barcha sheriklarini bir-ikki marta qo‘yiladigan ballardan mahrum etib, o‘sha mavzuni qayta ishlab darsdan keyin topshiradigan qilish kifoya. 0‘qituvchining uy vazifasini nega tayyorlamay kelding deyishi bilan bu gapni kichik guruh talabalarining jamoa bo‘lib norozi ohangda sheriklariga aytishi orasida juda katta tarbiyaviy farq bor.
Darsning mustaqil ishlash qismida barcha kichik guruhlarga bir xil muammo (masala)ni sust o'qiydigan talab;a-o‘quvchilarga o'rgatishlari so'raladi. Chunki berilgan topshiriq tipidagi muammo (masala)lar darsning asosiy qismida o‘qituvchi va talaba-o‘quvchilar hamkorligida o‘rganilgan bo‘ladi.
Bitta kichik guruhga kirgan talaba-o'quvchilar auditoriyaning ma'lum qismidagi ketma-ket qo‘yilgan partalarda birgalikda, sardor esa orqadagi partaning o‘qituvchi borib yordam ko‘rsatishi va o'zining kelib o‘qituvchidan yoki boshqa kichik guruh sardoridan yordam olishi uchun qulay qismida o‘tiradi. Ikkita parta bir-biriga qaratib qo‘yilsa talaba-o'quvchilaming hamkorlikda ishlashlari uchun yanada qulay bo‘ladi. Sardoming amaliy mashg'ulot paytida auditoriya bo‘ylab erkin harakatlanib, o'qituvchi va boshqa sardorlar bilan hamkorlikda vu- judga kelgan tushunmovchilikni hal qilish bo‘yicha muloqotda bo‘- lishiga ruxsat etiladi. Biroq, o‘qituvchi huzuriga birdaniga bir nechta emas faqat bitta sardoming kelishiga yo‘l qo‘yiladi.
Bir kichik guruh qo‘yilgan muammoni (masalani) hal etgach, uning to‘g‘riligini o'qituvchi tomonidan tekshirilib, sardorga sheriklariga o'rgatish taklif qilinadi. Uning o'rgatishi jarayonida masalani yecha olmagan guruhchalaming sardorlari ham shu guruhga kelib qo‘shiladi, so‘ngra o‘zlarining guruhlariga qaytishib sheriklariga o‘rgatishadi.
„
Ajurali arra “ metodi
Ajur fransuzcha ,,ajour“ so‘zidan olingan bo‘lib, „bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, ikki tomoni ochiq“ degan ma’noni anglatadi.
Bu metoddan foydalanish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
talaba-o'quvchilardan 4-5 kishilik kichik guruhlar tashkil etiladi;
talaba-o‘quvchilarga beriladigan topshiriq va ulami bajarishda foydalaniladigan matnli materiallar bir nechta asosiy qismlar (ma- salan, reja asosida bir nechta mavzuchaiar)ga qirqiladi;
mavzuchalar va ularga doir matnli materiallar paketi kichik guruhlaming har bir a’zosiga tarqatiladi;
kichik guruh a’zolari matnli materiallardan foydalanib topshi- riqni bajarishga kirishadilar;
kichik guruhlaming yaxshi o'zlashtiruvchi a’zolaridan ekspert guruhi tashkil etiladi;
ekspert guruhi a’zolari qo^laridagi topshiriqlami hamkorlikda muhokama qilishib, boshqalarga o'rgatish rejasini egallashadilar;
ekspertlar o'zlarining dastlabki kichik guruhlariga qaytishib o‘rganganlarini boshqa sheriklariga o‘rgatishadi.
0‘qitishga bunday yondashilganda talaba-o‘quvchilaming hamkorlikda ishlashlariga va katta hajmdagi o'quv materiallarining o‘zlash- tirilishiga erishiladi.
Bu metoddan foydalanuvchi pedagog talaba-o’quvchilarga taqdim etilgan topshiriqni bajarishga doir materiallami qunt bilan o'rganishni, birgalikda muhokama etishni, savol-javob qilishni, o'rganganlarini boshqalarga o'rgatishlari zarurligini oldindan aytadi.
„
Sinektika“ metodi
Bu metod amaliy, seminarlar va laboratoriya mashg'ulotlari uchun qulay bo'lib, „aqliy hujum“ metodiga yaqin. Bunda talaba darsda qo‘- yilgan muammoni hal qilish yuzasidan analogiyaga asoslangan holda o‘z fikrlarini, qarashlarini olg'a suradi. Bunda analogiya bevosita. shaxsiy, ramziy va xayoliy bo‘lishi mumkin.
„
Dumaloq stol“ metodi
Bu metod amaliy mashg'ulot uchun qulay. Bunda o'qituvchi tomonidan bitta savol yozilgan varaq kichik guruhga taqdim etiladi. Talabalar o'zlarining ismi-shariflari va savolga javoblarini yozib, va- raqni yonidagi talabaga uzatadi. Shu tariqa yozilgan javoblar yig'ishtirib olinib, talabalar ishtirokida noto'g'rilari o‘chirib chiqiladi va nati- jalar baholanadi.
„
Ruchka stol ustida“ metodi
Bu metod amaliy mashg'ulot uchun qulay. Savolga o‘zining javob variantini yozgan kichik guruhdagi talaba ruchkasini stol ustiga qo'yib varaqni yonidagi sherigiga uzatadi. Savolga javob yoza olmagan talaba ruchkasini stolga qo'ymaydi. Bir nechta kichik guruhlardagi talabalaming qo‘yilgan bir xil savolga javoblari yig'ishtirib olinib birgalikda muhokama qilinadi. Bu metodning afzalliklari: o'qituvchi mashg'ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko'rib turadi; mashg'ulotga tayyorlanmagan talaba og'zaki muhokama paytida ko'rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bilimlar oladi; bu metod kichik guruhda olib boriladigan ish bo'lib, talaba intizomini mustahkamlaydi va ulami jipslashtiradi, chunki o‘zining javob varianti ustida uzoq o‘ylab o'tiradigan talaba butun guruhga ajratilgan vaqtni sarflab yuboradi. Shuningdek talaba mashg'ulotga tayyor bo'lmasa, bunda ham guruhga pand beradi; talabalar o‘z javoblarini ikki marta, ya’ni yozma ish paytida va og'zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.
„
Ro tasiya “ metodi
Bu metod mashg'ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida- alohida muhokama qilib chiqishi, yozganlarini butun guruh jamoa bo'lib tahlil qilib ko'rishi uchun qo'llaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
dars mavzusi bo'yicha nomerlangan topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzuchalar) plakatlarga yozilib doskaga osib qo'yiladi;
topshiriqlar soni uchta bo‘lsa, talaba-o'quvchilar ham shuncha kichik guruhlarga ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi;
kichik guruhlar o'zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma’lumotlar paketini oladi;
kichik guruhlar o'zlariga taqdim etilgan materiallami hamkorlikda o'rganishib topshiriqqa javoblarini yozishadi;
javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir talaba-o'quvchi tomonidan yoziladi;
topshiriqlarga yozilgan javoblar varag'i, ma’lumotlar paketi kichik guruhlararo almashtiriladi va qo'shimchalar qilinadi, biroq javoblaming takrorlanishiga yo‘l qo'yilmaydi;
javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, kichik guruhlar nomerlanib, ular o'zlarining javoblarini shu nomer ostida yozishlari ham mumkin;
javoblar yozilgan varaqlar doskadagi osig'liq plakatlarga skochda yopishtirilib, o'qituvchi ishtirokida muhokama qilinadi, umumlash- tiriladi va to‘g‘ri javoblar daftarlarga yozib olinadi;
to‘g‘ri va mukammal javoblar soniga qarab talaba-o'quvchilar rag'batlantiriladi va baholanadi.
„
Galeriyani aylanish“ metodi
Kichik guruhlaming barcha a’zolariga bitta muammo taklif etiladi. Har bir kichik guruh o'zlariga berilgan muammoga belgilangan vaqt ichida fikrlarini yozib, javoblari yozilgan varaqlarini boshqa guruh bilan almashtiradi. Javobl^^mi oigan guruh ulami baholaydi va tugal bo'lmasa o‘z variantlari bilan to'ldiradi. So'ngra guruhlaming fikrlari umumlashtirilib, eng yuqori ballga arziydigan to‘g‘ri va mukammal javoblar tanlab olinadi.