O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi, andijon davlat tibbiot instituti



Download 5,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/206
Sana20.03.2022
Hajmi5,38 Mb.
#501957
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   206
Bog'liq
Юқумли касалликлар oquv qollanma

Tashxisoti.
Bakteriologik usul bilan najas va qusuq modda tekshiriladi. 
Toksinni aniqlash uchun neytralizatsiya usulidan foydalaniladi - bemor bilagidan 
qon olib sichqonlar qorniga yuboriladi, avval bir guruh sichqonlarga botulizmga 
qarshi zardob junatiladi, bir guruhi nazorat uchun zardob junatilmaydi. Qonda 


85 
toksin bo‗lsa, uning ta‘sirida zardob olmagan sichqonlar o‗ladi. Sichqon 
organizmlarida toksinni topib, uning turi ham aniqlanadi. 
Kasallik alomatlari yaqqol ifodalangan hollarda laboratoriya tekshirishlari 
natijasini kutmasdan botulizm tashxisini aniq qo‗yish mumkin. 
Davolash.
Bemor shifoxonada davolanishi lozim. Toksin miokardit 
qo‗zg‗atishini yodda tutib, hamda miasteniya mavjudligini e‘tiborga olib, bemorga 
yurishga ruhsat berilmaydi. Kasallik qachon boshlanganidan qatiy nazar, 
botulizmga shubha bo‗lganida me‘da yaxshilab yuviladi va huqna qilib ichak 
tozalanadi 
Botulizmni davolashda asosiy qo‗llanadigan vosita - botulizmga qarshi zardob 
yuborish bilan davolash xisoblanadi. Bu zardob 2 hil bo‗ladi: polivalent (A, B, E 
turlari) aralashmasi va monovalent (aloxida A yoki B, yoki E turlari). Dastlabki 
kunlarda polivalent zardob qo‗llaniladi. Laboratoriya tekshirishlari natijasida 
toksining turi aniqlanganidan so‗ng, ana shu turdagi monovalent zardob 
ishlatilgani ma‘qul. Polivalent zardob tarkibida 10000 XB (xalqaro birlik) da A va 
E turlari hamda 5000 XB B turidan iborat bo‗ladi. Zardob muskul orasiga, og‗ir 
hollarda vena tomiriga fiziologik eritma bilan tomchilab yuboriladi. Bu holda 
zardob 36-37°C gacha ilitilgan bo‗lishi kerak. Zardob Bezredka usulida (bo‗lib-
bo‗lib) yuboriladi. 
Kasallik og‗ir kechgan hollarda birinchi kuni zardobning 2 davolash dozasi 
vena tomiriga yuboriladi. U tugashi bilan bir doza muskul orasiga, 12 soatdan 
so‗ng yana bir doza muskul orasiga yuboriladi. Ikkinchi kuni 12 soat oralatib 2 
doza, zarurat bo‗lganida 3-4 kunlari bir dozadan muskul orasiga yuboriladi. 
O‗rta og‗irlikda kechgan botulizmda 2 doza zardobni bir dozadan 12 soat 
oralatib muskul orasiga yuboriladi. Yengil kechgan kasallikda bir doza zardob 
yuborish yetarli xisoblanadi. 
Faol immunitet qo‗zg‗atish maqsadida zardob bilan bir vaqtda anatoksin ham 
qo‗llanadi. Bu maqsadda A, B va E turdagi anatoksinning xar biridan 0,5 ml dan 
olib, teri ostiga yuboriladi. Oradan 5-7 kun o‗tgach, anatoksin shu dozada qayta 
yuboriladi. Anatoksin uchun alohida shprits ishlatilishi va uni zardob qo‗llanmagan 


86 
joyga yuborish lozim. 
Intoksikatsiyani kamaytirish maqsadida reosorbilakt, reopoliglyukin, 5% li 
glyukoza, Ringer eritmalari vena tomiriga tomchilab quyiladi. B, C guruhi 
vitaminlari tutgan preparatlar tayinlanadi. Yurak faoliyatiga ko‗maklashuvchi 
dorilar qo‗llaniladi (tiotriazolin 2,5%-4 ml dan v/i). Kasallik og‗ir kechgan 
hollarda glyukokortikoidlar (prednizalon 90-120 mg) qisqa muddatli kursda 
buyuriladi. 
Tuzalish davrida prozerin, ATF buyurish mumkin. Bemor nafas olishi 
mushkul bo‗lgan yoki mustaqil nafas olish to‗xtab qolgan hollarda sun‘iy nafas 
olish apparati ulanadi. 
Og‗ir holdagi bemor zond orqali ovqatlantiriladi. 
Tuzalish davrida bemor keskin xarakatlar qilmasligi kerak. EKG ni takroran 
olib, undagi natijalarga qarab asta-sekin o‗tirishga, keyinroq yurishga ruhsat 
etiladi. 

Download 5,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish