352- mashq. O‘qing. Hollarni aniqlab, turini ayting. Payt holini o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chirib, holning tagiga chizing va qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting.
1. Arpasoyda ertalab va kechqurun, ayniqsa, go‘zal manzarani ko‘rasiz. Shuning uchun ham Toshkentdan va respublikaning ko‘pgina shahar va qishloqlaridan dam olish kunlari bu yerga ko‘plab kishilar kelib istirohat qiladilar. (A. Kolbinsev.) 2. Bu hikmatli so‘z doim yengishga, orqaga qaytmaslikka undardi. (A. Po‘lat.) 3. Ko‘klamda adirlar rang-barang o‘tlar va gullar gilamiga burkanadi, yozda esa oltin bug‘doyzorlar bilan qoplanadi. (A. Kolbinsev.) 4. Oqshomdagina ko‘chalarda, bog‘ va maydonlarda odam to‘lqini siyraklandi. (O.) 5. Inson qalbi ham bir vaqtlarda ko‘rolmaslik, manmanlik, shuhratparastlik tuyg‘ulari bo‘lganini unutadi. (N. Biryukov.) 6. Ekskursantlar XV asrda Samarqand yaqinida Ulug‘bek tomonidan qurilgan mashhur observatoriyaning qoldiqlarini ko‘zdan kechiradilar... (A. Kolbinsev.) 7. Ko‘kda turna qator bo‘lib tizilib ketgan yulduzlar ahyon-ahyonda pastga uchib tushar edi. (A. Po‘lat.)
Do'stlaringiz bilan baham: |