Epogen-bu gen buyraklarda eritropoetin gormonini hosil bo’lishini
boshqaradi. Bu gormon suyaklarda va boshqa tuzilmalarda eritrotsitlarni
shakllanishini tezlatadi. 1997 yili tajribada epogenni sichqon va maymunlarni
xujayralariga kiritilganda qonda eritrotsitlarni soni 81% ortgan. Natija zo’r
bo’lishiga qaramasdan tajriba oqibatlari bir xil chiqmagan, ayrim xayvonlarni qoni
shunchalik qo’yilib ketganki yurakni qon xaydashi qiyinlashganligi sababli ularni
o’limdan saqlab qolish uchun qonini suyultirish talab qilingan. Xuddi shunday
yakun odamda ham kuzatilishi mumkin. SHu yerda Ero Myantyurantani 42 yoshida
o’lib ketganligini eslatish o’rinli hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |