O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana16.12.2019
Hajmi0,79 Mb.
#30538
  1   2   3   4
Bog'liq
arab tilidan ozlashgan sozlar semantikasi


 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 

 

 

ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI 

 

 

5110900- FILOLOGIYA FAKULTETI  

O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI  YO’NALISHI BITIRUVCHISI  

 NOSIROVA  ZAHROXON  LATIBJON QIZINING 

 

                         “ARAB TILIDAN O’ZLASHGAN SO’ZLAR SEMANTIKASI“ 

                                                         mavzusidagi   

 

 



                 

          

BITIRUV MALAKAVIY  ISHI 

 

 

 

 Ilmiy rahbar:                                          D.NABIYEVA 



                                           

                                              ANDIJON   2017 



 

 

MAVZU:   

Arab tilidan o’zlashgan so’zlar semantikasi

 

 

KIRISH 



 

I.BOB. O’ZBEK TILIDA O’ZLASHMA SO’ZLAR. 

 

1.1 O’zbek tilshunosligida  o’zlashma so’zlarning roli va ahamiyati. 



1.2  Arabizmlarning  turkiy tillar leksikasiga o’zlashish tarixi. 

 

 



II.BOB.    ARAB  TILIDAN  O’ZLASHGAN  SO’ZLARDAGI  SEMANTIK                            

O’ZGARISHLAR 

 

 

           2.1.  Arab  tilidan  o’zlashgan  so’zlarda  semantik  o’zgarishlar:  ma’no    



kengayishi, ma’no torayishi, ma’no siljishi. 

           2.2.  Arab o’zlashmalarining sinonimiya, omonimiya, antonimiyaga hamda 

frazeologizmlarga munosabati.          

 

 



UMUMIY  XULOSALAR   

FOYDALANILGAN  ADABIYOTLAR  RO’YHATI 

 

 


                                  Kirish 

              Mavzuning  dolzarbligi.  Hozirgi  o’zbek  tilshunosligida  uning 

deyarli barcha sohalari bo’yicha, ayniqsa, leksikologiya yuzasidan yirik va jiddiy 

tadqiqot  ishlari  amalga  oshirilgan.  Shunga  qaramasdan,  bu  sohaning  barcha 

muammolari tugal hal etilgan deb bo’lmaydi.  

          O’zbek  tili  lug’at  tarkibidagi  arab  o’zlashmalari  asrimizning  50-yillarida 

boshqacha mafkura ta’sirida o’shanga moslab o’rganilagan edi, unda ko’pgina arab 

so’zlariga  salbiy  munosabatda  yondoshilib,  ular  rus  va  rus  tili  orqali  o’zlashgan 

boshqa  yevropacha  lug’aviy  birliklar  bilan  zo’rma-zo’raki  almashtirilgan.  Arab 

lug’aviy birliklarining baynalmilal  “qobiliyati” va imkoniyatlari ochiq-oydin inkor 

etilgan edi.  

             S.I.Ojegovning  e’tirof  etishicha,  leksika  tilning  boshqa  sathlariga 

qaraganda  murakkab  va  ko’p  qirralidir.  Uning  vazifasi,  bir  tomondan,  jamiyat 

nafas olayotgan borliqni barcha murakkabliklari bilan in’ikos etish bo’lsa, ikkinchi 

tomondan,  leksik,  semantik,  uslubiy,  sinonimik,  so’z  yasash  va  shuning  kabi  bir 

qator hodisalarning murakkab lisoniy munosabatlarini ifoda etishdan iboratdir.  

                 Turkiy  tillar  bo’yicha  jiddiy  va  yirik  tadqiqot  ishlari  olib  borgan 

professor  N.K.Dmitriev  arab  va  turkiy  tillar  aloqasi  masalasining  qadimdan 

dolzarb muammo sanalganini alohida ta’kidlaydi. Olim boshqird tiliga o’zlashgan 

arab  lisoniy  elementlariga  imtiyoz  bergan  holda,  bu  til  leksikasidagi  arabcha 

so’zlarni  faol  va  nofaol  qatlamlarga  ajratadi.  Arab  lug’aviy  birliklarining  aktiv 

qatlami  deganda  atoqli(kishi  ismlari)  otlarni,  diniy  va  kundalik  turmush  bilan 

bog’liq  tushunchalarni  ifoda  etuvchi  so’zlarni  nazarda  tutadi.  Passiv  qatlam  

tushunchasi  ostida  adabiy  til  bilan  ish  ko’ruvchi  ayrim  shaxslar  leksikonidagina 

uchraydigan arab o’zlashmalarini ko’zda tutadi.  

             N.K.Dmitriev  e’tirof  etgan  mazkur  fikr  o’zbek  tili  leksikasidagi  arab 

lug’aviy o’zlashmalari uchun ham daxldordir. Darhaqiqat, o’zbek tili leksikasidagi 

ko’pgina so’zlar kishi ismlari maqomida faol ishlatiladi. Malohat, Salomat, Ra’no, 



Boqi,  Ali,  Muhammad,  Muborak  va  boshqalar.  Ziyolilar  nutqida,  ayniqsa,  poetik 

nutqda  ko’pchilik  tomonidan  ishlatilmaydigan  arab  o’zlashmalari  ham  uchrab 

turadiki(masalan:  oraz,  mansura,  tatabbu,  ta’riz  va  hokazolar),  ular  o’zbek  tili 

leksikasidagi  arabcha  so’zlarning  nofaol-passiv  qatlamini  tashkil  qiladi.  Bunday 

qatlamga  mansub  so’zlarning  o’zbek  tiliga  badiiy  nutq  orqali  o’zlashganligi  o’z-

o’zidan aniq.  

        Bir tildan boshqa bir tilga so’z o’zlashishi tillarning aralashuvi sifatida yuqori 

baholanadi.  Mashhur  tilshunos  L.V.Shcherba  bunday  jarayonni  tilshunoslik 

fanining  muhim  muammolari  sirasiga  kiritadi.  Qozon  tilshunoslik  maktabining 

namoyondalaridan biri V.A.Bogoroditskiy esa o’z tilni o’rganishda boshqa tilning 

ta’sirini hisobga olish zarurligi va uning ahamiyatini qayd qiladi. Tillarning o’zaro 

ta’siri,  bir  tildan  boshqa  bir  tilga  lisoniy  birliklarning  o’zlashishi  masalalari 

N.V.Yushmanov  tadqiqotlarida    ha  e’tiborli  o’rinda  turadi.  Xususan  ,  u  arab  va 

arab bo’lmagan boshqa tillardan ot turkumiga xos so’zlarning o’zlashishi, bunday 

sotsiolingvistik  jarayonda  o’zga  til  leksemalarining  morfologik  qiyofasidagi 

o’zgarishlar haqida qimmatli fikrlar bildiradi.  

                   Mustaqil  O’zbekistonimizning  birinchi    prezidenti  Islom  Karimov 

O’zbekistonning  16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’liga bag’ishlangan ma’ruzasida 

shunday degan edi: “ Shuni ta’kidlash lozimki, mustaqillikka erishish davri haqida, 

eski  tuzum  inqirozga  duchor  bo’lib,  sobiq  ittifoq  parokandalikka  yuz  tutgan  bir 

paytda  mamlakatimizda  tobora  keskin  tus  olgan  siyosiy,  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

vaziyat, o’zligimizni anglash va toptalgan milliy g’ururimizni tiklashga qaratilgan 

intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo’lga kiritish qanday sharoitda 

kechgani  haqida  yaxlit,  yagona  va  xolis  ko’z  bilan  qarab  baho  beradigan  jiddiy 

tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo’qligini afsus bilan aytishga to’g’ri keladi”.

1

 



Jahondagi  rang-barang  tillar  dunyosining  tirikchilik  tarixi  shuni  ko’rsatadiki, 

tilning  taraqqiyoti  barcha  davrlarda  siyosiy  tuzumning  milliy  tilga  qanday 

                                                           

1

Islom  Karimov.  Mamlakatni  modernizatsiya  qilish  va  iqtisodiyotimizni  barqaror  rivojlantirish  yo’lida.  16-t. 



Toshkent: O’zbekiston. 2008. 4-bet.  

munosabatda  bo’lishiga  bog’liq  bo’lgan.  Bordi-yu,  tilga  davlatning  munosabati 

ijobiy  bo’lsa,  tilning  rivoji  tezlashgan,  u  boyib  brogan,  bordi-yu,  davlat  tilga 

nopisand  munosabatda  bo’lsa,  til  rivoji  sekinlashgan  yoki  deyarli  to’xtagan, 

muloqot  va    hissiyot  quroli  sifatidagi  vazifasi  barham  topgan,  hatto  o’lik  tilga 

aylangan.  

             O’zbek xalqi o’z tilini qalbidagi tengsiz gavhar, tabiat in’om qilgan qutlug’ 

ne’mat  sifatida  asrlar  davomida  ardoqlab,  saqlab,  uning  boyish,  rivoji  uchun 

qayg’urdi  va  kurashdi.  Bu  o’rinda  Yurtboshimizning  quyidagi  fikrini  eslash 

o’rinlidir:  “…Ajdodlarimiz  o’z  nasllarini  umumbashariy  tuyg’ular,  o’lmas  Sharq 

falsafasi,  milliy  qadriyatlarimiz  ruhida  tarbiya  qilib  kelganlar.  Ota-bobolarimiz 

asrlar  mobaynida  tilimizni,  dilimiz  va  dinimizni,  o’zbekning  o’zligini  har 

tomonlama  asrab-avaylab,  barkamol  avlodlarni  voyaga  yetkazdilar.  Bunday 

fazilatlar  asl  e’tiboriga  ko’ra  bizning  zahmatkash  xalqimizga  munosibdir  va  bu 

bilan har qancha g’ururlansak arziydi”.

2

 

             Tilimizga  bosim  o’tkizilgan  qiyin  sharoitda  ham  o’zbek  tili  va  o’zbek 



tilshunosligi  imkoniyat  datajasida  rivojlandi,  o’zbek  tilining  lug’aviy,  fonetik, 

semantik, grammatik xususiyatlari, uslubiy imkoniyatlari, tarixi haqida tadqiqotlar 

olib borildi. “Hozirgi zamon o’zbek tili” (1956), “Hozirgi o’zbek adabiy tili” (ikki 

jildli,  1966),  “Ozbek  tili  grammatikasi”    (ikki  jildli,  1975),  “O’zbek 

dialektologiyasidan  materiallar”  (I  jild,  1957,  II  jild  1960),  “O’zbek  shevalari 

leksikasi”  (1966),  “O’zbek  tilining  izohli  lug’ati”  (ikki  jildli,  1981)    kabi 

fundamental  tadqiqotlar  yaratildi.  Endilikda  tilga  olingan  tadqiqotlar  nafaqat 

o’zbek  tili  va  tilshunosligi,  balki  o’zbek  xalqining  ilmiy-ma’naviy  boyligiga 

aylandi. 

            Bugungi  jadal  globallashuv  jarayonlarida,  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarining  rivoji  misli ko’rilmagan  ko’lamlarni  qamragan  bir  davrda  bir 

tildan boshqasiga so’z o’tmasligini tasavvur etishning o’zi mushkul.Turli davlatlar 

bir-biri  bilan  xilma-xil  sohalarda  “olish-berish” 

muomalasidan  qochib 

                                                           

2

Islom Karimov. Bizdan ozod va obod vatan qolsin. 2-t. Toshkent: O’zbekiston, 1996. 207-208-betlar. 



qutulolmaydi.  Bu  bugungi  dunyoning    inkor  etib  bo’lmaydigan  lisoniy-mantqiy 

haqiqatlaridan biridir.  

          Tadqiqotning  maqsad  va  vazifalari.  Mazkur  bitiruv  malakaviy 

ishning  maqsadi  hozirgi  o’zbek  adabiy  tili  lug’at  tarkibidagi  arab  leksik 

o’zlashmalarining  ayrim lug’aviy-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdir. Bunda 

quyidagi vazifalar hal etiladi: 

-  arab lug’aviy o’zlashmalarining  leksik xususiyatlarini tavsif etish; 

-  arab leksik o’zlashmalarining semantik xususiyatlarini tadqiq etish; 

-  arab  leksik  o’zlashmalarining  o’zbek  tili  leksikasidagi  arabcha  va  arabcha 

bo’lmagan  lug’aviy  birliklar  bilan  shakldoshlik  va  ma’nodoshlik 

munosabatlarida bo’la olishini belgilash

-  arab  lug’aviy  o’zlashmalarining  o’zbek  tilining  lug’aviy  antonimiyaga, 

sinonimiyaga, omonimiyaga munosabatini o’rganish.                                                       

       Tadqiqotning  metodologik  asoslari  va  tadqiqot  usuli. 

Mazkur  tadqiqotning  metodologik  asosi  dialektika  va  uning  amaldagi  qonun-

qoidalari  sanaladi.  Arab  leksik  o’zlashmalarini  tavsiflashda  system-struktur  tahlil 

metodi  bilan  bir  qatorda,  ma’noviy  komponental,  nominative-onomasiologik, 

funksional-semantik tahlil kabi usullardan ham foydalanildi.  

          O’zbek  tilshunosligida  professor  Sh.U.Rahmatullayev,  F.Abdullayev, 

A.P.Hojiyev,  I.Q.Qo’chqortoyev,  M.Mirtojiyev,  A.Nurmonov,  N.Mahmudov, 

X.G.Ne’matov,  A.Berdialiyev  kabi  olimlar  tomonidan  qo’llangan  yo’l  va  usullar 

tadqiqot uchun muhim yo’llanma vazifasini o’tadi.  

Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: ish kirish, 

2 bob, 4 bo`lim,  umumiy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar  ro`yhatidan iborat 

bo`lib, jami 54 sahifani tashkil qiladi. 

 

           



 

 I bob. O’zbek tilida o’zlashma so’zlar.

 

 1.1  O’zbek tilshunosligida o’zlashma so’zlarning roli va                                                             



                                          ahamiyati. 

         

O’zbek tili o’zining ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida lug’at tarkibini 

o’z  ichki  manbalari  hisobiga  boyitib,  takomillashtirib  keldi.  Bunday  qonuniyatga 

ko’ra,  o’z  qatlam  negizlari  asosida  yangi  so’zlar  yasaldi,  mavjud  so’z  ma’nolari 

kengaytirildi,  ba’zi  so’zlarga  qo’shimcha  vazifalar  yuklandi,  adabiy  tilga  xalq 

shevalaridan turli davrlarda, ehtiyojga ko’ra, so’zlar qabul qilindi.  

            O’zbek  tili  lug’at  tarkibining  boyishida  ichki  manba  imkoniyatlari  muhim 

asos  hisoblanadi.  Shunga  qaramasdan,  dunyodagi  hech  bir  til  o’z  ichki 

manbalarigagina  tayanib  ish  ko’rmaganidek,  o’zbek  tili  uchun  ham  faqat  o’z 

so’zlari, o’z qatlam boyligi va imkoniyatlarigina kifoya qilmaydi. O’zbek tili lug’at 

tarkibining  boyish  va  takomillashuvida  tashqi  manba  muhim  rol  o’ynaydi. 

Umuman  har  qanday  til  sof  holda  yashay  olmaydi.

 

Turli  tillarning  turli  tarixiy 



sharoitlarda  o’zaro  ma’lum  munosabatda  bo’lishi  qonuniy  holdir.  Bunday 

munosabat  aloqada  bo’lgan  tillar  rivojida  ayniqsa  uning  lug’at  tarkibida  ma’lum 

izlarni  qoldirishi  mumkin.  Shu  sababli  ham  dunyodagi  barcha  tillar  lug’at 

tarkibidagi, jumladan o’zbek tilining lug’at tarkibdagi o’zgarishlar uchun umumiy 

bo’lgan ikki qonuniyat kuzatiladi:  

1)  eskini yangi bilan almashtirish; 

2)  boshqa tillardan so’z qabul qilish. 

         Demak,  o’zbek  tilining  lug’at  tarkibi  o’z  taraqqiyotida  ikki  manbaga 

tayaqnadi: a)ichki manba; b) tashqi manba. 

        Demak,  o’zbek  tili  leksik  tarkibidagi  so’zlar  genetik  jihatdan    faqatgina 

qadimiy turkiy qabila tillari leksikasiga (umumturkiy so’zlarga) borib taqalmaydi. 

Unda o’z qatlam so’zlaridan tashqari boshqa tillardan turli davrlarda qabul qilingan 

so’zlar ham mavjud.  


 O’zbek tiliga boshqa tillar ta’siri ikki muhim hodisada ko’rinadi:  

1.  O’zbek tiliga chet tildan kirgan so’zlarni qabul qilishda. 

2.  Chet tilga oid so’zlarni o’zbek tiliga moslashtirishda. 

           So’zlarning  bir  tildan  boshqa  bir  tilga  kirishi  va  singishi,  shunchaki  oddiy 

jarayon emas, balki murakkab lingvistik va ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog’liq 

qonuniyatdir. Tildan tilga so’z o’zlashishi uchun avvalo real sharoit lozim. Bunday 

sharoit tillarning o’zaro hamkorligi, ya’ni tillar orasidagi aloqalardir.  

            Hozirgi  o’zbek  tili  tarixan  murakkab  rivojlanish  va  shakllanish  

bosqichlarini boshidan kechirgan. O’zbek tili urug’ va qabila tili, xalq tili, milliy til 

va  ijtimoiy  millat  tili  davrlarida    bir  qator  qardosh  tillar,  shuningdek,  chet  tillar 

bilan aloqada bo’lgan. 

          Turkiy urug’ va qabilalar tili juda qadimiy davrlardaq O’rta Osiyoda azaldan 

yashab kelgan eroniy tillar bilan aloqada bo’lgan. O’rta Osiyoda, jumladan hozirgi 

O’zbekiston  hududida  yashagan  xalq  eroniy  tillar  guruhiga  kiruvchi  mahalliy  til 

lahjalarida  gaplashgan.  Bu  eroniy  urug’  –  qabilalar,  xalqlar  –  so’g’dlar,  saklar, 

massagetlar, baqtriyaliklar, parfiyanlar, parikaniylar, xorazmiylar va boshqalarning 

tili  bo’lgan.    Shuningdek  qadimgi  Baqtriya  podsholigida  grek  tilida,  shuningdek, 

grek va eroniy tillar qorishmasidan iborat bo’lgan  tildan ham foydalanishgan.  

           O’rta  Osiyo,  jumladan  hozirgi  O’zbekiston  hududida  eroniy  til  xarakteriga 

ega bo’lgan qadimiy xorazm tili ham mavjud edi. Bu til bilan o’sha davr mahalliy 

turkiy tillar orasida ma’lum aloqa bo’lgan. Tarixiy manbalarda VII-VIII asrlarda va 

undan  oldin  xorazm  yozuvi  keng  tarqalganligini  ko’rsatuvchi  dalillar  mavjud.  

XIII-XIV  asrlarda  Xorazm  aholisi  ikki  tilda  –  turkiy  va  qadimiy  xorazm  tilida 

gaplashgani  ma’lum.  Qadimgi  xorazm  tili  XIV  asrlarga  kelib  o’zbek  tiliga 

singishib  ketdi.  Natijada  bu  tilga  oid  ba’zi  so’zlar  hozirgi  o’zbek  tilida  saqlanib 

qolgan:  xo’p  (xo’b),  bog’,  pochcha  (pichchomi-dadam),  osmon  (osm),  juft  (er), 

ariq (ar-suv) va boshqalar. 


             O’zbek  tili  o’tmishda  bir  qator  qardosh  bo’lmagan  tillar  boshqa 

sistemadagi  tillar  bilan  ham  aloqada  bo’lgan.  Bunday  tillar  fors-tojik  va  arab 

tillaridir.  Shuningdek,  o’zbek  tili  o’z  rivojining  milliy  til  va  ijtimoiy  millat  tili 

davriga  kelib  rus  tili  bilan  aloqa  va  hamkorlikka  kirishdi  va  bu  jarayon  davom 

etmoqda.  

            O’zbek tilining chet tillar bilan aloqasi turli daraja va sifatiy ko’rinishlarga 

ega.  O’zbek  tili  aloqada  bo’lgan  ba’zi  tillar  o’zbek  tili  leksikasida  sezilarli  iz 

qoldirmagan.  Jumladan,  hind,  qadimgi  grek  tillaridan  o’zbek  tiliga  sanoqli 

so’zlargina kirgan. Masalan: 

Hind tilidan:                   Qadimgi grek tilidan: 

But                                                                     Iqlim 

ko’tvol                                                               marvarid   

lak//lok (rang)                                                    marmar 

nil                                                                       mo’lniyo//mo’miyon 

nilufal//nilupol (nilufar)                                    nomus 

baraqman (braxman)                                          afyun 

barcha                                                                 arg’anun 

bibi                                                                     bilur (billur) 

paysa                                                                   buqalamun 

chandan//chandol (sandal)                                   diram//dirham 

tovus                                                                     zumrad 

chaqmoq                                                               daryok//taryok  

chit (mato)                                                            faylasuf 

                                                                              fonus 


                                                                               qonun 

                                                                               qandil 

            Hind,  grek,  lotin,  xitoy,  mo’g’ul  tillariga  mansub  ba’zi  so’zlar  Alisher 

Navoiy asarlarida ham uchraydi.   

            O’zbek  tili  o’zaro  aloqada  bo’lgan  va  ta’sirlangan  fors-tojik  tili,  arab  tili, 

rus  tili  o’zbek  tili  lug’at  tarkibida  sezilarli  iz  qoldirdi.  Buning  o’z  sabablari  bor. 

Bunday  sabablarning    muhimlaridan  biri  o’zbek  tilining  fors-tojik,  arab  va  rus 

tillari  bilan  aloqasi  natijasida  o’zbek  xalqi  hayotida  ikkitillilikning  yuzaga 

kelganligidir.  

                Tillarning o’zaro aloqasi va hamkorligi ko’p holda  bu tillar orasida so’z 

almashishga,  bir  tildan  ikkinchi  tilga  so’z  o’tishiga  sabab  bo’ladi.  Bir  tildan 

ikkinchi  tilga  so’z  o’tishi  uchun  sharoit  kerak.  Bu  sharoit  ikki  tilning  shunchaki 

aloqasi,  yonma-yon  yashashi,  hududiy  yaqinlashishi  emas,  balki  o’zro  ta’siri, 

hamkorligi va bu asosda yuzaga keluvchi ikkitillilik hodisasidir. O’zbek tili tarixda 

turkiy tillar oilasiga mansub qardosh tillar bilan, chunonchi, qozoq, qirg’iz, uyg’ur, 

qoraqalpoq,  uyg’ur,  turkman,  ozarbayjon  tillari  bilan  aloqada  bo’lgan.  Bunday 

aloqa  hozir  ham  davom  etmoqda.  Mana  shunday  aloqa  tufayli  O’zbekistonning 

ko’pgina viloyatlarida o’zbek va qirg’iz tillarida, o’zbek va qozoq tilida, turkman 

va  o’zbek  tilida,  tatar  va  o’zbek  tilida,  qoraqalpoq  va  o’zbek  tillarida  parallel 

gaplasha oluvchi ikki tilli aholi mavjud.  Bunday genetik jihatdan aloqador bo’lgan 

ikki qardosh tilda gaplasha olish O’zbekistonda yashovchi aholi orasida qadimdan 

mavjuddir.     

               Xalqaro  munosabatlar  taraqqiyoti,  xalqaro  iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy 

aloqalar  va  ularning  samaralari  ana  shu  xalqlarning  tillari  leksikasida  namoyon 

bo’ladi.  Bunday  hodisalarning  ahamiyati  va  roliga  bag’ishlangan  son-sanoqsiz 

tadqiqotlar  mavjud.  Lekin,  shunga  qaramay,  bu  boradagi  bahs  va  munozaralar 

barham topmagan. Chunki so’z o’zlashtirish masalasida tilshunoslar mushtarak va 

qat’iy to’xtamga kelganlaricha yo’q.  



                   Qariyb  300  yildirki,  tillarning  o’zaro  ta’siri  qonuniyatlarini  aniqlash, 

chet  so’zlarning  o’zlashish  sabablari  va  xususiyatlarini  o’rganish,  ularning 

o’zlashgan  tillardagi  roli  va  vazifalarini  belgilash  kabi  bir  qator  masalalar  dunyo 

tilshunoslari tomonidan o’rganib kelinmoqda.  

                Dunyodagi  rivojlangan  tillarning  deyarli  hammasida  ozmi-ko’pmi 

o’zlashgan  so’zlar,  iboralar  uchrashi,  hatto  ayrim  tillarning  aralashib  ketganlik 

xususiyatlari  avvalo  tilshunoslarning,  qolaversa,  tilga  e’tibori  bo’lgan  har  bir 

kishining ham diqqatini o’ziga jalb qiladi. Ayniqsa, chet so’zlarning qabul qiluvchi 

til  qonuniyatlariga  tezda  bo’ysunishi,  yotligi  bilinmay  huddi  ona  tilinikiday 

moslashib  ketaverishi  kabi  ob’yektiv  omillar  so’z  o’zlashuvi  masalasini 

tilshunoslikning eng dolzarb muammolaridan biriga aylantirdi.  

                O’zbek  tilida  chet  so’zlar  miqdori  40  foizdan  dan  sal  ortiqroq, shundan 

26 foizdan sal ortiqrog’i rus tiliga tegishlidir. Umuman, o’zbek tilidagi o’zlashgan 

so’zlar  miqdori  uncha  katta  hissani  tashkil  etmaydi.  Chunki  rus  va  yevropa 

tillarining  deyarlisida  o’zlashgan  so’zlar  60  foizdan  kam  emas.  Buning  ustiga, 

nomi o’zlashgan deb atalgan so’zlarning hammasi ham chetdan o’zlashavermagan.  

               Bir  tildan  boshqa  tilga  so’z  o’tishi  ijobiy  hol.  Shunisi  ham  borki, 

rivojlanishi  faqat  o’z  ichki  imkoniyatlari  doirasi  bilan  cheklangan  biron-bir 

bo’lmagani  kabi,  rivojlanishi  faqat  tashqi  imkoniyat  –  boshqa  tillardan  lisoniy 

birliklar olishga asoslangan til ham bo’lmaydi. So’z o’zlashtirish deganda boshqa 

tilning barcha so’zlarining olinishi emas, balki ulardan nehtiyojga muvofiqlarining 

olinishi  tushuniladi.  Shuning  uchun  ham  so’z  o’zlashishi  tillar  rivojlanishining 

tashqi omillari sirasiga kiradi.  

               Darhaqiqat,  tashqi  olam  to’la-to’kis  so’z  orqali  elakdan  o’tadi,  tashqi 

olamning  nomlanishi  zarur  bo’lgan  narsa-hodisalari  so’z  tomonidan  “qidiriladi”. 

Zero so’z – tilegalarining jamoaviy xotirasi, madaniy yodgorligi, xalq hayotining 

ko’zgusi.  O’zlashtiriligan  so’zlar  ham  ana  shu  sifatlardan  holi  emas.  Ular  shu 

xalqning turmush olamiga ochqich, umuman, o’zlashmalar barcha bilimlarga yo’l 

ochadigan kalitdir.   


             Ma’lumki, leksika va uning har xil qatlamlari o’z xarakteriga ko’ra turlicha 

“tovlanib”, o’ziga xos lisoniy qiymat kasb etadi. Bu narsa leksikaning  o’ziga xos 

murakkab  lisoniy  sath  ekanligidan  dalolat  beradi.    Har  bir  xalq  va  uning  tilining 

boshqa xalqlar va ularning tili bilan o’zaro aloqadorligi ham leksikada aks etadi. 

Shu bois  til leksikasini ko’zguga o’xshatish joiz bo’ladi. Ko’zgu unga qaratilgan 

har  bir  narsaning  aksini  namoyish  etgani  kabi, til  leksikasi  ham  ijtimoiy  va  ruhiy 

olamning  barcha  xususiyatlarini  namoyish    qiladi.  Shu  sabab  ham  jamiyatning 

ijtimoiy, ma’naviy olamidagi har bir yangilik, har bir o’zgarish eng avvalo lug’at 

tarkibida  o’z  ifodasini  topadi.  Darhaqiqat,  leksika  ijtimoiy  hayotdagi  barcha 

o’zgarishlarni, xalq bosib o’tgan tarixiy yo’lning izlarini o’zida aks ettiradi. Ayni 

paytda  muayyan  tilning  lug’at  tarkibini  tadqiq  etishda  chet  til  elementlarining 

mavqei va amal qilish doirasi, o’ziga xos xususiyatlarini ana shu nuqtayi nazardan 

tahlil etish zaruratini paydo qiladi. Shuni aytish kerakki, lug’at tarkibining ijtimoiy 

hayotdagi  o’zgarishlarni  aks  ettirishida  o’ziga  xos  qonuniyatlar  amal  qiladi. 

Negaki, o’zga xalqlar bilan madaniy, ma’naviy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar 

ham tilda, ham uning leksikasida aks etadi. Bunday jarayon til lug’at tarkibida chet 

so’zlarning  paydo  bo’lishiga  sabab  bo’ladi.  Jumladan,  hozirgi  o’zbek  tili  lug’at 

tarkibida arab tilidan o’zlashgan so’zlar salmoqli miqdorni tashkil etadi. Bu so’zlar 

o’zbek tili lug’at tarkibidagi o’zlashgan boshqa so’zlar qatlamida o’zining boyligi 

va ifodaliligi bilan ajralib turadi. Hazrat Navoiy arab tilining bu xususiyati haqida 

“Muhakamatul  lug’atayn”  asarida  shunday  deydi:  “  Barchasidin  arab  tili  fasohat 

oyini  bila  mumtoz  va  balog’at  tazyini  bila  mo’jizatirozdurkim,  hech  takallum 

ahlining munda da’vosi yo’qdur”.   

 

 



 

 


1.2    Arabizmlarning  turkiy  tillar  leksikasiga  o’zlashish 

tarixi.


                

          O’zbek  tili  o’tmishda  bir  qator  qardosh  bo’lmagan  boshqa  tizimdagi  tillar 

bilan ham aloqda bo’lgan. Bunday tillar fors-tojik va arab tillaridir. O’rta Osiyoda 

arablar  hukmronligi  davrida  o’zbek-arab  tillari  aloqasi  yuzaga  keldi.  Bu  davrda 

arab  tili  davlat  va  din  tili,  fan  va  rasmiy  yozishmalar  tili  sifatida  keng  tarqaldi. 

O’zbek  tili  bu  davrda,  bir  tomondan,  bosqinchilarning  og’zaki  so’zlashuv    tili 

bilan,  ikkinchi  tomondan,  arab  yozma  adabiy  tili  bilan  to’qnashdi.  Arab  tili 

mahalliy aholiga  davlat va fan tili, ayniqsa din tili sifatida majburan o’qitildi  va 

singdirilidi.  Natijada  mahalliy  aholi  vakillari  o’z  ona  tili  bilan  bir  qatorda  arab 

tilida  ham  yoza  va  gapira  oladigan  bo’ldi.  O’rta  osiyolik  mashhur  olimlar 

Xorazmiy,  Beruniy,  shuningdek,  Abu  Ali  ibn  Sino,  Abu  Nasr  Forobiy,  Ahmad 

Farg’oniy o’z ilmiy asarlarini arab tilida yozganlar.  

                     Natijada arab tili IX-X asrlarda mahalliy aholi tillariga din-islom tili, 

bosqinchi harbiylar tili sifatida  mahalliy adabiy tillarga fan, madaniyat, davlat tili 

sifatida  kuchli  ta’sir  o’tkazdi.  Natijada  arab  tilidan  o’zbek  adabiy  tiliga,  qisman 

o’zbek xalq shevalariga arabcha so’zlar kirib kela boshlagan. Arabcha so’zlarning 

o’zbek tiliga kirib kelishi ayniqsa VII-VIII asrlarda ko’proq yuz bergan. XIV-XV 

asr  eski  o’zbek  tilida  arab  tili  leksikasi  sezilarli  qatlamni  tashkil  qilgan.  Shuning 

uchun  Navoiy  asarlari  tilida  forscha-tojikcha  so’zlar  bilan  bir  qatorda  arabcha 

so’zlar ham uchraydi. 

                     Shunday  qilib,  arab  tili  bilan  o’zbek  tili  bevosita  to’qnashdi.shunga 

ko’ra, o’zbek-arab ikkitilliligi kontaktli  hodisa hisoblanadi. Bu jihatdan o’zbek –

arab  tillarining  o’zaro  aloqasi  va  ta’siri  boshqa  turkiy  tillardagi  mana  shunday 

ta’sirdan farqalanadi.  

                    O’zbek  tiliga  arab tili  faqat din-islom  tili sifatida  emas, balki  fan tili, 

rasmiy idoraviy uslub tili, badiiy adabiyot tili sifatida ham ta’sir etdi. Ammo arab 

tilining ba’zi tillarga  ta’siri,  asosan, din  tili sifatida  yuz  berdi.  O’zbek tiliga  arab 


tilidan  so’z  olish,  asosan,  o’zbek-arab  bilingvizmi  davrida kuchli  bo’ldi.  Keyingi 

davrlarda  o’zbek  tiliga  yangi  so’zlar  sezilarli  darajada  qabul  qilinmagan, 

keyinchalik esa o’zbek tiliga kirgan arabcha elementlardan bir qismining eskirishi 

va  o’zbek  tilidan  chiqish  jarayoni  yuz  berdi.  Alisher  Navoiy    tilida  ishlatilgan 

ko’pgina arabcha so’z va so’z shakllari XIX asr o’zbek tilida, shuningdek, hozirgi 

o’zbek  adabiy  tilida  uchramaydi.  Arab  tilining  o’zidan  bevostia  so’z  olish  XI 

asrdayoq deyarli to’xtagan edi. Ammo turli davrlarda arabcha yozma manbalarda, 

shuninhgdek,  eski  o’zbek  tili  yozma  yodgorliklarida  saqlangan  arabcha    so’z 

guruhlari u yoki bu davrlarda faollashib turdi. Masalan, XX asr boshlarida va 20-

yillar  o’zbek  tilida  ilmiy  atamalar  sifatida  faollashgan  arabcha  so’zlar  ana  shu 

keyingi manbalardan olingan edi.  

                    O’zbek  tili  taraqqiyotida  boshqa  xalqlarning  lisoniy    ta’siri,  xususan, 

leksik qatlamda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, 90-yillardagi ijtimoiy-siyosiy 

o’zgarishlar tilga, uning leksikasiga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Natijada muayyan 

bir tillardan o’zlashgan so’zlarning mavqeyi pasayib, iste’moldan chiqdi, ularning 

o’rnida  allaqachon  istotizm  va  arxaizmga  aylangan  arabcha  so’zlar  yana  ishlatila 

boshlandi.    Masalan,    jumhuriyat,  jamoa,  jamoat,  muxolif,  majlis,  viloyat,  jarida, 

muallif,  noshir,  nashriyot,  noib,  fuqaro,  muxtor,  nohiya,  muassis,  tijorat,  shirkat, 

hokim, vazir va boshqalar. 

         Chet  el  so’zlari  boshqa  bir  tilda  qo’llansa-da,  ularning  barchasi  o’zlashma 

lug’aviy  birlik  maqomida  bo’la  olmaydi.  Chet  so’zlarning  o’zlashish  va 

o’zlashmaslik hollari mavjud. A.A.Reformatskiy o’zga til so’zlarning o’zlashish va 

o’zlashmaslik  chegaralarini  farqlashda  ularning  o’zlashgan  tilning  fonetik  va 

grammatik    qonuniyatlariga  bo’ysunish-bo’ysunmaslik  darajasini  hisobga  oladi. 

Chin  ma’noda  o’zlashgan  so’zlar  boshqa  tilning  fonetik  va  grammatik  

qonuniyatlari  ta’siriga  beriladi,  o’zlashmagan  chet  so’zlar  bunday  ta’sirga 

berilmaydi.  

                      Masalaga mazkur nuqtayi nazar asosida yondoshilganda,  o’zbek tili 

leksikasidagi  arabcha  so’zlarning  barchasini  o’zlashgan  desak,  xato  bo’lmaydi. 


Chunki  arab  o’zlashmalarining  deyarli  barchasi  o’zbek  adabiy  tilining  fonetik  va 

grammatik  qonuniyatlari  ta’siriga  beriladi,  ayniqsa,  ular  turlanish  sistemasida 

o’zbek  tilining  o’z  so’zlari  bilan  teng  maqomda  eishtirok  etadi,  zero  ular  chin 

ma’noda o’zlashgan lug’aviy birliklardir.  

Arabcha  so’zlarning  o’zlashtirilishi  VII  asrdan  boshlanib,  IX-X  asrlarda 

ancha  faollashgan.  Arab  tilidan  so’z  o’zlashtirishga  olib  kelgan  omillar 

ichida quyidagilar muhim rol o’ynagan: 

a)  arablar istilosi;

 

b)  islom dinining keng tarqalishi;



 

c)  arab yozuvining qo’llana boshlanganligi;

 

d)  madrasalarda arab tilining o’qitilishi;



 

e)  turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;

 

f)  olim-u  fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.



 

Arab  tilidan  o’zlashtirilgan  so’zlarning  fonetik,  semantik  va  morfemik 

tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko’zga tashlanadi: 

1.  So’z    tarkibida  ikki  unlinking  yonma-yon  kelish  holati  uchraydi: 

mutolaa, oila.

 

2.  Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so’zlarda ayn tovushidan oldingi unli 



kuchli va biroz cho’ziq aytiladi. 

 

3.  Jur’at,  sur’at,  bid’at,  qal’a  kabi  so’zlarda  bo’g’inlar  ayirib  talaffuz 



qilinadi.

 

4.  Semantik  jihatdan:  ko’proq  diniy,  hissiy,  axloqiy,  ilmiy,  ta’limiy  va 



mavhum tushunchalar ifodalanadi.

 

5.  So’zlarning lug’aviy va grammatik shakllari flektiv xarakterda bo’lib, 



o’zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim. 

 

           Dunyoda  hech  bir  til  o`zi  mutlaq  rivojlana  olmaydi.  Har  qanday  til  



tarkibida  boshqa  til  elementlarini  uchratish  mumkin.  

O`zbek  tili  lug`at   tarkibining  boyishida  tashqi  manbalarning  ahamiyati  

muhim.  So`z    o`zlashtirish    hodisasi    xalqlar    o`rtasidagi    turli    xil    iqtisodiy, 

ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy  munosabatlar  asosida  yuzaga  keladi.  

Ma’lumki, o`zbek  tili  leksikasining  o`zlashma  qatlami ,asosan, arabcha, 

fors-tojikcha, ruscha   so`zlardan  iborat. “Olimlarning  hisobiga  qaraganda, ba’zi  

turkiy  tillar  lug`at  tarkibining  30-35  foizini  arab  so`zlari  tashkil  qiladi. Poetik 

nutqda    esa    forsiy    elementlarni    ham    qo`shib    hisoblaganda,  bu    miqdor    95  

foizga  yaqinlashadi”

3

.  


O`zbek    tili    leksikasining    arabcha    so`zlar    qatlami    tarixiy-an`anaviy  

usulda o`zlashgan. 

“Arabcha    so`zlarning    o`zlashtirilishi    VIII    asrdan    boshlanib,  IX-X  

asrlargacha    ancha    faollashgan.  Arab    tilidan    so`z    o`zlashtirishga    olib    kelgan  

omillar    quyidagicha  :  avvalo,  arablar    istilosi,  islom    dinining    keng    tarqalishi, 

qolaversa,  arab    yozuvining    qo`llana    boshlanganligi,  madrasalarda    arab    tili  

o`qitilib, olim-u fuzalolarning  arab  tilida  ijod  qilishi, turkiy-arab  ikki  tilligining  

tarkib  topganligi”

4



“Bunday    so`zlarning  o`zbek    tili  (turkiy    til)    lug`atiga    ko`plab    olinishi  



islom  dini   O`rta  Osiyoga  kirib  kelgan  davrlardan  boshlangan  bo`lib,  o`zbek  

tiliga  asosan  bevosita (arab  tilida  yozilgan  manbalardan)  yoki  bilvosita  (fors  

tilida  yozilgan  manbalardan) o`tgan”

5

: baquvvat, g`amxo`r, qarzdor , mansabdor  



kabi.  

Arab  bosqini   natijasida dastlab    diniy, so`ngra    ma`rifiy-siyosiy,   ijtimoiy-

madaniy   tushunchalar  o`zlashganini  ko`rishimiz  mumkin.  

Arabizm  elementlarining  o’zbek  tilida  eng  ko’paygan  davri  XV  asr  bo’ldi. 

“Arabizm” tushunchasi bir oz izoh talab qiladi. Chunki “arabizm” deganda, odatda, 

                                                           

3

  Эшонкулов    Б.  Ҳозирги    ўзбек    адабий    тилида    арабча    луғавий    ўзлашмаларнинг    парадигматик  



ассимметрияга  муносабати. Т-1996 

4

 Po`latova  D. Mahmud  Toir  she’riyati  leksik  xususiyatlari. Dissertatsiya. Navoiy-2014. 55-58-bet. 



5

 Раҳматуллаев  Ш. 

Ўзбек  тилининг  этимологик  луғати. –T.:Университет,2003, 3-б

 


arab tilida bor-yo’qligidan qat’iy nazar asl arabcha elementlar ham, arab o’zagidan 

arab bo’lmagan xalqlar tomonidan yaratilgan so’zlar ham tushuniladi.  

        O’zbek klassik adabiyotida arabizmlarning mavzuviy guruhlari quyidagilar: 

     Falsafiy  atamalar:  ma’no  –  mazmun,  suvrat  –  shakl,  vaxdat  –  borliqning 

yagonaligi,  fano  –  yo’q  bo’lish,  ma’rifat  –  bilish  nazariyasi,  malo  –  to’liqlik  va 

boshqalar. 

       Mantiqqa  oid  atamalar:  qiyos  –  analogiya,  qaziya  –  hukm,  javhar  – 

substansiya, araz – aksidentsiya, botil – yolg’on, maxmul – predikat va boshqalar. 

       Psixologiyaga  oid  so’z  va  atamalar:  his  -  sezish,  mahsulot  –  seziladigan 

narsalar, xafiza – eslash quvvati, rag’bat – xohish, iroda – iroda. 

      Etikaga oid so’z va terminlar: axloq – etika, husni axloq – xulqi yaxshi bo’lish, 

takabbur – o’zini katta olish, xilm – yumshoq tabiatlilik, halim – yumshoq tabiatli, 

zarofat – nozik so’zlilik va hokazo. 

        Siyosatga  oid  so’z  va  terminlar:  siyosat  –  siyosat,  jamoa  –  jamoat,  ijtimo  – 

jamiyat, rais – jamiyat boshlig’I, adl – adolat, zulm – adolatsizlik, malik – podsho, 

hur – erkin, asorat – tutqunlik va boshqalar. 

         Tilshunoslikka oid so’z va atamalar: kalom – nutq, jumla – gap, ism – ot, fe’l 

–  fe’l,  harf  –  harf,  tovush,  tajvid  –  orfoepiya,  imlo  –  orfografiya,  muxotob  – 

ikkinchi  shaxs,  mutakallim  –  birinchi  shaxs,  ismi  foil  –  sifatdosh,  masdar  – 

infinitiv,  ja’m – ko’plik, g’oyib – uchinchi shaxs. 

              Adabiyotshunoslikka oid so’z va terminlar: nazm – poeziya, she’r – she’r, 

bayt  –  ikki  misra,  misra  –  she’rning  bir  qatori,  qofiya  –  misralar  oxiridagi 

ohangdoshlik, masnaviy  –  juft qofiyali  poetic  asar, ruboiy  –  to’rt  misralik she’riy 

janr, 


aruz 

–she’riy  o’lchovlar  sistemasining  bir  turi,  xazaj,  ramal, 

munsarix,mutadorik,  mujtass,  qarib,  g’arib  –  bahr  (aruz  vazn  turkumlari) 

nomlari.Boshqa  tildan  so’z  olganda,  albatta,  muayyan  me’yor  saqlanishi  shart,  

shubhasizki,  bu  me’yor  tilning  yaxlit  so’z  zaxirasini  mehvaridan  chiqarib 


yubormaslik  uchun  xizmat  qiladi.  Shuni  ham  alohida  ta’kidlamoq  joizki,  boshqa 

tildan  me’yorni  saqlagan  holda  olinadigan  so’z  oluvchi  oluvchi  tilning  fonetik 

qonuniyatlariga    moslashtirishi  maqsadga  muvofiq.  Mashhur  olmon  tilshunosi 

Herman  Paul  o’zlashma  so’zning  tarkibi  ona  tilining  tovush  materialidan    tarkib 

topgandan keyin u ona tilida fuqarolik huquqini kasb etishini alohida ta’kidlaydi. 

Fitrat  ham  xorijiy  so’zni  ona  tili  qonuniyatlariga  muvofiq  tarzda  qo’llash 

lozimligini  so’z  o’zlashtirishning  asosiy  shartlaridan  biri    deb  hisoblaydi: 

“…Turkchasi  topilmagan  so’zlar  va  istilohlar  bor  esa,  ularni  chiqarib  tashlab, 

o’runlarini bo’sh qo’yayliq demayman. Turkchasi topilmagan so’zlar va istilohlar 

qolsun, biroq turkchaning buyrug’i ostinda kirib qolsun; boshqacha turli aytkanda, 

Fransada  yashagan  bir  turk  kabi  bo’lundig’i  turkchaning  qonunlarig’a  bo’ysunib 

yashasun; turkchada turg’an bir fransuzdek “kapitulatsion” asrori ostida turmasun”. 

              Boshqa  bir  qator  tillar,  masalan,    arab  tili  o’zga  tildan  so’z  olganda  uni, 

albatta,  o’z  qonuniyatlari  ostiga  kiritadi,  natijada  uning  xorijiy  so’zligi  ham  bir 

qarashda    bilinmay  ketadi.  Masalan,  o’zbek  tilidagi  qonun  so’zi  arabchadan 

o’zlashtirilgan  va  bu  so’zning  fonetik  tarkibi  shundayligicha  o’zbek  tili  fonetik 

qonuniyatlariga  mos  keladi.    Ammo  bu  so’z  sof  arabcha  emas,  u  yunon  tilidagi 

kanon so’zining arab tili fonetikasiga moslab, ya’ni qonun shaklida o’zlashtirilgan 

ko’rinishidir.  

Arabcha  so’zlarning  o’zlashtirilishi  VII  asrdan  boshlanib,  IX-X  asrlarda 

ancha  faollashgan.  Arab  tilidan  so’z  o’zlashtirishga  olib  kelgan  omillar 

ichida quyidagilar muhim rol o’ynagan: 

g)  arablar istilosi;

 

h)  islom dinining keng tarqalishi;



 

i)  arab yozuvining qo’llana boshlanganligi;

 

j)  madrasalarda arab tilining o’qitilishi;



 

k)  turkiy-arab ikki tilligining tarkib topganligi;

 

l)  olim-u  fuzalolarning arab tilida ijod qilganligi.



 

Arab  tilidan  o’zlashtirilgan  so’zlarning  fonetik,  semantik  va  morfemik 

tarkibida quyidagi xususiyatlar borligi ko’zga tashlanadi: 

6.  So’z    tarkibida  ikki  unlinking  yonma-yon  kelish  holati  uchraydi: 

mutolaa, oila.

 

7.  Ra’no, da’vo, ta’na, e’lon kabi so’zlarda ayn tovushidan oldingi unli 



kuchli va biroz cho’ziq aytiladi. 

 

8.  Jur’at,  sur’at,  bid’at,  qal’a  kabi  so’zlarda  bo’g’inlar  ayirib  talaffuz 



qilinadi.

 

9.  Semantik  jihatdan:  ko’proq  diniy,  hissiy,  axloqiy,  ilmiy,  ta’limiy  va 



mavhum tushunchalar ifodalanadi.

 

10. So’zlarning lug’aviy va grammatik shakllari flektiv xarakterda bo’lib, 



o’zbek tilida morfemalarga ajralmaydi: ilm, muallim, olim. 

 

           Dunyoda  hech  bir  til  o`zi  mutlaq  rivojlana  olmaydi.  Har  qanday  til  



tarkibida  boshqa  til  elementlarini  uchratish  mumkin.  

O`zbek  tili  lug`at   tarkibining  boyishida  tashqi  manbalarning  ahamiyati  

muhim.  So`z    o`zlashtirish    hodisasi    xalqlar    o`rtasidagi    turli    xil    iqtisodiy, 

ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy  munosabatlar  asosida  yuzaga  keladi.  

Ma’lumki, o`zbek  tili  leksikasining  o`zlashma  qatlami ,asosan, arabcha, 

fors-tojikcha, ruscha   so`zlardan  iborat. “Olimlarning  hisobiga  qaraganda, ba’zi  

turkiy  tillar  lug`at  tarkibining  30-35  foizini  arab  so`zlari  tashkil  qiladi. Poetik 

nutqda    esa    forsiy    elementlarni    ham    qo`shib    hisoblaganda,  bu    miqdor    95  

foizga  yaqinlashadi”

6

.  



O`zbek    tili    leksikasining    arabcha    so`zlar    qatlami    tarixiy-an`anaviy  

usulda o`zlashgan. 

“Arabcha    so`zlarning    o`zlashtirilishi    VIII    asrdan    boshlanib,  IX-X  

asrlargacha    ancha    faollashgan.  Arab    tilidan    so`z    o`zlashtirishga    olib    kelgan  

omillar    quyidagicha  :  avvalo,  arablar    istilosi,  islom    dinining    keng    tarqalishi, 

                                                           

6

  Эшонкулов    Б.  Ҳозирги    ўзбек    адабий    тилида    арабча    луғавий    ўзлашмаларнинг    парадигматик  



ассимметрияга  муносабати. Т-1996 

qolaversa,  arab    yozuvining    qo`llana    boshlanganligi,  madrasalarda    arab    tili  

o`qitilib, olim-u fuzalolarning  arab  tilida  ijod  qilishi, turkiy-arab  ikki  tilligining  

tarkib  topganligi”

7



“Bunday    so`zlarning  o`zbek    tili  (turkiy    til)    lug`atiga    ko`plab    olinishi  

islom  dini   O`rta  Osiyoga  kirib  kelgan  davrlardan  boshlangan  bo`lib,  o`zbek  

tiliga  asosan  bevosita (arab  tilida  yozilgan  manbalardan)  yoki  bilvosita  (fors  

tilida  yozilgan  manbalardan) o`tgan”

8

: baquvvat, g`amxo`r, qarzdor , mansabdor  



kabi.  

Arab  bosqini   natijasida dastlab    diniy, so`ngra    ma`rifiy-siyosiy,   ijtimoiy-

madaniy   tushunchalar  o`zlashganini  ko`rishimiz  mumkin.  

Arabizm  elementlarining  o’zbek  tilida  eng  ko’paygan  davri  XV  asr  bo’ldi. 

“Arabizm” tushunchasi bir oz izoh talab qiladi. Chunki “arabizm” deganda, odatda, 

arab tilida bor-yo’qligidan qat’iy nazar asl arabcha elementlar ham, arab o’zagidan 

arab bo’lmagan xalqlar tomonidan yaratilgan so’zlar ham tushuniladi.  

        O’zbek klassik adabiyotida arabizmlarning mavzuviy guruhlari quyidagilar: 

     Falsafiy  atamalar:  ma’no  –  mazmun,  suvrat  –  shakl,  vaxdat  –  borliqning 

yagonaligi,  fano  –  yo’q  bo’lish,  ma’rifat  –  bilish  nazariyasi,  malo  –  to’liqlik  va 

boshqalar. 

       Mantiqqa  oid  atamalar:  qiyos  –  analogiya,  qaziya  –  hukm,  javhar  – 

substansiya, araz – aksidentsiya, botil – yolg’on, maxmul – predikat va boshqalar. 

       Psixologiyaga  oid  so’z  va  atamalar:  his  -  sezish,  mahsulot  –  seziladigan 

narsalar, xafiza – eslash quvvati, rag’bat – xohish, iroda – iroda. 

      Etikaga oid so’z va terminlar: axloq – etika, husni axloq – xulqi yaxshi bo’lish, 

takabbur – o’zini katta olish, xilm – yumshoq tabiatlilik, halim – yumshoq tabiatli, 

zarofat – nozik so’zlilik va hokazo. 

                                                           

7

 Po`latova  D. Mahmud  Toir  she’riyati  leksik  xususiyatlari. Dissertatsiya. Navoiy-2014. 55-58-bet. 



8

 Раҳматуллаев  Ш. 

Ўзбек  тилининг  этимологик  луғати. –T.:Университет,2003, 3-б

 


        Siyosatga  oid  so’z  va  terminlar:  siyosat  –  siyosat,  jamoa  –  jamoat,  ijtimo  – 

jamiyat, rais – jamiyat boshlig’I, adl – adolat, zulm – adolatsizlik, malik – podsho, 

hur – erkin, asorat – tutqunlik va boshqalar. 

         Tilshunoslikka oid so’z va atamalar: kalom – nutq, jumla – gap, ism – ot, fe’l 

–  fe’l,  harf  –  harf,  tovush,  tajvid  –  orfoepiya,  imlo  –  orfografiya,  muxotob  – 

ikkinchi  shaxs,  mutakallim  –  birinchi  shaxs,  ismi  foil  –  sifatdosh,  masdar  – 

infinitiv,  ja’m – ko’plik, g’oyib – uchinchi shaxs. 

                        Adabiyotshunoslikka oid so’z va terminlar: nazm – poeziya, she’r – 

she’r,  bayt  –  ikki  misra,  misra  –  she’rning  bir qatori, qofiya  –  misralar oxiridagi 

ohangdoshlik, masnaviy  –  juft qofiyali  poetic  asar, ruboiy  –  to’rt  misralik she’riy 

janr, 

aruz 


–she’riy  o’lchovlar  sistemasining  bir  turi,  xazaj,  ramal, 

munsarix,mutadorik,  mujtass,  qarib,  g’arib  –  bahr  (aruz  vazn  turkumlari) 

nomlari.Boshqa  tildan  so’z  olganda,  albatta,  muayyan  me’yor  saqlanishi  shart,  

shubhasizki,  bu  me’yor  tilning  yaxlit  so’z  zaxirasini  mehvaridan  chiqarib 

yubormaslik  uchun  xizmat  qiladi.  Shuni  ham  alohida  ta’kidlamoq  joizki,  boshqa 

tildan  me’yorni  saqlagan  holda  olinadigan  so’z  oluvchi  oluvchi  tilning  fonetik 

qonuniyatlariga    moslashtirishi  maqsadga  muvofiq.  Mashhur  olmon  tilshunosi 

Herman  Paul  o’zlashma  so’zning  tarkibi  ona  tilining  tovush  materialidan    tarkib 

topgandan keyin u ona tilida fuqarolik huquqini kasb etishini alohida ta’kidlaydi. 

Fitrat  ham  xorijiy  so’zni  ona  tili  qonuniyatlariga  muvofiq  tarzda  qo’llash 

lozimligini  so’z  o’zlashtirishning  asosiy  shartlaridan  biri    deb  hisoblaydi: 

“…Turkchasi  topilmagan  so’zlar  va  istilohlar  bor  esa,  ularni  chiqarib  tashlab, 

o’runlarini bo’sh qo’yayliq demayman. Turkchasi topilmagan so’zlar va istilohlar 

qolsun, biroq turkchaning buyrug’i ostinda kirib qolsun; boshqacha turli aytkanda, 

Fransada  yashagan  bir  turk  kabi  bo’lundig’i  turkchaning  qonunlarig’a  bo’ysunib 

yashasun; turkchada turg’an bir fransuzdek “kapitulatsion” asrori ostida turmasun”. 

                      Boshqa  bir  qator  tillar,  masalan,    arab  tili  o’zga  tildan  so’z  olganda 

uni, albatta, o’z qonuniyatlari ostiga kiritadi, natijada uning xorijiy so’zligi ham bir 

qarashda    bilinmay  ketadi.  Masalan,  o’zbek  tilidagi  qonun  so’zi  arabchadan 


o’zlashtirilgan  va  bu  so’zning  fonetik  tarkibi  shundayligicha  o’zbek  tili  fonetik 

qonuniyatlariga  mos  keladi.    Ammo  bu  so’z  sof  arabcha  emas,  u  yunon  tilidagi 

kanon so’zining arab tili fonetikasiga moslab, ya’ni qonun shaklida o’zlashtirilgan 

ko’rinishidir.  

         Har  bir  tilda,  xususan,  o’zbek    tilida  ham  so’z  o’zlashtirishning  tarixiy-

an’anaviy , hamda hozirgi zamonaviy turlari mavjud. Muhimi shundaki, o’zbek tili 

leksikasining  arabcha  so’zlar  qatlami  so’z  o’zlashtirishning  tarixiy-  an’anaviy 

ko’rinishi  orqali  vujudga  kelgan.Tarixiy-an’anaviy  yo’sinda  o’zlashgan  lisoniy 

birliklar  til  lug’at  tarkibida  uzoq  vaqt  saqlanadi.Davrlar  o’tishi  bilan,  ijtimoiy-

siyosiy  o’zgarishlar  tazyiqi  ostida  ular  ba’zan  faollashib,  ba’zan  sustlashib 

“tovlanib”,  qalqib  turadi.Faollashgan  lug’aviy  birliklarning,  ma’lum  bir  tazyiq 

ostida  bo’lishi  iste’moli  cheklangan  boshqa  leksemalarning  faollashuviga  sabab 

bo’ladi.    Hozirgi  vaqtda  o’zbek  tili  leksikasining  tarixiy-an’anaviy    yo’sindagi 

o’zlashgan  qatlamida  ayni  ana  shu  jarayon  boshlangan.  Iste’mol  doirasi  salbiy 

ma’no  jilvasi  bilan  cheklangan  hokim,  rais,  noib  va  hokazolarning  davr  taqozo 

etgan yangi, ijobiy ma’no bilan “faoliyat”  boshlagani buning yorqin misolidir.  

              Arab lug’aviy o’zlashmalari 1950-yillar arafasida F.Abdullayev,  

1990-yillarda  T.Rahmonov  tomonidan  ham  o’rganilgan.  Xususan,  F.Abdullayev 

o’zbek  tili  lug’at  tarkibidagi  arab  o’zlashmalariga  o’sha  davr  mafkurasi  ta’sirida 

salbiy  hodisa  sifatida  qaragan,  ular  ruscha  muqobillar  evaziga  zo’rma-zo’raki 

almashtirishga  harakat  qilingan.  T.Rahmonovning  nomzodlik  dissertatsiyasida 

hozirgi  o’zbek  tilidagi  bir  qator  arabcha  so’zlarning  semantic  tuzilishi  tadqiq 

etilgan.  Unda  ayrim  arabcha  so’zlarning  ko’p  ma’noligini  sharhlash  bilan 

cheklangan. 



Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish