123
qo‘chqor, xo‘roz urushtirish, kurash, teatr tomoshalari tashkil etilgan. Odamlar
bir-birlarinikiga
mehmonga borishgan, yerga birinchi urug‘ qadash marosimlari
o‘tkazilgan. Navro‘z yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda muhim
vositadir. Navro‘z yosh avlod uchun tarbiya maktabidir. Navro‘z xotin-qizlarga
alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin-qizlar qo‘llariga
xina, qoshlariga o‘sma qo‘yadilar. Arg‘imchoqlarda uchishib, she’rxonlik
kechalarini o‘tkazadilar.
Navro‘z – tan sihatlik bayramidir. Chunki bayram dasturxoni, taomnomasi
inson tanasi uchun shifo manbaidir. Navro‘z munosabati bilan o‘ziga
xos turli
iaomlar, shirinliklar tayyorlanib, bayram dasturxoni bezatilgan. Ya’ni, sumalak,
halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara navro‘z dasturxoni uchun asosiy taomlar
hisoblangan.
Sumalak – Navro‘zning shoh taomi bo‘lib, u ko‘klam darakchisi, to‘kin-
sochinlik, ahillik, ezgulik timsolidir. “Sumalak sayli” o‘ziga xos tarzda
uyushtiriladi. Bu, asosan, ayollar bazmi hisoblanadi. Sumalak tayyorlanayotgan
doshqozonlar atrofida xotin-qizlar, bolalar o‘yin-kulgi,
aytishuv, askiya, lapar,
latifalar aytishadi, childirma, dutor chalib, raqsga tushishadi. Sumalak sayliga
kelgan har bir inson yaxshi niyat bilan qozon kovlaydi. Balog‘at yoshidagi yigit-
qizlarga baxtli-saodatli, farzand ko‘rmaganlarga farzandli bo‘lishlarini
niyat
qildirib qozon kovlatiladi. Sumalak bir kecha-kunduz davomida tayyor bo‘ladi.
U har bir oilaning soniga qarab taqsimlanadi. Bemorlar, yolg‘iz qariyalar,
nogironlar sumalak bilan yo‘qlanadi. Sumalak bir oilada tayyorlansa-da, uni
tayyorlash jarayonida butun qishloq yoki mahalla ahli, qarindosh-urug‘lar
hamjihatlik bilan qatnashadilar.
Navro‘z har bir kishini insonparvarlikka, mehr-muruvvatga, bag‘ri
kenglikka,
saxovatga, go‘zallikka, ezgulikka da’vat etadi. Xalqni, jamiyatni
poklikka, mehnatga, yaxshilikka undovchi g‘oya abadiydir.
Oilaviy marosimlar tarixiy jarayonda xalq pedagogikasi va donishmandligi
bilan uyg‘unlashib ketib, asrlar davomida yoshlarni tarbiyalashdagi asosiy
shakllardan biri bo‘lib kelgan. Shu sababli, hozirgi davrda ham xalq an’analarini
124
qadrlagan, turli marosimlarni o‘tkazishda ma’noviy-estetik jihatlarga alohida
e’tibor bergan oilalarda voyaga etgan yoshlar odob-axloqli bo‘lib ulg`ayadi.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlari,
axloq-odobini o‘rganishga bag‘ishlagan ekan. O‘sha
olim bizning yurtimizga
tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o‘rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga
oshirgan ishlarim va o‘rgangan bilimlarimni 15 yoshli o‘zbek qizalog‘ining
o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga
almashtirishga rozi edim”– degan edi.
Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni,
naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi
avlodga etkazish siz-u
bizning qo‘limizdadir.
Do'stlaringiz bilan baham: