O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi


III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishari



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishari. 
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy oʻsish 
surʼatlarini saqlab qolish: 
qabul qilingan oʻrta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, 
tarkibiy va institutsional oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning 
yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash; harajatlarning ijtimoiy yoʻnaltirilganligini saqlangan 
holda Davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy 
byudjetlarning 
daromad 
qismini 
mustahkamlashga 
yoʻnaltirilgan 
byudjetlararo 
munosabatlarni takomillashtirish; ilgʻor xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan 
foydalanish hisobiga pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va 
ichki bozordagi narxlarning barqarorligini taʼminlash; erkin konvertatsiyani taʼminlovchi 
valyutaga oid munosabatlarni tarktibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda 
zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish 
tizimini soddalashtirish yoʻlini davom etish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va 
ragʻbatlantirishning tegishli choralarini kengaytirish; bank tizimini isloh qilish, banklar 
depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning 
moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar 
hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish; 
yangi turlardagi sugʻurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hisobiga ularning 
xajmini kengaytirish va sifatini oshirish, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy 
institutlar va axolining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond 
bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan yetakchi 
xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yoʻli bilan, puxta 
oʻylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishini davom etish, jalb qilingan xorijiy 
investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanish; 
3.2. Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini modernizatsiya va difersifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini 
oshirish: milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taʼminlash, uning tarkibida 
sanoat, xizmatlar koʻrsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini 
koʻpaytirish; ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan 
yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmadagi 
loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investitsiya siyosatini olib borish; sanoatni 
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini 
chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish 
boʻyicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali 
yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali 
raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar koʻrsatish 
bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish; 


42 
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni oʻzlashtirish, 
bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash; 
ishlab chiqarish mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom etish hamda eng 
avvalo isteʼmol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo 
sanoat kooperatsiyasini kengaytirish; 
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya 
tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan 
foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish; erkin 
iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, amaldagi zonalarning 
samaradorligini oshirish; xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki 
mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, koʻrsatilayotgan 
xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari 
hisobiga tubdan oʻzgartirish; eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, 
eksportning tuzilmasi va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va 
hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish; yoʻl-transport 
infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga 
informatsion-kommunikatsion texnologiyalarni joriy etish; 
3.3. Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:tarkibiy 
oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishni muttasil 
rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza 
mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli 
darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin 
maydonlarini yanada maqbullashtirish, boʻshab qolgan yerlarga kartoshka, sabzavot, oziq-
ovqat i moyli ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish; 
qishloq xoʻjalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, 
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga 
moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-
tadqiqot ishlarini kengaytirish; fermer xoʻjaliklar, enga avvalo qishloq xoʻjaligi 
mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, 
kurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer 
xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq 
xoʻjalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat 
mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy 
yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, 
mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish yuzasidan investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, 
agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni koʻrsatish infratuzilmasini 
yanada keygatirish; sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, 
meliorativ va irrigatsiya obyektlarning tarmogʻini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab 
chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonoviy suv va resurslarni tejaydigan 
agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xoʻjaligi texnikasidan 


43 
foydalanish; global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xoʻjaligi 
rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli 
chora-tadbirlarni koʻrish; 
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini 
himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy 
tadbirkorlik rivojlanishini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni 
davom etish: 
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, barcha 
turdagi toʻsqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni 
rivojlantirish yoʻlida toʻliq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy boʻlsa, davlat ham 
boy va kuchli boʻladi” degan prinsipni amalgi oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik 
muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qatʼiy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va 
soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav jamgʻarmalarida davlat ishtirokini 
kamaytirish, davlat mulkining xususiylashtirilgan obyektlarning bazasida xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; korporativ 
boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarni joriy etish, korxonlarni strategik 
boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; 
tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanish tartib-taomillar 
mexanizmalarni takomillashtirish va soddalashtirish; 
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlat ishtirokini 
kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini detsentralizatsiya qilish va demokratlashtirish, 
davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlar va oʻzini oʻzi 
boshqarish organlarining rolini oshirish; 
3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish: sotsial-iqtisodiy jadal 
rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning 
tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, qishloq xoʻjaligi, turizm va mehnat salohiyatidan 
kompleks va samarali foydalanishni taʼminlash; hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va 
diversifikatsiya qilish masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini 
oʻstirish yoʻli bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish; yangi sanoat ishlab 
chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va 
shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xoʻjalik birlashmalarning mablagʻlarini, banklarning 
kreditlarini va xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb qilish; subvension tuman va shaharlarni 
kamaytirish, sanoat va xizmatlar koʻrsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy 
byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish; sanoat va boshqa ishlab chiqarish obyektlarni 
joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish 
hamda axolining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, 


44 
muhandis-kommunikatsiya 
va 
ijtimoiy 
infratuzilmasini 
yanada rivojlantirish 
va 
modernizatsiya qilish; 
3.6. Turizm sohasini rivojlantirish: turizm tarmogʻini jadal rivojlantirish, turizm 
sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish; turizm sohasida viza, litsenziya berish va 
ruxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish; xorijiy investitsiyalar, jahon brendlarini faol 
jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; yangi 
turizm yoʻnalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning 
jozibadorligini oshirish. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish