1988 yili Seulda o’tkazilgan Olimpiadada 100 metrga yugurish bo’yicha olgan oltin
medalini ham qaytarib olindi.
Nolegal yo’l bilan sportchilarni mehnat qobiliyatchanligini orttirishni izlash
ishlari davom ettirilishi natijasida mutaxassislarni fikri qonni tarkibini o’zgartirish
orqali sport faoliyati davomida organizmni kislorod iste’moli darajasini orttirishga
qaratildi. 1970 yildan dopingni yangi tipi o’zini qonini qayta quyishdan
(autogemotransfuziya) foydalanish boshlandi. Sportchidan 400 ml qon olinib ikki
xaftadan keyin qaytib quyiladi, shu muddat ichida sportchi organizmi gemoglobinni
avvalgi miqdorini qayta tiklab oladi va qon qayta quyilgandan keyin gemoglobinni
miqdori sezilarli darajada ortadi. Bu yo’l ishlayotgan muskullarga kislorod yetkazib
berishni keskin ko’paytirib sportchilarni jismoniy chidamliligini ortishiga olib
keladi. Autotransfuziya usulini 1986 yili taqiqlandi.
Biroq shu vaqtga kelib qon dopingini yana bir turi yaratildi. Bu usulda qon
hosil qilishni tezlatishdan foydalanildi. Qizil qon xujayralari eritrotsitlarni hosil
bo’lishini boshqarishda eritropoetin fermenti ishtirok etadi. Bu ferment qonda
ma’lum miqdorda doimo bo’ladi. Sportchi organizmiga uni qo’shimcha kiritish
eritrotsitlarni qondagi miqdorini orttiradi va shunga mos ravishda kislorod
iste’molini ham ko’paytiradi. SHu yo’l bilan sportchilarni uzoq masofaga
yugurishda chidamliligi ortadi. Bu usul 1990 yili taqiqlangan bo’lishiga qaramasdan
uni aniqlash juda qiyinligi sababli undan foydalanish davom etaverdi. 2000 yili
Sidney Olimpia o’yinlariga uni aniqlaydigan ishonchli test yaratildi.
Qon dopinglari bilan bir vaqtda boshqa bir doping yaratildi. Bu usulda
sportchi insulin qabul qiladi. 2001 yili bodibilding bilan shug’ullanuvchi yetakchi
atletlarni 10% insulin qabul qilishganligini tan olishgan. Insulinli doping
muskullarni energiya resurslarini muskul to’qimasida glikogenni ortirish hisobiga
mehnat qobiliyatchanlikni o’sishiga olib keladi.
Insulinli dopingni qabul qilish texnikasi quydagicha: ikki soat davomida
insulinni glyukoza bilan birgalikda qabul qilinadi, qonga tushayotgan glyukoza
muskullarga tezda o’tib glikogenga aylanib to’planadi. Muskullarda to’plangan
uglevod zahiralari o’rta va uzoq masofaga yugurivchi sportchilarni imkoniyatlarini
ortiradi.
Insulinni miqdorini ortib ketishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Bunday vaziyatda qondan glyukozani ko’p miqdorda muskul to’qimasiga o’tishi
miyada glyukoza yetishmasligini keltirib chiqarib, sportchilarni koma holatiga
tushirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: