O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi b. M. Umarov psixologiya



Download 1,62 Mb.
bet28/65
Sana01.02.2023
Hajmi1,62 Mb.
#906632
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65
Bog'liq
Psixologiya (B.Umarov)

,,Zig-zak“ metodi
Zigzak siniq chiziq. ilonizi, egri-bugri ma’nolarini anglatadi.
Ta’limda zigzak metodining mohiyati bir guruh tomonidan o'rganib bo'lingan o'quv materialining, hali uni o'rganmagan boshqa guruhga taqdim etilishidan iborat.
,,Zig-zak“ usulining bir muncha afzalliklari bor. Xususan, ushbu usulni qo'llash orqali talabalar jamoa bo'lib ishlash ko'nikmasini hosil qiiadi va mavzuni o‘zlashtirishga ketadigan vaqt tejalib, qisqa vaqtda katta materialning o'zlashtirishiga erishiladi. Ushbu usulning ketma-ketligi quyidagicha amalga oshiriladi:

  • talabalar odatdagidek, bir qancha guruhlarga bo‘linadi;

  • har bir guruhga mavzu bo'yicha bitta savol tarqatiladi (savollar guruhdagi har bir ishtirokchiga bittadan berilishi lozim);

  • guruh a’zolari shu tarqatilgan savolni belgilangan vaqtda o'rganib oladilar;

  • har bir guruhga etakchi saylanadi va ular tarqatilgan matnni o'rganishda, ulaming mohiyatini teran tushunishda shu guruhda etakchilik qiiadi;

  • lideming fikri guruh a’zolari tomonidan to'ldirilishi, qo'shim- chalar va o'zgartirishlar kiritilishi mumkin;

  • matnlar guruhda to'liq o'rganilib bo'lganidan keyin ular guruhlararo almashtiriladilar;

  • endi ushbu guruhlarda yangi savollar o'rganiladi;

  • bu savollar ham o'rganilib bo'lingach, ular yana almashtiriladi;

  • guruhlarda barcha savollar o'rganilgancha ushbu jarayonlar takrorlanadi;

  • bir-birining bilimini baholash va o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruhlar bir-biriga ketma-ket ravishda savol berib boriladi;

  • savol qaysi guruhga tashlangan bo'lsa, birinchi shu guruh a’zolari javob berishlari mumkin, boshqa guruh a’zolari qo'shimcha qilib borishga haqli.

Ushbu usulning „Aqliy hujum“ usuliga nisbatan farqi, bu erda talabalaming bilimlari baholanadi.
Mazkur usulni o'rganish uchun talabalar 3 guruhga yoki 6 guruhga bo'linadilar. Chunki mavzu 3 ta savolga bo’lingan.
Davra suhbati" metodi
Davra suhbatida ma’ruzachi o'qituvchi bosh tashkilotchi bo'lib qoladi. Davra suhbatlari ko'pincha talaba-o'quvchilarga tanish yoki yaqin mavzularda o'tkaziladi. Davra suhbati mavzulari, rejalari, savollari talaba-o'quvchilarga awaldan bir necha kun oldin tarqatiladi.
Talaba-o'quvchilar uchun mustaqil tayyorgarlik ko'rishga, ulami bir-birlari bilan awaldan o‘zaro fikr almashishga, kutubxona, inter- netdan ayrim ma’lumotlami to‘plash, qayta ishlash, kichik matn tuzish imkoniyati yaratiladi. Davra suhbatining afzalligi shundaki, har bir talaba-o'quvchi individual tayyorgarlik ko'radi. Har ikki tomon dav- rani o'tkazishga tayyorgarlik bilan keladi. Suhbatni o‘qituvchi, goho lider talaba-o'quvchi olib borishi mumkin.
Davra suhbatlari oldindan dasturlangan dars jadvali asosida olib boriiishi mumkin.
Davra suhbatining yana bir afzalligi shundaki, har bir talaba- o'quvchi o'z bilimini, og'zaki nutqini, shaxsiy fikrini emin-erkin namoyish etishiga muhit yaratiladi. Talaba-o'quvchi va o'qituvchining shaxsiy ma’suliyati oshadi, ham o'qish, ham o'rgatish yonma-yon davom etadi. Materialni o'qish, o'rganish, o'zaro fikr almashishga, o'zlashtirishga motiv oshadi. Bilimni olish, uning o'zlashtirilishi kafolatlanadi.
Mojaro" metodi
Bu metod amaliy mashg'ulotlar uchun qulay. Odatdan tashqari, hattoki favquloddagi vaziyatlarda qilinadigan hatti-harakatlarni talabalarga o'rgatish maqsadida bu metoddan foydalaniladi. Masalan, tug'ayotgan sigiming buzog'i teskafi keldi, yurak to'xtash arafasida nima chora ko'rish kerak va hokazo. Bunday muammolami hal qilish yo'llarini o'rganishda mojaro metodidan foydalanilsa, talaba- o'quvchilaming fikrlari faollashib qisqa vaqt ichida to'g'ri qaror qabul qilish, ishni to'la, tez va chaqqon bajarish sifatlari shakllanadi.
Munozara metodi
Disput — bu ikki yoki ko'proq kishilaming keskin chegaralangan qoidalar doirasida og'zaki olib boriladigan bahsi, munozarasi, masala talashuvidir. Disput mavzusi tayyorgarlik ko'rish uchun o'tkazishdan oldin talaba-o'quvchilarga ma’lum qilinadi.
Talaba-o'quvchilarga bilim berishga mo'ljallangan disputda kamida bitta rais va ikki guruhning har biridan bir nafardan so'zlovchi qatnashadi. Disputni ochuvchi birinchi talaba qo'yilgan taklifni ma'qullab chiqsa, ikkinchisi unga qarshi chiqadi, ya’ni opponent bo'ladi.
So'zlovchilarga 10 minutdan, har ikki guruhdan ikkitadan ortiq bo‘lmagan qo‘shimcha qilishga chiqadigan talabalaming har biriga 5 minutdan vaqt beriladi. Ikki marta so‘zga chiqishga ruxsat etilmaydi. So'zga chiquvchilaming barchasi raisga murojaat etishadi va uning qarori qat’iy bo‘lib, disputning mavzudan chetga chiqib ketmasligini nazorat qiladi.

Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish