Mehnat turlarining klassifikasiyasi. Jamiyatning har bir rivojlanish bosqichida, uning ijtimoiy-iqtisodiy darajasiga ko'ra, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog'liq xolda yangi mehnat faoliyati turlarining paydo bo‘lishi, eskilarining yo'qolishi kuzatiladi. Bu jarayon mehnat subyektining xarakteristikasi va faoliyat komponentlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, inson resurslarining soni, ulaming dunyoqarashi, ma’lumot saviyasi, darajasi, mehnat vazifalarining mazmuni, ish yuklamasining turi, mehnat vositalarining o‘zgarishi, ishni tashkil etish va sharoitlaming xususiyatlari.
Mehnat faoliyatining turli xarakteristikalari uning turli klassifi- kasion ko'rsatkichlarga ko'ra tizimlashtirishga olib keladi. Bunga misol sifatida bunday tasnifning bir ko‘rinishini keltirish mumkin.
Mehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va mehnat vazifa- larini bajarishiga ko'ra: jismoniy va aqliy mehnat.
Mehnat vazifalarining xarakteristikasi, ish ko'lami, mehnat jarayonining tashkil etilishiga ko'ra aqliy mehnat ushbu turlarga bo'iinadi:
Operativ (boshqaruvchi);
Operatorli (texnika bilan information bog'lanishli);
Ijodiy (an’anaviy — dars berish, davolash; noan’anaviy — ilmiy ish, adabiy, musiqiy asarlami yozish);
Evristik (kashfiyot);
Dinamik va statik;
Bir xil (monoton) va har xil (mazmuni, tempiga ko'ra).
Mehnat sharoitlarining xususiyatlariga ko'ra qulay sharoitli (mehnat sharoitlarida gigiycnik talablar norma darajasida bo'lishi), noxush va noqulay ish sharoitlari (bosimning ko'tarilishi — g'awos- larning ishi, past harorat — qutbda ishlaydiganlar, ma’lumotlar oqimining juda ko'p bo'Iishi — dispetcherlik xizmati).
Faoliyat tashkil etish shakliga ko'ra:
Reglamentli (ma’lum kun tartibi bilan);
Reglamentlanmagan (erkin kun tartibi bilan);
Aralash (smenali, vaxta);
Individual va jamoaviy (hamkorlikdagi).
Hamkorlikdagi faoliyat bu umumiy motivlar va faoliyat maqsadi asosida mehnat egalarining olib boradigan ish faoliyatlari hisoblanadi. Hamkorlikdagi faoliyat psixologik tizimida ushbu tarkibiy jihatlar: umumiy maqsad, aniq vazifalar, umumiy motiv, hamkorlikdagi harakat va umumiy natija bo'ladi. Hamkorlikdagi faoliyatning umumiy belgilari va uning subyekti o'zaro bog'liqdir.
Asosiy tushuncha va atamalar
Mehnat psixologiyasi; mehnat; kasb; mehnat subyekti; professio- grafiya; professiogramma; psixogramma; mutaxasislik; ish jarayonini kuzatish; xronometraj; biografik metod; professionalizaasiya; iqtisodiy psixologiya, mutaxassislik.
Rezyume
Xulosa qilib aytganda psixologiya va mehnat orasidagi o'zaro bog‘liqlik, awalo, mehnat faoliyati psixologiyasining asosiy vazifalari tahlilida namoyon bo‘ladi. Mehnat, kasb, mutaxassislik esa, torn ma’noda mehnatning psixologik mazmunini belgilab beradi. Qator mehnat faoliyatini o‘rganish metodlari orqali, jumladan, professio- grafiya usuli yordamida shaxsning professiogrammasini tuzish mumkin. Shu bois, mehnat faoliyatining klassifikasiyasiga tayanib fanda kasblar klassifikasiyasini ajratish mumkin.
T) Bob yuzasidan savoi va topshiriqlar
Mehnat psixologiyasi va mehnat faoliyati psixologiyasi deganda nimalami tushunasiz?
Mehnat faoliyati psixologii^^^i^ing asosiy vazifalarini qanday boholaysiz?
Mehnat vazifalarining samarali amalga oshishi qanday omillarga bog'liq?
Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi ni- malardan iborat?
Mehnatning psixologik mazmuni deganda e’tibor nimalarga qaratiladi?
Mehnat faoliyatini o‘rganuvchi qanday metodlar mavjud?
Professiografiya metodi shaxsdagi qanday xususiyatlami aniqlaydi?
Professsi^opramma qanday tamoyillaxga ko‘ra tuziladi?
Mehnat egasining ish yuklamasi xususiyati va mehnat vazifalarini bajarishiga ko‘ra qanday turlarga bo'linadi?
Kasblar klassifikasiyasi tushunchasini qanday izohlaysiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |