II BOB. Arab tilidan o’zlashgan so’zlardagi
semantik o’zgarishlar.
2.1 Arab
tilidan
o’zlashgan
so’zlarda
semantik
o’zgarishlar: ma’no kengayishi, ma’no torayishi, ma’no
siljishi.
Ma’lumki, chet so’zning semantikasi o’zlashtirayotgan tilning lug’at
tarkibi hamda taraqqiyoti darajasiga ko’ra to’la, qisman va hatto butunlay
o’zgargan holda o’zlashishi mumkin. Boshqa tillarda bo’lganidek, o’zbek tili
leksikasidagi arabcha so’zlarning ba’zilarida o’z ma’nolari saqlangan bo’lsa,
ularning ayrimlarida esa ma’no doirasi birmuncha kengaygan yohud toraygan
(kamdan-kam hollarda) yoki butunlay boshqa ma’no ifodalashga ko’chgan.
Arab tili o’zlashmalari mavhum abstrakt va diniy tushunchalarni
ifodalash xususiyatiga ega. Bunday tematik xoslanish fors-tojik yoki rus tili
o’zlashmalari uchun xos emas. Masalan: muqaddas, madrasa, shahid, rais,
arbob, domulla, domla, qasos, vatan, g’azot, g’oziy, qurbon, sodiq, sadoqat,
savob, ziyorat, tasavvuf, tabarruk, millat va boshqalar.
O’zbek tilidagi arab lug’aviy o’zlashmalarining o’z va o’zbek tilidagi
ma’no talqinini quyidagi jadval asosida tasavvur etish mumkin:
So’zning arab tilidagi asl Hozirgi o’zbek tilidagi
ma’nosi: ma’nosi:
Millat
– 1) din, 2)diniy sekta,
Millat
– 1) sotsial-tarixiy uyushmasi,
jamoa, 3) millat. xalq, xalq uyushmasi, 2) davlat,
mamlakat.
tabarruk
– 1) ezgu, ilohiy,
tabarruk
– 1)ezgu, yaxshi, 2) hurmatli
muqaddas ish. mo’tabar, aziz, 3) ilohiy kuchga ega
bo’lgan, muqaddas, 4) ezgu esdalik,
bu tabarruk buyum.
tasavvuf
– sufizm
tasavvuf
– diniy e’tiqod.
savob
– yaxshi, ezgu ish badaliga
savob
– xayrli, yaxshi, ezgu ish.
olinuvchi mukofot
shahid
– 1) din yo’lidagi urush qurboni,
shahid
– 1) din yoki mazhab
2)vatan urushi va biror g’oya yo’lida yo’lidagi urush qurboni, 2) vatan
qurbon bo’lgan kishi urushi uchun yoki haqqoniyat yo-
ki haqqoniyat yo’lida qurbon bo’l-
gan, jonini fido qilgan odam.
g’oziy
– 1) bosib oluvchi,
g’oziy
– 1) esk. G’azotda muqad-
2)bosqinchi, 3) jangchi das urushda qatnashuvchi, 2) vatan
ozodligi yo’lida jang qilib g’alaba
qozongan kishi.
arbob
– 1) olloh, hudo, 2)sohibi
arbob
– 1) fan, madaniyat, san’at
egasi, janobi, 3) podshoh, sohasida davlat ishida faoliyati bi-
4) xo’jayin lan tanilgan shu sohada o’zini ko’r-
satgan shaxs, 2) Buxoro xonligida,
mahalla boshlig’i, ellik boshi yoki
qishloq oqsoqoli.
rais
– 1) boshchilik-rahbarlik qiluvchi
rais
– 1) ba’zi organ, tashkilot idora,
shaxs, 2) boshliq, boshqaruvchi. jamiyat va shu kabilarning boshlig’i,
2)majlisni boshqaruvchi shaxs,
3) diniy marosimlarni nazorat qilib
turuvchi shaxs, 4) shahar, viloyat
raisi.
O`zbek tili leksikasida arabcha umumiste’moldagi so`zlar ko`pchilikni
tashkil etadi. Ayniqsa leksikada ot so`z turkumiga mansub so`zlarning
miqdori yuqori. Ularning o`ziga xos semantik xususiyatlari mavjud. Arabcha
so`zlar ko`proq ilmiy, diniy, axloqiy, ta`limiy, mavhum tushunchalarni
ifodalaydi. Tilimizdagi arabcha o`zlashmalarning bir guruhi ma`no qiymatini
o`zgartirib, etimologik ma`no va tushunchasi bilan bog`liq bo`lmagan boshqa
so`zga aylangan, yoxud ma’no kengayishi va ma’no torayishi yuz bergan.
Ravshan Jomonovning ta`kidlashicha, “so`z o`zlashtirish lisoniy jarayon
sifatida juda ko`p hodisalarni o`zida mujassamlashtiradi. Xorijiy so`zni qabul
qilish hamda uning qabul qiluvchi tilda muqim “yashab” qolishiga ko`pgina
omillar ta’sir ko`rsatadi. Shunday omillardan biri – o`zlashtirilayotgan so`zdagi
semantik aniqlik, ya’ni ma’noni aniq va ravshan ifodalay olishdir. So`z
o`zlashtirilishi natijasida so`zdagi ko`pma’nolilik - polisemiya o`rniga
birma’nolilik, semantik aniqlik yuzaga kelib, so`zning ma’no tuzilishida
soddalashuv, ma’noni aniq ifodalash imkoniyati oshadi. Muhim jihati, qabul
qilingan o`zlashma orqali ma’no nozikliklari paydo bo`ladi, bu esa tilning
ifoda vositalari kengayishiga , lug`aviy imkoniyatlar bilan boyib borishiga
xizmat qiladi. I.V.Arnoldning yozishicha, “O`zlashtirilayotgan so`z, odatda, tilda
azaldan mavjud bo`lgan so`zlardan biriga semantik yaqinroq bo`lgan
ma’nolardan biri (yoki bir nechasi) ni o`ziga qabul qiladi. Bunda ularning
ma’no strukturasida qayta guruhlanish amalga oshadi, ya’ni qaysidir ikkinchi
darajali ma’no asosiy ma’noga aylanadi yoki aksincha”. Ayni shu o`rinda
so`z o`zlashtirishdagi juda nozik jihatlar namoyon bo`ladi: o`zlashma so`z
tildagi mavjud leksemalardan birining ma’nosini o`ziga qabul qiladi. Aniqroq
aytganda, o`zlashtirilayotgan leksema qabul qiluvchi tildagi ma’lum bir so`z
ma’nosini nihoyatda aniq ifodalay boshlaydi”
9
Demak, o`zlashtirilayotgan
so`zdagi semantik aniqlik, bir ma’nolilik ham o`sha so`zni qabul qilayotgan
til leksikasidan muqim joy olishini ta’minlaydi.
“Bir ma’noli bir qator so`zlar manba tilda real narsa predmet
ma’nolari bilan bog`liq bo`lsa-da, o`zbek tilida boshqacha ma’no kasb etadi –
mavhum ma’noli lug`aviy birliklar tusini oladi. Masalan : sohib (ega), qomat
(bo`y) , miqyos (o`lchov asbobi) kabi. Ba`zi monosemantik so`zlarning
ma`nosi esa o`zlashgan tilda butunlay boshqa tusga kirib, o`z tildagi ma’no
xususiyatini tark etadi. Masalan, g`alayon so`zi arab tilida so`zning qaynash
jarayonini anglatadi. O`zbek tilida esa norozilik maqsadida ko`tarilgan isyon,
qo`zg`olon, to`polon ma`nolari bilan birgalikda ko`chma ma`noda kishi ichki
dunyosidagi tug`yon, jo`sh urish ma`nolarida ham qo`llaniladi : Aholi
g`alayonga keldi, qo`rqqanidan emas, zulmga, zo`rlikka , haqsizlikka
chidamaganidan g`alayonga keldi (M.Ismoiliy, Farg`ona tong otguncha)
10
Arabcha o`zlashmalar orasida ma’no kengayishi va torayishi, qisman va
to`la o`zgarish, ma’no bo`yoqlarining yangi jilosi, ko`chma ma’noda
qo`llanishi kabi bir qator o`zgarishlar yuz bergan. Quyida ana shular haqida
fikr yuritamiz.
Majruh
so`zining etimologiyasiga nazar soladigan bo`lsak, bu arabcha
so`z asli maçrūħ (un) shakliga ega bo`lib, “jismoniy shikast yetkazdi”
ma’nosini anglatuvchi çaraħa fe`lining I bob majhul nisbat sifatdoshi sanaladi.
“Jarohatlangan”, “nogiron” , “mayib” ma’nolarini anglatadi: urushdan qancha
odam mayib-majruh bo`lib qaytdi.
Yuqoridagi misol (majruh yurak) shuni ko`rsatadiki, majruh so`zi o`zbek
tilida faqatgina jismoniy jihatdan jarohatlanishni ifodalabgina qolmay, ruhiy-
9
Жомонов Р. Сўз ўзлаштиришдаги асосий лисоний омиллар. Ўзбек тили ва адабиёти. // 2014/№ 5 / 11-
bet
10
Эшонкулов Б. Ҳозирги ўзбек адабий тилида арабча луғавий ўзлашмаларнинг парадигматик
ассимметрияга муносабати. Т-1996
ma`naviy jihatdan yaralanish yoki yetishmovchilikni ham ifodalaydi va bu
mumtoz adabiyotda yaqqol ko`rinadi:
Ey Navoiy , ishq agar ko`nglingni majruh etmadi,
Bas, nedinkim qon kelur og`zingdan, afg`on aylagach,
Yoki : Mening majruh dilim zulfingga bog`lanmish, Xudo haqqi,
Buyur, jonimga orom bersin ul la’li labing shu on (H.Sh ) kabi.
Shu jihatdan, tilimizdan majruh yurak, majruh ko`ngil, majruh qalb,
majruh dunyo kabi qator birikmalar o`rin olgan.
Hozirgi kunda so`zning har ikki ma’nosi birgalikda qo`llanmoqda:
Alkogolizm insonni jismoniy va ma’naviy jihatdan majruhlikka yetaklaydi kabi.
Ko`rinadiki, majruh so`zida ma’no kengayishi hodisasi yuz bergan.
Maxdum
so`zining kelib chiqishiga e’tibor qaratadigan bo`lsak,
maxdum
مدخ
(xadama) fe`lining “mehnat faoliyatini ado etdi” ma`nosi bilan
hosil qilingan I bob majhul nisbat sifatdoshi bo`lib, arab tilida “ish bilan
ta`minlovchi” , “ishga yollovchi” , “xo`jayin”; ishchi, xizmatchi ma`nolarini
anglatadi. O`zbek tilida esa bu so`z “martabali ruhoniy”(O`TEL.246-b), “ulamo
va ruhoniylar, pir va ustozlarga beriladigan unvon, laqab, shu unvonga ega
bo`lgan kishi”(O`TIL.559-bet) ma’nolarini anglatish uchun qo`llaniladi.
Umuman, xalqimizda taniqli din peshvolariga, ulamolarga nisbatan
maxdum unvoni qo`shib aytilgan: Maxdumi A’zam, Maxdum Vosiliy kabi.
Demak, arabcha maxdum so`zi o`zbek tilida o`zining etimologik
ma’nosidan unchalik uzoqlashmagan holda yangi ma’noni hosil qilgan.
Arabcha
hofiz
so`zi asarda quyidagicha uchraydi:
Ular hanuz ham
shaharning mashhur xotinlari bo`lg`an Nusrat hofiz…Tillo hofiz, Toji hofiz,
Misqol hofiz…hatto marg`ilonliq Zebixonlardan o`yung`a, sozg`a, ashulaga
ta’lim olib kelarlar va shuning uchun har birlari o`z hunarlarida yaxshi
san’atkor bo`lg`an edilar”. Hofiz so`zi arab tilida ko`p ma’noli ħafiža fe’lining
“xotirasida saqladi” , “yod oldi” ma’nosi bilan hosil qilingan I bob aniq
nisbat sifatdoshi bo`lib, “yoddan biluvchi”, “Qur’onni yod biladigan” kabi
ma’nolarni anglatadi. O`zbek tilida bu so`z “juda ko`p ashulani yoddan
biladigan mohir san’atkor” , “usta qo`shiqchi” ma’nolarini ham ifodalaydi:
Tashqarida bir qo‘sha sozandalar dutor, tanbur, g‘ijjak, rubob, nay va amsoli
sozlar bilan dunyoga jon suvi sepib shaharning mashhur hofizlari ashula
aytadirlar
(O`/k). Ko`rinadiki, hofiz I bob aniq nisbat sifatdoshining o`zbek
tiliga o`zlashishida ma’no kengayishi hodisasi ro`y bergan.
Ma’raka
so`zi arab tilida maьrakat(un) shakliga ega bo`lib, ьaraka
fe’lining “kurashdi” ma’nosi asosida yasalgan maьrak(un) o`rin otining –
at(un) qo`shimchasini olgan shakli bo`lib, arab tilida “kurash”, “jang”,
“kampaniya” ma’nolarini anglatadi. Tilimizda ,odatda, bu so`z “o`lgan
kishining xotirasiga bag`ishlab o`tkaziladigan marosim” ma’nosini anglatish
uchun ishlatiladi: “Otam o`lib qoldi, ma’rakasiga picha pul oboray devdim”;
Axir enasining qator ma’rakalari-yu, akasi Amirga muntazam sotib olib
berilayotgan qimmat dorilarda Yusufning sezilarli hissasi bor(“Muvozanat”).
Izohli lug`atda ma’raka so`zining quyidagi ma’nolari ko`rsatilgan:
1.Motam marosimlarining yig`indisi, ularning har biri
2.To`y – tomosha va shu kabilar munosabati bilan bo`ladigan yig`in, marosim
3. Jang maydoni.
4. ko`chma .Siyosiy yoki ho`jalik ahamiyatiga ega bo`lgan biror ishni amalga
oshirish uchun ishlatiladigan yalpi harakat, kampaniya : Qizig`i shundaki,
“paxta ma’rakasiga zarar qilmasin, deb O`sh hukumati ham o`zicha bir
narsa qilmasdan, muzofot mahkamalariga havola qilibdur” (D.Quronov
“Cho`lpon nasri petikasi” dan).
Ulug`bek Hamdamning “Muvozanat” romanida ham ma’raka so`zining
qo`llanganini ko`rishimiz mumkin: Umri-yu topgan-tutganini to`y-
ma’rakalarga, hashamga sarflashdan tiyilib, oyoq ostidan sal nariroqqa razm
soladigan zamon allaqachon kelgan.
Bu so`z tilimizda ko`p ma’noli so`zga aylansa-da, har bir ma’nosida
o`zining “biror bir masala uchun yig`ilish” ma’nosini saqlaydi. Jangda ham,
marosim-u yig`inlarda ham odamlar hal qilinishi lozim bo`lgan masalani hal
etish uchun to`planadilar. Demak, ma’raka so`zining tilimizda ko`p ma’noli
so`zga aylanishiga “yig`ilish” , “to`planish” semasi asos bo`lgan.
Xaloyiq
so`zining etimologiyasi quyidagicha: bu arabcha so`z xalāьiqu
shakliga ega;. Xaloyiq so`zi asli “yaratdi”, “yuzaga keltirdi” ma’nosini
anglatuvchi xalaqa fe’lining I bob masdari xalq(un) so`zidan yasalgan
xalīq(un) asliy sifatidan -at(un) qo`shimchasi bilan yasalgan xalīqat(un)
otining ko`plik shakli bo`lib, arab tilida “barcha yaratilgan jonli-jonsiz
narsalar” ma`nosini anglatadi. Tilimizda xaloyiq so`zi “to`planib turgan
odamlar” ma’nosini anglatib, odamlar, xalq ma’nosida ishlatiladi: …
ikki yuz va
besh yuz yigitimizni olib, xaloyiq ko‘zida go‘yo janobi tojdorning Musulmonqul
falokatidin ozodliqg‘a chiqib mustaqil sohibi toj bo‘lg‘anlarini muborakbod
qilmoq uchun yurgan bo‘lib, i’onatlariga yetarmiz va darbozadin kirishimiz on
faj’atan ul galai saklarga hujum boshlab, qatli omga qilich tortarmiz (“O`tkan
kunlar”). Xalq, xaloyiq so`zlari o`zakdosh sanaladi.
Xalq
so`zi ham o`zbek tilida
“ma’lum bir sahnda birgalikda yashovchi odamlar” ma’nosini anglatadi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo`q xalq g`amidin g`ami. (Navoiy);
Yoki: Bir onda dor atrofig`a yuzlab yig`ilg`an tomoshabin xalqni
yasovullar chetlanishka buyurdilar(M/ch). Turkiy xalqlar adabiyoti tarixi turli
zamonlarda goh ko`tarilish, goh susayishlar bilan taraqqiyot yo`lidan borgan
(Kitobdan) .
Ko`rinadiki,
xaloyiq, xalq
so`zlarining o`zlashishida ma’no torayishi
hodisasi yuz bergan.
Arab tili leksikasi masalalari bilan maxsus shug’ullangan ayrim
tilshunoslarning e’tirof etishlariga qaraganda, arab tili so’zlari ko’p ma’nolilikka
ancha moyil bo’lib, monosemantik belgi ular uchun noyob xususiyatdir. O’zbek
tilidagi arabcha so’zlar ham ana shunday tavsifga ega bo’lib, bir ma’noda
ishlatiluvchi so’zlar barmoq bilan sanoqli darajada amal qiladi. Masalan, vazir,
dorilfunun, jumhuriyat, tabib, muarrix, munajjim, adliya, muallif va boshqalar. Bu
arabcha o’zlashmalarning xarakterli xususiyati shundaki, ular semantik jihatdan
turg’un bo’lib, aniq bir amaliy sathga xosdir.
Bir ma’noli bir qator so’zlar esa manba tilda real narsa-predmet ma’nolari
bilan bog’liq bo’lsa-da, o’zbek tilida boshqacha ma’no kasb etadi, mavhum
ma’noli lug’aviy birliklar tusini oladi. Masalan:
sohib
(ega),
qomat
(bo’y),
miqyos
(o’lchov asbobi),
ayyom
(kunlar),
mavj
(to’lqin),
g’ubor
(chang),
barq
(chaqin) kabi.
Ba’zi bir monosemantik so’zlarning ma’nosi o’zlashgan tilda butunlay
boshqa tusga kirib, o’z tildagi ma’no xususiyatini tark etadi. Masalan:
g’alayon
so’zi arab tilida suvning qaynash jarayonini anglatadi. O’zbek tilida esa norozilik
maqsadida ko’tarilgan isyon, qo’zg’olon, to’polon ma’nolari bilan birgalikda
ko’chma ma’noda kishi ichki dunyosidagi tug’yon, jo’sh urush ma’nolarida ham
qo’llaniladi: Aholi g’alayonga keldi, qo’rqqanidan emas, zulmga, zo’rlikka,
haqiqatsizlikka chidamaganidan g’alayonga keldi (M. Ismoiliy. Farg’ona tong
otguncha). Beruniy ko’nglidagi g’alayonni bosish uchun mo’risimon qalpoqchasini
tog’rilab, boshini ham qildi (O. Yoqubov, Ko’hna dunyo).
Arab tilidagi polisemantik so’zlar o’zbek tiliga o’zlashganda hamma vaqt
ham ular barcha ma’nolarini saqlab qololmaydi. Ularning ma’nolaridan biri
o’zlashib, boshqalari arab tilida saqlangan. Masalan,
nohiya
so’zi arab tilida 3
ma’noga ega: 1) tomon, yo’nalish; 2) nuqtayi-nazar; 3) rayon. Bu o’zlashma
o’zbek tiliga atigi bir ma’noni “kichik ma’muriy-hududiy bo’linma” ma’nosi bilan
kirib kelgan.
Majalla
so’zi esa arab tilida: 1) jurnal, devoriy nashr; 2) kodeks
ma’nolariga ega. Bu so’z o’zbek tiliga ma’lum vaqtda nashr etiladigan to’plam
(majalla) ma’nosi bilan o’zlashgan.
Taqvim
so’zini olsak, u arab tilida 4 ma’noga
ega: 1) tuzatish, to’g’rilash; 2) физ. Выпрямление; 3) baho; 4) calendar. O’zbek
tiliga birgina kalendar ma’nosi bilan o’zlashtirilgan, xolos.
Arabcha ko’p ma’noli so’zlarning ikki yoki undan ortiq ma’nolari bilan
o’zbek tiliga o’zlashganligiga ham guvoh bo’lamiz. Masalan,
ustoz
so’zi arab
tilida: 1) o’qituvchi; 2) professor; 3) master; 4) maestro (turli kasb egalariga
murojaat paytida) kabi ma’nolariga ega. O’zbek tilida esa 1) kasb, hunar, ilm va
shu kabilarni o’rgatuvchi; 2) o’qituvchi, muallim; 3) yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi
murabbiy, rahnamo ma’nolari bilan o’zlashgan.
Tarix
so’zi ham ana shunday
xarakterga ega: 1) sana; 2) vaqt; 3) davr; 4) era; 5) fan nomi 6) xronika; 7)
летопис; 8) hikoya kabi ma’noni anglatadi. O’zbek tiliga 1) ijtimoiy taraqqiyot
protsessida yuzaga kelgan voqelik, hayot; 2) o’tmishga oid fakt va hodisalar
majmuasi; 3) biror voqea-hodisa yoki narsaning izchil taraqqiyot yo’li; 4) jamiyat
taraqqiyoti haqidagi fan; 5) biror bir voqea-hodisaning qachon bo’lib o’tganini
ko’rsatuvchi aniq sana, kalendar, akt; 6) she’riy san’at turi ma’nolari bilan kirib
kelgan.
Siyosat
so’zi ham shu tipagi so’zlar jumlasiga kiradi, u arab tilida: 1)
molga qarash, mol boqish; 2) boshqarish; 3) politika; 4) diplomatiya kabi
tushunchalarni ifodalovchi so’zdir. Bu so’z o’zbek tiliga ko’p ma’noli leksema
tarzida o’zlashib, arab tilida bo’lmagan ma’nolar ham kasb etgan. Masalan: 1)
siyosat qilmoq – hiyla-nayrangga asoslangan, yo’liga qilingan xatti-harakat,
ustomonlik, 2) do’q, po’pisa, qo’rqituv.
Manzil
so’zi ham arab tilida 1) turar joy; 2) kvartira; 3) uy; 4) oyning
joylashuv holati kabi ma’nolarga ega. O’zbek tilida bu so’z quyidagicha
ma’nolarni kasb etadi: 1) safarda, yo’lda to’xtab o’tiladigan yoki yotib borish
mo’ljallangan joy; 2) kurash, harakat natijasida erishishi mo’ljallangan marra; 3)
yo’lning bir to’xtash joyidan ikkinchi bir to’xtash joyigacha bo’lgan masofa; 4)
turar joy, istiqomatgoh, vatan, 5) adres-manzil.
Do'stlaringiz bilan baham: |