Ayollarda qon hosil qilish funktsiyasi kuchliligi sababli organizmning ko’p
qon yo’qotishiga chidamli bo’ladi. Leykotsit va trombotsitlar sonida jinsiy farq
kuzatilmaydi, biroq eritrotsitlar soni, gemoglobin va mioglobin miqdori ayollarda
erkaklarga nisbatan oz bo’ladi. Ayollar qonida gemoglobin miqdori ozligi uning
kislorod hajmi kam bo’lishiga sabab bo’ladi. Ayollarning 100 ml arterial qoni
o’rtacha 16,8 ml, erkaklarniki esa 19,5 ml kislorodni bog’lay oladi. SHu sababli
submaksimal aerob quvvatli ish vaqtida sportchi qizlarning arterial qonidan
ishlayotgan muskullarga erkaklarga qaraganda oz kislorod o’tadi. Muskullarni
kislorod bilan yetarli taminlanmaganligi qonni faol reaktsiyasini kislotali tomonga
surib, uning rN ni 7,34 dan 7,11 gacha pastlatadi. Ayollarda 1 kg tana og’irligiga
nisbatan harakatlanayotgan qonning miqdori erkaklarga nisbatan kam bo’ladi.
Ayollar yuragining og’irligi va sig’imi erkaklarnikiga nisbatan oz bo’ladi.
Yurakning absolyut sig’imi shug’ulanmayotgan ayollarda o’rtacha 580 ml, sport
bilan shug’ullanayotgan ayollarda 640-790 ml.ni tashkil qiladi. SHu sababli
yurakning sistolik hajmi ham oz bo’ladi. Bu holat yurak urishlar sonini va qonning
oqish tezligini yuqoriroq bo’lishi bilan qoplanadi. Tinch holatda ayollarning
yuragini sistolik sig’imi taxminan 57 ml.ni tashkil qilib, jismoniy ish vaqtida 120 ml
va undan ko’proqqa ortishi mumkin. CHidamlilik talab qilinadigan sport turlari bilan
shug’ullanayotgan sportchi qizlarda yurakning sistolik sig’imining maksimal
ko’rsatkichi jismoniy ish vaqtida 140-160 ml tashkil qiladi. Yurakning minutlik
sig’imi ayollarda tinch holatda minutiga 4 litrni tashkil qilib, jismoniy ish vaqtida
25 litrgacha ko’tarilishi mumkin. Jismoniy yuklama ta’siriga yurakni minutlik
sig’imini ortishi qizlarda ko’proq yurak urishlar sonining ortishi hisobiga bo’ladi.
Ayollarda yurak urishlar soni bir minutda o’rtacha 72-78 taga teng. CHidamlilikka
chiniqish davomida sportchi qizlarda yurak urishlar sonini kamayishi kuzatiladi,
biroq bu kamayish sportchi o’g’il bolalarga nisbatan ozroq bo’ladi. Bir xil
og’irlikdagi aerob ishni bajargada yurak urishlar soni ayollarda erkaklarga nisbatan
20-40 taga ortiq bo’ladi, ammo shug’ullanmagan ayollarga qaraganda past bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan kardiorespirator tizimni jismoniy yuklamalarga
adaptatsiyalanish mexanizmlarini mukammal emasligi ularni aerob imkoniyatlarini
kamaytirib va mehnat qobiliyatchanligini pastlatadi.
Ayollarni funktsional holati va mehnat qobilyatchanligiga chekish, alkogol va
narkotik moddalarni iste’mol qilish kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ayollar erkaklarga
qaraganda alkogolga tez o’rganib qoladi. Zararli odatlar ayol organizmining
o’zigagina salbiy ta’sir qilib qolmasdan, balki uning bolalarini salomatligiga ham
ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: