O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti o’zbekiston tarixi kafedrasi



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/138
Sana01.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#522336
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138
Bog'liq
2 5278680257514182085

5
Bozor iqtisodiyotiga 
bosqichma – bosqich 
o‘tib borish
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy 
qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, 
o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion 
yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma – bosqich amalga 
oshirilishi kerak.
Shunday qilib, O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li nazariy va 
amaliy jihatdan puxta belgilab olindi. Bu barcha tamoyillar demokratik va iqtisodiy 
qayta o‘zgartirishlar jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun hal qiluvchi 
ahamiyat kasb etib, hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan 
XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish 
strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi 
faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV 
sessiyasida (1999-yil 14-aprel) quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi: 
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada 
erkinlashtirish. 
2. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish. 
3. Kadrlar masalasi. 
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o‘sishi aholini yanada kuchli 
ijtimoiy himoya qilish. 
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta’minlash. 
6. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, 
sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz yaxlitligini ta’minlash. 
Islohotlarning strategik maqsadlari.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi. Bu 
yo‘lni shakllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, 
iqtisodiy islohotlarning quyidagi strategik maqsadlari belgilab olindi: 
ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini bosqichma-bosqich shakllantirish, 
milliy boyliklarning o‘sishini, kishilar turmushi va faoliyati uchun munosib 
sharoitni ta’minlaydigan kuchli va muntazam rivojlanib boruvchi iqtisodiy tizim 
yaratish; 
ko‘p ukladli iqtisodiyotni yaratish, kishining mulkdan begonalashuvini 
bartaraf etish, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning har taraflama o‘sishi uchun asos 
bo‘ladigan xususiy mulkchilikning davlat tomonidan himoya qilinishini 
ta’minlash; 
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish, ularning 
xo‘jalik ishlariga davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan voz kechish, iqtisodni 
boshqaruvning ma’muriy – buyruqbozlik usullarini yo‘q qilish, iqtisodiy vositalar va 
rag‘batlantirishlarni keng qo‘llash; 



moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan unumli foydalanishni
raqobatbardosh tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon iqtisodiyot tizimiga 
kirib borishni ta’minlaydigan chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish; 
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlar qilish va raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish; 
jahon iqtisodiy tizimiga qo‘shilib borish; 
kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning 
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini qo‘llash sohalari va 
shakllarini o‘zi mustaqil belgilab olishi uchun imkoniyat yaratish. 
Strategik maqsadlar asosida iqtisodiy – islohotlarning asosiy va muhim 
tomonlari aniq belgilab olindi. Eng avvalo, birmuncha o‘tkir ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni yaqin vaqtlar ichida hal etishga yordam beradigan asosiy 
tarmoqlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirildi: 
mulkiy islohotlar; 
institutsional va moliya – kredit islohotlari; 
agrar islohotlar; 
tashqi iqtisodiy faoliyat islohotlari; 
ijtimoiy sohadagi islohotlar. 
O‘zbek modelining o‘ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy 
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o‘zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning 
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarining tiklanishi va rivojlanishi, 
demokratik qadriyatlarning rivojlantirilishi va inson huquqlarining kafolatlanishi 
va boshqalarda o‘z ifodasini topdi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari. 
O‘zbekiston 1991-yil 31-avgustda 
mustaqillikka erishgandan keyin mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan 
amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i 
to‘g‘risida, respublika gerbining nushasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni 
haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasiining ekspert 
guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy 
Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan 
hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, 
navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. 
1991-yil 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII 
sessiyasida 13 moddadan iborat bo‘lgan 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish