Takrorlash uchun savollar:
1. Ogahiy hayoti haqida gapiring.
2. Ogahiy devonlari, ularning tarkibini bilasizmi?
3. Ogahiyning badiiy mahorati qanday?
4. Ogahiy lirikasining tematik xususiyatlari haqida ma'lumot bering.
1-mavzu. Eng qadimgi adabiyot yodgorliklari.
1.2.Seminar mashg‘ulotini o‘qitish texnologiyasi
Vaqti – 2soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O‘quv mashg‘uloti shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish bo‘yicha seminar mashg‘uloti
|
O‘quv mashg‘uloti rejasi
|
Eng qadimgi davr o‘zbek adabiyotining O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti bilan bog‘liq holda o‘rganilishi.
Xalq og‘zaki ijodi – milliy adabiyotimizning ilk namunasi.
Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos qonuniyatlari.
Asotir va afsonalar xalq adabiyotining eng qadimgi turi sifatida.
Qadimgi xalq adabiyotining kelajak avlodga yetib kelishiga xizmat qilgan manbalar.
Eng qadimgi yozma yodgorliklar: «Avesto», «O‘rxun-Enasoy» bitiklari, «Ta’birnoma», «Irq bitigi» kabilarning milliy adabiyotimiz shakllanishidagi ahamiyati.
Turli manbalar orqali yetib kelgan qahramonlik eposlari va ertaklarning milliy-badiiy tafakkurimizdagi o‘rni.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Bu seminar mashg‘uloti jarayonida savollar va muammolar borasida suhbat o‘tkaziladi. Mazkur darsda «aqliy hujum» usulini ham qo’llash va test yechish mumkin.
|
Pedagogik vazifalar:
-mavzu bo‘yicha bilimlarni tizimlashtirish, mustaxkamlash.
- darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini hosil qilish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- Eng qadimgi davr o‘zbek adabiyotining O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti haqida ma’lumot beradi;
- Xalq og‘zaki ijodi – milliy adabiyotimizning ilk namunasi haqida fikr yuritadi;
- Xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos qonuniyatlari haqida fikr yuritadi;
- Asotir va afsonalarlarga ta’rif beradilar;
- Eng qadimgi yozma yodgorliklar: «Avesto», «O‘rxun-Enasoy» bitiklari, «Ta’birnoma», «Irq bitigi»lariga ta’rif beradilar.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Blits-so‘rov, birgalikda o‘qiymiz, « Asotir » So‘ziga klaster, munozara.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanmasi, proektor, doska.
|
O‘qitish shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, individual va guruh bo‘yicha o‘qitish.
|
O‘qitish sharoitlari
|
Kompyuter texnologiyalari, proektor bilan ta’minlangan, guruhda dars o‘tishga moslashtirilgan auditoriya.
|
Seminar mashg‘ulotining texnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi. Mashg‘ulot hamkorlikda ishlash texnologiyasini qo’llagan holda o‘tilishini ma’lum qiladi.
1.2.Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aniqlaydi:
- Asotir bilan bog‘liq qanday terminlarni bilasiz? Ularning mazmunini ham bilasizmi? Muhokama guruhda davom etishini e’lon qiladi.
|
|
2 – bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1.Talabalarni 3 guruhga bo’ladi, har biriga vazifa beradi(2-ilova).
Kutilayotgan o‘quv natijalarini eslatadi.
2.2. Guruhda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi(1-ilova).Baholash mezonlarini ham namoyish qiladi.
2.3. Vazifani bajarishda o‘quv materiallari (ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanma)lardan foydalanish mumkinligini eslatadi.
Guruhlarda ish boshlashni taklif etadi.
2.4. Tayyorgarlikdan keyin taqdimotni boshlangani e’lon qilinadi.
2.5. Talabalar javobini sharxlaydi, xulosalarga e’tibor beradi, aniqlik kiritadi.
Guruhlar faoliyatiga umumiy ball beradi.
|
2.1. O‘quv natijalarini taqdim qiladilar.
2.2. Savollar beradi.
2.3. Javoblarni to‘ldiradi.
2.4. Jadval ustunlarini to‘ldiradi va muhokamada ishtirok etadi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1.Mashg‘ulotni yakunlaydi, talabalarni baholaydi va faol ishtirokchilarni ragbatlantiradi.
3.2. Navbatdagi « Mahmud Koshg`ariy » mavzusiga doir nazariy savollarni beradi hamda ularni qisqacha sharxlaydi. Adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishtiradi. (4-ilova)
|
3.1. Eshitadilar.
3.2. Topshiriqni oladilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |