141
Bunda tarbiyachilardan bolalarga onalarcha mehr berishlari,
ularga
muntazam ravishda muhabbat ko`rsatishni asosiy maqsad qilib qo`yishlari shart.
Tarbiyachilar kundalik va yillik rejalarida barkamol shaxsni shakllantiruvchi
maqsad va vazifalarni alohida ta`kidlab, bajariladigan ishlarni bayon etib borishlari
shart.
Odatda, tarbiyachilar o`z rejalari asosida o`zbek xalq ertaklaridan keng
foydalanib kelishadi. Ertaklaridagi yaxshilik va yomonlik,
mehribonlik,
rahmdillik va toshbag`irlik, ezgulik va yovuzlikning o`zaro farqlari mazmun-
mohiyatini kichkintoylarga yetkazib berishga harakat qiladilar. Shuningdek, ertak
qahramonlarini chizish, yasash,
musiqiy ohanglarni eshitish, raqs va bolalar
qo`shiqlarini o`rgatish ham shu bosqichning tarbiyaviy qismi sanaladi.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarining bashlang`ich sinflarida:
Bu 7-11 yoshli bolalar bo`lib, odatda, ular juda qiziquvchan/ o`yinqaroq,
quvnoq va diqqatsizroqdir. Bu bolalar maktab ostonasiga qadam qo`ygan kundan
boshlab savodxonlik darajasida faqatgina ustozining so`zini so`z deb tan oladi.
Ularning fikrini ota-onalar ham o`zgartirishlari mushkul. Shu sababli barcha
o`qituvchilarimiz quyidagi savodxonlik turlarini bilishlari
va bu haqda yetarli
malakaga ega bo`lishlari lozim:
-
Savodiy savodxonlik;
-
Nutqiy savodxonlik;
-
Ijodiy savodxonlik;
-
Mantiqiy savodxonlik;
-
Ilmiy savodxonlik;
-
Kasbiy savodxonlik;
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida:
Bu yoshdagi o`smirlarni yildan yilga atrof muhitga, voqealarga qiziqishi
ortib boradi. Ular ko`proq o`zlari qiziqqan ishni kattalardan yashirincha bajarishga
harakat qilishadi. Yolg`on so`zlash, qilgan aybini yashirin va kattalar oldida o`zini
aqli raso qilib ko`rsatishga urinishadi. Bu yoshdagi bolalarning barkamollik
darajasini oshirib borish uchun barcha o`qituvchi-murabbiylar,
ota-onalar,
142
mahalla-ko`y, nazorat inspeksiyasi hamkorligida tarbiyaviy ishlarni yo`lga
qo`yib borilmog`i lozim.
Bolalarni teatr, muzeylarga olib boorish, asosan, maktab zimmasida qolgan.
Ammo shunga yarasha ota-onalar “Bugun teatrga boribsan, nima ko`rding, nimani
tushunding” deb, besh daqiqa vaqt sarflash ota-onalarning vazifasidir.
O`rta maxsus kasb-hunar ta`limi muassasalarida:
Bu ta`lim dargohiga o`qish uchun kelgan talabalar asta-sekin maktabdan,
oiladan va ko`cha-ko`ydan o`rgangan tarbiyasini namoyish eta boshlaydi. Chunki
ta`limning bu bosqichida o`qituvchi-murabbiylar ilmiy savodxonlikni kuchaytirish,
kasbiy savodxonlikka erishish uchun talabalar bilan tinimsiz muloqot qiladilar.
Sergak tarbiyachi o`smirlarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib unga to`g`ri
ta`sir eta bilishi lozim.
Umuman, ta`limning qaysi bosqichida bo`lmasin, tarbiyachi-o`qituvchi
yuksak pedagogik, psixologik va metodik tayyorgarlik darajasiga ega bo`lgan
holda, ularning yosh xususiyatlarini inobatga olib ta`lim-tarbiya jarayonini to`g`ri
tashkil etishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: