Nazorat uchun savollar.
Na’matak o’simligining qanday turlari mavjud?
Zirk o’simligini tarkibida qanday biologik faol moddalar mavjud?
Vitaminli tarkibi bo’yicha chakanda o’simligi qanday axamiyatga ega?
Na’matak o’simligi qanday kasalliklarga davo sifatida ishlatiladi?
Zirk o’simligi qanday kasalliklarga davo sifatida ishlatiladi?
Chakanda o’simligi qanday kasalliklarga davo sifatida ishlatiladi?
12-MAVZU: CHETAN, DO’LANA, KALINA, EFEDRA, EMAN O’SIMLIKLARI BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA TARQALISH AREALI
Reja:
Dorivor o’simlik turlari - chetan o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – do’lana o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – kalina o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – efedra o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Dorivor o’simlik turlari – eman o’simliklarining tarqalishi va resurslari.
Tayanch iboralar: chetan, do’lana, kalian, efedra, eman
Oddiy chetan (Рябина обыкновенная) - Sorbus aucuparia L.
Oddiy chetan Ra’noguldoshlar - Rosaceae oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 4- 5, ba’zan 15 m gacha yetadigan O’zbekistonga introduksiya qilingan daraxt yoki buta. Poyasi kulrang, silliqpo’stloqli,
Oddiy chetan (Рябина обыкновенная)- Sorbus aucuparia L.
yosh shoxiari sertuk. Bargi 4-7 bargchadan tashkil topgan toqpatli murakkab bo’lib, bandi yordamida poya va shoxlarida ketma-ket o’mashgan. Bargchalari cho’ziq-nishtarsimon, arrasimon qirrali. Oq rangli, besh bo’lakli gullari qalqonsimon to’pgulga joylashgan. Mevasi dumaloq, sersuv, qizil rangli, 2-7 upug’li ho’l meva, Chetan may- iyun oylarida gullaydi, mevasi sentabrda pishadi.
Chetan turlari MDHning Yevropa qismida o’rmon-cho’1 zonasida hamda Kavkazda ninabargli va aralash o’rmonlarda, o’rmon chetlarida o’sadi. O’zbekiston florasida 2 chetan turi - Turkiston va tyan-shan chetani tog’li hududlarda tarqalgan. Bog’ va xiyobonlarda manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Tibbiyotda chetanning mevasi ishlatiladi. Mevasi pishganda (sovuq tushgandan keyin) yig’ib olinadi, quritgichlarda quritiladi yoki quritilmay qo’llaniladi. Sovuq tushganda mevasi yoqimli, achchiq-nordon mazaga ega bo’lib qoladi.
Oddiy chetan mevasi tarkibida 160 (40-200) mg% C vitamini va R vitamini, 18 mg% karotin, 8% gacha organik (limon, olma, vino) kislotalar, qandlar (glyukoza, fruktoza, saxaroza), flavonoidlar (kversitrin, izokversitrin, rutin va boshqalar), efir moyi, sorbit, oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Urug’ida amigdalin glikozidi va 22% gacha yog’ bor. Meva va uning damlamasi singa va boshqa avitaminoz kasalliklarini davolash va ulaming oldini olish uchun qo’llaniladi. Mevasi vitaminli choylar-yig’malar tarkibiga kiradi. Chetan mevasi xalq tabobatida ishtaha ochuvchi dori sifatida hamda singa kasalligini davolash va oldini olish uchun qadimdan qo’llanilib kelingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |