358-mashq. Ajratilgan hollarni topib, holning qaysi turi ajratilganini tushuntiring.
1. Tepalikda, quyuq daraxtlar ostida, gilamchalarda to‘p-to‘p o‘tirib, katta sopol laganlarga uyum-uyum suzilgan palovni zo‘r ishtaha bilan bir-biriga qiziqib oshayotgan... oshxo‘rlar orasidan o‘tib, pastga tusharkan, O‘ktamning yuragi birdan “shig‘” etib ketdi. (O.) 2. Temur Malik otdan tushib, ikki-uch navkari bilan yuqoriga – qorovulxonaga ko‘tarildi. (Mirm.)3. Ana, jadvallarning yonida, burchakdagi javonda, Mirzo Ulug‘bekning olti jildlik tarixiy asarlari yonida uning — Ali Qushchining ham kitoblari turibdi! (O.Yo.) 4. Lekin xuddi shu payt, oldinda borayotgan shahzoda handaqqa yaqinlashib qolganida, o‘ng qo‘ldagi tepalikda bir guruh suvoriylar paydo bo‘ldi. (O.Yo.) 5. Pastlikdan, Qichqiriq tomondan, esayotgan salqin shamol eshigimiz oldidagi azim tup o‘rikning tilla rang barglarini chitir-chitir uzib uchiradi. (H. G‘.)
Do'stlaringiz bilan baham: |