O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


DNK ning irsiy (marker) belgilarining sportdagi axamiyati



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

DNK ning irsiy (marker) belgilarining sportdagi axamiyati 
Odamni  sport  uchun  muhim  sifatlarini  begilovchi  genlar  bilan  bog’liq  irsiy 
markerlarini  (belgi)  aniqlash  sport  amaliyoti  uchun  nihoyatda  muhimdir.  Sport 
markerlari yordamida sportga iqtidorli bolalarni tanlab olish va mo’ljallash ishlari 
osonlashadi. Masalan, boks, kikboksing va taekvon-do yakka olishuv sport turlarida 
sportchi  organizmiga  turli  xil  talablar  qo’yiladi.  Bu  sport  turlarida  tez  va  yuqori 
chiniquvchanlik turli xil komnleks genetik markerlari borligi bilan bog’lanadi. Boks 
sport turida  sportchi organizmini tezkorlik sifatiga katta talab qo’yilganligi uchun 
bolalarni tanlab olishda qon guruxi 1(0)-chi bo’lgan va  oilada birinchi farzandlar 
orasidan istash kerak. Kikboksing sport turida esa yuqori tezlik sifatlari bilan birga 
tezlik-kuch  chidamliligi  ham  talab  qilinadi,  shu  sababli  yosh  iqtidorlarni  oiladagi 
keyingi farzandlar orasidan va 2(A) qon guruxiga ega yoshlardan istash kerak. 
Xuddi  shunga  o’xshash  holatni  kuch  sifati  talab  qilinadigon  sport  turlarida 
ham ko’rish mumkin. Masalan, og’ir atletikada sportchi uchun muskullarni absolyut 
kuch katta bo’lishi  bilan birga, portlovchi kuchi ham katta bo’lishi talab qilinadi va 
ular alohida genetik markerlar bilan bog’liq bo’ladi, tosh ko’tarish sport turida esa 
muskulni  absolyut  kuchi  katta  bo’lishi  bilan  birga  kuch  chidamliligi  ham  yaxshi 
bo’lishi talab qilinadi ular ham boshqa genetik markerlar bilan bog’liq bo’ladi. 
Ma’lum jismoniy yuklamalarga iqtidorlilik aholini bir butun populyatsiyasiga 
xos  irsiy  xususiyat  ham    bo’lishi  mumkin.  Ma’lumki,  dunyoning  barcha  yetakchi 
sprinterlari G’arbiy Afrikalik hisobdanadi, 100 m.ga yugurish musobaqalaridagi 500 
ta medalni 494 tasi ularga tegishlidir. Xalqaro boksda ham ular ustunlik qiladilar. 
AQSH  dagi super  elita  atletlarning taxminan  13%  ni  o’sha  yerliklar tashkil 
qiladi,  basketbolda-90%,  futbolda-70%  va  taxminan  30%  beysbolchilar  G’arbiy 
Afrikaliklardir. Buyuk Britaniyada ham ular yaxshi atletlarni 20%ni tashkil qiladi. 
Biroq  o’pka  sig’imlari  ularda  oq  tanli  sportchilarnikidan  15%  kamligi  va  skelet 
muskullarida  sekin  tolalarning  yetarli  emasligi,  uzoq  va  o’ta  uzoq  masofalarga 
yugurish musobaqalarida ishtirok etishga  va yaxshi natijalar ko’rsatishga to’sqinlik 
qiladi. 
SHarqiy  Afrikalik  qora  tanlilar  tug’ma  stayerlardir.  Masalan,  Keniyaliklar 
uzoq masofaga yugurish musobaqalarida yetakchilik qiladailar. Ularni ichidan 100 
m.ga eng tez yugurgani 10,28 s ko’rsatgan va bu natija sprinterlar ro’yxatini 500 chi 
o’riniga mos keladi. Oq tanli yevropaliklar va sharqiy afrikaliklar uzoq masofalarga 
yugurishga  yaxshi  moslashgan  bo’lishadi,  ular  haligacha  100  m  masofani    10 
sekundan tezroq bosib o’tishgani yo’q. 
Oq tanli afroaziatlarni yelka kamari muskullarini kuchi ko’p bo’lib, kurash, 
uloqtirish va shtanga ko’tarish sport turlarida yetakchilik qilishadi. Disk va molot 
uloqtirish  sport  turlaridan  o’tkazilgan  musobaqalarda  qo’yilgan  50  ta  medalni  46 
tasini ular yutganlar. 
Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki sport turlariga adaptatsiyalanish 
jarayoniga  irsiyatni  ta’siri  katta  ekan.  Bunday  xususiyatlarni  bilish  chiniqish 
jarayonining  muvaffaqiyatini  asosi  hisoblanadi.  CHiniqish  jarayoniga  tashqi 


muhitni  ta’siri  20-25%  ni  tashkil  qilishiga  qaramasdan,  irsiy  imkoniyatlar  baribir 
ustunlik qiladi. 
Sportdagi  muvaffaqiyatlarni  irsiy  asoslarini  o’rganish  jadallik  bilan  olib 
borilmoqda.  Xozirgi  vaqtda  sportda  oddiy  va  oson  markerlardan  foydalanishdan, 
murakkab  DNK  ni  bevosita  o’rganish  orqali  ma’lum  bir  jismoniy  yuklamalarga 
moyilligi bor odamlarni topishga o’tilmoqda. Sportdagi natijalarning o’sishi ma’lum 
bir genlarga bog’liq ekanligini aniqlanganligi eng katta yutuqlardan biri hisoblanadi. 
Ularning  ichida  odamning  yurak-qon  tomir  tizimining  faoliyatini  nazorat  qilishda 
qatnashadigan va sportchilarni turli jismoniy yuklamalarga layoqatini belgilaydigan 
gen e’tiborni tortdi. 
1999  yili  olimlar  tomonidan  qon  tomirlarni  kengligini  belgilovchi  ferment 
bilan bog’liq genni aniqladilar. Bu ferment (AKF-angiotenzin konvertatsiyalovchi 
ferment)  qon  tomirlar  kengligini  belgilovchi  hisoblanib,  sport  natijalari  u  bilan 
bog’liqdir. Odamda bu genning ikkita har xil  shakli mavjud. Bitta genni turli xil 
shakllarini va xususiyatlarini ko’rsata olish qobiliyatiga polimorfizm deb ataladi. 
AKF  ni  faoligini  kamayishi  qon  tomirlarni  kengaytiradi.  Sportchilarning 
genomida  genning  shu  variantini  mavjudligi  submaksimal  va  katta  quvvatli  ishni 
bajarganda  ishlayotgan  muskullardan  qonni  ko’p  oqishi  sababli,  ularga  ko’p 
kislorodni  kelishini  ta’minlaydi.  SHu  sababli  o’rta  va  uzoq  masofaga  yugurish 
musobaqalarida ulardan yuqori cport natijalarni kutish mumkin. 
Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  murabbiylarga,  pedagoglarga,  sport 
vrachlariga va shu soxada ishlayotgan boshqa mutaxasislarga sportga tanlab olish va 
mo’ljallash  ishlarini  amalga  oshirishda  va  sport  mahoratini  oshirishning  barcha 
etaplarida keng imkoniyatlar ochib berdi. 
Turli jismoniy yuklamalarga odamning moyilligini belgilovchi yangi genlarni 
izlash  to’xtovsiz  davom  etmoqda.  Oxirgi  yillarda  sport  faoliyatini  muvoffaqiyati 
belgilovchi 9ta yangi genlar aniqlandi. Biroq olimlarning yutuqlaridan sportda turli 
xil dopinglardan foydalanishda ko’proq foydalanilmoqda, bu albatta sportchilarning 
salomatligiga ziyon keltiradigan yomon oqibatlarga olib keladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish