O‘zbek shevalarida unlilarning cho‘ziq va qisqaligi ham ahamiyatga egadir: a:t(ad) - ism, at - ot.
a:ch (a:sh), a:j - och (qorin och)
ach - och (eshikni och)
o:t (o:d) - o‘t (olov)
ot - o‘t
Xivada yaz //ad.orf.yoz (xat yoz), ya:z // ad.orf.yoz (yoz keldi).
O‘zbek shevalarida ikkinchi darajali cho‘ziq unlilar bor bo‘lib, ular yondosh undoshning tushishi natijasida hosil bo‘ladi: shəhar > shə:ər > shə::r; b כr > bə: tegma > te:mə.
Fonetik ultra cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik) jumla ohangdorligi bilan bog‘liqdir:
məm b’lmə:: mən (men bilmayman),
səm b’lmə::sən (sen bilmaysan),
u b’lmə:: d’ (u bilmaydi).
Yaqin kelajakda כ- lovchi, a-lovchi shevalar vokalizmidan e unlisi mustahkam o‘rin oladi.
Singarmonizm deb so‘zdagi tovushlarning bir-biriga hamda o‘zakka qo‘shimchalarning talaffuz jihatdan uyg‘unlashishiga aytiladi.
Turkiy tilda, jumladan o‘zbek tilida singarmonizmning ikki xil ko‘rinishi bor:
1. Tanglay uyg‘unligi (unlilarning qattiq va yumshoqligiga ko‘ra)...
barig‘ - borish,
kimkə - kimga,
ilgəri - ilgari,
dalag‘a - dalaga.
2. Lab uyg‘unligi - birinchi bo‘g‘indagi unliga keyingi bo‘qindagi unlining yoki o‘zakdagi unliga qo‘shimchadagi unlining lablanishi jihatdan moslashuvidir:
’n’m (inim) - ukam, kozom - ko‘zim.
Singarmonizm - grekcha sun - birga, hormonia – ohangdoshlik degan ma’noni bildiradi. So‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlidan o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi. Bu hodisa ayrim turkiy tillar uchun o‘zbek tilining esa ayrim shevalari uchun xarakterlidir. Masalan, o‘zbek tilining qipchoq tip shevalarida uchinchi shaxs egalik affiksining -i, -o‘,-u kabi variantlarga egaligi singarmonizm belgisidir: ishi, ati,ozu (o‘zi) kabi_. Misollarga murojaat qilaylik:
kopruk – ko‘prik
b כtur – botir
q כtur - qotir
x כtun – xotin
mכku – moki
dəydu – daydi
o‘quydu - o‘qiydi
mudur -mudir
o‘qush - o‘qish
muqum - muqum’
Xilma-xil bo‘lgan o‘zbek shevalarining konsonantizm tizimini fonologik jihatdan, ya’ni prinsipial farq qiladi undosh fonemalarni aniqlash va ularning talaffuz qilinish xususiyatlarini belgilash uchun ma’lum gruppadagi shevalar o‘zaro qanday xususiyatlari bilan bir-biriga yaqin yoki birbiridan nimalar bilan farq qilishini aniqlash lozim:
1. Bir-biridan prinsipial farq qiladigan undosh fonemalarning miqdori va ularning sifat jihatdan xarakteristikasiga ko‘ra, y-lovchi shevalar o‘zbek tiliga birmuncha yaqin turadi. Ammo Toshkent tipidagi y-lovchi shevalarda uchramaydigan, biroq j-lovchi va singarmonizmli y-lovchi shevalarda mavjud bo‘lgan h fonemasi bundan mustasno.
Janubiy Xorazm shevalaridagi k, g undoshlari ham birmuncha o‘ziga xos xususiyatlariga ega.Til orqa burun ng tovushi ham shevalararo bir xil emas.
2. Barcha j-lovchi shevalardagi undoshlar tizimi deyarli har xil.
x tovushining tavsifi, uning mavjud bo‘lish bo‘lmasligi bilan j-lovchi shevalar bir-biridan farq qiladi. Konsonantizmlar sostavi jihatdan j-lovchi shevalar qipchoq gruppasidagi turkiy tillarga birinchi navbatda qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz tillariga yaqin turadi.
3. J-lovchi shevalardagi -dj affrikati o‘rniga j fonemasini qo‘llaydigan shevalar j-lovchi shevalarning alohida gruppachasini tashkil qiladi. Y fonemasi y-lovchi shevalarga nisbatan j-lovchi shevalarda kam qo‘llanadi, chunki bu shevalarda qadimgi turkiy y tovushi so‘z boshida dj yoki j tovushi bilan almashadi. y-lovchi shevalar ta’sirida y tovushining dj tovushiga o‘tishi y>dj tamomila tugagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |