O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi ona tili va adabiyot ta'lim sohasi: 110000 Pedagogika Ta'lim yo’nalishi



Download 287,15 Kb.
bet65/80
Sana28.01.2022
Hajmi287,15 Kb.
#414877
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80
Bog'liq
3-KURS ONA TILI

366-mashq. O‘qing, to‘ldiruvchisi uyushib kelgan gaplarni topib, uyushiq to‘ldiruvchilarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan birikma tarzida ko‘chiring, to‘ldiruvchining turini ustiga yozib qo‘ying.

1. O‘tgan yili Madaminxo‘ja xirmonida yoqilgan umid chirog‘i qalbiga na surur berdi va na nur! (M.I.)2. U yerda Saodatni yaxshi kutib oladilar, yuvib-taraydilar, kiyintiradilar. (S. Z.) 3. Qo‘biz adirlar orqasiga yonboshlayotgan quyosh haqida, har yoqqa salqinlik taratayotgan mayin shabada haqida, yo‘l yoqalab kelgan ko‘m-ko‘k yavshon va sap-sariq chalovlarning sekin-sekin tebranib gul changlarini to‘kayotgani haqida kuylardi. (Ch. Ayt.) 4. Beso‘naqayroq yuzli, qora ko‘zli bu yigit aqlli ko‘rinardi. (V. Karpov.) 5. O‘razqulga ko‘rsatilgan hurmatlar uchun, ziyofatlar uchun, qarzlar uchun, va'dalar uchun hisoblashadigan payt keldi. (Ch. Ayt.) 6. Birdan uyini, qizini, shiyponini ko‘rgisi kelib ketdi. (S. Z.) 7. Bularning oralarida shoiralar, g‘azalxonlar, sozanda, qiziqchi va raqqosalar bo‘lardi. (N. S.)




367-mashq. Uyushiq aniqlovchilarni topib, aniqlanmish bilan birga ko‘chiring; so‘rog‘i, turi va qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting.

1. Ey, tim qora sochli, ko‘zlaridan nur yog‘ilib turuvchi murabbiya! Qadamlaringga hasanot! (Fodil as-Siboiy.)2. Yomon, yaxshi ish yo‘q, hamma ish yaxshi! Bizda halol mehnat odamning naqshi! (U.) 3. Katta, dehqonga foydali, o‘z ko‘ngliga yoqadigan ish qilmoqchi edi u. (S. Nurov.) 4. Qancha-qancha to‘qnashuvlar, yangi tashvishlar, quvonch, ikkilanish, muvaffaqiyatlar, mag‘lubiyatlar va kurashlar kutadi bizni. (J. Abd.) 5. Bo‘m-bo‘sh, jimjit ko‘chalardan yolg‘iz ketdim. (O.Yo.) 6. Zebo va barno bu qizning jasorati odamlar nazarida chindan ham hayron qolarli edi. (S.Ulug‘zoda.) 7.Tashqari gullarga ko‘milgan, sadarayhonlar, qashqargul va atirgullarning hidi havoda anqirdi. (O.) 8. Yo‘lchi uchun Petrov... butun hayoti va kurashi bilan muallim bo‘ldi. (O.)




368-mashq. O‘qing. Uyushgan va uyushmagan sifatlovchilarni aniqlang, ular orasidagi farqni tushuntiring.

1. Uning mehnatda chiniqqan qoramtir yuzida, jonli, tiyrak yirik ko‘zlarida bolalarcha ma'sumlik jilvalanardi. (O.) 2. Yurtda adolatli davlat, odil va ilmparvar hukmdor ko‘rmoq orzusida bo‘lgan Navoiy Husayn Boyqarodan ko‘p narsa umid qilar edi. (O.) 3. Hozir Mirzacho‘lga borgan har bir kishi u yerdagi yangi, obod shaharlarni, ko‘p qavatli muhtasham binolarni, hashamatli uy-joylarni, har ikki tomoni ko‘m-ko‘k daraxtzorlar bilan qoplangan keng va tekis asfalt yo‘llarni ko‘radi. (A. Po‘lat.) 4. Mulozimlar uning yuvosh, lekin jussasi juda kelishgan yo‘rg‘a qorabayir otini ko‘ndalang qilishdi. (O.) 5. Chol katta zarang tovoqda lim to‘la tariq olib chiqib, toza supurilgan keng sahnga sochdi. (O.)





Download 287,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish