O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat tillar pedagogika instituti filologiya fakulteti



Download 2,48 Mb.
bet54/174
Sana01.06.2022
Hajmi2,48 Mb.
#627029
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   174
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a

Ma’ruza shakllari

O’ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari



1

Kirish ma’ruzasi

Fan to‘g‘risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo‘nalishlar beradi.Pedagogik vazifasi: o‘quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning urni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharxini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo‘nalishini belgilash, tavsiya qilingan o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash.

2

Ma’ruza-axborot

Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o‘quv ma’lumotlarini bayon qilishi va tushuntirish.

3

Sharxlovchi ma’ruza

Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o‘zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bulimlarning konseptual asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: ilimiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o‘zaro aloqadorligini ochish.

4

Muammoli ma’ruza

Yangi bilimlar qo‘yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o‘quvchining o‘qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yakinlashdi.
Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo‘yish va uning yechimini topishni tashkil qilish, Hozirgi zamon qarashlarini tahlil qilish.

5

Vizual ma’ruza

Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va kiska sharxlar berishga karatilgan.
Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv ma’lumotlarini o‘qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.

6

Binar(ikki kishilik) ma’ruza

Bu ma’ruza ikki o‘qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyandasining, o‘qituvchi-talabaning dialogidan iborat.
Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv ma’lumotlarining mazmunini yoritish.

7

Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza

Xatolarni izlashga mo‘ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma’ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o‘tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi.
Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma’lumotni doimiy nazorat qilishga o‘rgatish.

8

Ma’ruza-konferensiya

Avvaldan qo‘yilgan muammo va dokladlar tizimi(5-10 minut) dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o‘quv dasturi chegarasida o‘tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalariga yakun yasab, to‘ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi.
Pedagogik vazifasi: Yangi o‘quv ma’lumotning mazmunini yoritish.

9

Maslahat ma’ruza

Turli senariylar yordamida o‘tishi mumkin. Masalan, 1) «savol-javob» - ma’ruzachi tomonidan butun kurs bo‘yicha yoki aloxida bo‘lim bo‘yicha savollarga javob beriladi; 2) «savol-javob-diskussiya»- izlanishga imkon beradi.
Pedagogik vazifasi: Yangi o‘quv ma’lumotni o‘zlashtirishga qaratilgan.




  1. O‘zbek filologiyasi” fanining dolzarbligi va ahamiyati .

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim bo‘g‘inlarida “Ona tili” va “O‘zbek filologiyasi” fanlarining o‘qitish maqsadi, usuli va mazmuni tamoman yangilangan va yangi maqsadlarga yo‘naltirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 343-qarori bilan Oliy ta’lim DTS lari Asosiy qoidalari tasdiqlandi; yo‘nalish va mutaxassislik DTS lari ma’qullandi. Shuning uchun oldimizda turgan muhim vazifalardan biri oliy ta’limning bakalavriat bo‘g‘inida o‘zbek filologiyasi bo‘yicha tayanch oliy ma’lumot berish uchun “O‘zbek adabiyoti” kursining maqsad, usul va mazmunini yangilash, mukammallashtirish, bosqichlararo uzluksizlik va davomiylikni ta’minlashdir. Ushbu qo‘llanma mana shu vazifaga xizmat qilmog‘i lozim.


O‘zbek filologiyasi” fani bo‘lajak mutaxassisni O‘zbek filologiyasi me’yorlari, qonuniyatlari bilan qurollantiradi. Adabiyotshunosligimizda shakllangan zotiy tahlil usuli ona tilimizning ichki imkoniyatlarini ochib beradi va har bir til hodisasi umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab (UMIS) va xususiylik (yakkalik), hodisa, voqelik, oqibat (YaHVO) dialektikasi nuqtai nazaridan tahlil etilishi kerakligini uqtiradi. Shuning uchun bu bosqichda “O‘zbek filologiyasi” UMIS va YAHVO (lison-me’yor-nutq) hodisalarining izchil farqlanishi va dialektik birligiga tayanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda ta’lim tizimidagi isloxotlarning asosini shakllantiruvchi qator me’yoriy xujjatlar qabul qilingan va amalga oshirilib kelinmoqda. Bular asosida «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlar alohida o‘rin tutadi. Bu qonunlardan kelib chiqadigan vazifa ta’lim dasturlari mazmunining yuqori sifatiga erishish va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etishdir.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar dars berishning interfaol usullarini nazarda tutadi. Bular munozara darslari, ishbilarmon uyinlar, muammoli holatlarni yechish va xokazolardir. Ushbu usullar talabalarning ijodiy faolligini oshirishda,muammoni hal qilishning eng maqbul yo‘llarini topishda yordam beradi. Shuningdek, filologiya yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr tayyorlash davlat ta’lim standartini amalga oshirishda amaliy vosita hisoblanadi.
Davlat ta’lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar qo‘yilgan.
Bakalavr:
- dunyoqarashni kengaytiruchi bilimlar tizimiga ega bo‘lishi, gumanitar va sotsial-iqtisodiy fanlarning asosini, davlatning hozirigi kundagi siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammo va xodisalarni mustaqil tahlil kila olishga kodir bo‘lishi;
- mamlakatimiz tarixini bilishi, milliy goya va umuminsoniy kadriyatlar masalalari bo‘yicha uz nuktai-nazarini ilmiy asoslash, milliy mustaqillik goyasi asosida faol xayotiy nuktai nazarga ega bo‘lishi;
- tabiat va jamiyatda sodir bo’ladigan jaoayon va xodisalar to‘g‘risida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, ulardan xayotda va kasbiy faoliyatida ilmiy asoslangan xolda foydalana olishi;
-insonning insonga, jamiyatga, atrof-muxitga nisbatan bulgan munosabatini boshkarishning xukukiy va axlokiy me’yorlarini bilish, kasbiy ish jarayonida ularni xisobga ola bilish;
- axborotni tuplash, saklash, kayta ishlash va uni qo’llash usullarini bilishi, uzining kasbiy ish tajribasiga asoslangan xulosalar chikarishi;
- mustaqil ravishda Yangi bilimlarni uzlashtirishi, uz malakasini oshirishi va mexnatini ilmga asoslangan xolda tashkillashtirishi;
- soglom xayot kechirish tarzining muximligi to‘g‘risida ilmiy tushunchalarga va asoslarga, jismoniy rivojlanish borasidagi bilim va malakalarga ega bo‘lishi;
- kadrlar malakasini oshirish va kayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishi kerak.
Til o‘qituvchisi doimo uz pedagogik maxoratini oshirib , uni san’at darajasiga yetkazib borishi kerak. Uz fikrini tushunarli, kurgazmali ifodalay bilish, jaxon va mamlakatimiz ijtimoiy-iktisodiy xayotidagi vokealarga uz munosabatini bildirishi, ta’lim berishga ijodiy yondashuvni rivojlantirib borishi kerak.
O‘qituvchining ijodiy yondashuvi talaba tomonidan Hozirgi adabiy jarayonni urganishga ijodiy yondashuvining bevosita shartidir.
Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilgor pedagogik usullarsiz olib borilishi talabadan faollik talab kilmaydi. Darsni uzlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga nisbatan kizikish uygonmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida iktisodiy masalalarning yechilishi, talabani fanga kiziktirish, uning faolligini oshirib, kengrok fikrlashga, maqsadga karab intilishga, kerakli bilim va kunikvalar xosil qilishga yordam beradi.
Mamlakatimiz kelajagi bulgan yoshlarning halkaro andozalarga mos keluvchi yukori ta’lim darajasini ta’minlash, bu vazifani sifatli, samarali, tushunarli amalga oshirish Hozirgi adabiy jarayon fanining asosiy uslubiy vazifasi xisoblanadi. Uni amalga oshirish o‘qitish jarayonini texnologiyalashtirish, ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni zarur qilib qo‘yadi.

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish