Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchining
|
Talabaning
|
1-bosqich. Kirish
(10 min.)
|
1.1. Ma’ruzaning mavzusi, maqsadi va rejasini ma’lum qiladi (1-ilova), mashg‘ulotdan kutilayotgan o’quv natijalari bilan tanishtiradi.
1.2. Mashg‘ulot davomida aniq holatlarni tahlil qilishga e’tibor qilishni eslatadi (talabalar qo’llarida o’tgan dars oxirida tarqatilgan ma’ruza matnlari mavjud).
|
1.1. Tinglaydi va
yozadilar.
|
2-bosqich. Asosiy
(60min).
|
2.1. Avvalgi mavzuni esga solish va ma’ruza matnini o’qish natijasida nimalarni o’rganganligini aniqlash maqsadida blits-so’rov o’tkazadi. (2-ilova)
Vizual meteriallar asosida ma’ruza o’qiydi.
|
2.1. Eslaydi, savollarga
javob beradi.
Yozib boradi.
|
3-bosqich. Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi, umumiy xulosalarni shakllantiradi, faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi. Olingan bilimlarni ahamiyatini
ochib beradi.
3.2. Faollik ko’rsatmagan talabalarga qo’shimcha vazifa beradi.
|
3.1. Eshitadi,
aniqlashtiradi.
Topshiriqlarni yozib oladilar.
|
1-ilova.
Qo`qon adabiy muhiti .
Ma’ruza rejasi
1. Shoiraning hayot yo`li
2. Uvaysiyning chistonlari
3. Uvaysiy dostonlari
|
Uvaysiy XVII asrning oxirlari va XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoiralardan biridir. Umuman, sharq adabiyotida ayol ijodkorlar G`arbga qaraganda ko`pchilikni tashkil etadi.
Uvaysiy haqidagi ma'lumotlar 60 yillarning boshlarida Andijon pedagogika institutining olimlari tomonidan Marxamat tumanidan topilib, avval istitut kutubxonasiga, so`ng Toshkentga yuborilgan. Ma'lumotlar shoiraning chevarasi Xoljonotindan olingan edi. Uvaysiyning nabirasi va chevarasi ham otincha, shoira bo`lganlar, chiroyli husnixat egasi bo`lgan. Bunday fazilatlar o`sha katta enalari Jaxonotin tufayli ekanligini Xoljonotin ta'kidlagan.
Shoira Marg`ilonda, keyinroq Qo`qonda va yana Marg`ilonda yashaganligi haqidagi ma'lumotlar bor. Uning turmush o`rtog`i Hojixon bilan birgalikdagi hayoti uzoqqa bormaydi. Ajralish sababchisi yetishmovchilik bo`lsa kerak. Shoira o`g`li Muhammadni va qizi Quyoshxonni o`zi tarbiyalaydi. Farzandlari Majnun va Xokiy taxalluslari bilan she'rlar yozishgan. Muhammadning qachon vafot etganligi ma'lum emas, ba'zi bir taxminlar bor. Qizi Quyoshxon birinchi farzandini dunyoga keltirishda vafot etgan. Uvaysiy nabirasini 11-12 yoshlarga yetkazganida o`zi ham dunyodan ko`z yumdi.
Shoiradan bizga qadar kattagina she'rlar devoni yetib kelgan. Unda 296 ta g`azal, 29 muxammas, 55 musaddas, 1 murabba va dostonlar mavjud.
Shoira ma'lum muddat Qo`qonda, Nodira huzurida yashagan va go`zal g`azallar yaratgan. G`azallarning asosiy mavzusi mahabbatdir. Qahramonlari esa ma'shuqa, oshiq va raqiblardan iborat. Raqib obrazi ham shoir asarlarida ko`proq uchraydi. Ba'zan raqiblar umuman yomon odamlar ramzida ham namoyon bo`ladi, shoira ulardan faryod qiladi. Bu yomonlar, asosan, hukmdor shaxslar, ba'zan esa riyokor, xudbin din homiylaridir.
Zamona kulfatidin bu ko`ngul dog` o`ldi-dog` o`ldi,
Bu charxi bemuruvat ko`ngil dog` o`ldi-dog` o`ldi.
Sharqda badiiy ijod bilan shug`ullangan bir qancha ayollar borligini bilamiz. Mohlaroyim shularning eng ko`zga ko`rinarlisidir. Nodira shoira sifatida, davlat raxbari sifatida o`zbek ayollari ham erkaklardan qolishmasligini isbotlab ko`rsatgan shaxsdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |