361- mashq. O‘qing. Gaplarni gap bo‘laklari jihatidan tahlil qiling.
1. Bu xalq jahonga ne-ne mashhur olimlar, me'morlar, ustalar va mutafakkirlarni yetishtirib bermagan, axir! (K. Moiseeva. 2. Kishining kuchi—uning ongi, dunyoqarashi, tushunchasi, ishonchi, ruhi, yashashga qobiliyati, niyati va intilishida, xullas, uning irodasida. (I. R.) 3. Ko‘l bo‘yida erta saharda ayniqsa manzara go‘zal bo‘ladi. Ilk quyosh nurlari tog‘larning dovonlaridan mo‘ralab moviy osmon ostida tovlanib turgan ko‘l suviga yuzini yuvadi. Ko‘l bo‘yida kechqurun o‘tirib orom olish naqadar yoqimli. (A. Kolbinsev.) 4. Davlat arboblari aql va adolatni shior qilsalar, xalqni parvarish etsalar, hayotning zangini oltinga aylantirmoq mumkin. (O.)
Do'stlaringiz bilan baham: |