Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi. Ish kirish, ikkita bob, har bir
bob ikkita paragrifdan, hamda, xulosa, foydalanilgan manbalar va adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
9
I – Bob. XV – XVIII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqalarida
siyosiy va madaniy hayot.
1.1 - Mavoraunnahr xududiga Dashti Qipchoqdan ko’chmanchi o’zbek
qabilalarining kirib kelishi
Ma’lumki, Amir Temur hayotlik chog‘idayoq o‘z qo‘l ostidagi mamlakatlar
viloyatlarni idora etishni o‘g‘illari va nabiralari hamda sadoqatli amirlari bo‘lib
berib, ular ustidan qattiq nazorat o‘rnatib boshqarar edi. Amir Temur o‘limidan
keyinoq Sohibqiron o‘rnatgan tartib zaminiga zil ketdi. Sohibqiron vasiyatlarini
birinchi bo‘lib, sevimli nabiralaridan biri Xalil Sulton buzdi. U valiahd
Pirmuhammadni Hirotdan Samarqandga yetib kelishini kutmasdan Samarqand
taxtini qo‘lga oldi. Shundan so‘ng uning vorislari o‘rtasida o‘zaro ziddiyatlar
boshlanib, Markaziy hokimiyat zaiflashib ketdi.
To‘g‘ri, 1409 yilda Hirot hukmdori Shohrux Mirzo Samarqandda
hokimiyani qo‘lga kiritib, unga o‘g‘li Ulug‘bekni o‘tqazib, siyosiy vaziyatni biroz
yumshatdi va 40 yilga yaqin mamlakatda tinchlik o‘rnatildi. Ammo, na Shohrux,
na Ulug‘bek mamlakatda Amir Temurdek tartib va intizomni o‘rnata olmaganlar.
Shohrux Mirzo o‘ta xudojo‘y, taqvodor bo‘lsa, uning o‘g‘li, Samarqand hukmdor
tom ma’nodagi olim edi. U olam sirlarini ilm orqali bilishga bel bog‘lagan
hukmdor edi.
Shohrux o‘limidan keyin temuriyzoda shahzodalar o‘rtasida markaziy
hokimiyatga intilish, uni qo‘lga kiritish ilinjida, hatto, o‘zlarining qo‘l ostidagi
mamlakat va viloyatlar iqtisodiy va madaniy hayoti bilan, raiyat tashvishi bilan
shug‘ullanishdan uzoqlashdilar. Temuriyzodalar o‘rtasidagi ziddiyatlar ayniqs XV
asrning ikkinchi yarmida shunday kuchaydiki, buni uzoq-yaqindan kuzatib turgan
Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbeklari temuriylar mulkiga tez - tez hujum qilib,
tinch aholini talab ketardilar. Oxir - oqibatda, temuriylar saltanati himoya qilishga
10
ojiz bo‘lib qolganligini sezgan Jo‘jixon avlodlari XVI asr boshlarida Shayboniyxon
boshchiligida Movarounnahrga bostirib keldi va shu qisqa muddat ichida bu
zaminda o‘z hukmronligini o‘rnatdilar.
Shundan boshlab, Movarounnahr va Xorazmda «o‘zbek» atamasi el nomi
sifatida paydo bo‘ladi. Bu nomning hozirgi O‘zbekiston hududida aynan XVI asr
boshlarida paydo bo‘lishiga Dashti Qipchoq o‘zbek elining 92 bovli ko‘chmanchi
chorvador qabila va urug‘larining chingiziyzoda hukmdori Shayboniyxon
boshchiligida kirib kelishi asos bo‘ldi
1
. Ungacha shimoliy dasht chorvadorlari
O‘rta Osiyo hududlariga qabila - qabila va ayrim urug‘ jamoalari sifatida tinch va
osoyishta o‘z qabila va urug‘ nomlari bilan kirib kelib, mahalliy aholi egallamagan
joylarda makon topib yashar va yerli aholi bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatib,
ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi etnografik guruhlar sifatida yashashda davom
etar edilar. Movarounnahr va uning tevarak - atrof tumanlarida azaldan yashab
kelayotgan o‘troq mahalliy turkiylar va turkiylashgan sug‘diy, xorazmiy, bohtariy,
Choch va Qadimgi Farg‘onaning qishloq va shaharlar aholisi esa, takroriy
sug‘orma va lalmi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan band
bo‘lib, ular bir - birlarini til jihatidan yaxshi tushunsalar-da, ammo etnomadaniy
jihatdan ulardan yuksak madaniy turmush tarzi bilan farq qilar edi
2
.
Bu chorvador ajdodlarimizning hayot tarzi, ularni bir joyda muqim yashashini
taqozo etmas edi. Ularning azaliy vatani Qora dengizning shimoli - sharqiy
sohillaridan to Chukotka va Kuril orollarigacha cho‘zilgan dasht mintaqalari
bo‘lib, ular avvallari ovchilik, xonaki va yaylov chorvachiligi, bronza davridan
boshlab (mil. avv. XVIII - XI asrlar) ko‘chmanchi chorvadorlarga aylangan edilar.
Ko‘chmanchi chorvachilik hayot tarzi ularni o‘z chorva mollari uchun yangidan -
yangi o‘tloq yaylovlar qidirib, yarim harbiy holatda yashashga majbur etardi. Shu
bois ular qabilalarga, qabilalar urug‘ jamoalariga, ular esa urug‘ - aymoqlarga
bo‘linib, Dashti Qipchoq cho‘l va dashtlarida, tog‘oldi adirlar va tog‘ soylari
havzalarida yashashga majbur edilar.
1
Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома. - Т.: 1997. - 296-бет.
2
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 487.
11
Dashti Qipchoq va uning har ikkala (Ko‘k O‘rda va Oq O‘rda) hududiy
maydonida ko‘chib yurar, kezi kelganda ularning O‘rta Osiyo sarhadlariga o‘z
podalari bilan kirib kelishi qadimdan odatiy tus olgan edi.
Tarixiy - arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, ularning O‘rta Osiyo hududlariga
kirib kelishi ilk bor mil. avv. II mingyillikning o‘rtalarida yuz berdi. Bu migratsiya
tarixda oriylarning shimoldan janubga yurishi nomi bilan ma’lum. Antik va ilk
o‘rta asrlardan boshlab ularning janubga, ya’ni janubi Turonga, tarix taqozosiga
ko‘ra, shu qadar jadal kechdiki, ilk o‘rta asrlarga kelganda, Amudaryo o‘rta
oqimlariga qadar cho‘zilgan Janubiy Turon o‘lkalari tom ma’nodagi Turkistonga,
qadimgi turklar vataniga aylandi.
XIV – XV asrlar davomi Dashti Qipchoqda yuz bergan tarixiy voqealar
tufayli, ya’ni bu zaminda harbiylashgan chorvador bekzodalarning «O‘zbek eli»,
«O‘zbek davlati»ning tashkil topishi munosabati bilan, u davlatning hukmdori
Shayboniyxon yetakchiligida turk – mo‘g‘ul qabilalarining qulab borayotgan
temuriylar davlati ustiga XVI asr boshlarida qo‘shin tortib kelishi real voqelikka
aylandi, Movarounnahrda hokimiyat Dashti Qipchoq chorvador ko‘chmanchi
o‘zbeklari qo‘liga o‘tdi.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tangritog‘
tizmalarining g‘arbiy yonbag‘irlaridan Dnepr, Dunay, Don va Volga daryolarining
quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar XI - XV asrlarga oid arab va fors
manbalarida Dashti Qipchoq deb tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi sharq
manbalarida - qipchoqlar, rus solnomalarida - polovetslar, Vizantiya xronikalarida
- kumanlar, venger manbalarida - kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq hududlari
XIII asr boshlarida Chingizxon qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, u joylar
Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘jixonga ulus sifatida berildi. Jo‘jixon ulusi
doirasida (unga Shimoliy Xorazm vohasi ham kirgan edi) «Oltin O‘rda» davlati
barpo etiladi. Biroq, XIV asr boshlarida Jo‘ji ulusi bilan Chingizxon avlodlari
12
o‘rtasidagi o‘zaro taxt uchun kurashlar tufayli ikkita mustaqil davlatlarga (tarixda
Oltin O‘rda deb nom olgan Ko‘k O‘rda va Oq O‘rdaga) bo‘linib ketadi
1
.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, Volgadan Dneprgacha cho‘zilgan dashtlar,
Qrim, Shimoliy Kavkaz, Bulg‘or va Shimoliy Xorazm Ko‘k O‘rdaga qarashli
hududlar bo‘lib, bu joylar avvalgidek Oltin O‘rda davlati deb nomlanishda davom
etadi. Undan Sharqqa tomon cho‘zilgan bepoyon Dashti Qipchoq cho‘llari, ya’ni
Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlari, Orol dengizining shimol va shimoliy
sharqidagi keng dashtlar Oq O‘rda davlati hududlarini tashkil etib, ular ham
Jo‘jixon avlodlaridan O‘rda - Ichan va Shaybonlar tomonidan boshqarilsa-da,
rasman Oltin O‘rda davlatiga tobe hisoblanar edi. Oltin O‘rdani esa Botuxon va
Tuga - Temur avlodlari boshqarar edi.
XIV asrning 60 - yillariga kelganda Oltin O‘rdada Shaybon, O‘rda - Ichan va
Tuga - Temur avlodlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurash avjiga chiqadi
1
. Oltin
O‘rdaning O‘zbekxon (1312-1342 yillar) davridagi siyosiy va harbiy mavqei tushib
ketadi. XIV asrning 70-yillarida Oltin O‘rdada ichki feodal janjallari yanada
kuchayib, bunda Shaybonlar alohida faollik ko‘rsatadilar. Hatto, ularning vakili
Tulunbek - xonum tashabbusi bilan Shaybonlar nomidan tanga pullar zarb etiladi
2
.
Amir Temur yordamida hokimiyatni qo‘lga kiritgan To‘xtamishxon davrida
(1380-1395 yy.) Oq O‘rda kuchayib, hatto, u Oltin O‘rdani ham o‘ziga qo‘shib
oladi. To‘xtamishxon davrida Dashti Qipchoqda nisbatan tinchlik o‘rnatiladi.
Biroq, 1395 yilgi Terek daryosi bo‘yidagi jangda To‘xtamish qo‘shinlari Amir
Temur tomonidan tor - mor etilgach, Oq O‘rdada feodal nizolari yana avj oladi. Oq
O‘rda dashtlarida badavlat aslzoda beklarning o‘zlarini erkin, ozod va mustaqil
tutish kayfiyati kuchayadi. Dashti Qipchoqning sharqiy o‘lkalari XIV asr ikkinchi
yarmidan tarixiy manbalarda «o‘zbeklar diyori», «o‘zbeklar eli» nomi ostida tilga
olina boshlaydi. Ungacha ham (XIII asrning 80 - yillarida) bu joylarda yashovchi
turk va til jihatidan turklashgan mo‘g‘ul qabilari o‘zlarini «o‘zbeklar» nomi bilan
ataganliklari tarixiy asarlardan ma’lum. Unga qadar ham «o‘zbek» degan atama
ayrim kishi nomlari sifatida uchrab turgan. Masalan, Ozarbayjon atabeklaridan
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh, Ubaydullaev O’,Xoshimov S. Vatan tarixi. II – kitob. T., “Sharq”, 2016. – B. 25.
13
birining nomi (Ilteginlar sulolasidan (1210-1225 yy.) hamda Muhammad
Xorazmshohning (1200-1220 yy.) amirlaridan birini nomi O‘zbek edi
3
.
Rashididdin Jo‘jixon o‘g‘illarining yettinchi farzandi Minkudaraning o‘g‘li O‘zbek
nomi bilan atalganini qayd qiladi
4
. «O‘zbek» so‘zi Hamdallah Mustafa Kazvini
(1281-1350)ning «Tarix-i guzide» (Izbrannaya istoriya) asarida Oltin O‘rda xoni
O‘zbekxonga tobe yerlar va xalqlar haqida fikr yuritilib, bu qabilalar «o‘zbekiyon»
(o‘zbeklar), ya’ni «Mamlakat-i o‘zbek» (O‘zbeklar mamlakati) yoki «Ulus-i
o‘zbek» (O‘zbek ulusi) deb eslaydi. Tarixchi Ruzbexon «Mehmonnomai Buxoro»
kitobida Dashti Qipchoq o‘zbeklarini uch toifaga bo‘ladi. Ular shayboniylar,
qozoqlar va mang‘itlar bo‘lib, Shaybon ulusi manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra,
1238 yilda tashkil topgan va O‘rol tog‘ining etaklaridan Tobol va Sarisuv
daryolarigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan.
Arab tarixchisi Kalkashandi (1418 yilda o‘lgan) o‘z asarida To‘xtamishxonni
«malik bilad o‘zbek» ya’ni o‘zbeklar mamlakatining hukmdori deb ataydi
1
.
Nizomiddin Shomiy
1
(1404 yilda vafot etgan), Sharafudsin Ali Yazdiy
2
(1454
yilda vafot etgan), Abdurazzoq Samarqandiy
3
(1413-1482) va Xondamir
5
(1475-
1535) asarlarida o‘zbeklar haqida ayrim lavhalar keltiriladi. Masalan, Nizomiddin
Shomiy To‘xtamishni Samarqandga kirib kelishi haqidagi hikoyasida «Temur
To‘xtamishga O‘tror va Savron viloyatlarini berdi va uni o‘sha yerlarga jo‘natdi.
Biroz vaqt o‘tgach, o‘zbeklarning podshosi O‘rusxonning o‘g‘li Qutlug‘ Bug‘a o‘z
qo‘shinlarini (bu viloyatlarga) burdi va ko‘p jang qildi. Qachonkim, To‘xtamish
Temurga xoinlik qilganida, Temur 1389-90 yili unga qarshi ot qo‘ydi. Qachonkim,
Temur qo‘shinlari Sariq - uzun degan joyga yetganida no‘yonlar va amirlar
yig‘ilib, Amir Temurga «Agar biz avval Mo‘g‘uliston xoni Xizr jo‘janing
lashkarboshilaridan biri Inka - To‘rani tor - mor qilib, uning yovuz niyatlarini yo‘q
1
Низомиддин Шомий. Зафарнома. – Т:. 1997. – Б. 238.
2
Шарафуддин Али Яздий. Зафарнома – Т:. 1997. – Б. 324.
3
Абдураззоқ Самарқандий. Матлаъус – садаъин ва мажмаъул – баҳрайн (икки саодатли юлдузнинг чиқиш
жойи ва икки азим дарёнинг қўшилиш ери). Форс ва тожик тилидан таржима, кириш сўзи ва изоҳли
луғатлар муаллифи А. ўринбоев. – T:. Фан, 1969
.
– Б. 287.
14
qilib, so‘ng «o‘zbeklar yurti»ga (diyori o‘zbek) kirib borsak to‘g‘riroq bo‘lardi»
deb maslahat beradilar.
Abdurazzoq Samarqandiy Amir Temurni To‘xtamish ustiga yurishini gapirib,
1390 yili Amir Temur Mo‘g‘ulistonga yurish qildi, unga yo‘l - yo‘lakay asirlar
xabar berdiki, Inka To‘ra Mo‘g‘ulistonga qochib ketdi va u o‘zbek dashtlarida (dar
saxro-i o‘zbek) yashiringan, deydi. Xondamir 1389 - 1391 yil voqealari haqida
hikoya qilar ekan, yuqorida nomi eslatilgan To‘xtamish qo‘shinini «o‘zbeklar
qo‘shini» (sipoh-i o‘zbek) deb yuritiladi, deydi. Oltin Urdaning amir va xonlari
«o‘zbeklar» viloyatining hokimlari deb yuritila boshladi. Xullas, XIV asr
boshlaridan Dashti Qipchoq aholisi, aniqrog‘i avval Oq O‘rda xalqi «o‘zbeklar»
nomi bilan yuritilgan.
Bu yurtning harbiylashgan suvoriylari tez - tez Movarounnahrga (asosan
hozirgi O‘zbekiston shimoliy hududiga) harbiy talonchilik yurishlar qilib turgan.
Bu haqda Amir Temurning «Tuzuklari»da shunday deyilgan: Movarounnahrda
o‘zbeklarning jabru zulmi ortib ketdi... Ilyosxo‘ja bo‘lsa (Movarounnahrning
hukmdori Tug‘luq Temurning o‘g‘li), davlat va siyosat ishlarida layoqatsiz
bo‘lgani tufayli ularning zulmi sitamiga bardosh berishga ojiz edi. Men bo‘lsam
salobatim va haybatim bilan o‘zbeklar ustidan g‘alaba qildim va mazlumlarni
zolimlar jabridan xalos qildim»
1
. O‘zbekxon (1312-1342) ikki O‘rda yerlarini
birlashtirgach, Oltin O‘rda hududlari ham o‘zbeklar eliga aylandi. To‘xtamish
(1376-1395) davrida butun Dashti Qipchoq aholisi o‘zbeklar elining fuqarolari deb
ataladigan bo‘ldi.
Shu yerda alohida ta’kidlash joizki, keyingi yillarda O‘rta Osiyo respublikalari
ilmiy doiralarida mintaqa xalqlarining kelib chiqishi, o‘tmish tarix masalasida har
xil milliy konsepsiyalar ko‘tarilmokda, sotsiologik tadqiqotlarga asoslanib,
etnogenez masalalarida tarixiylik prinsipini inkor etuvchi konstruktivistik
nazariyalar paydo bo‘lmoqda. O‘tmish tarixga bunday yondashuvlar birinchidan,
tashqi muxolafat yordamida o‘z xalqi tarixini asossiz chuqurlashtirish, O‘rta Osiyo
xalqlarining barchasiga tegishli tarixiy va madaniy merosni «o‘zlashtirish»
1
Темур тузуклари. Форсчадан Алихон Соғуний ва Ҳабибулло Кароматов таржимаси. - Т.: 1991. – Б. 20.
15
kayfiyatini kuchayishiga olib keladi; ikkinchidan, milliy konsepsiyalar uchun
nazariy asosni milliy respublikalar oliy hokimiyat rahbarlariga iqtisodiy
manfaatdorlik tufayli xizmat etishga tayyor Rossiyaning ayrim olimlari
yaratmoqdalar. Uchinchidan, «konstruktivizm» tarafdorlari mintaqa xalqlarining
etnogenez va etnik tarixini inkor etadilar va O‘rta Osiyoning barcha hozirgi zamon
xalqlari (o‘zbek, tojik, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq va boshqalar) tarixiy ildizga ega
emas, ularning hozirgi holati sovet hokimiyati siyosiy tuzumining sun’iy hosilasi,
siyosiy strukturasidir.
O‘rta Osiyo xalqlarining etnogenez va etnik tarixi masalasida bunday
qarashlarni tarixga zid qarashlar bo‘lib
3
, bu yerda «o‘zbek» nomi ostida, birinchi
navbatda, O‘rta Osiyoning sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq
qishloq va hunarmandchilik va savdo - sotiq bilan shahar aholisini, shuningdek
XVI asr boshlarida bu zaminga kirib kelib, siyosiy hokimiyat tepasida turgan
Dashti Qipchoq ko‘chmanchi o‘zbeklarini tushunmoq kerak.
Ammo, ba’zi bir taniqli sharqshunos olimlar «qadimda va o‘rta asrlarda turkiy
tilli qabila va qavmlar, hatto IX - X asrlarga qadar chorvachilik bilan
shug‘ullanganlar», degan xulosa qilishgacha borganlar.
O‘rta Osiyoning qadimgi turkiy tilli aholisining katta o‘troq qatlami ziroatchilik
bilan shug‘ullanganliklari haqida qadimgi xitoy manbalarida ma’lumotlar
uchraydi
1
. Keyingi yillarda Janubiy Qozog‘iston va Sirdaryoning o‘rta va quyi
havzalari, Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlarida olib borilgan keng ko‘lamli
arxeologik izlanishlar urbanistik jarayonlar bu o‘lkalarga an- tik davrida kirib
borganligi, ayniqsa ilk o‘rta asrlarga kelganda bu zaminda yuzlab katta-kichik
shaharlar va shaharmonand qishloqlar qad ko‘targanligidan guvohlik beradi.
Tarixiy manbalarda esa Markaziy Osiyoning tub joyli turkiy qabila va elatlari
qadimdan prototurk va turk tillarida dehqonchilik ekinlari va bog‘dorchilik
mevalarining nomlari tilga olinadi
1
.
O‘zbek xalqining etnogenez va etnik tarixini o‘rganishda yana bir manba turi
borki, u ham bo‘lsa, g‘arbiy ovro‘pa va rus kartograflari tomonidan XVI – XVIII
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 491.
16
asrlar davomida tuzilgan 200 ga yaqin tarixiy - siyosiy va etnik kartalar hamda
globuslar mavjud. Bularda «Uzbek», «Uzbekiya», «O‘zbekiston» degan toponimik
nomlar uchraydi. Masalan, XVIII asrning birinchi yarmida tuzilgan 2 ta xaritada
(kartograf Abraxam Maasning «Novaya karta Kaspiyskogo morya i stranm Uzbek»
hamda Vasiliy Vatatsiyning «Karta Kaspiyskogo i Aralskogo morey») O‘rta Osiyo
hududlari «O‘zbeklar mamlakati», «Uzbek», «Uzbekiya», «Uzbekiston» nomlari
ostida tasvirlangan
4
.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, XIV - XVIII asrlar haqida
gap ketganda Dashti Qipchoq hududlari ko‘chmanchi o‘zbeklar mamlakati sifatida
tushunilgan. XVI asr boshlariga qadar O‘rta Osiyo Turkiston, aholisi esa turk nomi
ostida yuritilgan. XVI asr boshlarida O‘rta Osiyo hududlarida Dashti Qipchoq
qabila va qavmlarining siyosiy - harbiy hukmronligi o‘rnatilgach, bu yurt ham
Dashti Qipchoq o‘zbeklari mamlakatining tarkibiy qismi sifatida Ovro‘pa siyosiy
xaritalarida «Strana Uzbek», «Uzbekiya», «Uzbekiston» nomlari ostida uchray
boshlaydi. Bu zaminning dehqonchilik viloyatlarida, birinchi navbatda,
Movarounnahrda yashagan xalqning aksariyat ko‘pchiligi turkiy tilda, ozroq qismi
forsiyda so‘zlashganlar. O‘rta Osiyo turkiy tilli aholisining tili Dashti Qipchoq
o‘zbeklarining tili bilan bir bo‘lib, faqat ular turk tilining turli lahjalarida
so‘zlashganlar. Movarounnahr turklari va uning turkiylashgan sartlari o‘zlarini turk
yoki Urganjiy, Farg‘oniy, Samarqandiy, Andijoniy, Shoshiy, Termiziy va
boshqalar deb bilganlar. Masalan, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Husayn
Boyqaro, Zahiriddin Boburlar o‘zlarini turk deb ataganlar.
Agar uzoq o‘tmish tariximizga nazar tashlaydigan bo‘lsak, tarixiy manbalarda
Buyuk Turk cho‘lining aslzoda chorvador harbiylari o‘zlarini «bek» deb yuritar
edilar. Bu atama Turk xoqonlarining bitiktoshlarida ham uchraydi. Masalan, ilk
o‘rta asrlarda Buyuk Turk Xoqonligi davridan boshlab xoqonlar o‘z xalqiga
mafkuraviy bitiktoshlarga bitilgan murojaatlarida «turk buduni (xalqi)», «turk
beklari va buduni», «turk, o‘g‘uz beklari, buduni» kabi so‘zlarni ishlatganlari
ma’lum. Demak, Xoqonlik davrida, ehtimol undan ham oldinroq, turk qavmlari
aslzoda beklardan va oddiy chorvador xalqdan iborat bo‘lib, beklar ko‘chmanchi
17
chorvadorlar jamiyatining badavlat, erkin, ozod suvoriy harbiylarini tashkil etgan.
O‘zligini anglash, o‘z qadrini bilish, o‘zini har jihatdan mustaqil va erkin, hech
kimga qaram emasligini his etish chorvador aslzoda beklar uchun tabiiy bir hol edi.
Dashti Qipchoqda, ayniqsa uning sharqiy qismida bu kayfiyat XIII asrning oxirgi
choragida shunchalar keng avj oladiki, sahroyilarning harbiylashgan aslzoda beklar
tabaqasi o‘zlarini «O‘zbeklar», ya’ni «o‘ziga o‘zi bek» deb atash an’anaga
aylanadi.
Aslida, bu so‘z ikki bo‘g‘indan, ya’ni «o‘z» va «bek»dan iborat bo‘lib, bu
so‘zning «o‘z» o‘zagi o‘zlikni anglatib, unga turkcha «bek» suffiksi qo‘shilib,
«o‘zbek» atamasi paydo bo‘ladi. Bu borada G. Vamberi ham o‘z vaqtida haq gapni
gapirgan, ya’ni «Bukvalnoe znachenie slova «uzbek» - sam sebe gospodin,
samostoyatelnsh. Zamechatelno, chto eto dostoinstva i zvaniya, i v etom smmsle
ono naxoditsya v dokumentax, otnosyashixsya k 1150 god»
1
.
«O‘zbek» atamasi dastlab aniq bir etnik birlik nom ma’nosini anglatmagan,
aksincha, Oq O‘rda dashtlaryda harbiy o‘yinlar va turfa xil bosqinchiliklar bilan
shug‘ullanib yurgan son - sanoqsiz beklar to‘dasining siyosiy - harbiy uyushmasi
bo‘lgan. Chunki, XIV asrning 60 - yillarida Oltin O‘rdada Jo‘jixon avlodlari
o‘rtasida boshlangan o‘zaro feodal urushlar shunchalar kuchayib ketdiki, natijada
kuchli va yagona Oltin O‘rda mayda hokimliklarga bo‘linib ketdi. Ular orasida eng
katta va kuchlisi Volga daryosi bilan O‘rol daryolari oraligiga joylashgan Oq O‘rda
edi. Dastlab, Oq O‘rda To‘xtamishxon davrida (1380-1395) ancha kuchayadi.
Hatto, u Oltin O‘rda va Oq O‘rdani birlashtirdi. Bunga Amir Temur katta yordam
bergan
1
.
Ammo, To‘xtamishxon kuchayib olgach, tashqi siyosatda Amir Temur
g‘ashiga tegadigan siyosat olib bora boshlaydi, Xorazm yerlarini bosib oladi. Oltin
O‘rdada To‘xtamishdan norozilar ko‘payib, uning xatti - harakatlari Amir Temurga
yetib bora boshlaydi. Oqibat natijada, ular o‘rtasida paydo bo‘lgan ichki ziddiyatlar
tufayli 1391 yil iyun oyida Qunduzcha daryosi vodiysida qattiq janglar bo‘lib,
To‘xtamish jang maydonidan yengilib qochadi
2
. Ular o‘rtasida bo‘lgan 1395
1
Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиши тарихи. –Т.: Шарқ, 2014. – Б. 494.
18
yildagi jangda esa Amir Temur uni yanchib tashlaydi. Mag‘lub To‘xtamish bir
qism tan soqchilari bilan qalin rus knyazliklariga qochib jon saqlaydi. 1395 yilgi
jang tufayli Oltin O‘rda tamoman inqirozga uchradi. Shundan so‘ng, XIV asrning
80 - yillarida «o‘zbek ulusi» nomini olgan Oq O‘rdada ham xonzoda va bekzodalar
o‘rtasida hokimiyat uchun jangu jadallar boshlanib ketadi. XV asrning birinchi
choragida taxt uchun kurashlar avjiga chiqib, bu janglarda Shaybonlar urug‘idan
Abulxayrxon g‘olib chiqib, Sharqiy Dashti Qipchoqda «O‘zbeklar davlati»ni qayta
tashkil etdi.
«O‘zbek» so‘zining kelib chiqishi haqida fanda turlicha qarashlar mavjud.
Masalan, Anvar Shukurov «O‘zbek atamasining kelib chiqishi haqida» nomli
risolasini chop etgan
1
. Muallif ushbu risolada «O‘g‘uz» so‘zini arab va fors
manbalarida g‘uzga aylanishi, «o‘zbek» so‘zidagi «o‘z» o‘zagi o‘g‘uzdan kelib
chiqqanligi, qadimgi o‘g‘uz+berk, o‘g‘uz+bo‘ka, bek so‘zlaridan O‘ZBEK so‘zi
kelib chiqqanligi tarixiy haqiqatdir», «O‘zbek» so‘zi O‘g‘uzbek so‘zining
qisqartirilgan ko‘rinishidir», deydi. «O‘g‘uzlarning aslzodalari orasida «O‘zbek»
nomi XIII asr boshlarida ham uchrashini, Oltin O‘rda xoni O‘zbekxondan 60 yil
avval Ozarbayjonda «O‘zbek» degan hokim bo‘lganligi, hatto XI asr arab
tarixchisi Usom ibn Munqizning «Kitob al e’tibor» (Ibrat kitobi) da O‘zbek ismli
Mavsil hokimi»
2
bo‘lganligini qayd qiladi.
O‘zbek nomini kishi nomi sifatida qadimgi bo‘lishi to‘g‘ri, ammo, o‘g‘uzni
«o‘z» o‘zagi bilan boglash haqidagi farazlar bahslidir. Masalan, «O‘zbek» nomini
kelib chiqishi masalasida, uni turkiy xalqlarning «uz», «o‘z» urug‘i bilan ham
bog‘lab, quyidagicha faraz qilish mumkin: ma’lumki, tarixiy - etnografik
adabiyotlarda Dashti Qipchoqning har joylarida VIII asr o‘rtalaridan «uzlar» deb
atalgan turkiy tilli qabilaning urug‘ jamoalari yashab kelganligi, IX - XI asrlar
oralig‘ida ular harbiy jihatdan kuchayib, ularning beklaridan «uzbek» so‘zi tarkib
1
Шукуров. А. Ўзбек атамасининг келиб чиқиши ҳақида. «Насаф» нашриёти. - Т.: 2010.
2
Шукуров А. Ўзбек атамасининг келиб чиқиши ҳақида. 32-бет; Алиев А., Содиқов Қ. Ўзбек адабий тили
тарихидан. «Ўзбекистон» нашриёти. - Т.: 1994. - 42-бет; Зиётов 3. Турон қавмлари. - Т.: 2008. - 189-бет.
19
topgandir, degan farazni o‘rtaga tashlash mumkin. Biroq, «uz» qabilasining
Qipchoq cho‘lida boshqa turkiy tilli qabila va qavmlarga yetakchilik qilganligi
haqida ma’lumotlar uchramaydi. Shu bois, Dashti Qipchoqda o‘zbek atamasining
kelib chiqishi Sharqiy Qipchoq dashtining barcha turkiy tilli qabila va urug‘
jamoalariga tegishli bo‘lib, bu so‘z beklik g‘ururi baland qabila beklari bilan
bog‘liq so‘z ekanligi tarixiy haqiqatga yaqindir. Dastlab, aholining aslzoda beklar
ijtimoiy tabaqasi o‘zlarini «o‘zbeklar» deb atashgan bo‘lsa, sekin - asta ularga tobe
urug‘doshlari ham o‘zlarini «o‘zbeklar» deb atay boshlaganlar.
Shundai qilib, aynan Sharqiy Dashti Qipchokda XIII asrning oxirlari va XIV
asr davomida «O‘zbeklar mamlakati», «o‘zbeklar» degan etnosiyosiy atama- lar
paydo bo‘ldi. XVI asr boshlarida Shayboniyxon ko‘chmanchi o‘zbeklarining O‘rta
Osiyoga kirib kelishi bilan «o‘zbek» so‘zi Movarounnahr va Xorazmda paydo
bo‘lib, u keyinchalik o‘zbek xalqi etnonimiga aylandi.
Ungacha, Dashti Qipchokda ko‘chib yurgan turk - mo‘g‘ul qabilalari (arlot,
baxrin, burqut, do‘rman, iyjon, qtoy, qarluq, mojor, qipchoq, qiyot, qo‘ng‘irot,
qurlovut, mang‘it, nayman, nukus, tangut, uyg‘ur, markit, qo‘shchi, o‘tarchi, jot,
chimboy, kenagas, uyshun, tuboyi, toymas, echki, tuman - ming, shodbaxtli,
shunqorli va boshqalar) orasidan jangovar suvoriylar yetishib chiqib, ular
dashtning erkin, o‘ziga xon, o‘ziga bek harbiy guruhlarini tashkil etganlar. Ular
XV asr boshlarigacha bepoyon sahroning erkin qushlari, o‘ziga bek jangovar
harbiylashgan bebosh guruhlari bo‘lib, ular o‘zlarini erkin va ozod beklardek
tutganlar.
Yuqorida qayd etganimizdek, XV asrning 20 - yillarida, ya’ni 1428 yilda
Jo‘jixon nabiralaridan biri Abulxayrxon, ana shu sahroyi aslzoda - bekzodalardan
tashkil topgan harbiy guruhlarni birlashtirib, aslzoda beklarning harbiy davlatini
barpo etdi va bu ishda u asosan mang‘it qavmlariga tayanadi, Demak, o‘zbek
atamasi dastlab XIII asr oxirlarida Dashti Qipchoqning «Oq O‘rda» deb atalgan
sharqiy qismining harbiylashgan suvoriylar uyushmasiga nisbatan ishlatilgan. Bu
erkin, ozod, mustaqil suvoriylar guruhining asosini aslzoda - bekzoda harbiylar
20
tashkil etgan edi
1
. O‘sha kezlarda «O‘zbek ulusi»ga Orol dengizining shimoliy
qirg‘oqlaridan to Irtish daryosining o‘rta oqimlarigacha, sharqda Sarisuv va Chu
daryolaridan, g‘arbda Yoyiq (O‘rol) daryosining so‘l sohillarigacha bo‘lgan yerlar
qaragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |