O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi


IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari

4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish: aholining 
real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish, kam taʼminlangan oilalarni va aholining 
daromadlari boʻyicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish; byudjet muassasalari 
xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyatsiya 
surʼatlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish; 
yangi ish oʻrinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, oʻrta maxsus va oliy oʻquv 
yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini taʼminlash, mehnat bozori infrastrukturasining 
mutanosibligi va rivojlanishini taʼminlash, ishsizlik darajasini qisqartirish; mehnatga 
qobiliyatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini toʻliq amalga oshirish uchun shart-
sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini oshirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni 
kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish; 
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirish: 
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni taʼminlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini 
ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni 
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash, aholiga 
ijtimoiy xizmatlar koʻrsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; sogʻliqni saqlash 
sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat koʻrsatish qulayligi hamda 
sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki boʻgʻini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini 
yanada isloh qilish, aholining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va 
bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va 
yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam koʻrsatish, chaqaloqlar va bolalar oʻlimini 
kamaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish; 
pensionerlar, nogironlar, yolgʻiz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining 
toʻlaqonli hayot faoliyatini taʼminlash uchun ularga
tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; 
farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, 
sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanishini yaxshilash, ular 
narxlarining asossiz oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
aholi kasallanish koʻrsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini 
taʼminlash. 


45 
4.3. Arzon uy-joylar qurish boʻyicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining 
hayot sharoitlari yaxshilanishini taʼminlovchi
yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish 
hamda modernizatsiya qilish: aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda 
yashovchilar va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining 
yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va 
qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash;kommunal-maishiy 
xizmatlar bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv oʻtkazish 
tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich 
joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishini tubdan 
yaxshilash; odamlar yashashining ekologik xavfsizligini taʼminlash, maishiy chiqindilarni 
qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi yoʻq qilishning zamonaviy obyektlari bilan 
taʼminlash;
aholiga transport xizmati koʻrsatishni tubdan yaxshilash, yoʻlovchi tashish 
xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi 
har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda 
rekonstruksiya qilish;
yoʻl infrastrukturasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng 
avvalo, mintaqaviy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish, xoʻjaliklararo qishloq avtomobil 
yoʻllarini, aholi punkti koʻchalarini kapital va joriy taʼmirlash; yangi elektr ishlab chiqarish 
quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish asosida aholini elektr energiyasi 
bilan taʼminlashni yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator 
punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilgʻi-energiya resurslari bilan 
taʼminlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni 
kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; teatr-tamosha, madaniy-maʼrifiy 
tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash. 
4.4. Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish: 
uzluksiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish yoʻlini davom ettirish, sifatli taʼlim 
xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq 
yuqori malakali kadrlarni tayyorlash; taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, 
kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi
va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash boʻyicha ishlarni amalga oshirish 
orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan 
chora-tadbirlarni koʻrish; bolalar maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, 
bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha 
taʼlim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim 
bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini taʼminlash, pedagog va 
mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan 


46 
oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim 
va talab yuqori boʻlgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish; 
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shugʻullanishga jalb qilish, ularni musiqa va 
sanʼat olami bilan bogʻlash maqsadida yangi bolalar sporti obyektlarini, bolalar musiqa va 
sanʼat maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish; kasb-hunar kollejlari 
oʻquvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan 
mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni 
takomillashtirish; taʼlim va oʻqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish 
asosida oliy taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy 
taʼlim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich koʻpaytirish; ilmiy-tadqiqot va 
innovatsiya faoliyatini ragʻbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy 
etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari 
huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya 
markazlari va texnoparklarni tashkil etish. 
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish: jismonan sogʻlom, ruhiy va 
intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga 
sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 
oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga 
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish; yosh avlodning ijodiy va 
intellektual salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar 
oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb 
etish; yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish; yoshlarga oid davlat siyosatini amalga 
oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, taʼlim muassasalari, yoshlar va boshqa 
tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish. 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish