jarayonida ijtimoiy voqelikni bilish va o‘rganishning dialektik metodi, uning
ilmiylik, xolislik, tarixiylik, uzviylik tamoyillariga tayanildi. Asosiy e’tibor yuz
bergan voqealarning o‘zaro dialektik aloqadorligiga qaratildi. Tadqiqot jarayonida
8
mavzuga milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g‘oyasidan kelib
chiqqan holda yondashildi.
Malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu ishda Vatan
tarixining bizga hali noma’lum bo‘lgan qirralarini, ayniqsa, O‘zbek xonliklari
hududidagi an’anaviy etnoslararo jarayonlar hamda o‘zbek xalqi va aholisining
etnik shakllanishi, tarkibi va undagi asosiy bosqichlarni, tarixiy voqeliklarni
to‘g‘ri yoritishga, uni to‘ldirish, aniqlik kiritish va xolisona baholashga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: