Suv muhitining o’ziga xos xususiyatlari turli a’zo va tizimlar faoliyatiga
mahsus ta’sir ko’rsatadi. Xususan, chiniqish mashg’ulotlari davomida suzuvchilarda
turli xil ta’sirlarni kompleks qabul qiluvchi tuyg’u shakllanadi va uni “suvni sezish”
deb ataladi. Bu sezgi taktil, temperatura, proprioretseptor va vestibulyar
retseptorlarning ta’sirlanishi orqali yuzaga keladi. Suv sezgisi mavjud suzuvchilarda
suvning qarshiligi , harorati va bosimidagi kichik o’zgarishlar yaxshi taxmin qilinib,
ular suzuvchining harakatini yaxshilaydi.
Ko’rish va eshitish funktsiyalari suzuvchi suv ostida bo’lganda keskin
yomonlashadi. Suvda narsalar yomon ko’rinadi, tovushni tezligi 1500 m/c
bo’lganligi, ikkala quloqqa bir vaqtda ta’sir qilganligi sababli uning yo’nalishini
aniqlash qiyin
Suzuvchining harakat faoliyatini ham o’ziga xos xususiyatlari mavjud.
Tananing gorizantal holatda bo’lishi, harakatlanishga suvning qarshiligi kattaligi,
mahsus harakat avtomatizmlarining hosil bo’lishi, harakatlarning yangi
koordinatsiyasi, alohida muskul guruhlarining qat’iy tartibda ishlashi qo’l va yelka
kamari muskullarini va oyoq muskullarini brass usulida suzganda ko’p ishlashi
suzish mashqlarining o’ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Suzuvchilarda chiniqish
mashg’ulotlari ta’sirida muskullar kuchi yaxshi rivojlanadi. Suzishda asosiy muskul
guruhlari dinamik ish bajaradi. Muskullar anaerob va aerob ish bajarishga
adaptatsiyalangan bo’lishi kerak. Masofa uzoqlashgan sayin aerob jarayonlar ulishi
ortib boradi.
CHiniqqan suzuvchilarda yurak urishlari soni kamayadi, arterial qon bosimi
biroz ortadi, vena qonini yurakka kelishining ortishi uni sistolik va minutlik hajmini
ko’paytiradi. Suzuvchilar nafas olishda suvning qarshiligini yengadi, shu sababli
nafas muskullari yaxshi rivojlanadi. Suzish vaqtida yangi nafas avtomatizmi
shakllanadi, nafas harakatlari soni va nafasning minutlik sig’imi ortadi. Suzishda
o’pka ventilyatsiyasi minutiga 120-150 litrga ko’tarilishi mumkin. CHiniqqan
suzuvchilarda o’pkaning tiriklik hajmi 5-6 litrga yetishi mumkin.
Suzuvchilar qonida eritrotsitlar va leykotsitlar soni, gemoglobinning miqdori
ortadi. Suzishda deyarli ter ajralmaganligi sababli moddalar almashinuvining
keraksiz va zararli mahsulotlari buyraklar orqali chiqarib tashlanadi.
Yuqori malakali suzuvchilarda ish vaqtida kislorod iste’moli minutiga 5-6 litr
bo’lib, kislorodning maksimal iste’moli ko’rsatkichiga yaqinlashadi. Kislorodga
talab suzuvchilarda minutiga 30 litrga yetadi, u to’la qoplanmaganligi sababli 10-15
litr kislorod qarzi yuzaga keladi.
Suzish organizmning aerob va anaerob imkoniyatlarini yaxshi rivojlantiradi,
sportchilarning yuqori darajadagi energiya sarfini (10-15 kkal/min) ta’minlaydi.
Biroq suzish vaqtida ishning foydali ish koeffitsenti past, yuqori malakali
sportchilarda bu ko’rsatkich 4-5% dan ortmaydi.
Suzish yoshlar sporti, katta yoshdagi va qari odamlar uchun chidamlilikni
rivojlantiruvchi va chiniqtiruvchi eng yaxshi omil hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: