug’i oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Ayrim tropik mamlakatlarda gnetumlarning po'stlog'idan tola olinadi.
Ba’zi turlaridan iste'mol qilinadigan moy olinadi. Gnctumlarning strobilasini tekshirish shuni ko'rsatdiki, ularning qadimgi ajdodlarida strobili 2 jinsli bo'lgan. Bunday 2 jinsli strobillar bennettitlarda ham bo'lgan. Shuning uchun gnetumnamolarni bennettitlardan kelib chiqqan degan fikrlar ham bor.
Urug’ppo’stloqlilarning ochiq urug’lilar sistemasidagi o’rni hozircha tuliq aniq emas. Hozirgi zamon botaniklariniig ko’pchiligi ularni bennetitlarga yakin degan xulosaga kelishgan. А. Taxtajyanning fikricha, urug’po’stloqlilar bilan bennetitlar yo’q bo’lib ketgan umumiy ajdodga ega. Balki ular urug’li paporotniklarning qadimgi ajdodlari bo’lsa ham ajab emas.
Xulosa:
Ochiq urug’li o’simliklar devon davrida paydo bo’lgan yuksak o’simliklarning eng qadimgi guruhlaridan bo’lib, ular paleozoy va mezazoy eralarida keng rivojlangan. Ular asosan Shimoliy yarimsharda tarqalgan. Yer yuzida qarag’aytoifa o’simliklarning 700 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Bular uchun xarakterli belgilardan biri urug’ hosil qilishidir. Urug’ning o’zi urug’kurtakdan hosil bo’ladi. Urug’kurtak esa shakli o’zgargan megasporangiydir. U megasporofilda ochiq holda o’rnashgan. Magnoliyatoifa o’simliklarda esa urug’kurtak urug’chi tugunchasining ichida joylashgan. Evolutsiya jarayonida megasporangiy urug’kurtakka,mikrosporangiy changdonga, mikrosporalar esa changga aylangan. Bu jihatdan qaraganda qarag’aytoifa o’simliklar har xil sporali o’simliklar hisoblanadi. Qarag’aytoifalar hayotiy shakli jihatidan daraxt, but ava ayrim lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o’simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan.
Qarag’aytoifalarga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir. Qubbalar o’q, poya, qoplagich va tangacha bargchalardan tashkil topgan. Tangacha burglar qo’ltig’ida urug’kurtak yoki changdonlar joylashgan. Shunga ko’ra ular changdonli va urug’kurtakli qubbalarga ajratiladi.
Ochiq urug’lilarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Ochiq urug’lilar juda kata maydonlarda Tayga o’rmonlarini hosil qiladi. Tayga o’rmonlarida o’ziga xos biotsenoz hosil bo’ladi. Natijada turli hayvonlar, hasharotlar, qushlar turlarini oziqlanishi va ko’payishi uchun sharoit vujudga keladi. O’rmonlar suv va tuproqni eroziyadan saqlaydi. Qurilish materiali hisoblanadi. Yog’ochsozlik sanoatining xom ashyo bazasidir.
Ingichka barglilardan viskoza, ipak, selluloza, balsam, smola, spirt, uksus kislotasi, oshlovchi moddasi olinadi. Sibir qarag’ayi urug’I tarkibida 79% gacha yog’ mavjud. Meditsina sanoatida vitaminlar, preparatlardan pinobin olinadi.
Xalq meditsinasida nerv kasallarini davolashda, tuberkulyoz, buyrak, siydik qopini, gemorroy kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Faqat yog’ochdan 20 mingdan ortiq turli material va modda olinadi. Bir kub metr yog’ochdan 1.5 ming m. sun’iy ipak yoki 600 ta trikotaj kostyum yoki 200 kg qog’oz olinadi. O’rmon boylik deb bejiz aytilmagan.
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar:
1. С.М.Мустафаев ,,Ботаника” (анатомия, морфология, систематика) Тошкент ,,Узбекистан” 2002. 333-358 стр.
2. O’.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov ,,Botanika” ( morfoligiya, anatomiya, sistematika, geobatanika) ,,Ta’lim nashriyoti” Toshkent-2010 148-149 bet
3. A.Matkarimova, T.Maxkamov, M.Maxmudova, Xamidjon Azizov, G.Vaisova ,,Botanika’’
4. www.arxiv.uz
5. www.ziyo.uz elektron kutubxonasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |