O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Qayta tiklanish jarayonlarining fiziologik mexanizmlari



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Qayta tiklanish jarayonlarining fiziologik mexanizmlari 
Organizmdagi  barcha  jarayonlar  kabi  qayta  tiklanish  jarayonlari  ham  nerv 
(shartli va shartsiz reflekslar hisobiga) va gumoral mexanizmlar orqali  boshqariladi. 
Ayrim  olimlar  qayta  tiklanishda  nerv  yo’li  ustunlik  qiladi  deb  aytishsa,  ikkinchi 
guruh  olimlar  esa  gumoral  yo’l  dominantlik  qiladi  deyishadi.  Ularning  fikricha, 
jismoniy ish vaqtida moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan  moddalarning 
to’planishi va gormonal o’zgarishlar qayta tiklanish jarayonlari tezligini, jadalligini 
va  davomliligini  belgilaydi.  Aslini  olganda  esa  bir  butun  organizmda  kuchli 
jismoniy ish vaqtida va undan keyin bir mexanizmni ikkinchisidan  alohida tasavvur 
qilish  mumkin  emas.  Qayta  tiklanishning  barcha  davrlarida  bu  jarayonni 
boshqarishda ham nerv ham gumoral mexanizmlar  ishtirok etadi. 
Nerv yo’li bilan boshqaruv nisbatan tezligi sababli avvalo ish davomidagi va 
dastlabki davrdagi qayta tiklanishni boshqaradi. Qayta tiklanishni nerv mexanizmi 


orqali, ichki muhitning normallashuvi boshqariladi va u asosan yurak-qon tomir va 
nafas  tizimlari  tomonidan  kislorod  va  ozuqa  moddalarini  yetkazib  berish  va 
almashinuv mahsulotlarini chiqarib tashlash orqali amalga oshadi. 
 Nisbatan  sekin  gumoral  boshqaruv  mexanizmi  orqali  avalo  suv-tuz 
almashinuvi, glyukoza va glikogen hamda  fermentlar va gormonlar zahiralari qayta 
tiklanishi  ta’minlanadi.  SHuni  yana  bir  marta  uqtirib  o’tish  lozimki,  odamning 
mehnat  va  sport  faoliyati  jarayonida  a’zolar  va  tizimlar  faoliyatini  boshqarishda 
ikkala  mexanizm birlikda ishtirok etadi. 
 Ish davomida va  ishdan  keyin boshqaruvning  nerv-gumoral  mexanizmi  bir 
tomondan  energiyaning  hosil  bo’lishi  va  ishlatilishini  ta’minlaydi,  boshqaruvning 
bu  yo’nalishini    ergotrop  yo’nalishi  deb  atalsa,  ikinchi  tomondan  anabolizm 
jarayonlarini kuchaytiradi va uni  boshqaruvning  trofotrop yo’nalishi deb ataladi. 
Sportchilar  organizmida  turli  funktsiyalarning  qayta  tiklanishini  kuzatishga 
qaratilgan  ko’p  sonli  kuzatuvlar  natijasida,  bu  reaktsiyalar  boshqaruvining  o’ziga 
xos  xususiyatlari  aniqlangan.  Sport  yuklamalardan  keyingi  dastlabki  davrda 
gemodinamika  funktsiyasini  qayta  tiklanishi  kuzatilganda,  yurak-qon  tizimini 
boshqarishga  adrenerik  va  xolinergik  ta’sirlarning  o’ziga  xos  nisbatlari  aniq 
kuzatiladi.  Yurak  urishlar  soni,  sistolik  hajm  va  sistola  vaqtini  tez    qayta 
tiklanganligi adrenergik ta’sirning ustunlik qilayotganligini ko’rsatadi. Arterial  qon 
bosimi normallashuvi, diastola vaqti, muskulli arateriyalar tonusi va qoni oqishiga 
pereferik  qarshilik  ko’rsatkichlarining  nisbatan  sekinroq  boshqarilishi  aniqlangan. 
Bu  etapdagi  qayta  tiklanishning  o’ziga  xosligi  shundan  iboratki,  metabolizm 
jarayonlari kam harjligi ta’minlanadi, kislorod iste’molining umumiy kamayishi va 
sut kislotasining akkumulyatsiya qilinishi bilan namoyon bo’ladi (xolinergik ta’sir). 
 Qayta  tiklanish  jarayonlarini  har  xilligi  sportchilarning  induvidial  
xususiyatlariga,  jismoniy  chiniqqanlik  darajasiga  va  muskul  ishining  tavsifiga  
bog’liq  bo’ladi.  Tez  va  to’la  qayta    tiklanish  chiniqqan  sportchilarga  xos  bo’lib, 
ularda  boshqaruvni  tez  qayta  qurish  trofotrop  yo’nalishda  bo’ladi.    Maxsus 
tadqiqotlar  natijasida  shu  narsa  aniqlandiki,    qayta  tiklanishning  erta  fazasida 
taxminan 50%  reaktsiyalar ergotrop, 20% reaktsiyalar trofotrop va 30% reaktsiyalar  
aralash yo’nalishdagi boshqaruvni tashkil qiladi. Qayta tiklanishni kech fazasining 
yarmidan  ko’pini    troftrop  jarayonlar  tashkil  qilib,  organizmda  uzoq  muddatli 
adaptatsiyani  “tuzilmali  izi”ni  hosil  bo’lishining  metabolik  asosini  tashkil  qilishi 
mumkin. 
 Organizmda  qayta  tiklanish  jarayonlaridagi  funktsional  va  tuzilmali  qayta 
qurilishlar  super  qayta  tiklanishni  keltirib  chiqaradi.  Bu  xodisa  chiniqish 
mashg’ulotlarining  fiziologik  asosini  tashkil  qilib,  organizmni  funktsional 
zahiralarining  kengayishi  hisobiga  kuch,  tezkorlik  va  chidamlilik  sifatlarning 
o’sishini ta’minlaydi.  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish