O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Barometrik  bosimini o’zgargan sharoitida sportchilarning mehnat



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
Barometrik  bosimini o’zgargan sharoitida sportchilarning mehnat 
qobiliyatchanligi 
 
Sportchilar  barometrik  bosimi  o’zgargan  sharoitlarda  ham  chiniqish 
mashg’ulotlari va musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. 
Tog’ 
sharoitidagi 
bunday  mashg’ulotlar  organizmga  barometrik  bosimni  pasayishi-gipobariya 
omillari  ta’sirida  o’tkaziladi.  Bu  omillar  umumiy  bosimni,  gazlarni    partsial 
bosimini,  avvalo  kislorodni  partsial  bosimini,  havoning  harorati  va  namligini 
pasayishi,  ionlanishni  ortishi,  quyosh  radiatsiyasini  kuchayishi  va  yerni  tortish 
kuchini kamayishi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tomondan, shunday sport turlari borki 
ular bilan shug’illangan sportchilar  giperbariya – yuqori barometrik bosim ta’sirida 
bo’ladi. Bunday sport turlari bilan shug’illanuchi sportchilarga akvalangchilar, suv 
osti suzuvchilarini va akvanavtlarni ko’rsatish mumkin.  Ikkala 
holatda 
ham 
organizm funktsiyalarini susayishi va mehnat qobiliyatchanlikni pasayishi kislorod 
omili bilan bog’liq.  Bunda kislordni foizli ko’rsatkichi balandlikda ham chuqurlikda 
ham bir xil (o’rtacha 21%) bo’ladi, faqat uning partsial bosimi pastlashi yoki ortishi 
kuzatiladi.  SHu  sababli  3000  metr  balandlikda  xavodan  nafas  olganda  kislorod 
yetishmovchiligi gipoksiya rivojlanadi, 60 metr chuqurlikka tushgandan keyin xavo 
bilan  nafas  olish  natijasiga  ortiqcha  kisloroddan    zaharlanish  giperoksiya  yuzaga 
keladi. 
 
Dengiz sathidan 1000 metrgacha bo’lgan balandliklarni past  tog’lik, 1000 dan 
3000 gachani – o’rta tog’lik va 3000 metr va undan yuqorilarini baland tog’ sharoiti 
deb ataladi. 
 
Asosiy  chiniqish  mashg’ulotlari,  ba’zida  sport  musobalari  2500-3000  metr 
balandlikda, o’rta tog’ sharoitida o’tkaziladi.  
 
O’rtatog’  sharoitida  dastlabki  kunlarida  aerob  imkoniyatlarni  pasayishi 
kuzatiladi,  bir  xil  ishni  bajarish    uchun  pastlikga  nisbatan  ko’proq  energiya 
sarflanadi,  organizmni  funktsional  holatini  yomonlanishi  natijasida  odam  o’zini 
yomon xis qiladi, uyqusi buziladi. 10-15 kundan keyin sharoitga  adaptatsiyalanib, 
tinch holatda va o’rta quvvatli ishni bajarganda odam o’zini yaxshi xis qiladi, og’ir 


jismoniy  yuklamalarni  bajarish,  qonda  kislorodni  partsial  bosimini  kamayiganligi 
sababli qiyin bo’ladi. 
 
Qonda,  nafas  va  alьveola  havosida  kislorodni  partsial  bosimini  kamayishi 
natijasida kasallik holati-gipoksiya  rivojlanishi  mumkin.  Uning  dastlabki belgilari 
kislorodni  partsial  bosimini  nafas  havosida  140  mm  sim.ust.  tushganda  (1500  va 
undan baland) ko’rina boshlaydi. Gipoksiyani ko’pchilik juda ham “aldamchi” holat 
deb ataydi. Uning aldamchiligi kuyidagilarda ko’rinadi: 
                - Eyforiya-ko’ptrilgan kayfiyat 
                -  Xushdan  ketish  -  yaxshi  psixoemotsianal  holatda,  hech  qanday 
boshlang’ich belgisiz. 
                - Retrogen amneziya - bo’lib o’tgan xodisalar haqidagi xotirani yo’qolishi. 
 
Gipoksiya  vaqtida  organizm  funktsiyalarini  o’zgarishi  adaptatsion  va 
kompensator  harakterga  ega  bo’lib,  kislorod  yetishmovchiligiga  qarshi  kurashga 
yo’naltirilgan. Buning uchun nafas va qon aylanish tizimi a’zolarini faoliyati ortadi, 
eritrotsitlar  soni  va  gemoglobin  miqdori  ko’payadi,  harakatlanayotgan  qonnig 
sig’imi va uning kislorod hajmi ortadi. 
 
Kislorod  yetishmovchiligi  sezilarli  darajaga  yetganda  yoki  odam 
organizmning kompensator reaktsiyalarini  susayishi natijasida bir qator fiziologik 
va patologik o’zgarishlar sodir bo’lib uni tog’ yoki balandlik kasaligi deb ataladi. Bu 
kasallikda  asosiy  nerv  jarayonlarini  harakatchanligi  susayadi,  sezgi  va  vegetativ 
tizimlar  funktsiyasi  buziladi,  harakatlar  koordinatsiyasi  yomonlashadi,  jismoniy 
sifat ko’rsatkichlari pastlaydi. Subektiv belgilariga 
bosh 
og’rig’i, 
bosh 
aylanishi,  burundan  qon  ketishi,  ko’ngil  aynishi,  qusish,  xansirash  va  xushdan 
ketishni ko’rsatish mumkin. 
 
Tog’  sharoitida  yashash  natijasida  organizmni  kislorod  yetishmovchiligiga 
chidamliligi  ortib  boradi,  odam  o’zini  yaxshi  xis  qiladi,  organizmni  funktsiyalari 
stabillashadi  va  mehnat  qobiliyatchanligi  yaxshilanadi.  Boshqacha  aytganda, 
adaptatsiya rivojlanadi va u ikkita fiziologik mexanizmlar orqali amalga oshadi: 1) 
kislorod transporti tizimi faoliyatini yaxshilanishi natijasida to’qimalarga kislorodni 
yetib  borishi  yaxshilanadi;  2)  kislorodni  yetishmovchiligiga  a’zo  va  to’qimalarni 
moslashuvi moddalar almashinuvi darajasining ozayishiga olib keladi. 
 
O’rta  tog’  sharoitida  bo’lishni  dastlabki  kunlarida  mehnat  qobiliyatchanlik 
pasayadi.  Mehnat  qobiliyatchanlikni  sezilarli  pasayishi  kislorodga  talabi  yuqori 
sport  turlarida  (o’rta va  uzun  masofaga  yugurish,  suzish)  aniq  kuzatiladi.  Bunday 
sharoitda  mehnat  qobiliyatchanlikni  sezilarli  pasayishining  asosiy  sababi  kislorod 
qarzini ortishi hisoblanadi. Ko’proq anaerob sharoitda bajaraladigan sport turlarida 
(gimnastika,  akrobatika,  og’ir  atletika,  qisqa  masofaga  yugurish)  sport  natijalari 
o’rta tog’ sharoitida deyarli o’zgarmaydi. 
         Sportchilar  o’rta  tog’  sharoitida  bo’lib,  pasttekislikga  qaytgandan  keyin  3-4 
xafta  davomida  jismoniy  mehnat  qobiliyatchanlik  yuqori  darajada  saqlanib,  sport 
natijalari  yaxshilanadi.  Bunday  holatni  fizioloik  mexanizmi  organizmni gipoksiya 
sharoitiga  adaptatsiyalanganligi  hisoblanadi.  SHu  sababli  muhim  musobaqalardan 
avval  ayniqsa  chidamlilik  talab  qilinadigan  sport  turlarida    chiniqish 
mashg’ulotlarini o’rta tog’ sharoitida o’tkazish tavsiya qilinadi. 


Ayrim sport turlari vakillari (akvanavtlar, suvga sho’ng’uvchilar, suv ostida 
suzuvchilar, akvalanglar) suv ostigacha tushganda baland barometrik bosim ta’siriga 
uchraydilar. 
Bunday  sharoitda  ishlashning  alohida  xususiyatlari  shundan  iboratki,  muhit 
bosimining ortishi va uning o’zgarishlari yetakchi ahamiyatga ega bo’lib, gazlarning 
partsial bosimini ortishi, organizm bilan muhit o’rtasida gazlar tengligining buzilishi 
natijasida  yuzaga  keladigan  o’zgarishlar,  organizmning  indiferrent  gazlar  bilan 
to’yinishi va qayta kamayishi kabi murakkab omillar ta’sirida amalga oshadi. Yuqori 
barometrik bosimni organizmga  ta’sirini o’rganish bir  qator  qiyinchiliklarga duch 
keladi,  birinchidan,  eksperimentator  har  doim  ham  tekshiriluvchini  yonida  bo’la 
olmaydi,  ko’pchilik  hollarda  kerakli  asboblardan  foydalanishning  imkoniyati 
yo’qligi  sababli  yuqori  barometrik  bosimning  organizmga  ta’siriga  oid  olingan  
ko’pchilik materiallar ta’sir tugagandan keyingi davrda olinadi. 
Organizmning  yuqoridagi  ko’rsatilgan  kompleks  omillar  ta’siriga  bergan 
reaktsiyalarini tahlil qilish davomida, evolyutsion jarayonda odam va hayvonlarda 
yuqori 
barometrik 
bosim 
ta’siriga  mahsus  adaptatsiya  mexanizmlari 
shakllanmaganini  ko’rish  mumkin.  Organizm  o’zining  himoyaviy  funktsiyalarini 
bilvosita kompensatsiyalovchi reaktsiyalar orqali amalga oshiradi. 
Organizmdagi barcha o’zgarishlar ikki tipda namoyon bo’ladi: 
-  suv  ostida  bo’lish  qoidalariga  to’la  rioya  qilingan  holatda  yuqori 
barometrik bosimga organizmning bergan fiziologik reaktsiyalari; 
-  nafas  apparaturasining  buzuqligi  yoki  suv  ostida  havfsizlik  tartibining 
buzilishi bilan bog’liq patologik o’zgrishlar. 
Yuqori barometrik bosim ta’sirida organizmning turli funktsional tizimlari va 
a’zolarida  o’zgarishlar  yuzaga  keladi.  Markaziy  nerv  tizimida    asosiy  nerv 
jarayonlarini  muvozanating  buzilishi,  ichki  tormozlanish  kuchining  kamayishi  va 
qo’zg’alishning ustunligi keltirib chiqaradi. Nafas tizimida nafas olishga qarshilik 
ortib,  nafas  chiqarish  tezligi  pastlaydi,  o’pkalarning  maksimal  ventilyatsiyasi 
kamayadi. Yurak-qon tomir tizimida yurak urishlar sonining kamayishi, maksimal 
arterial bosimning pastlashi, minimalining ortishi pulьs bosimining ozayishiga olib 
keladi.  Qonning  oqish  tezligi  susayadi,  oqayotgan  qonning  miqdori  va  sistolik 
hamda  minutlik  hajm  kamayadi.  Bu  reaktsiyalarning  barchasi  moslashuvchi 
reaktsiyalar hisoblanib,  organizmning  a’zo  va to’qimalariga  ortiqcha kislorodning 
yetib  borishini  chegaralashga  qaratilgan.  Periferik  qonda  eritrotsitlar  va 
gemoglobinning  miqdori  kamayadi,  leykotsitlarning  soni  biroz  ortadi;  ularning 
osmotik chidamliligi va fagotsitar faolligi  kamayadi. 
Ovqat  hazm  qilish  tizimida  hazm  shiralari  sekretsiyasi  tormozlanib,  motor 
funktsiya kuchayadi, diurez ortadi. Barcha turdagi moddalar almashinuvi buziladi, 
natijada, 
energiya 
almashinuvining 
susayishi, 
jismoniy 
mehnat 
qobiliyatchanligining  darajasi  pasayishiga  olib  keladi.  Organizmda  yuzaga 
keladigan o’zgarishlar ko’pchilik hollarda funktsional – moslashuvchi ko’rinishda 
bo’lib, bir necha soatdan keyin barcha ko’rsatkichlar asl holiga qaytadi. 
Suv  ostida  ishlash  qoidalari  buzilganda  turli  xil  patologik  holatlar  va 
professtsional kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Ularga kislorod bilan zaharlanish, 
kislorod yetishmovchiligi, karbonat angidrid gazi bilan zaharlanish, organizmning 


o’ta  sovib  yoki  isib  ketishi,  yuqori  bosim  sindromi,  o’pkalarning  barotravmasini 
ko’rsatish  mumkin.  Bu  kasalliklarni  davolash  bilan  mahsus  tayyorlangan  vrach-
fiziologlar va suv ostiga tushish mutaxassislari shug’ullanadi. 
Giperbariya  sharoitida  musobaqa  va  chiniqish  mashg’ulotlari  o’tkazishni 
ta’minlovchi  sportchilar,  trenerlar  va  tibbiyot  xizmatchilari,  odamlar  suv  osti 
sharoitiga  tushganda  organizmda  kelib  chiqishi  mumkin  bo’lgan  funktsional 
o’zgarishlar  va  patologik  ko’rinishlar  haqida  yetarli  ma’lumotlarga  ega  bo’lishi 
kerak.  Kasallik  alomatlari  ko’rinishi  bilan,  kasalni  baromarkazga  (kasalxonaga 
emas)    olib  borilib,  davolash  tadbirlari  tegishli  mutaxassis  tomonidan  kerakli 
asboblar yordamida amalga oshiriladi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish