353- mashq. O‘qing. Sabab va maqsad hollarini topib, ularning so‘rog‘i, qanday ifodalangani va bir-biridan farqini tushuntiring; ularni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birga alohida-alohida ko‘chiring.
1. Men vrachman, odamlarni o‘ldirish uchun emas, ularni o‘limdan saqlash uchun yashayman. (As. M.) 3. Sultonmurod do‘stini tabassum bilan tinglab, Hirotning bahorda toza husn bilan yashnagan ajoyib-manzaralariga suqlanib qarar, shodlikdan, hislarning sho‘xligidan ko‘ksi to‘lib-toshardi. (O.) 4. Do‘stining she'rlarida unga avvaldan belgili bo‘lgan ba'zi umumiy nuqsonlarni yedirib ketish uchun ko‘proq zavq va ruh bilan o‘qishga tirishdi. (O.) 5. Kechga tomon hordiq chiqarish maqsadida daryo bo‘yiga otlangan edim, markaz tomondan ketma-ket uzilgan o‘q ovozi eshitildi. (Murod as-Siboiy.) 6. Ularning mardligini, xushchaqchaqligini yoqtirganidan yigitlarga biror kori hol bo‘lmasin deb bezovtalanardi. (J. Koup.)
Do'stlaringiz bilan baham: |