O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana16.12.2019
Hajmi0,79 Mb.
#30538
1   2   3   4
Bog'liq
arab tilidan ozlashgan sozlar semantikasi


Rais

 so’zi ham ana shunday tipdagi so’zlar qatoriga kiradi. Chunonchi, u 

arab tilida: 1) boshliq; 2) boshqaruvchi ma’nolarini anglatadi. O’zbek tilida esa  u 

1)  ba’zi  organ,  tashkilot,  idora,  jamiyat  va  shu  kabilarning  boshlig’i;  2)  yig’in, 

anjuman yohud majlisni boshqaruvchi shaxs; 3) diniy  marosim va urf-odatlarning 

bajarilishini kuzatib turuvchi va shuningdek hozirgi paytda; 4) shahar boshlig’i, 5) 

viloyat boshlig’i kabi ma’nolarni anglatadi.  

             O’zbek  tiliga  o’zlashgan  arabcha  so’zlarning  bir  guruhi  o’zbek  tili 

zaminida o’z ma’no qiymatini butunlay yo’qotib, etimologik ma’no va tushunchasi 

bilan aloqador bo’lmagan boshqa semantik birlikka aylangan. Bunday xarakterdagi 

so’zlar asl fonetik va morfologik qiyofalarini o’zgartirmagan. Shunday bo’lsa-da, 

ularning  arab  tilidagi  muqobili  bilan  o’zbek  tilidagi  muqobili  o’rtasida  semantik 

yaqinli  sezilmaydi,  xullas,  ular  o’zbek  tili  zaminida  butunlay  yangi  so’z  bo’lib 

qayta tug’iladi. O’zlashgan so’z ma’nosi bilan uning o’z tilidagi variant ma’nolari 

orasida  bog’liqlik  unutiladi.  Masalan, 

bisot

  so’zi  arab  tilida  monosemantik 

xarakterga  ega  gilam  so’zining  ma’nosini  ifoda  etadi.    O’zbek  tilida  esa  bu  so’z 

arab  tilidagi  tushunchasi  bilan  mutlaqo  aloqasi  bo’lmagan  tushunchalarni 

anglatadi:  1)  xotinlarning  o’ziga  tegishli  o’lik  moli,  mol-dunyosi;  2)  kishiga, 

oilaga,  xo’jalikka  qarashli  mol-dunyosi  ,  boyligi.  Bisot  so’zi  ko’chma  ma’noda 

jonli  tilda  ham  qo’llanadi.  Masalan,  kimsada  bor  bo’lgan  har  qanday  narsa. 

Bisotimda bittagina latifa bor edi, shuni aytib berdim.  

              Yana  bashara  so’zini  ham  olib  ko’raylik.  Bu  so’z  arab  tilida  teri,  jild 

ma’nosini anglatsa, o’zbek tilida yuz, bet so’zlari bilan ma’nodosh bo’lib, ularning 

salbiylik  bo’yog’iga  ega  bo’lgan  uslubiy  muqobiliga  aylangan.  Bu  uning  arab 

tilidagi    ma’nosi  bilan  bog’liq  bo’lsa  kerak.  Bir  qator  arabcha  o’zlashma 

so’zlarning birlik va ko’plik shakllari taraqqiyotida turli xil semantik o’zgarishlar 

yuz bergan: masalan: sabab (asbob). Bu so’z arab tilida 1) sabab, motiv, 2) yo’l, 

usul,  vosita;  3) predmet,  narsa, buyum;  4)  arkon; 5)  aloqa  ma’nolarini  anglatadi. 

O’zbek  tiliga  bu  so’zning  birlik  shakli  1)  sabab,  hol;  2)  vaj,  bahona;  3)  nima 

uchun?  Nima  sababdan?  Sabab  kabi  ma’nolarni  anglatsa,  ko’plik  shakli  esa  1) 


qurol  (ish  quroli);  2)  moslama  (biror  maqsad  uchun  yasalgan);  3)  buyum;  4) 

musiqa,  soz  (cholg’u  asbobi)  kabi  ma’nolarni  ifoda  etadi.  Bu  faktlardan 

ko’rinadiki,  o’zbek  tilida  o’zlashma  so’zlarning  birlik  hamda  ko’plik  shakllari 

qisman  bo’lsa-da,  o’zbek  tilida  ularning  birlik  shakli  o’rnida  ko’plik  shaklini  va, 

aksincha,  ko’plik  shakli  o’rnida  birlik  shaklini  qo’llab  bo’lmaydi.  Qiyoslang: 

Otabek  yana  o’n  besh  kunni  o’tkazib,  tag’in  bir  nozik  sababni  o’rtaga  tashlab 

onasining  ruhsatisiz  Marg’ilonga  jo’nab  soladir  (A.Qodiriy.  O’tkan  kunlar). 

Dahlizda Xasanali uzilgan ot asboblarini ulab tikar edi(A.Qodiriy, O’tkan kunlar).  

                   Bunday tip o’zlashmalarga vali – avliyo, lafz – alfoz, haq – huquq, nav 

– anvo, ruh – arvoh, faqir – fuqaro, olim – ulamo, hol – ahvol, nahr – anhor, sir – 

asror kabilarni ham kiritsa bo’ladi. Ularning ma’nolari o’zbek tili zaminida o’zaro 

differensiyalashgan.  

                Arabcha  o’zlashmalarning  semantik  xususiyatlari  haqida  shuni  aytish 

mumkinki,  ularning  ma’nolari  o’zbek  tili  zaminida  ma’lum  va  muayyan 

o’zgarishlarni  boshidan  kechirgan.  O’zlashmalarda  ma’no  torayishi,  ma’no 

kengayishi,  qisman  va  to’la  o’zgarishi,  ma’no  bo’yoqlarining  yangi  jilosi, 

ma’noning  ko’chma  xarakter  olishi  kabi  bir  qator  o’zgarishlar  yuz  bergan.  Ular 

o’zbek  tili  lug’at  tarkibiga  ta’sir  qilibgina  qolmay,  yangi-yangi  leksik  birliklar 

yasalishida ham faol ishtirok etadi.  

                   

                  

               

                    

          

 

 


2.2     Arab 

o’zlashmalarining 

sinonimiya, 

omonimiya, 

antonimiya 

hamda 

frazeologizmlarga munosabati.  

      Sinonimiyaga munosabati 

         Sinonimiya  shakl  va  mazmun  nomutanosibligini  vujudga  keltiruchi 

omillardan  biri  sanaladi va  u  tilning  fonemadan  yirik  barcha  sath birliklari  uchun 

taalluqli  bo’ladi.  Sinonimiya  qamrovida  lug’aviy  birliklarning  ma’nodoshligi 

markaziy masala hisoblanadi.  

        Sinonimlar ilmiy hamda ilmiy-amaliy qo’llanmalarda “talaffuzi, yozilishi har 

xil, birlashtiruvchi ma’nosi bir xil (umumiy) bo’lgan, qo’shimcha ma’no nozikligi, 

emotsianal  bo’yog’i,  qo’llanilishi  kabi  bir  qator  xususiyatlari  bilan  o’zro 

farqlanadigan so’zlar” sifatida ta’riflanadi.  

          Tilning 

boshqa  hodisalarida  kuzatilgani  kabi,  lug’aviy  birliklar 

sinonimiyasining  o’ziga  xos  sistemaga  aylanishida  boshqa  tillardan  o’zlashgan 

lisoniy birliklarning ham sezilarli hissai bor. Bu xususiyat o’zbek adabiy tili lug’at 

tarkibining    o’zlashgan  qatlamida  begonalik  belgilari    so’nib,  o’zbek  tilining  o’z 

so’zlari kabi singib ketgan. Masalan, kitob, kasb, maktab, muhabbat, dunyo, olam, 

vafo,  sir,  adabiyot,  tabiat,  hovli  va  hokazo  lug’aviy  birliklarning  boshqa  til 

birliklari ekanligi hech kimni shubhaga solmaydi.  

         O’zbek tilining o’zlashgan so’zlari bilan o’z so’zlari sinonimiyasida arabcha 

o’zlashma  so’zlar  bilan  o’zbekcha  so’zlarning  sinonimiyalashuvi  miqdoran 

salmoqli o’rin egallaydi. Ba’zi o’rinlarda sinonimiya qatoridagi komponentlar bir 

necha  xil  bo’ladi,  ular  o’zaro  stilistik  va  semantik  xususiyatlari  bilan  farqlanadi. 

Ayrim misollarni ko’rib chiqamiz: 

      

Azamat 

–  so’zi  ishtirokidagi  sinonimlik.  Bu  so’z  o’zbek  tilidagi  polvon  va 

kuchli so’zlari bilan sinonimiya hozil qiladi. Azamat va kuchli so’zi kishing butun 

o’ziga  nisbatan  ham,  uning  gavdasi,  tana  a’zolariga  nisbatan  ham  qo’llanadi. 

Polvon so’zida esa bu xususiyatlar yo’q, u faqatgina shaxsiy kurashlarda ishtirok 


etuvchi,  noyob  kuch  egalariga,  to’g’rirog’i,  shaxsning  o’ziga  nisbatan  qo’llanadi. 

Kulolchilik  ustaxonasi  yoki  sandonlardan  yaqindagina  ajratilgan  azamatlar  jang 

ko’rgan  bahodirlaning  sarguzashtlarini  eshitishga  ishqiboz  edilar  (Y.Ilyosov). 

badanini  cho’yandan  quyganga  o’xshaydi  azamatning  (H.G’ulom).  To’nkani  bir 

polvon yoradi, bir donishmand yoradi (Maqol). 

        


   Avlod

  –  so’zi  ishtirokidagi  sinonimik  uya.  Bir  davr  kishilarining  naslini 

birlashtiruvchi ma’nosini ifodalovchi  avlod so’zi bo’g’in so’zi bilan bir sinonimik 

qatorga  birlashadi.  Lekin  bo’g’in  so’zi  bu  ma’noda  ayrim  so’z  birikmalari 

tarkibidagina  qo’llanadi.  Men  esa  ko’z  yoshing  bulog’I  qurimasligi  uchun 

Ahmoniy  avlodidan  bo’lgan  podsholar  haqidagi  rivoyatni  aytib  beraman 

|(Y.Ilyosov).  Yetti  bo’g’inimizda  qulog’im  bunday  satang  nomini  eshitgani  yo’q 

edi (Hamza).  



         Davo

  –  so’zi  ishtirok  etgan  sinonimik  uya.  Bu  so’z  o’zbek  tilida  muolaja 

qilish  yo’li  bilan    kasalni  ketkazish  ma’nosidagi  tuzatmoq  so’zi  bilan  sinonimik 

munosabatda bo’ladi. Unda davo so’zi yasalish bag’riga tortiladi: unda asos (davo 

– la - moq) davo topmoq vazifasini o’taydi. Davolamoq so’zi kasalni tuzatishning 

dori-darmon  bilan  bo’ladigan  usulini  bildiradi;  tuzatmoq  fe’li  esa,  qanday  yo’l 

bilan  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  umuman  kasalni  ketkazish,  dard-kasalidan  holi 

qilish ma’nosini bildiradi.    

        

Zahar

 – og’u, 



imzo

 – qo’l, 



istiqbol

 – kelajak, 



natija

 – yakun, oqibat, 



rahmat

 

–  qulluq,  tashakkur, 



savol

  –  so’roq, 



muhabbat

  –  sevgi,  ishq  kabi  sinonimik 

qatorlarida ham turli-tuman o’ziga xos leksik-semantik xususiyatlar mavjud bo’lib, 

ular o’zbek tilida fikrni rang-barang ifodalash uchun xizmat qiladi.  

           Endi    arabcha-arabcha    so’zlarning  sinonimiyasini  ko’rib  chiqamiz.  Biror 

narsa,  holatni  yoqlash,  ma’qullash  maqsadida  o’tkaziladigan  muhokama  kabi 

birlashtiruvchi  ma’noga  ega  bo’lgan 

munozara

  va 


mubohasa

  so’zlari  o’zaro 

sinonimik qatorni tashkil etadi. Bu sinonimik qatordagi har bir so’z ham semantik, 

ham stilistk jihatdan bir xil qo’llanaversa-da, bahs hamda tortishuv fikr-mulohaza 

etuvchilar ikki yoki undan ortiq bo’lishi mumkin. Munozara va mubohasa so’zlari 


kitobiy uslubga xos. Munozara so’zi fikr-mulohaza aytuvchilar ko’pligi  ma’nosini 

anglatadi. Mubohasa so’zining esa keying paytlarda qo’llanish doirasi birmuncha 

kengaygan. Bu so’z rus tilidan o’zlashgan intervyu so’zi bilan dublet  ma’nosiga 

kirishgan.  

       

Zulm  –  istibdod

  so’zlari  sinonimiyasi.  Zulm  –  istibdod  so’zlari  o’zga 

tomonidan  bo’ladigan  ezish  ma’nolari  bilan  bir-biriga  yaqindir.  Istibdod  so’zi 

kitobiy  uslubga  xos  bo’lib,  asosan  u  hokim  sinf,  tabaqa  yoki  davlat  tomonidan 

bo’ladigan  tazyiqqa  nisbatan  qo’llaniladi.  Iskandar  Zulqarnayn  Osiyoni 

Ahamoniylar  avlodidan  bo’lgan  yovuz  fors  podsholari  zulmidan  ozod  qilayotgan 

do’st  ekanligini  johillarga  ko’rsatishi,  tushuntirishi  kerak  (Y.Ilyosov).    Toshkent 

xalqi Azizbek istibdodidan ortiq to’ydi, kimdan ko’mak so’rashni ham bilmaydilar 

(A.Qodiriy).  

         



Ruhsat  –  ijozat(rozilik)  –  javob  –  izn

  so’zlari  sinonimiyasi.  Bu  arabcha 

so’zlar  o’zaro  bir-biri  bilan  biror  narsa  qilish  uchun  olinuvchi  yoki  beriluvchi 

huquq ma’nosi bilan yaqindir. Ijozat so’zi ko’pincha yozma nutqqa xos. Izn so’zi 

esa ijozat, ruhsat so’zlariga nisbatan kam ishlatiladi, u arxaiklashish jarayonida.       

         



Sadaqa  –  ehson  –  hayr  –hadya  –  nazr.

  Bu  so’zlarning  umumiy 

birlashtiruvchi  ma’nosi  zor  –  muhtojlarga  beriladigan  narsa,  puldir.  Nazr  so’zi 

diniy tushuncha, e’tiqod bilan atab beriladigan narsani bildiradi. Ehson so’zi ularga 

nisbatan  kam  qo’llanadi.  Keying  paytlarda  bu  sinonimik  qator  yana  bir  arabcha 

so’z hisobiga ko’paydi. Bu so’z xayriya bo’lib, avvallari arxaizmga aylangan edi. 

Hozirda xayriya so’zi ma’lum sabablarga ko’ra zor-muhtoj odamlarga beriladigan 

yordam (narsa, pul) ma’nosida ishlatiladi.     



        Ahvol  –  holat  –  hol

.  Buarabcha  o’zlashmalar  kayfiyatning  tashqi 

ko’rinishining aniq bir lahzadagi ifodasi ma’nosi bilan o’zaro yaqinlikka ega. Bu 

so’zlarning  xarakterli  xususiyati  shundaki,  ular  arab  tilida  bir  o’zakdan  yasalgan 

bo’lib,  hol  so’zi  birlik  shaklida,  ahvol  va  holat  so’zlari  esa  uning  ko’plik 

shakllaridir.  Bu  so’zlar  ham  birlik  ham  ko’plik  formasida  o’zlashib  o’zaro 

sinonimik qatorni tashkil etadi. Hol so’zi ham qo’llanadi.  


         

Balo 

–  arabcha  o’zlashma  so’zi  ham  xarakterli  xususiyatga  ega.  U  g’am 

g’ussa,  ortiqcha  tashvish,  azob  bo’luvchi  narsa  ma’nosida  falokat  va  ofat  kabi 

arabcha so’zlar bilan sinonimlashadi hamda o’zbek tilida usta, ustamon, bilag’on, 

chechan,  epchil,  chaqqon,  uddaburon  kabi  so’zlar  bilan  o’rinlatib  bajaradigan 

mahorat  va  chaqqon  ma’nolari  bilan  yaqinlikka  ega  bo’ladi.  Birinchi  sinonimik 

qatordagi  falokat,  ofat  so’zlari  “balo  musibat”  dan  ko’ra  uni  yuzaga  keltiruvchi 

narsa – holat ma’nosida ko’p qo’llanadi. Ofat so’zi esa keng miqyosdagi va ortiq 

darajadagi musibatni (baloni) bildiradi. Saqlanganga balo yo’q, saqlanmasang davo 

yo’q (maqol).  Xalq boshiga ko’p 



ofatlar

  keltirgan  Andijon  zilzilasi  Qorabuloqni 

suvdan  mahrum  qilib  qo’ydi  (M.  Ismoiliy,  Farg’ona  tong  otguncha).  Mamlakat 

buyuk 


falokatga

  uchraganda  va  xalqqa  donishmand  keksaning  maslahati  kerak 

bo’lgandagina Tanaoksar tilga kiradi (Y.Ilyosov, Sug’diyona). Ikkinchi sinonimik 

qatordagi balo so’zi ko’proq oddiy so’zlashuv uslubiga xos, u aqliy, jismoniy ish-

harakat  bajarishda  yuqori  mahoratga  egalikni    ifodalash  uchun  qo’llaniladi.  Boy 

qiz o’lgur balo ekan, ichidan pishgan ekan (Oybek).   

    

                         Omonimiyaga munosabati. 



                Boshqa  tillarda  bo’lgani  kabi  o’zbek  tilida  ham  uning  omonim  so’zlari 

sistemasi  chetdan  o’zlashgan  so’zlar  hisobiga  kengaygan.  Chunki,  o’zbek  adabiy 

tiliga  chet  tillardan  so’z  o’zlashtirish  hodisasi  adabiy  tilda  omonimiyani  yuzaga 

keltiruvchi  muhim  omil  hisoblanadi.  Shu  bois,  o’zbek  tili  omonimiyasi 

paradigmalarida ishtirok qiluvchi so’zlar genetik jihatdan xilma-xil bo’lib, ularda 

rang-barang lisoniy xususiyatlar amal qiladi.  

          Savdo  –  savdo

  omonimligi.  Bu  so’z  o’zbek  tilida  ham  oldi-sotti  ma’nosini 

anglatadigan tojikcha savdo so’zi ehtiros, ijtirob ma’nosidagi arabcha savdo so’zi 

bilan omonimlik munosabatda bog’lanadi.  

           

Alif – alif

 omonimligi. Arab alifbosidagi birinchi harf nomi ma’nosidagi alif 

so’zi  zig’ir  yog’idan  qizdirib  tayyorlangan  va  bo’yoqchilikda  ishlatiladigan  moy 

ma’nosida qo’llanuvchi ruscha alif so’zi bilan omonimlashadi.  



        Mil  –  mil

  omonimligi.  Qalam,  surma  ma’nosidagi  arabcha  mil  so’zi  o’zbek 

tiliga  uchi  ingichkalashib  borgan  tayoqcha  ma’nosi  bilan  o’zlashib,  uzunlik 

o’lchovi  ma’nosini  anglatuvchi  lotincha  mil  so’zi  bilan  omonimlik  qator  hosil 

etgan.   

        Salla  –  salla

  omonimligi.  Korzinka,  savat  ma’nolarini  ifodalovchi  arabcha 

salla  so’zi  o’zbek  tilida  xamirdan  yupqa  va  qavat-qavat  qilib  qotirib  pishiriligan 

taom ma’nosidagi salla so’zi bilan omonimlashadi.  

        

Sana – sana

 omonimligi. Biror hodisa, voqea yoki marosimning bo’lib o’tish 

vaqti, muddati ma’nosidagi arabcha san so’zi o’zbek tilida yasam fe’l maqomidagi 

sana (son-a) so’zi bilan omonimlashadi.  

        

Taloq  –  taloq

  omonimligi.  Erning  xotinidan  ajrashishi,  nikohning  buzilishi 

(shariat  qoidasi  bo’yicha)  ma’nosi  bilan  o’zbek  tiliga  o’zlashgan  arabcha  taloq 

so’zi o’zbek tilida odam yoki hayvon organizmining ichki a’zolaridan biri nomini 

bildiruvchi (qora jigar) taloq so’zi bilan omonimlashadi.    

      Qiyom  –  qiyom

  omonimligi.  Tik,  tepa,  baland  ma’nolari  bilan  o’zbek  tiliga 

o’zlashgan arabcha qiyom so’zi quyuq, sharbat ma’nosida qo’llanuvchi o’zbekcha 

qiyom (qo’y-om) so’zi bilan omonimlashadi.  

      

Shol  –  shol  –  shol

  omonimligi.  Biror  a’zoning  normal  harakat  qilolmay  yoki 

seza  olmay  qolishi  bilan  xarakterlanadigan  kasallik  va  shu  kasallikka  yo’liqqan 

kishi ma’nolari bilan o’zlashgan arabcha shol so’zi yungdan to’qilgan qalin mato, 

jun  gazlama  ma’nolarini  anglatuvchi  forscha  shol  hamda  bo’yinga  osib  yoki 

teshigidan kiygizib  qo’yiladigan  jazo  taxtasi  ma’nosidagi  o’zbekcha  shol  so’zlari 

bilan omonimik qator tashkil etadi.  

      Dol – dol – dol

 omonimligi. Arab alifbosidagi sakkizinchi o’rinda turuvchi harf 

nomi  ma’nosidagi  arabcha  dol  so’zi  bolalar  o’yinida  gangga  (qubbaga)  birinchi 

bo’lib  urush  huquqini  beradigan  holat  va  saqqaning  gangga  yaqinroq  ekanligini 

ifoda etuvchi dol va xuddi, naq, to’ppa-to’g’ri ma’nolarini anglatuvchi dol so’zlari 

bilan omonimik qator hosil qilgan.  



        Zil  –  zil  –  zil 

omonimligi. Kamsitilganlik, nomuslanish ma’nosidagi arabcha 

zil  so’zi  ikkita  metal  pallakdan  iborat  musiqa  asbobining  nomi  ma’nosidagi  zil 

hamda  og’irlik  salmog’i  ancha  yuqori  ma’nosidagi  zil  so’zlari  bilan  omonimik 

holatda bo’ladi. 

        Sir  –  sir  –  sir  –  sir

  omonimligi.  Boshqalarga  ma’lum  bo’lmagan,  anglab 

yetilmagan  yashirin  tutilgan  narsa,  voqea-hodisa,  ma’nolaridagi  arabcha  sir  so’zi 

yaltiroq mineral yoki moy bo’yoq ma’nosidagi sir; tortib bog’lamoq, ovqat bermay 

uzoq vaqt och saqlamoq ma’nolarini anglatuvchi o’zbekcha sir; pishloqning bir turi 

ma’nosini bildiruvchi ruscha sir so’zlari o’zaro omonimik qator tashkil etgan.  

          Yuqoridagi faktlar shuni ko’rsatadiki, arab tilidan o’zlashgan so’zlar o’zbek 

tili  omonimiyasi  tizimida  katta  salmoqqa  ega.  Ularning  omonimlashuviga, 

birinchidan,  arab  tilidagi  ba’zi  so’zlarning  o’zbek  tili  leksikasidagi  ba’zi  so’zlar 

bilan  fonetik  qutilishga  ko’ra  tasodifan  o’xshashligi  sabab  bo’lgan  bo’lsa, 

ikkinchidan,  o’zlashgan  arabcha  lug’aviy  birliklarning  fonetik  qiyofasida  ayrim 

o’zgarishlarning yuz berishi va shu tufayli o’zbek tili leksikasidagi boshqa bir so’z 

bilan fonetik qiyofada mushtaraklikning sodir bo’lishi sabab bo’lgan.  

                  Antonimiyaga munosabati. 

               O’zbek tili leksikasida shakldosh va ma’nodosh so’zlar bilan bir qatorda, 

zid  ma’noli  (antonim)  so’zlar  ham  mavjud.  Arab  tilidan  o’zlashgan    lug’aviy 

birliklar  o’zbek  tili  zaminida  bir  qator  antonimik  paradigmalarni  hosil  qiladi. 

Chunonchi,  ular  arab,  fors  so’zlari  bilan  ham,  o’zbekcha  hamda  o’zbek  tiliga 

o’zlashgan  boshqa  til  lug’aviy  birliklari  bilan  ham  antonimik  munosabatda 

qo’llanaveradi.  

               O’zbek tiliga o’zlashgan arabcha so’zlar o’zbek tili antonimiyasi tizimida 

salmoqli o’rin tutadi. Shu sababli ular o’zga til lug’aviy birliklari ishtirokisiz ham 

o’zaro  antonimik  paradigmalari  hosil  qila  oladi.  Bu  arabcha  so’zlar  hodisa-

holatning ichki ziddiyatini ochishda, xususiyatlarini  qarama-qarshi qo’yib  qiyosiy 

xarakteristika  berishda  keng  qo’llaniladi.  Masalan, 



avlod  –  ajdod,  azob  –  rohat



visol – hijron, javob – savol, jazo – mukofot, janub – shimol, zarar – foyda, zid – 

mos, zolim – mazlum, istiqbol – moziy, muqaddima – xotima, la’nat – rahmat, 

manfiy – musbat, maxraj – surat, mag’lub – g’olib, muhabbat – nafrat, mudofaa 

– hujum, nasiya – naqd, saxiy – xasis, sharq – g’arb, mashriq – mag’rib, halol – 

harom, hayot – momot

 va boshqalar.  

             Arab  tilidan  o’zlashgan  so’zlardan  qarama-qarshi  ma’noli  affikslar 

yordamida  yasalgan  so’zlar  antonimik  birliklar  hosil  qilishi  ham  kuzatiladi. 

Masalan, 

ahloqli  –  ahloqsiz,  aqlli  –  aqlsiz,  bama’ni  –  bema’ni,  ahil  –  noahil, 

barqaror  –  beqaror,  haq  –  nohaq,  oqibatli  –  oqibatsiz,  sabrli  –  sabrsiz

  va 


boshqalar.  

               Arab  tilida  antonimik  xarakterdagi  so’zlar  o’zbek  adabiy  tiliga  qabul 

qilingan: 

savol – javob, naqd – nasiya, musbat – manfiy, mag’lub – g’olib, zolim 

– mazlum, sharq – g’arb, mashriq – mag’rib

 kabilar.  

              So’z  turkumlari  bo’yicha  arabcha  antonimlar  belgi  bildiradigan  so’zlar 

doirasida,  ayniqsa,  sifat  va  ravishlar  orasida  ko’p  uchrashi  kuzatiladi.  Masalan, 



baxil  –  xasis,  halol  –  harom,  mos  –  zid,  naqd  –  nasiya,  musbat  –  manfiy

  va 


hokazolar.  Arab  tilida  sifat  turkumiga  xos  bo’lgan  antonimik  juftliklar  o’zbek 

adabiy tiliga aynan o’zlashgan. Masalan



, aqliy – jismoniy, sun’iy – tabiiy

 kabilar.  

            O’zlashgan  so’zlar  ichida  sifat  turkumiga  xos  antonimik  birliklarning 

ko’pchiligi kishi xarakter-xususiyati ma’nosini anglatadi. Masalan, 



saxiy – xasis, 

adabli – adabsiz, aqlli – ahmoq, qudratli – zaif, savlatli – savlatsiz, shafqatli – 

shafqatsiz, halol – harom

 kabilar. 

          Ravish  turkumiga  xos  antonimlardan  ko’plari  payt  (

avval  –  ba’daz

)  va 


maqsad 

(beixtiyor – ataylab

) kabi ma’nolarni anglatadi.  

          Ot turkumiga xos arabcha so’zlar antonimik juftliklari ham anchagina bo’lib, 

ular  asosan  belgi  otlari,  qarama  –  qarshi  tomonni  bildiruvchi  hamda  sutkadan 

qarama-qarshi  nuqtalarini  bildirishi  kuzatiladi.  Masalan, 

badavlat  –  qashshoq, 


istiqbol – moziy, g’arb – sharq, shimol – janub, davlatmand – faqir, subh – asr, 

muhabbat – nafrat, mag’lib – mashriq, muqaddima – xotima 

kabi so’zlardir.  

           Fe’l  turkumiga  xos  arabcha  so’zlarning  ham  o’zbekcha  yasalmalari 

tarkibida kelish hollari uchraydi. Ular qarama-qarshi harakatni bildirish ma’nolari 

bilan  ishlatiladi.  Masalan, 

ayblamoq  –  himoya  qilmoq,  alik  olmoq  –  salom 

bermoq, jazolamoq – mukofotlamoq, zid kelmoq – mos kelmoq, mehr qo’ymoq 

– nafratlanmoq, rad qilmoq – tasdiqlamoq, ruhsat bermoq – ta’qiqlamoq, savol 

bermoq  –  javob  bermoq 

va  boshqalar.  Ular  endilikda  o’zbekcha  so’zlar  sirasida 

o’rganiladi. 

           Arabcha  o’zlashma  so’zlar  forscha  so’zlar  bilan  ham  antonimik  juftliklar  

hosil  qilish  mumkin.  Masalan, 

qahqaha  –  faryod,  harob  –  obod,  takabbur  – 

kamtar,  iflos  –  toza,  jannat  –  do’zah,  harakat  –  daromad,  gunoh  –  savob, 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish