O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti


muhim – arzimas, murakkab – sodda



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana16.12.2019
Hajmi0,79 Mb.
#30538
1   2   3   4
Bog'liq
arab tilidan ozlashgan sozlar semantikasi


muhim – arzimas, murakkab – sodda

 kabi so’zlar.  

          Arabcha 

harob

 so’zi forscha 



obod

 so’zi bilan antonomik juftlik hosil qiladi. 

Biroq  harob  va  obod  so’zlari  doim  ham  antonim  sifatida  barqaror 

qo’llanavermaydi.  Chunonchi,  kishining  ruhiy  holatini  ifoda  etganda  obod  so’zi 

antonimlikdan chiqib ketadi. Masalan, uning ahvoli “xarob” deyish mumkin, lekin 

uning  ahvoli  “obod”  deb  qo’llash  mumkin  emas.  Bu  holatda  obod  so’zi  o’rnida 

yaxshi so’zi qo’llaniladi. 

         Arabcha 



xarajat

  so’zi  forscha 



daromad 

so’zining  zid  ma’nosini  anglatadi. 

Lekin  bu  holat  juda  tor  doirada  bo’lib,  ko’p  o’rinlarda  birinchi  yoki  ikkinchi 

komponent  antonimlikdan  chiqib  ketadi.  Masalan,  katta  xarajat  –  katta  daromad 

deyish  mumkin.  Lekin  osh  xarajatlari  –  osh  daromadlari  yoki  daromad  solig’i  – 

xarajat solig’i deb qo’llab bo’lmaydi.  

        Arabcha 

murakkab

  so’zi  forscha 



sodda

  so’zi  bilan  antonim  sifatida 

qo’llaniladi.  Bu  barqaror  juftlik  deyarli  barcha  o’rinlarda  o’z  antonimlik 

xususiyatini saqlab qoladi.  



          Arabcha 

oxir

 so’zi o’zbekcha 



bosh

 so’zi bilan zid ma’noda tutashadi. Biroq, 

bu so’zlar  orasidagi  antonimlik  chegaralangan bo’lib,  bosh so’zi  katta  ma’nosida 

ishlatilganda,  oxir  so’zi  bilan  antonimlik  xususiyatini  yo’qotadi.  Bundan 

ko’rinadiki,  oxir  va bosh  so’zlarining  o’zaro  antonimlik  xususiyati  faqat  cho’ziq, 

davomli, bo’yli narsalarning boshlanish joyi yoki oxiri ma’nosidagina belgilanadi, 

xolos. Ularning antonimligi ko’proq kontekstual tavsif kasb etadi.  

          



Muhim

 so’zi 


arzimas

 so’zi bilan zid ma’no ifodalaydi. Bu antonimik juftlik 

ayrim o’rinlardagina o’z xususiyatini saqlaydi. Masalan, muhim ish – arzimas ish 

va boshqalar.  

           Alohida  tilga  olingan  misollardan  tashqari, 

a’lo  –  yomon,  avval  –  keyin, 

kasal  –  sog’,  haqiqat  –  uydirma,  ta’viya  –  go’zal

  so’zlari  kishilarning  xatti-

harakati,  ruhiy  holatlardagi  salbiy  hamda  ijobiy  belgilarini  ifodalashda  qat’iy 

antonimik juftliklar hosil qilgan.  

          Xullas,  yuqorida  keltirilgan  faktlardan  ko’rinadiki,  arab  tilidan  o’zlashib 

antonimik juftliklar tarkibida muqobil a’zo sifatida ishlatiluvchi lug’aviy birliklar 

o’zbek tiliga uning o’z so’zlari kabi singib ketgan. 

                Frazeologizmlarga munosabati. 

       

Frazeologizmlar  tilning  ahamiyati  so’zdan  kam  bo’lmagan  juda  muhim 

vositalaridan biri bo’lib, so’zlovchining fikri va maqsadini rang-barang va obrazli 

ifodalashda ishlatiladigan ko’chma ma’noli tayyor iboralardir.  

              Til  leksik  sistemasi  o’z  va  o’zlashgan  qatlamlarga  bo’lingani  kabi, 

frazeologik  sistema  ham  o’z  va  o’zlashgan  qatlamga  ajraladi.  Turg’un  iboralar 

sistemasini  o’z  qatlam  leksik  birliklaridan  tashkil  topgan  frazeologizmlar  va 

o’zlashgan  qatlam  lug’aviy  birliklari  ishtirok  etgan  frazeologizmlar  kabi  ikkiga 

ajratish mumkin. O’z qatlam leksik birliklaridan tashkil topuvchi frazeologizmlar 

tarkibi sof turkiy lug’aviy birliklardan iborat bo’ladi. Bunga yer chizmoq, tushini 

suvga  aytmoq,  bel  bog’lamoq,  yeng  shimarmoq  kabi  frazeologik  birlashmalar; 


boshi ko’kka yetmoq, boshi aylanmoq, to’nini teskari kiymoq, qo’li ochiq singari 

frazeologik chatishmalar, og’ir qiz singari frazeologik qo’shilmalar kiradi.  

          O’zlashgan qatlam frazeologizmlari tarkibi ikki xil xususiyatga ega: ularning 

bir  ko’rinishida  ibora  to’laligicha  o’zlashgan  bo’lib,  hozirgi  o’zbek  tili  nuqtayi 

nazaridan ular so’z maqomida ishlatiladi (dili beg’am  – xotirjam, nolayi fig’on – 

faryod  qilmoq,  amri  mahol  –  qiyin,  imoni  komil  –  ishonch  bilan).    Boshqa 

ko’rinishida  ibora  tarkibida  o’zlashgan  lug’aviy  birliklar  bilan  bir  qatorda  turkiy 

(o’zbekcha)  leksik  birliklar  ham  mavjud  bo’ladi.  Bunday  frazeologizmlar  o’zbek 

tili “bag’rida” vujudga kelganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, sabr 

kosasi to’lmoq (sabr-chidami tugadi), toqati toq bo’lmoq, avj olmoq (zo’raymoq, 

rivojlanmoq), azob chekmoq (qiynalmoq) kabilar.  

           O’zlashma so’zlar ishtirok etgan ba’zi iboralar sof o’zbekcha muqobillarga 

ham ega bo’lishi mumkin: lafzida turmoq – so’zida turmoq, bahridan o’tmoq – vos 

kechmoq. 

          O’zbek tili frazeologizmlari tarkibida arab so’zlari miqdori turlicha bo’ladi. 

Chunonchi,  frazeologik  ibora  tarkibida  bir  yoki  undan  ortiq  arab  so’zlari  ishtirok 

etadi: 

aqlini  yemoq,  avzoyi  buzilmoq,  adabini  yemoq,  alam  chekmoq,  azobini 

tortmoq,  asabiga  tegmoq,  aqli  yetmoq,  barq  urmoq,  bahridan  o’tmoq,  omon 

bo’l,  ishtahasi  ochildi,  toqati  toq  bo’ldi,  jinoyatning  ipi,  yengil  tabiat,  imoni 

komil, izzat-nafsiga tegmoq, rayiga qaramoq, sabr kosasi to’ldi, aqldan ozmoq

 

va hokazolar semantik jihatdan turli xil xususiyatlar kasb etadi. Misollarga e’tibor 



beraylik: Bir kuni sabr kosasi to’lib ketdi va o’ziga sadoqatli ikki askrani yoniga 

chaqirdi  (Y.Ilyosov).  Uning  o’zini  tutishi,  kalon  dimog’lik  bilan  gapirishi 

Karomatxonning  izzat-nafsiga  tegdi  (E.Usmon).  Mening  toqatimni  toq  qilma, 

bo’lmasa  shu  ahmoq  boshingga  bir  uraman,  mayda-mayda  bo’lib  sochilib  ketadi 

(Y.Ilyosov).  Ko’rib  turibmanki,  butun  xalqing  aqldan  ozibdi  (Y.Ilyosov).    U 

nevarasiga hukmini o’tkazolmasligiga aqli yetgan, yalinib-yolvorib bo’lsa-da, uni 

insofga keltirishni o’ylardi (E.Usmon).  


               Haqing ketmaydi, ishtahasi ochildi, omon bo’l va nima haqqing bor kabi 

frazeologizmlar  ma’nosi  tarkibidagi  qismlarning  bosh  yoki  yasama  ma’nolarga 

asoslangan bo’lganligi uchun ibora voqelikni bevosita aks ettiradi. Mazkur iboralar 

tarkibidai ayrim so’zlar ko’chma ma’noda qo’llanilgan. Masalan, ish ishtaha ochar 

– dangasa ishdan qochar(Maqol). Ona yurting omon bo’lsa, rangi ro’ying somon 

bo’lmas (Maqol). 

              Frazeologik 

iboralar  tarkibidagi  so’zlarning  ma’nolaridan  kelib 

chiqadigan  asl,  real  ma’nodan  tashqari,  butun  holda  ko’chma  ma’noda 

qo’llaniladigan  turkum  iboralar  mavjuddir.  Masalan,  alifni  kaltak  deyolmaslik 

iborasi  tarkibidagi  komponentlarning  o’z  leksik  ma’nolarini  asosan  saqlagan. 

Bunday  iboradan  butunligicha  kelib  chiqadigan  to’g’ri  ma’no  bo’lmay,  balki  bir 

butun  iboradan  hosil  bo’lgan  ko’chma  ma’nodir.  Bunday  hodisa  ibora  orqali 

ifodalangan asosiy voqelikka o’xshatiladi, u bilan bog’lanadi. Savodsiz bo’lmoq – 

tushunchasi alifni kaltak deyolmaslik iborasi orqali ifodalangan bo’lib, bunda arab 

alifbosidagi alif harfi kaltakka o’xshatiladi.  

            Yana bir misolga e’tibor beraylik: 

lom-lim demasli

k iborasi ham aynan shu 

xarakterdadir. Hech narsa demaslik, e’tiroz qilmaslik ma’nolarini ifoda etuvchi bu 

frazeologik  birlik tarkibidagi har bir arabcha so’z asl ma’nolarini unutib ko’chma 

ma’no  kasb  etgan.  Masalan,  keksa  amirning  bu  so’zlaridan  battar  qorayib  ketdi, 

biroq lom-lim demadi (O.Yoqubov). 

            Bu iboraning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, u lom demadi tarzida 

alohida  kelishi  ham  mumkin,  biroq  arab  alifbosining  boshqa  bir  harfi  –  “mim” 

ibora  tarkibiga  kiritilganda,  uning  ma’nosi  birmuncha  kuchaytirilishi  kuzatiladi. 

Masalan: Ashraf amaki to uyiga yetib kelguncha hamrohlariga “lom” demadi, o’z 

o’yi  bilan  bo’ldi  (S.Anorboyev).  Yoki:  O’zi  yigit-u,  onasiga  “lom-lim” 

deyolmaydi-da (S.Ahmadov).  

             Quyidagi frazeologik iboralar: 

taqdirga tan bermoq, toqati toq bo’lmoq 

tarkibidagi  so’zlarning  ham  o’zaro,  ham  umumiy  ma’noga  nisbatan  bo’lgan 

semantik  munosabatlari  unutilib  ketgan  mazkur  iboralar  ma’no  jihatidan  o’zaro 


bog’langanligi  anglashilib  turadigan  ayrim  so’zlarga  bo’linmaydi.  Bunday 

iboralarning  ba’zilari  tarkibida  eskirgan  so’zlar  ham  uchrab  turadi.  Masalan, 

“o’laman sattor” iborasidagi “sattor” so’zining ma’nosi anglashilmay qolgan, ya’ni 

sattor – (kechiruvchi), sattor – (atoqli ot). Sora onasini uy ichiga kirishiga undadi. 

Onasi  esa  o’laman  sattor,  bu  uyga  kirmayman  deb,  qizini  o’sha  zahotiyoq 

ergashtirib ketmoqchi bo’ldi (Y.Xaimov, M.Rahmon).        

              Arab  so’zlari  yordamida  birikib  kelgan  frazeologizmlar  grammatik 

jihatdan  ham  turli  xil  xususiyatlarga  ega.  Frazeologik  birikmalar  tarkibida  arab 

so’zlari ot turkumiga taalluqli bo’lib, ular o’zbekcha so’zlar bilan birikib keladi: 

a)  fe’l bilan birikib tobe so’z bo’lib keladi. Lekin shuni e’tiborga olish kerakki, 

bunday  birikmalar  tarkibida  arabcha  lug’aviy  birliklarning  tobe  tavsifi 

sintaktik  munosabatga  ko’ra  bo’lib  semantik  jihatdan  qaralganda,  ular 

yetakchi  o’rinda  turadi,  ya’ni  asosiy  ma’no  arabcha  so’zlar  zimmasiga 

tushadi.  Masalan, 



ra’yiga  qaramoq,  alam  chekmoq,  azob  tortmoq,  avj 

olmoq, dunyoga kelmoq, aqli yetmoq, barq urmoq, aqldan ozmoq, va’da 

bermoq,  zahar  sochmoq,  zara  ko’rmoq,  zabtiga  olmoq,  zimmasiga 

olmoq

 va boshqalar; 

b)  sodda va qo’shma fe’llar bilan birikib ham hokim qism bo’lib keladi hamda 

asosiy  ma’noni  ifodalaydi.  Bunda  semantik  hukmronlik  arab  leksik 

elementlari  zimmasida  bo’lsa-da,  grammatik  jihatiga  ko’ra  “hokimlik” 

qalqib  turadi: 



luqma  tashlamoq,  ishqi  tushmoq,  barq  urmoq,  lafzida 

turmoq,  ma’qul  tushmoq,  maslahatni  bir  joyga  qo’ymoq,  ma’lumot 

bermoq, nazar solmoq

 kabilar; 

c)  ot  bilan  birikib  tobe  so’z  bo’lib  keladi.  Bu  o’rinda  ham  semantik    ustunlik 

arabcha  so’zlar  zimmasida  bo’ladi: 



imoni  komil,  amri  mahol,  to’rt  tarafi 

qibla, haddan ziyod, olam munavvar

 va boshqalar.  

          Frazeologik  birikmalar  tarkibida  ikki  va  undan  ortiq  komponentlar 

mavjud  bo’lib,  shu  komponentlardan  bir  yoki  ikkitasi  arabcha  so’zlar  bo’ladi. 

Ular  grammatik  jihatdan  qanday  xarakterga  ega  bo’lishidan  qat’iy  nazar, 


semantik jihatdan e’tiborli va imtiyozli qism vazifasini o’taydi: 

qalbiga vahima 

solmoq, izzat-nafsiga tegmoq, taqdirga tan bermoq, dunyodan toq o’tmoq, 

nur ustiga a’lo nur, asfalus-sofilinga ketmoq

 va hokazolar.  

         Arabcha  so’zlar  frazeologik  birikma  tarkibida  turli  xil  grammatik 

shakllarga ega bo’ladi: 

a)  grammatik  ko’rsatkichsiz  bo’ladi: 

yengil  tabiat,  alam  chekmoq,  azob 

tortmoq, luqma tashlamoq, ixlos qo’ymoq, zehn solmoq, zarar ko’rmoq, 

barq urmoq, ma’zul topmoq, muhabbat qo’ymoq

 kabilar; 

b)  grammatik  ko’rsatkichlar  qabul  qilgan  bo’ladi.  Grammatik  ko’rsatkichlar 

sifatida o’zbek tili elementlari qo’llaniladi: 

1.  egalik  affikslari  bilan:  to’rt  tarafi  qibla,  vaqti  chog’,  ta’bi  tirriq,  qahri 

keldi, fahmi yetadi, fe’li keng, avzoyi buzuq, ta’bi xira, ixlosi qaytmoq, 

aqli yetadi, kayfiyati buzuq va boshqalar. 

2.  kelishik qo’shimchalari: a) belgili qaratqich kelishigi: falakning gardishi 

bilan, limning elagi, g’alabaning kaliti, jinoyatning ipi, jamiyatning guli, 

mehnatning  mevasi,  dunyoning  chekkasi,  jannatning  eshigi;  b)  belgisiz 

qaratqich  kelishigi:  qalb  daftari,  ilm  o’chog’i,  aql  chirog’i,  umr  bahori, 

inqilob  beshigi,  ilm  eshigi;  c)  tushum  kelishigi:  xotirani  jam  qilmoq, 

izzat-nafsini  tiymoq,  aqlini  yemoq,  adabini  bermoq,  azobini  tortmoq, 

alifni  kaltak  deyolmaslik, aravani  quruq olib  qochmoq, bahrini  ochmoq, 

dunyoni  sel  olsa  to’pig’iga  chiqmaslik,  javobini  bermoq;  d)  jo’nalish 

kelishigi:  asabiga  tegmoq,  izzat-nafsiga  tegmoq,  taqdirga  tan  bermoq, 

dunyoga keltirmoq, zabtiga olmoq, zimmasiga olmoq, mahriga tushmoq, 

nazariga  ilmaslik;  e)  o’rin-payt  kelishigi:  nazarda  tutmoq,  ikki  dunyoda 

ham  qalbida  kiri  yo’q;  f)  chiqish  kelishigi:  aqldan  ozmoq,  xayoldan 

o’tkazmoq,  haddan  oshmoq,  bahridan  o’tmoq,  dunyodan  o’tmoq, 

qalbidan  joy  olmoq,  qalbidan  sidirib  tashlamoq,  zahridan  tushmoq, 

badanidan o’tib ketmoq va boshqalar. 



       Ketirilgan  misollarda  frazeologik  birikmalar  tarkibida  qo’llangan  arabcha 

so’zlar  asosan  ikki  xil  holatda  qo’llangan.  Arabcha  so’zlarning  frazeologizmlari 

tarkibida juft holda qo’llanish hollari ham mavjud. Bunday o’rinlarda ular asosan 

bir tushunchani  ifodalaydi  hamda  ma’noni  ma’lum  maqsadga  ko’ra  kuchaytiradi, 

leksik-grammatik jihatdan esa turli xil xususiyatlar kasb etadi, chunonchi:  

a) 

juft  so’zning  har  ikki  qismi  arabcha  so’z  bo’ladi: 



fahm-farosati  yetmoq, 

izzat-nafsiga tegmoq, lom-lim demaslik; 

b)  juft so’zning birinchi so’zi arabcha, ikkinchi qismi o’zbekcha bo’ladi: 



nazar-

pisand  qilmaslik,  zahar-zaqqumini  sochmoq,  dardi-dunyosi  qorong’u 

bo’moq, aqli-hushini yo’qotmoq

 va boshqalar. 

     Ma’lumki,  frazeologik  iboralar  ham  odatdagi  so’zlar  kabi  bir  qator  lesik 

semantik  xususiyatlarga  ega  bo’ladi.  Chunonchi,  frazeologik  sinonimlar, 

frazeologik  omonimlar,  frazeologik  antonimlar  va  boshqalar.  Frazeologik 

birikmalar tarkibidagi arabcha so’zlar o’zbek tili frazeologizmlari tarkibiy qismiga 

ham ta’sir qilgan holda o’ziga xos bir qator leksik xususiyatlar kasb etadi.  

           Tarkibida  arabcha  so’zlar  ishtirok  etgan  frazeologizmlar  ba’zan  bir  necha 

variantda  uchraydi.  Bunday  variantlarni  bir  iboraning  ko’rinishlari  deb 

birlashtirishda ularning ayni bir obrazga asoslanishi va ayni bir ma’noni anglatish 

hisobga  olinadi.  Ularga:  avjiga  chiqmoq  –  avjiga  minmoq  –  avjiga  yetmoq, 

dunyodan  ketmoq  –  dunyodan  o’tmoq  kabilarni  misol  keltirish  mumkin.  O’z-

o’zidan ko’rinib turibdiki, arabcha so’zlar ishtirok etgan iboralar variantlashganda, 

ular tarkibining arabcha qismi o’zgarishsiz saqlanadi, o’zgarish o’zbekcha qismida 

yuz beradi: 

                           minmoq                                                       o’tdi 



    

avjiga     chiqmoq                             dunyodan      ketdi 

                           yetmoq                                                         ko’z yumdi 

 va boshqalar.  


      Adabini  yemoq  –  ta’zirini  yemoq  frazeologizmlarida  esa  muqobil 

variantlarning arabcha qismi o’zgarishga uchragan: 

                           adabini  

                                              yemoq 



                 

ta’zirini 

      Ma’lumki,  frazeologiya  bobida  ham  bir  tushuncha  yo  tasavvur  yoki  nisbiy 

tugal  fikr  bir  frazeologik  ibora  bilan  ifodalanganidek, bir  necha  frazeologik  ibora 

bilan  ham  ifodalanishi  mumkin.  O’zbek  tili  lug’at  tarkibidagi  frazeologik 

sinonimlarni mana shu xususiyatlarga ko’ra ikki guruhga ajratish mumkin: 

1.  Tarkibida arabcha  va  arabcha so’zlar ishtirok etgan  frazeologik  sinonimlar: 

almisoqdan  qolgan  –  daqyonusdan  qolgan,  aqli  kirdi  –  aqlini  tanidi, 

dunyodan  o’tmoq  –  dunyodan  ko’z  yummoq,  sabr  kosasi  to’lmoq  –  toqati 

toq bo’lmoq, ta’bi tirriq – kayfi buzuq – ta’bi xira va boshqalar. 

2.  Tarkibida  arabcha  so’zlar  ishtirok  etgan  frazeologik  sinonimlar  hamda 

o’zbekcha  frazeologik  sinonimlar:  asabiga  tegmoq  –  g’ashiga  tegmoq  – 

g’ashini  keltirmoq,  aqlidan  ozmoq  –  esidan  og’moq,  bahrini  ochmoq  – 

dimog’i  chog’  bo’lmoq,  luqma  tashlamoq  –  gap  qistirmoq,  tashvishga 

solmoq – ko’ngliga g’ashlik solmoq, xayolga cho’mmoq – pinakka ketmoq, 

xayoliga  kelmoq  –  esiga  kelmoq  –  miyasiga  kelmoq,  g’azabga  kelmoq  – 

achchig’i kelmoq – qoni qaynamoq, g’olib kelmoq – baland kelmoq – ustun 

kelmoq, haddan ziyod – haddan tashqari kabilar. 

        Xullas  arab  lug’aviy  o’zlashmalari  o’zbek  tilining  lug’at  tarkibini  boyitish 

bilangina  cheklanmay,  uning  frazeologik  sistemasining  boyishida  ham  katta 

salmoqqa ega. 

 

 

 


                            Xulosa 

           Biz  o`rgangan  mavzudan quyidagi xulosalarga kelindi:  

 1.   Arab  tilidan  o`zlashgan  so`zlar, asosan, ot  so`z  turkumiga mansubdir: 

muharrir,  muhandis,  lug’at,  shirkat,  viloyat,  nohiya  va  boshqalar.  Ularning 

ayrimlari  verbalizatsiya  (fe’llashish)  hodisasi  ta’sirida  ko’makchi  fe’llar  qabul 

qilib,  fe’lga  xos  qiymat  kasb  eta  olgan:  ma’ruza  qilmoq,  imzo  chekmoq,  vafo 

qilmoq,  va’da  bermoq  va  hokazo.  Shunisi  ham  borki,  arab  lug’aviy 

o’zlashmalarining  fe’lga  xos  lisoniy  qiymat  kasb  etishi,  fe’llashuvi  o’zbek  tili 

frazeologik  sistemasini  salmoqli  boyitadi,  chunki  arab  lug’aviy  birliklarining 

fe’llashuvi  tufayli  frazeologik  iboralar  ham  vujudga  keladi:  vafo  qilmoq,  va’da 

bermoq. 

      2.    Arab lug’aviy o’zlashmalarining o’zbek tili lug’at tarkibida shu so’zlarning  

lisoniy tabiati bilan bog’liq bo’lmagan boshqa ma’noviy qiymat ham kasb etgan. 

Jumaladan,  ba’zi  arab  o’zlashmalari  o’z  tilda  ijobiy  ma’no  ifoda  etgan  holda, 

o’zbek tilida salbiy ma’noli lug’aviy birlik maqomiga ega bo’lgan yoki, aksincha, 

arab tilida salbiy ma’noga ega bo’lgan so’z o’zbek tilida ijobiy ma’no kasb etgan. 

Masalan,  arab  tilida  yaratilgan  har  bir  narsa  mavjudlik,  mavjudot  ma’nolarida 

qo’llanuvchi  mahluq  so’zi  o’zbek  tilida  nimaligi  noma’lum  bo’lgan  noinsoniy 

hodisa  sifatida  salbiy  ma’noda  ishlatiladi.  Iflos(bankrot  bo’lish),  maraz  (umuman 

kasallik, dard) so’zlari ham ana shunday tavsifga ega. 

      3.  So`z   o`zlashtirilish   jarayonida  so`zning   leksik,  semantik,  grammatik   

tomonlari    o`zgarishga    uchraydi.  Ya`ni    o`z    tilida    boshqa    ma`noni    anglatgan   

so`z  kirib  kelgan  tilida  ma`nosiga  teskari  bo`lib  qolishi,  ko`plik  shakl   birlik  

ma`nosiga      kirib    qolishi,   yoki    bo`lmasa,   so`z    birikmasi    bir    so`zga    aylanib  

qolishi  mumkin. 

Arab lug’aviy o’zlashmalarida uch xil holat ko’zga tashlanadi: 

a)  ma’nosi kengaygan arab o’zlashmalari (ustoz, tarix, siyosat, dunyo); 


b)  ma’nosi toraygan arab o’zlashmalari (nohiya, majalla, taqvim); 

c)  yangi ma’no kasb etgan arab o’zlashmalari (bisot, bashara).  

   Chunonchi, nohiya so’zi arab tilida uch ma’noga ega: 

1)  tomon, yo’nalish;  2)nuqtayi nazar;   3)rayon, volost. 

           Bu  o’zlashma    o’zbek  tiliga  atigi  bir  ma’nosi  “kichik  ma’muriy  hududiy 

bo’linma”  ma’nosi  bilan  kirib  kelgan.  Majalla,  taqvim  so’zlarida  ham  bunday 

xususiyat mavjud.  

    4.     Davr taqozosi bilan tilga neologizmlarning kirib kelishi tabiiy holdir. Ayni 

paytda  arxaizmlarning  lisoniy  ehtiyojiga    ko’ra  qaytadan  “jonlashi”  ham  ko’zga 

tashlanadi.  Hozirgi  vaqtda  madaniy  hamda  ma’naviy  merosimizni  o’rganishga 

qiziqish,  milliy  urf-odatlarimizni  qayta  tiklash,  tarixiy  mavzulardagi  asarlarning 

ko’plab  yozilishi  oqibatida  ko’pgina  arxaik  so’zlar  stabillashgan  (funksional-

normativ)  so’zlar  bilan  basma-bas  holda  parallel  qo’llanilmoqda:  tema-mavzu, 

doklad-ma’ruza, shakl-forma, praktika-amaliyot, metodika-uslubiyat kabilar. 

     5.            Arab  lug’aviy  o’zlashmalari  o’zbek  tili  leksikasida  alohida  qatlamni 

tashkil qiladi. Ular tematik jihatdan bir qancha guruhlarga ajraladiki, bu narsa arab 

o’zlashmalarining  o’zbek  xalqining  o’z  lisoniy  boyligiga  aylanganligidan  dalolat 

beradi.   

     6.    Arab  lug’aviy  o’zlashmalari  ishtirokida  hosil  bo’luvchi  paradigmatik 

nomutanosiblikning ikki guruhi ajratiladi: 

1)  ma’nodoshlik xususiyatiga ko’ra paradigmatik nomutanosiblik; 

2)  shakldoshlik xususiyatiga ko’ra paradigmatik nomutanosiblik. 

      Shuningdek,  tarkibida  arab  lug’aviy  o’zlashmalari  mavjud  bo’lgan  o’zbekcha 

frazeologik  iboralar  ham  ko’pki,  bu  hol  arab  o’zlashmalarining  o’zbek  tili 

frazeologik sistemasidagi alohida rolini ko’rsatadi. 

      7.    Sinonimiya  shakl  va  mazmun  nomutanosibligi(asimmetriya)ni  vujudga 

keltiruvchi  omillardan  sanaladi.  O’zbek  tili  lug’aviy  sinonimiyasi  qatorlarida 

arabcha  so’zlar goh arabcha  so’zlar bilan,  goh o’zbekcha so’zlar bilan, goh  fors-



tojikcha  so’zlar  bilan,  goh  boshqa  til  so’zlari  bilan  muqobillasha  oladi.  Shunga 

ko’ra,  arab  lug’aviy  o’zlashmalari  ishtirokida  hosil  bo’lgan  sinonimik  uyalarni 

quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 

     1)  o’zbekcha so’zlar bilan o’zbekcha so’zlar sinonimiyasi

     2)  arabcha-o’zbekcha so’zlar sinonimiyasi; 

     3)  fors-tojikcha va o’zbekcha sinonimiyasi; 

     4)  arabcha-arabcha so’zlar sinonimiyasi; 

    8.    O’zbek tili ayrim lug’aviy omonimiya paradigmalarining vujudga kelishida  

o’zlashmalarning fonetik qiyofasi muhim rol o’ynaydi. Aniqrog’i, ba’zi omonimik 

paradigmalarda  arabcha  lug’aviy  birliklar  o’zlarining  asl  fonetik  qiyofasini 

saqlagan bo’lsa, ba’zan ularning fonetik qiyofasida o’zgarish yuz bergan. Ana shu 

o’zgarish  ularni  til  lug’at  tarkibidagi  boshqa  lug’aviy  birliklar  bilan 

omonimlashuviga sabab bo’lagan.  

      9.     O’zbek tiliga  o’zlashgan  arabcha so’zlar o’zbek tili  antonimiyasi  tizimida 

ham alohida qimmatga ega. 

          O`zbek  tiliga  arab  tilidan  so`z  o`zlashish  jarayoni  uzoq  davom  etgan.  

Yaqin  vaqtlargacha  o’zbek  tili  leksikasidagi  rus  o’zlashmalariga  katta  imtiyoz 

berilib, o’zbek tili lug’at tarkibining baynalmilal so’zlar qatlami tarzida qadrlanib 

kelindi. Aslida bunday yuksak baho o’zbek tili leksikasidagi arab o’zlashmalariga 

nisbatan  aytilsa,  ma’qul  bo’lardi.  Negaki,  arab  lug’aviy  o’zlashmalari  islom 

dinidagi  turkiy  va  turkiy  bo’lmagan  barcha  xalqlar  tilida  ham  mavjud.  Bu  narsa 

arab  lug’aviy  o’zlashmalarining  olamshumul  va  umumbashariy  xususiyatlari 

hisoblanishi  shubhasiz.  Shu  bois  arab  lug’aviy  o’zlashmalarini  tadqiq  etish  katta 

ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.   

                 Izlanishlarimizdan,  shu    narsa    ma’lum    bo`ldiki,    arab    o`zlashmalari  

leksikaning  boyib  borishi,  so`z  yasalishining  kengayishi, shuningdek,   iboralar  

yasalishida  salmoqli  o`rin  egallaydi. 

Arabcha    o`zlashmalar    tilimizga      shu    qadar    singib    ketganki,  bugungi  

kunda   so`zning  tilimizda  muqobili  bo`lsa-da,  voz  kechmaymiz. 

 


                      Adabiyotlar ro’yhati  

 

1.  Islom  Karimov.  Xavfsizlik  va  tinchlik  uchun  kurashmoq  kerak.  Toshkent: 



O’zbekiston, 2002.  

2.  Islom  Karimov.  Bizdan  ozod  va  obod  vatan  qolsin.  Toshkent:  O’zbekiston, 

1996.  

3.  Abdullayev F.A. Til qanday rivojlanadi?  - Toshkent : Fan, 1972. 



4.  Abduraimova SH. K. So’z o’zlashtirish nazariyasi va o’zlashtirmalarning vaqtli 

matbuot  tilida  tadrijiy  o’zgara  borishi  (1936-1990-yillar  Surxondaryo  viloyati 

matbuotidagi 

ruscha 


so’z 

va 


iboralar 

misolida) 

Filol.fanlari 

nomzodi..dis.avtoreferati. – Toshkent, 1995. 

5.  Баранов Х.К. Арабско-русский словарь. – М.:Рус.яз.,1989ю 

6.  Bafoyev B. Ko’hna so’zlar tarixi. – Toshkent: Fan, 1991.  

7.  Баскаков Н.А. Тюрские языки. – М.: Вост.лит.,1960. 

8.  Боровков  А.К.  Узбекский  литературный  язык  в  период1905-1917г.г  – 

Ташкент: Учпедгиз, 1940.  

9.  Дмитриев Н.К. Строй тюрских языков. – М. :Вост.лит-ра, 1962. 

10.  Eshonqulov B. Hozirgi o’zbek adabiy tilida arabcha lug’aviy o’zlashmalarning 

paradigmatic asimmetriyaga munosabati. Filol.fan nomzodi…dis.avtoreferati. –

Toshkent, 1996. 

11.  Mirzayev  M.  ,  Usmonov  S.  ,  Rasulov  I.  O’zbek  tili.  –  Toshkent:  O’qituvchi, 

1966. 

12.  Mirtojiyev M. Omonimiyaning ba’zi masalalari haqida// Adabiyotshunoslik va 



tilshunoslik masalalari. – Toshkent, 1963. 

13. Mirtojiyev  M.  ,  Mahmudov  N.  Til    va  madaniyat.  –  Toshkent:  O’zbekiston, 

1992. 

14.  Нурманов  А.  Системное  исследование  в  узбекском  синтаксисе.  – 



Ташкент: Фан, 1983. 

15.  Rahmatullayev Sh. O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati. – Toshkent: Fan, 

1964. 


16.  Rahmatullayev  Sh.  O’zbek  tili  omonimlarining  izohli  lug’ati.  –Toshkent: 

O’qituvchi, 1984. 

17.  Rahmonov  T.I.  hozirgi  o’zbek  tilidagi  arabcha  o’zlashma  so’zlar  semantic 

tuzilishidagi  o’zgarishlar:Filol.fanlari  nomzodi  …  dis.avtoreferati.  –Toshkent, 

1994. 

18.  Usmonov S. Antonimlar // O’zbek tili va adabiyoti masalalari. – 1958. 



19.  Щерба Л.В. Избранные работы по языкознанию и фонетике. Т. 1. –Л.: АН 

1958. 


20.  O’zbek tili leksikologiyasi. –Toshkent: Fan, 1981. 

21.  Qo’chqortoyev I. So’z ma’nosi va uning valentligi/ -Toshkent: Fan, 1977/ 

22.  G’ulomov A.G. So’zlar hayotidan // O’zbek tili va adabiyoti. 1969. 

23.  Hojiyev  A.  O’zbek  tili  sinonimlarining  izohli  lug’ati.  –Toshkent:  O’qituvchi, 

1974. 

24.  Hojiyev A. Termin tanlash mezonlari. –Toshkent: Fan, 1996. 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish