Harakat malakasi - o’zlashtirilgan va tartibga keltirilgan harakatlar
hisoblanib, avtomatik tarzda, ongni ishtirokisiz bajarilib harakatning maqsadini
optimal yechilishini ta’minlaydi.
Harakat malakalarini o’rganishda harakatning tashqi va ichki tarkibi
o’rganiladi. Birinchi usulda harakatning turli kino, foto, video-tasvirlaridan,
dinamometriya, tenzometriya, tsiklografiya va boshqalardan foydaniladi. Ikkinchi
ichki tarkibini o’rganishda elektrofiziologik usullardan foydalaniladi (EMG, EEG,
N–refleksni va harakat birliklarining faolligini yozib olish).
Do'stlaringiz bilan baham: |