CHiniqish davomida organizm funktsiyalarini o’zgarishi.
CHiniqtiruvchi
mashqlar
bilan
muntazam
shug’ullanish organizm
funktsiyalarida
sezilarli
o’zgarishlarni
keltirib
chiqaradi.
CHiniqish
mashg’ulotlarini amalga oshirish vositalari va usullarini tanlanganda ayollar
organizmini o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim. Bunda asosiy e’tibor
ayollarni bola tug’ish funktsiyasini va salomatligini saqlashga qaratilishi kerak.
CHiniqish jarayonini to’g’ri tashkil qilish qizlarda asosiy jismoniy, aqliy va
irodaviy sifatlarini gormonik rivojlanishini ta’minlaydi, sportchi qizlarni umumiy va
xususiy tayyorgarligini mustahkam asosini quradi, jismoniy yuklamalarni turli
xillaridan asta sekinlik bilan foydalanish orqali organizm imkoniyatlarini yuqori
darajaga ko’taradi. CHiniqish mashg’ulotlarini rejalashtirishda ayollarni biologik
tsiklini fazalarini hisobga olgan xolda jismoniy yuklamalarni har bir shaxsga mos
keladiganini tanlash orqali, muntazam ularni salomatligini nazoratga olish talab
qilinadi.
O’smir qizlar bilan ishlaganda ular organizmida ketayotgan jinsiy balog’atga
yetish jarayoniga jismoniy yuklamalarni salbiy ta’sir qilishini oldini olishni talab
etadi. 14-15 yoshli qizlarda katta yoshdagi ayollarga qaraganda o’rta og’irlikdagi
jismoniy ishga kislorod talabi 1,5 marta ko’p, kislorodni maksimal iste’moli
darajasidagi ishni bajarganda esa 1,2 marta yuqori; nafas va yurak sig’imlari oz,
nafas harakatlari va yurak urishlar soni esa yuklama ta’sirida yuqori bo’ladi.
Qonning kislorodga nisbatan arteria–vena farqi va kislorodni o’zlashtirish
koeffitsenti past, kislorodni maksimal iste’moli darajasidagi ish vaqtida qonning rN
7,3 chaga pastlaydi, shu ko’rsatkichdan biroz pastlashi bilan o’smir qizlar ishni
bajarishdan bosh tortadi.
Jismoniy yuklamalardan to’g’ri foydalanish orqali qizlar organizmini
funktsional imkoniyatlarini ortirib, ko’pchilik muhim fiziologik ko’rsatkichlari,
anaerob va aerob imkoniyatlari va jismoniy sifatlari bo’yicha sport bilan
shug’ullanmayotgan tengdoshlaridan sezilarli ustunlikka erishishi mumkin. TSiklik
sport turlari bilan chidamlilikni oshirishga chiniqayotgan qizlarda kislorodning
maksimal iste’molini ko’rsatkichi tezlik-kuch va tezlik sifatlarini rivojlantirayotgan
sportchi qizlarning ko’rsatkichlaridan sezilarli darajada yuqoriligi bilan farq qiladi.
Sportchi qizlarda kuchni chiniqtiruvchi mashqlar ta’sirida yigitlarga nisbatan
muskullarni ishchi gipertrofiyasi kuchsizroq bo’ladi. Bu holat ayol organizmida
erkaklik jinsiy gormonlari (androgen) ozligiga bog’liq. Muskul kuchini
rivojlantiruvchi
testosteron,
boshqa
androgenlar
yoki
ularning
o’rnini
bosuvchilardan foydalanish ayollar organizmi uchun juda zararli, ular ta’sirida
ayollarda ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilari rivojlanadi, xayz ko’rish va ovulyatsiya
jarayonlari buziladi va to’la to’xtab qoladi, bola ko’rmaydigan bo’lib qoladi. 1968
yildan boshlab xalqaro olimpiya komitetining qaroriga ko’ra barcha xalqaro
musobaqalarda albatta sportchi ayollarni germafroditizm holatini oldini olish uchun
seks-nazoratidan o’tkazadi.
Eng katta statik chidamlilikni (regional va global) konkida yugurivchilar
ko’rsatadi, chang’ida yuruvchilar va basketbolchi qizlarda lokal chidamlilik ayniqsa
yelka kamari va qo’l kaftini bukuvchi muskullarda kuzatiladi.
O’quv va chiniqish mashg’ulotlarida ayollarda kuch chidamliligining
rivojlantirilishga alohida extiyotkorlik bilan yondashgan ma’qul. Ayniqsa, qorin
devorlari va tos tubi muskullari bola tug’ish funktsiyasi bilan bog’liqligini hisobga
olish talab etiladi. Statik mashqlarni, albatta dinamik mashqlar bilan almashtirib
turish kerak.
Tezlikni rivojlantirishga yo’naltirilgan chiniqish mashg’ulotlarida ayollar
tezkorlik sifatini sezilarli o’zgartirishga erishadilar, ammo absolyut ko’rsatkichlar
bo’yicha erkaklardan orqada qoladilar. Ayollarning harakatlanayotgan obektga
reaktsiyasi erkaklarga qaraganda aniqligi past.
Ayollarda erkaklarga nisbatan egiluvchanlik oson rivojlanadi. U stress
vaziyatida, start oldi holatida ortadi va charchash natijasida pastlaydi. Ayollar
harakatlarining aniqligi va chaqqonligi bilan ajralib turadi, ularning harakatlari
muloyim va chiroyli bo’ladi.
Yuqori koordinatsiyalangan harakatlarni bajarishga chiniqish davomida bosh
miya katta yarim sharlari po’stlog’idagi tizimlarda o’zaro bog’langan faollik
shakllanib, sportchi qizlarning harakatlarini boshqarishida ishtirok etadi. Sportchi
qizlarning tayyorgarligi qancha yuqori bo’lsa, po’stloqning bu tizimlari shuncha
yaxshi shakllanadi. Ularning shakllanishi musiqa ishtirokida yana ham yaxshilanadi.
Ko’p yillik kuzatuvlar natijasida shu narsa aniqlanganki, ayollar sport
natijalarini erkaklarga qaraganda keskin yaxshilash imkoniyatiga ega, biroq yuqori
natijalarni ushlab turish vaqti ozroq bo’ladi.
Katta hajmdagi chiniqish yuklamalarini muntazam qo’llash, ularning hajmi
va jadalligini orttirishda asta-sekinlik tamoyillariga yetarli rioya qilmaslik, yosh
sportchi qizlar organizmida noqulay o’zgarishlarni keltirib chiqaradi, eng avvalo,
oylik xayz ko’rish tsiklining buzilishiga sabab bo’ladi. Katta yuklamalar gipofizdan
adrenokortikotrop gormonining ko’p chiqishiga sabab bo’lib, buyrak usti bezlaridan
androgenlarning ko’p ajralishini ta’minlaydi. Ular gipofizning gonadotrop
funktsiyasini tormozlaydi, natijada tuxumdonlarning funktsiyasi buziladi.
Balog’at yoshiga yetguncha katta hajmdagi jadal chiniqish mashg’ulotlari
ta’sirida birinchi xayz ko’rish muddati orqaga surilishi mumkin. Balog’at yoshiga
yetgandan keyin katta hajmdagi va jadal yuklamalar ta’sirida o’smir qizlarda oylik
xayz ko’rish tsikli to’xtab qolishiga olib kelishi mumkin. Musobaqa vaqtidagi
kuchli nerv va ruxiy yuklamalarga yetarli darajada tayyorlanmagan sportchi
qizlarda oylik xayz ko’rish tsikli buziladi (oligomenorree, amenorree, dismenorree),
hushdan ketishi, tez charchashi, sport natijalarining pasayishiga olib keladi. Xayz
ko’rish tsiklining buzilishi sport turiga bog’liq bo’lmay, yuklamalarning xaddan
tashqari ortib ketishiga bog’liq bo’ladi.
Uzoq masofaga yuguruvchi ayollarning organizmida sezilarli o’zgarishlar
sodir bo’ladi: ularning tana og’irligi ozligi, yog’ to’qimasining foizining kamligi,
gipotalamo-gipofizar-jinsiy tizim faolligining sustligi bilan boshqa ayollardan farq
qiladilar. Buning natijasida ularning qonida gonadotrop va jinsiy gormonlarning
miqdori kamayadi. 50 % stayer ayollarda follikulalarning maksimal diametrining
kamayishi kuzatilgan.
Marafon yugurishi bilan shug’ullanayotgan ayollarda ter orqali temirning
ko’p chiqib ketishishi natijasida temir defitsiti yuzaga kelib, anemiyaning
rivojlanishiga olib keladi. Buning oqibatida organizmning kislorod bilan
ta’minlanishi yetarli bo’lmasdan, sport mehnat qobiliyatchanligi pastlaydi.
CHidamlilikni chiniqtirayotgan ayollarning taxminan 1/3 ida birinchi xayz ko’rishni
kechikishi kuzatilgan, xayz ko’rish boshlangandan keyin yetarli rivojlanmagan
(oligomenorree) yoki to’xtab qolgan (amenorree). Sportchi ayollarda amenorree
kuzatilganda suyak to’kimasining zichligining kamayishi, bel umurtqalarining
o’simtalarining minerallanishini ozayishi, natijada suyaklarning ko’p sinishi
kuzatilgan.
Sportchilarda amenorreening rivojlanishiga sabab organizmda yog’larning
kamayib ketganligi hisoblanadi. Organizmda yog’ miqdorini 16% dan kamayib
ketishi ayollar jinsiy gormoni esterogenlarni chiqarishni kamaytirib, gipotalamusdan
neyrogormonlarning ajralishini tormozlaydi. Ularning yetishmasligi gipofizning
tuxumdonlarni nazorat qilishini buzib, ovulyatsiyani to’xtatib qo’yyadi.
Yuqorida keltirilgan holatlar qaytar bo’lib, jismoniy yuklamalarni
kamaytirishdan 2-3 oy o’tgandan keyin oylik xayz ko’rish tsikli normallashadi.
Ularning oldini olish uchun yuklamalarni kamaytirishdan tashqari ovqat ratsionida
temir va kaltsiyning miqdorini ortirish, esterogenlarni organizmga yuborish va
fiziologik hamda emotsional stresslarni yo’qotish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |