1
Ходжайов Т.К., Ходжайова Г.К. Историческая антропология. В кн. «Узбеки», Москва, 2011. С. 17-18.
34
II – Bob. Rossiya imperiyasi bosqinidan so’ng O’rta Osiyoda siyosiy va
madaniy hayot.
2.1 - Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida O’rta Osiyoda
iqtisodiy ahvol.
Jahonda kapitalistik munosabatlar ijtimoiy - iqtisodiy hayotda o‘z o‘rnini
topayotgan kezlarda O‘rta Osiyo hududlari o‘zining tabiiy - geografik boyliklari va
arzon ishchi kuchi cheksiz bo‘lgani holda, XIX asr o‘rtalarigacha hech kimga
qaram bo‘lmagan, feodal mustabid tartiblari keng ildiz olgan hududlar edi. Bu
imkoniyatga kapitalistik iqtisodiy ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanib
borayotgan qo‘shni podsho Rossiyasi befarq qarab tura olmas edi. Shu boisdan,
Rossiya davlati podsho Ivan Grozniydan boshlab O‘rta Osiyoni o‘z
mustamlakasiga aylantirishni rejalashtirgan edi. Tarix taqozosiga ko‘ra, XVIII asr
davomida katta, kichik va o‘rta Qozoq juzlari birin - ketin Rossiya tobeligiga o‘tib,
rus ishbilarmonlari uchun O‘rta Osiyo tomon jadal harakat qilishga keng
imkoniyatlar ochildi. Faqat XVIII asrda Qozoq juzlari hududida 46 ta katta, 96 ta
kichikroq harbiy qal’a va istehkomlar qurilib, ularga harbiy qismlar joylashtirildi
1
.
O‘rta Osiyo yerlariga kirib borish ayniqsa, podsho Nikolay I davrida (1825 - 1855)
1
Ўзбекистон янги тарихи. Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. 1-китоб. - Т.: 2000. 38-бет.
35
kuchaydi. Podsho Rossiyasi tomonidan har xil bahonalar bilan O‘rta Osiyo
hududlarini bosib olishga intilish, harbiy yurishlar uyushtirish avj oldi. Rossiya -
Qo‘qon, Rossiya - Xiva chegaralarida harbiy istehkomlar qurish davom etdi.
Rossiya bosqini arafasida O‘rta Osiyo uch xonlikka bo‘linib, ular o‘rtasida
hukm surgan feodal urushlari, chegara janjallari, hatto har bir xonlik doirasida yuz
bergan o‘zaro ichki feodal kurashlar Podsho Rossiyasi harbiylari va
siyosatdonlarining e’tiborini o‘ziga tortmay qo‘ymas edi. Afsuski, bu suronli
yillarda O‘rta Osiyo xonliklari birlashib, bo‘lajak tashqi xavfni oldini olish o‘rniga
o‘zaro ichki urushlar, jangu jadallar bilan band bo‘ldilar.
XIX asrning birinchi yarmida Angliya o‘z maqsadlarini ko‘zlagan holda
Rossiyaga qarshi Turkiston xonliklarini ittifoqini tuzishga harakat qiladi. Bu yo‘lda
Angliya o‘z ayg‘oqchilarini (Konolli, Berns, A. Todd, Stoddart, Abbot, Shekspir
kabi zobitlarni) «sayyoxlar» sifatida O‘rta Osiyoga yuborib, Rossiya tashqi
siyosatiga xalaqit bera boshlaydi. Ulardan Stoddart va Konollilar Buxoro
rasmiylariga diplomat vakolatiga tegishli hujjat ko‘rsata olmagach, ular Buxoro
zindonida qatl qilingan. Angliya o‘z diplomatiyasini Turkiya orqali amalga
oshirmoqchi bo‘lib, qanchalar harakat qilmasin, ammo bu ham ish bermadi
1
.
Ayni chog‘da Rbssiya diplomatiyasi xonliklar o‘rtasida tobora kuchayib
borayotgan ziddiyatlarni hisobga olib, 1853 yilda Oqmachit qal’asini bosib oldi.
Oqmachitni olinishi munosabati bilan mahalliy tarixchi Muhammad Solih
Toshkandiy o‘zining «Tarixi jadidai Toshkand» asarida quyidagilarni yozadi:
«Qo‘qonda Oqmachit voqeasini esdan chiqarib aysh - ishrat, kayfu safo, o‘yin -
kulgi va parvosizlikka berilib, mamlakat ishidan ko‘z yumib, Qozog‘istondagi
xiroj, boj va zakotni g‘ayridin millatlarga topshirib, hukmronlikni g‘animat bilib,
yomon odamlarni, o‘g‘rilarni va harom kishilarni to‘plab amaldor qilib va valiy
belgilab, har bir shaharga yubora boshladilar. Ayrim johil mullalar va nodon
ulamolar so‘ziga ishonib, aholi shariatdan uzoqlashib, ilmsiz johillarni mansabdor
qilib qozi, rais, hokim, valiy lavozimlariga o‘tqazdilar. Poraxo‘rlik va haromlik
rivojlandi, ishni tekshirmay aytuvchilar so‘ziga amal qilib, poraxo‘r,
1
Ўша асар,. 1-китоб. 54—55-бетлар.
36
xushomadgo‘y va umuman nobob odamlar hokim va mansabdor bo‘ldilar.
Aksincha, dono, aqlli, fozil va bilimdon kishilar xo‘rlandi va oyoq osti qilindi.
Kengash va maslahat bilan ish yuritishga yo‘l berilmadi»
1
.
Mahalliy tarixchi Muhammad Solih kuyinib yurgan kezlarda Podsho
Rossiyasining harbiy qo‘shinlariga birin - ketin Pishpak, To‘qmoq qal’alari,
Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlari taslim bo‘ldi. 1864 yilning oktabrida
general Chernyaev Toshkentga kirib keldi. Toshkent dahalarida boshlangan janglar
1865 yil iyulida yakunlandi. Bosqinchilarga qarshi Yoqubbek va amir lashkar
Aliqul kabi mahalliy qo‘shin sardorlarining qahramonlarcha kurashiga qaramay,
Abdurahmonbek Shodmon, Muhammad Soatboy, Said Azim Muhammad kabi
xoinlarning xiyonatlari ham dushmanga g‘alaba keltirdi. Toshkentdan so‘ng
Qo‘qon xonligining boshqa shahar va qishloqlari ham ishg‘ol qilinib, 1867 yilda
Turkiston harbiy general - gubernatorligi tuzildi, unga Fon Kaufman boshliq qilib
tayinlandi. Shunday qilib, Qo‘qon xonligi hududining bir qismi bevosita Rossiya
imperiyasi tarkibiga qo‘shib olindi. 1876 yilda esa Rossiya Qo‘qon xonligini
butunlay bosib olib, xonlik bekor qilinadi.
Rossiya imperiyasining istilochilari Buxoro amirligiga qarshi 1866 va 1868
yillarda ikki marta yurish qilib, birinchi yurishda amirlikning Uratepa, Jizzax va
Yangiqo‘rg‘on bekliklarini bosib oladi. Ikkinchi yurishda Samarqand taslim bo‘ldi.
Buxoro hukmdori amir Muzaffarning Turkiya va Angliyaga murojaat qilib madad
so‘rashi ham ish bermadi. U mamlakat mudofaasiga tayyor emas edi. Umumxalq
siquvi bilan uyushtirilgan amirlik qo‘shinlarining qarshi hujumi Chernyaev,
Romanovskiy qo‘shinlariga bardosh bera olmadi, muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1868 yil
1 mayda Cho‘ponota tepaligida bo‘lgan jangda amir Muzaffar qo‘shinlari mag‘lub
bo‘ldilar. Shundan so‘ng, rus qo‘shini general Kaufman boshliq Samarqandning
sotqin, qo‘rqoq, xushomadgo‘y qozikalon, ulamolari va amaldorlari kuzatuvida
shaharga tantana bilan kirib keladilar. Amir Muzaffar qanchalar urinmasin
Zirabuloq jangi urush taqdirini hal qildi.
1
Ўзбекистон янги тарихи. 1-китоб. 58- бет.
37
Ammo, amirlikning janubiy bekliklarini birlashgan qo‘shini amir
Muzaffarning valiahdi Abdumalik yetakchiligida kechagina qo‘ldan ketgan
Samarqandga yurish boshlaydilar. Biroq, bu amir Muzaffarga yoqmaydi. Chunki, u
qaram bo‘lsada, amirlik taxtini qo‘lda tutib turish ilinjida Rossiya harbiy
generallari bilan til topishga, nima bo‘lsa ham taxtni o‘g‘liga topshirmaslika
harakat qiladi. Shuning uchun amir Muzaffar yaqinlari bilan maslahatlashib,
Kaufmanning asoratli sulh shartlariga ko‘nadi va valiaxd Abdumalik qo‘shinlari
ichiga ayg‘oqchilar yuborib, Samarqandda Rossiya qo‘shinlari g‘alabasiga
ko‘maklashadi. Hatto, Abdumalikni Qarshidagi qarorgohiga hujum uyushtirib,
uning jangovar vatan himoyachilarini Qarshidan siqib chiqaradi. Shundan so‘ng,
Abdumalik chavandozlari bilan do‘stlari - erksevar beklar Jo‘rabek, Yoqubbek va
Sulton Sodiqlar bilan birlashadi. Bu birlashgan kuchlar Abdumalikni Shahrisabz
Oqsaroyida Buxoro amiri deb e’lon qiladilar. Vatan himoyachilari Shahrisabzdan
so‘ng Qarshini qayta egallaydilar. Karmana, Chiroqchi bekliklari ham tez orada
ular qo‘liga o‘tadi. Muzaffar va general Abramov qo‘shinlari bilan vatanparvarlar
o‘rtasida Qarshida qattiq janglar bo‘ladi. Kuchlar teng bo‘lmagan jangda
vatanparvarlar Xiva tomonga chekinishga majbur bo‘ladilar. Shahrisabz va Kitob
beklari Yoqubbek va Bobobeklar esa mintaqada qolib, to 1870 yil kuzigacha amir
Muzaffar va Abramov qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatishda davom etadilar
1
.
Rossiya imperiyasi Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligini bartaraf qilgach,
endi navbatni Xiva xonligiga qaratdi. Shu masalada 1872 yilda Rossiya harbiy
vaziri Sankt - Peterburgda maxfiy kengash chaqirib, Xiva xonligini bosib olishga
qaror qilinadi. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Rossiya tajovuzidan xavotirlanib,
Hindiston orqali Angliyadan madad so‘raydi. Biroq, Angliya o‘zining Afg‘oniston
va Hindistondagi manfaatiga putur yetish ehtimolidan cho‘chib, Xivaga yordam
qo‘lini cho‘zmaydi. Oqibat natijada, Rossiya qo‘shinlari xonlik yerlarini uch
tomondan (Turkiston, Orenburg, Kavkaz) qurshovga olib, 1873 yilda Xivani taslim
1
Ўзбекистон янги тарихи, 1-китоб. 92-136-бетлар.
38
etadi va Gandimiyon sulhiga ko‘ra, Xiva xonligi Buxoro amirligi kabi Rossiyaning
yarim mustamlaka protektoratiga aylanadi
1
.
Shunday qilib, podsho Rossiyasi harbiy yurishlar yo‘li bilan O‘rta Osiyoda o‘z
siyosiy mavqeini mustahkamlab oladi. Endi, Rossiya hukumatining asosiy maqsadi
ushbu mintaqani o‘zining xomashyo bozoriga aylantirishi kerak edi. Buning uchun
mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarini o‘rganish, arzon ishchi kuchi bozorini tashkil
etish, o‘lkani boshqarish tizimini ishlab chiqish kerak edi. Rossiya imperiyasi juda
uzoqni o‘ylab ish tutdi, ya’ni qanday qilib bo‘lsa ham o‘lka boyligini Rossiya
manfaatiga xizmat ettirish yo‘llarini qidirib topadigan iqtisodchi, moliyachi,
injener - texnik va irrigator mutaxassislarni Turkistonga yubora boshladi.
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatini davlat mulklari va
ziroatchilik vaziri A.V. Krivosheyn uch so‘zda ifodalaydi. Buning birinchisi -
paxta, ikkinchisi - sug‘orish, uchinchisi - ruslarni ko‘chirib keltirishdir. Chunki,
bizning ichki bozorimiz, deydi u, so‘nggi 20 yil ichida Amerika paxtasi uchun
faqat boj tariqasida 700 million rubl to‘lashga to‘g‘ri keldi. 1900 yildan esa yiliga
40 million rubldan to‘lab kelmoqdamiz. Oliy lavozimli yana bir arbob M.
Brodovskiy «Turkiston o‘lkasi imperiyaga ko‘shib olingan. Unga mustamlaka
sifatida qaralishi lozim... bu mamlakatda manufaktura sanoati juda past
rivojlangan. Shuning uchun ham u tabiiy ravishda Yevropa Rossiyasi manufaktura
mahsulotlari chaqqon sotiladigan bozorga aylanadi», deydi.
Mana shunday mutaxassislar fikrlari hisobga olinib, Rossiya imperiya- si
hukumatida 1886 yilda Turkiston o‘lkasini boshqarish bo‘yicha maxsus «Nizom»
ishlab chiqildi. Bunga ko‘ra, paxtadan yuqori hosil olish maqsadida Amerika paxta
navini olib kelish va o‘lka sharoitiga moslashtirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish,
sug‘orish kanallari qurish, o‘lkaga temir yo‘l olib kelish, Rossiya gubernalaridan
rus dehqonlarini ko‘chirib keltirish va ularga 10 desyatinadan kam bo‘lmagan yer
bilan ta’minlab joylashtirish qonunlashtirildi. O‘lkadagi barcha yerlar davlat
xazinasiga tegishli deb e’lon qilindi. O‘troq mahalliy aholiga tegishli yerlar qozilar
tomonidan
berilgan
vasiqaga
qarab
emas,
balki
uni
amalda
kim
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 198.
39
foydalanayotganligiga qarab, yer merosiy yakka xo‘jalik egaligi bo‘ladi, deb
ko‘rgazma berildi. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingunga qadar katta yer
egalari tomonidan dehqonlarga ijaraga berilgan yerlar endilikda ijarachilarga
merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. Imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga
boshqalar qatori soliq solinadigan bo‘ldi, endi ular xususiy mulk emas, balki davlat
yerlari deb e’lon qilindi.
Yerga egalik qilish masalasida rus amaldorlari o‘rtasida ikki xil fikr kelib
chiqdi. Birinchisi dvoryan - pomeshchiklar manfaatini ko‘zlovchi fikrlar bo‘lib,
bunga ko‘ra, Turkiston o‘lkasini podsho Rossiyasi mustamlakasi sifatida qarash,
ya’ni mahalliy dehqonlarni krepostnoylikda saqlab ishlatish; ikkinchisi - Turkiston
dehqonlarini erkin yer egalari deb e’lon qilish, ularni yerga o‘z shaxsiy mulklari
sifatida qarab, shu yo‘l bilan Turkiston qishloq xo‘jaligida kapitalistik
munosabatlarga keng yo‘l ochish ko‘zda tutilgan. Bu yo‘l mustamlakachi Rossiya
burjuaziyasining manfaatini ko‘zlagan fikr edi.
Podsho Rossiyasi amaldorlari tuzgan va joriy etgan qonunlarda ana shu ikki
qudratli sinflar manfaatlari to‘qnashuvi o‘z aksini topgan. 1882 - 1884 yillarda
o‘lkada taftish o‘tkazgan imperatorning maxfiy maslahatchisi Girs podshoga
taqdim etgan qonun loyihasida rus burjuaziyasining manfaatlarini ifodalaydi. U
Turkiston dehqonlari o‘z yerlariga to‘la egalik qilsalar, imperiya sanoatiga ko‘proq
xomashyo yetkazib berishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Uning birdan - bir to‘g‘ri
fikriga ko‘ra, an’anaviy odat bo‘yicha har bir dehqonga to‘la xususiy mulk sifatida
yer biriktirilsa, «erga bunday egalik qilishdan xalq mamnun ekan, bu shaklni
saqlab, uni qonunan tasdiqlash kerak»
1
deyildi. Ammo, dvoryan - pomeshchiklar
bunga qarshi, Turkiston yerlarini talon - toroj qilishni istaganlar. Sankt -
Peterburgda Oliy doirada ham har ikki tomon fikrlarini muhokamasida bahslar
davom etgan. Ko‘pincha imperator hukumati, Davlat kengashi va Vazirlar
qo‘mitasi dvoryanlarga yon bosgan. Ular Turkistonda kapitalistik munosabatlarni
erkin rivojlanishiga to‘sqinlik qilardilar.
Podsho hukumati senator K.K. Palen takdimnomasiga ko‘ra, Turkiston
o‘lkasi dehqonlaridan olinadigan soliqlarni to‘lashda qishloqlarga «jamoaviy
40
javobgarlik»ni joriy etdi
2
. Bunda rus amaldorlari Turkistonda qadimdan davom
etib kelayotgan jamoachilik an’analariga ko‘ra, qishloq kambag‘allari uchun
ularning boy qishloqdosh qarindoshlari yoki hamqishloqlari, uning to‘lay olmagan
solig‘ini to‘lab yuborishini bilib, shu usulni qonunlashtirganlar. Unga qadar rus
amaldorlarining soliq yig‘ishdagi noma’qul xatti - harakatlari haqida
tumanboshilar yig‘inida (1898) shunday so‘zlar yangragani ma’lum: «soliqlar
kambag‘allarga ko‘p, boylarga esa kam tushadi»
1
. Albatta, bu qishloqlarda
sudxo‘rlikning keng ildiz otib, mahalliy dehqonchilikning kapitalistik asosda
rivojlanishiga xalaqit berar edi.
Imperiyaning qora tuproqli markaziy hududlarida yer tanqisligi tufayli
hamda rus kapitalizmining tayanchi sifatida Rossiyaning markaziy gubernalaridan
rus dehqonlarini ko‘chirish boshlanib ketdi. 1875 - 1890 yillar oralig‘ida
Turkistonga 1300 oila ko‘chib kelib, o‘lkada 19 ta rus qishloqlari tashkil topdi.
1891 - 1892 yillardagi ocharchilik tufayli ko‘chib keluvchilar soni nihoyatda
ko‘payib ketdi. Natijada, yana 25 ta rus qishloqlari tashkil topdi. 1886 yildagi
«Nizom»ning «bo‘sh davlat yerlari» bandiga ko‘ra, mahalliy dehqonlardan turli
bahonalar bilan hosildor, suvga yaqin yerlar tortib olinib, kelgindi rus mujiklariga
berildi. Natijada, mahalliy aholi bilan rus dehqonlari o‘rtasida yer - suv masalasida
to‘qnashuvlar kelib chikdi. Chor hukumati 1889 yil 13 iyulda qonun qabul qilib,
bunga ko‘ra, barcha masalada rus dehqonlarining manfaatini himoya qildi. Bu
choralar Turkistonni ruslashtirish siyosatida 1892 yilda keskin burilish boshlandi.
O‘z ixtiyori bilan ko‘chib kelgan rus dehqonlarining huquqi ma’muriyat nazorati
bilan kelgan dehqonlar huquqi bilan tenglashtirildi. O‘lkada maxsus «ko‘chirib
keltirish boshqarmasi» tashkil etildi. Rossiya amaldorlari o‘lkadan keladigan sof
foydani ko‘paytirish maqsadida 1886 yilda qabul qilingan «Nizom»ga
o‘zgartirishlar kiritib, 1896 yilda yangi «Nizom» qabul qildi. Yangi «Nizom»
loyihasini tayyorlashda ikki qudratli kuch - dvoryanlar va burjuaziya tarafdorlari
orasida jiddiy bahslar bo‘lib, rus burjaziyasi Turkistonda mustamlaka siyosatini
o‘tkazishda yangi usullarni, ya’ni O‘rta Osiyo iqtisodiga kapital kiritish,
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 205.
41
dehqonlarga qarz berish, konsessiyalar ochish, xomashyo manbalarini qo‘lga
kiritish kabi usullarni qo‘llashni ko‘tarib chiqsa, dvoryan - pomeshchiklar mahalliy
aholi yerlarini tortib olish, ularni rus pomeshchiklariga taqsimlab berish, hayotda
patriarxal - feodal tartiblarini saqlab qolishga intilar edilar. Bu kurashlarda rus
burjuaziyasi o‘z manfaatini himoya qila oldi. Chunki, Turkistondagi rus savdo -
sanoat va moliya burjuaziyasiga paxta, pilla va qorako‘l teri mahsulotlari kerak.
Buning uchun mahalliy paxtakor, pillakor va chorvador ularga suv va havodek
kerak. Ulardan xomashyoni juda arzonga sotib olish mumkin. Shuning uchun ham
rus burjuaziyasi 1886 yilgi «Nizom»ning 270 - bandiga o‘zgartirishlar kiritish
haqidagi dvoryanlar harakatiga qat’iy qarshi turib, o‘z maqsadlariga erishdilar.
1
Vazir A.V. Krivosheyn tahliliga ko‘ra, o‘lkada paxta yetishtirishni yuksaltirish
davlatga yiliga 70 million rublni tejashga imkon beradi. «Ko‘p millionli vatan
paxta tolasini qayta ishlash Rossiya sanoatini xonavayron bo‘lishdan saqlovchi
kafolat rolini o‘ynaydi. Mana shuning o‘zi Turkistonni Rossiyaga ko‘rsatadigan
buyuk iqtisodiy xizmatidir»
1
. Shunday qilib, 1896 yilgi «Nizom» Turkistonda
paxta yakkahokimligiga yo‘l ochdi. Turkistondan Rossiyaga yuboriladigan
paxtadan boj olinmaydigan bo‘ldi. Soliq olishda ham paxtakorlarga ayrim
imtiyozlar berildi. Bunday siyosat Turkistonga Rossiyadan ko‘chib keladigan rus
dehqonlarini sonini ko‘payishiga turtki bo‘ldi. Natijada, XX asr boshiga kelib,
Turkistondagi rus kelgindilarining soni 197 mingdan oshib ketdi. Ular Turkiston
umum aholisini atigi 5 foizini tashkil etgan holda, hosildor yerlarning 60 foizini
egasi bo‘lib olgan edilar
2
. 1906 - 1915 yillarda Sirdaryo va Farg‘ona vodiysida rus
dehqonlari uchun mahalliy aholining 749,9 ming tanob yeri musodara qilindi. 1912
yilda vazir A.V. Krivosheyn safari haqida imperatorga yo‘llagan xatida o‘lkadagi 3
million tanob sugoriladigan yerlarni rus xo‘jaliklari foydasiga musodara qilishni
taklif qilgan
2
. 1914 yilga kelib, Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300
foizga oshdi. 1916 yilda Rossiya Turkiston o‘lkasidan 38329 ming sof daromad
oldi. Masalan, to‘qimachilik sanoati mahsulotlarining qiymati 1900 yilda 150
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 514.
2
Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: 2000. - 225-бет.
42
foizga oshdi. Rossiya uchun paxta ekiladigan maydon 1885 yilda 41, 4 ming tanob
bo‘lsa, 1915 yilga kelib, uning miqdori 541, 9 ming tanobga yetdi. Ayniqsa, yengil
sanoati rivojlandi. 1869-1896 yillarda imperiya xazinasiga o‘lkadan 158 million
rubl daromad tushgan
4
.
O‘lkaning birgina Farg‘ona viloyatida XX asr boshida mahalliy, rus va chet
el kapitaliga qarashli 157 ta paxta tozalash zavodlari ishlar edi. Samarqand va
Sirdaryoni ham qo‘shganda 1900 yilda ularning soni 170 taga yetdi. 1900 - 1910
yillar davomida yana 220 ta korxona qurilib, ishga tushirildi. 1910 - 1914 yillar
ichida yana 180 ta korxonalar ishga tushirildi
1
. Afsuski, «Nizom»ga ko‘ra,
Turkistonda metropoliya sanoati siyosatini faqat rus burjuaziyasi belgilashi
mumkin edi. Bu bilan ishbilarmon mahalliy burjuaziyaning tadbirkorlik va
tashabbuskorlik faoliyati bo‘g‘ib qo‘yildi, ya’ni xomashyo ishlab chiqarishdan
keladigan mo‘may daromad metropoliya burjuaziyasi foydasiga hal etildi.
Rus iqtisodiy siyosatchilaridan knyaz Masalskiy Turkistonda paxtachilikni
rivojlantirish rus to‘qimachilik sanoati uchun «yaqin kelajakda hayot - mamot
masalasiga aylanadi», degan edi
2
. 1884 yilda Turkistonga paxtaning amerika navi
keltirildi. 1889 yilda amerika navi 50 ming, 1895 yilda 100 ming tanob maydonga
ekildi. 1906 yilda Turkiston o‘lkasi Rossiya to‘qimachilik sanoatiga 566878 pud
paxta yetkazib bergan bo‘lsa, 1915 yiga kelib 2.426.298 pud paxta yetkazib berdi.
1916 yilga kelib, Turkistonda paxtaning amerika navini ekish 7 marta kengaydi
1
.
Turkiston o‘lkasi imperiyaning xomashyo manbai bo‘lishidan tashqari, u
Rossiyaning jahon bozorlarida raqobat qila olmaydigan bozoriga ham aylandi. XX
asr boshlarida Turkistonga keltirilayotgan temir, mis, chinni idishlar, gazlama va
boshqa sanoat mahsulotlarining mikdori 8 martaga ko‘paygan
4
. Turkistonda
Rossiyaning choy sotish firmalari, chinni buyumlar sotish firmalari, savdo uylari,
katta manufaktura va savdo - sotiq shirkatlari tashkil etilib, ular Turkiston bozorida
hukmron mavqeni egallagan edilar. Turkistonda xususiy tijorat banklari tashkil
etilib, ular o‘lka iqtisodiyotida nufuzli o‘rindan joy olgan edilar.
1
Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: 2000. - 231-бет.
43
Turkiston iqtisodiyotiga rus kapitalining bunday kirib kelishi o‘lkada
kapitalistik munosabatlarni jadal rivojlanayotganligidan dalolat berar edi. Bu
jarayonlarga mahalliy boylar ham tortildi. Ammo, o‘sib kelayotgan Turkiston
burjuaziyasi ko‘p jihatdan Rossiya burjuaziyasiga raqobatchi emas, balki podsho
Rossiyasi qabul qilgan «Nizom»ga ko‘ra, unga xizmat qiluvchi yangi sinfga
aylanib bormoqda edi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan Turkistonga Rossiya sanoat mollarini
kiritilishi munosabati bilan mahalliy hunarmandchilik zaminiga zil ketdi. Chunki,
ularga sarflangan mehnatga ko‘ra, ular rus sanoat mollariga nisbatan qimmat edi.
Rus sanoat mollari oldida ularning bozori sindi. Masalan, Farg‘ona va Sirdaryo
viloyatlarida 1890 yilda mahalliy korxonalar soni 1099 ta bo‘lsa, 1913 yilga kelib,
ularning soni 774 taga tushib qoldi. Ularda ishlaydigan ishchilar soni 1180 tadan
853 taga kamaydi. Ulardan olinadigan daromad esa 250,4 ming rubldan 158, 2
ming rublga tushib ketdi. O‘lka hunarmandchiligining markazi hisoblanib kelgan
Samarqand, Marg‘ilon, Qo‘kon, Andijon, Buxoro kabi shaharlarda ommaviy
mahsulot ishlab chiqaradigan zavod va fabrikalar hali yo‘q edi. 1841 yilda
Buxoroda atigi 6 ta cho‘yan eritish sexi ishlab turgan. Turkistonda birinchi paxta
tozalash zavodi 1874 yilda Toshkentda qurilgan. 1880 yilda shunday zavod
Andijonda mahalliy boy Olimxo‘ja Muhammadjonov tomonidan qurildi. 1881 yili
uchinchi zavod Kattaqo‘rg‘onda qurildi. 1914 yilga kelganda ularning soni 220
taga yetdi. Shunday zavodlar 1905 yilda Buxoro amirligida 9 ta bo‘lgan bo‘lsa,
1913 yilga kelib, ular 26 ta bo‘ldi. Xiva xonligida esa fevral inqilobi arafasida 36
ta paxta tozalash zavodi, 4 ta yog‘ zavodi bor edi
1
.
Mahalliy burjuaziya vakillari rus va chet el kapitalistlari bilan hamkorlikda
jahon bozoriga chiqishga harakat qiladilar. O‘lkada ishlab chiqarilgan mahsulotlar
nafaqat Rossiyaga, balki Angliya va Germaniyaga ham olib ketilgan. Masalan,
Turkiston yog‘ zavodlarining kunjara mahsulotlariga chetda talab katta edi. XIX
asrning oxirlaridan Turkiston iqtisodi kapitalistik rivojlanish yo‘liga tushib oldi.
Paxta zavodlarining monopol birlashmalari vujudga keldi. Masalan, 1915 yilda 5 ta
1
Туркистон Чор Россияси мустамлакачилиги даврида. - Т.: 2000. – 237 - 238-бетлар.
44
yirik firmani birlashtirgan «Beshbosh» savdo - sanoat shirkati tashkil etildi. Bank -
moliya kapitali O‘rta Osiyo iqtisodiyotining barcha sohalariga kirib bordi.
Turkistonga Rossiyadan tashqari boshqa xorijiy firmalar va ularning mablaglari
ham kirib keldi. Masalan «Zinger» firmasi.
O‘lkani Rossiya bilan bog‘laydigan temir yo‘l ishga tushgach, rus va chet el
kapitalining Turkistonga kirib kelishi yanada jadallashdi. O‘lkada 1895 - 1914
yillar oralig‘ida 11 ta urug‘ zavodi, o‘nlab ko‘n, g‘isht, ohak qizdirish, mis eritish
zavodlari, jun yuvish sexlari, vino, pivo, farmatsevtika, oziq – ovqat korxonalari
ishga tushirildi. Birinchi jahon urushi arafasida Turkistonda dastlabki elektr
stansiyalar paydo bo‘ldi. Masalan, «Chimyon» neftni haydash zavodi dizel elektr
stansiyasidan quvvat olardi. Qovunchi qand zavodi o‘z xususiy GRS siga ega edi.
Biroq, bu zavod va fabrikalarda ishchilarning asosiy qismi yevropaliklar bo‘lib,
mahalliy aholi esa juda kamchilikni tashkil etgan. Ular asosan kon qazish sanoati
va temir yo‘l qurilishida ishlashar edi. Mahalliy ishchi xotin - qizlar pilla quritish,
pilla tolasini chuvash, qurt urug‘ini olish tarmoqlarida ishlaganlar.
XX asr boshlariga kelganda o‘lka qishloq xo‘jaligida sanoat uchun paxta
yetishtirish bosh masala bo‘lib qoldi: paxta maydonlari kengaydi, kanal va ariqlar
qurilishiga e’tibor kuchaydi, avval dehqon paxtani o‘z xo‘jaligi ehtiyojini
qondirish uchun eksa, endi paxtani bozor uchun ekadigan bo‘ldi. Turkiston dehqon
xo‘jaligining bozor munosabatlariga moslashish sur’atlari G‘arbga nisbatan juda
tez yuz berdi.
Savdo - sanoat burjuaziyasi, moliya - bank oligarxiyasi nochor mayda
dehqon xo‘jaliklariga davlat tomonidan yengil shartlar bilan kredit beradigan
shirkatlarni tashkil etilishiga erishdi. Mayda dehqon xo‘jaliklari 12 foiz foyda
to‘lash evaziga davlat shirkatlaridan kredit olishlari mumkin edi. Kredit olish
shartlariga ko‘ra, kredit oluvchi shaxslardan mulkini garovga qo‘yish talab etilgan.
Ammo, ekin maydonlari chegarali bo‘lgan mayda dehqon xo‘jaliklari yerlaridan
ajrab qolishlikdan qo‘rqib, bunday imkoniyatlardan foydalana olmaganlar. Boz
ustiga, musulmon dunyosida ma’lum miqdorda foiz to‘lash sharti bilan kredit olish
va berish odati bo‘lmagan. Soddadil dehqon xo‘jaliklari g‘arb dunyosidagi bu
45
moliyaviy tartib - qoidani esa tushunmaganlar. Natijada, davlat kredit
shirkatlaridan asosan rus dehqonlari va o‘ziga to‘q mahalliy mulk egalari
foydalandilar. Mahalliy mayda dehqon xo‘jaliklari bilan davlat kredit shirkatlari
o‘rtasida sudxo‘r vositachilar paydo bo‘lib, ular 10 - 12 foiz atrofida foyda to‘lash
sharti bilan kreditga olgan mablag‘ni 40 - 60 foizgacha foyda olish sharti bilan
nochor mayda dehqon xo‘jaliklariga berardilar. Biroq, shirkatlar faoliyatidagi
qonunbuzarliklarni oldini olish ham qiyin bo‘lgan.
Davlat kredit shirkatlari nafaqat dehqon xo‘jaliklari doirasida, balki ular
shahar hunarmandlari, izvoshchilar uchun ham tuzilgan. Shirkatchilik 1910 - 1917
yillarda avvalgilariga nisbatan 18 marta ko‘paydi, ularning a’zolarini soni 43
marta, moliyaviy hissasi 243 martaga oshgan.
XX asr boshlarida xo‘jalik yuritishning kooperativ shakli Turkistondagi
iqtisodiy munosabatlarning muhim qismiga aylandi. Mayda dehqon xo‘jaligining
an’anaviy faoliyati saqlangan holda, bozor munosabatlari keltirib chiqargan
muammolar kooperatsiya orqali hal qilindi. Biroq, mahalliy sarmoya sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarishda rus kapitali tomonidan siqib qo‘yildi. Paxta va
boshqa xomashyolar yetishtirish asosan mahalliy burjuaziya va mayda dehqon
xo‘jaliklari qo‘lida bo‘lsa-da, ularni chetga chiqarish metropoliya sanoat egalari
qo‘lida edi. Mamlakat ichida chakana savdo qilish jabhasi to‘la mahalliy
savdogarlar qo‘lida edi. O‘lka iqtisodiy hayoti kapitalistik munosabatlarga keng
ko‘lamda tortildi. 1917 yil fevral inqilobi arafasida o‘lkada bu jarayonlarga
tortilgan milliy burjuaziya sinfi shakllandi. Rossiyadan keltirilayotgan mollar
oldingi davrga nisbatan 8 marta oshgan bo‘lsa, o‘lkadan Rossiyaga chiqarilayotgan
tovar mahsulotlari 7 martaga o‘sdi.
Shunday qilib, XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida Turkiston o‘zaro
savdo aloqalariga keng jalb etilib bordi. Turkistonda yagona ichki bozorning
shakllanishi boshlandi. Biroq, Turkiston Rossiyaning yagona xomashyo bozoriga
aylanib bordi. Uning xomashyo boyliklarini ko‘p bo‘lishiga qaramay, Rossiya
savdo - sotiq burjuaziyasi Turkistonda mahalliy to‘qimachilik sanoatining
rivojlanishiga to‘sqinlik qilishda davom etdi.
46
Do'stlaringiz bilan baham: |