O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. Umarov psixologiya



Download 1,62 Mb.
bet47/65
Sana01.02.2023
Hajmi1,62 Mb.
#906632
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

Suhbatdoshga samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbat- doshni o‘ziga jalb qilib, balki, keyin navbat kelganda, o‘zining har bir so‘ziga uni ham ko‘ndirishning samarali yo‘lidir.

  • О‘y chan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasawur qoldirish orqali o‘zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish yo'li.

    Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o‘z-o‘ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko'pchilik tasawur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo'lishidagi ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ithomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g‘oyalaming shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma’ruzachi professoming har bir chiqishi va ma’ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik mu- loqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
    Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning o'zaro faol ta’siri uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlarni samarali muloqotga ataylab o'rgatishga juda katta e’tibor beriladi. Bu boradagi fanning o‘z uslubi bo'lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT — muloqot jarayoniga odamlarni psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalami maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
    Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko'rinishi bo‘lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo'ladigan kommunikativ malaka, ko'nikma va bilimlarni hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo‘l-yo‘riqlarini birgalikda topish, katta auditoriya oldida so'zlashga o'rgatish, majlislar o‘tkazish, janjalli, nizoli holatlarda o'zini to'g'ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlami tu- shunish, o'zini o‘zga o'miga qo‘ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o‘zinikini uyg‘unlashtira olish g'oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o'yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.

  • Asosiy atama va tushunchalar
    Shaxs, o‘zligini anglash; ta’sirga beriluvchanlik; konformizm, nokorformizm, ta’sir ko‘rsatish madaniyati; shaxs e’tiqodi, xulq normalari, ijtimoiy norma, ijtimoiy sanksiyalar, ijtimoiy rollar, ijtimoiy ta’sir, muomala, psixologik ta’sir, verbal ta’sir, paralingvistik ta’sir, noverbal ta’sir, ta’siming tashabbuskori, ta’sirning adresati, insoniy munosabatlar psixologiyasi, o‘zaro munosabatlar, samarali ta’sir, sha.xslararo muomala, bir-birini tushunish, ijtimoiy tajriba, muloqot, kommunikativ uquvsizlik, diskommunikasiya holati, ijtimoiylashuv jarayoni, faol muloqotning paradoksal tomoni, tinglash mahorati, professional tinglash texnikasi.
    Rezyume
    Shaxsga xos xulq normalari ijtimoiy kutishlar va sanksiyalar tufayli yuzaga kelib, bu uning ijtimoiy rollami bajarish shart-sharoitlarida namoyon bo‘ladi. Shaxs dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartiruvchi kuchlar sifatida esa, bugungi kun psixologiya fani dunyoqarash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlaming ma’lumotlilik darajasi, oila, ota- onalar savodxonligi, bobolar va momolar, hamda ijtimoiy ustanovkalar kabi alohida ahamiyatga molik ijtimoiy omillar ketma-ketligini ajratib ko‘rsatadi.
    Insoniy munosabatlar psixologiyasi deganda, bu awalo, o‘zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlaming bundan ko‘zlaydigan asosiy maqsadlari majmuasi tushuniladi. 0‘zgalarga samarali ta’sir eta olishga bo4gan intilishi esa, muloqotning tuzilmaviy tomonlarini tadqiq etishni shakllantiradi. Shu bois, ushbu yo'nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarda muloqotning kommunikativ tomonini ma’lumotlar almashinuv jarayoni sifatida baholangan. Uning interaktiv hamda perseptiv tomonlari esa idrok qilishning persepsiya mexanizmlarini o‘rganishni taqozo etadi.

    Download 1,62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   65




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish