O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 6,27 Mb.
bet65/90
Sana23.04.2022
Hajmi6,27 Mb.
#576988
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
Bog'liq
2022 o\'tsq tekshirilgani

Tarixiy-an'anaviy tamoyil
So'zlarning hozirgi talaffuz normasiga mos kelmaydigan, qadimdan o'zlashib qolgan shaklda yozilishi tarixiy-an'anaviy tamoyil deyiladi. Boshqacha aytganda, so'zlar hozirgi holatiga ko'ra emas, balki an'ana tusiga kirib qolgan qoidaga ko'ra yoziladi: Chor Rossiyasi, pudratchi, fahm, rahm kabi.
Hozirgi orfografiyada tarixiy-an'anaviy tamoyil asosida yoziluvchi ba'zi shakllar quyidagilar:
1. Buyruq-istak mayli (-gin) mumtoz adabiyotimizda qo'llanib kelgan an'ana (she'riyat talabi)ga ko'ra -gil, -g'il tarzida ishlatiladi: borgil // borg'il.
Meni kutgil va men qaytarmen (K.Simonov)
Bas, yetar, cholg'uvchi, bas qil sozingni,
Bas, yetar ko'ksimga urmagil xanjar (A.Oripov).
2. Maqsad ma'nosini anglatuvchi -gani shaklining -gali, -g'ali, -kali, -qali shakllari:
Ko'rgali keldingmu yor,
Kuydirgali keldingmu yor (qo'shiq).
3. Hozirgi-kelasi zamon sifatdosh shaklini yasovchi -ur shakli:


Yulduzlar o'tiga bardosh berurman
Fazolar taftiga qilurman toqat (A.Oripov)
4.-mu shakli:
Sevgini tortib bo'lurmu
Tosh-u tarozi bilan (E.Vohidov)
Qora qoshing oy yuzingda hilol emasmu (P.Mo'min)
5. Navoiy, Fidoiy, Atoiy kabi so'zlar arab tilining qoidasini o'zlashtirish asosida orfografiyamizga kirib kelgan.


Differensial tamoyil
Talaffuzda bir-biridan aniq farqlanmaydigan yoki o'zaro farqlari deyarli sezilmaydigan darajaga kelib qolgan so'zlar yozuvda maxsus qoida bilan ajratilib yozilishi differensiyalash (farqlash) tamoyili deyiladi.
Bu tamoyil kam qo'llanadi. Ayrim misollar:
1. O'zaro yaqin, shakldosh so'zlar yozuvda tutuq belgisi yordamida farqlab qo'llanadi: da'vo – davo, na'sha – nasha, she'r – sher, sur'at – surat, ta'qib – taqib kabi.
2. Ba'zi shakldosh so'zlar talaffuzda urg'u yordamida farqlanadi. Imloda bunday so'zlarga urg'u belgisi qo'yiladi: atlas (karta) – atlas (mato), banda (shayka) – banda (qul), aralashma (qorishma) – aralashma (qo'shilmaslik).
3. -li va -lik qo'shimchalari yozuvda 1956 yilgacha farqlanmay qo'llanilar edi. 1956 yildan boshlab adabiy orfografiyamizda ularni farqlab qo'llashga o'tildi. Tegishlilik ma'nosini ifodalashda -lik affiksi: shaharlik, qishloqlik, toshkentlik; ega ekanlik ma'nosida esa -li affiksi qo'llana boshlandi: otli, to'nli. Buning natijasida imloda bir xillikka erishildi. Qat'iy nazar, mazkur affikslarni farqsiz qo'llash holatlari hali ham uchrab turadi. Qiyoslang: chelakli kishi – chelaklik kishi va b.
4. -lik affiksi bilan ham so'zlar farqlanadi: bog'liq – aloqador, bog'liq – mol yoki pichanni bog'laydigan narsa; bo'shlik – yuvosh, bo'shlik – fazo kabi.



Download 6,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish