348-mashq. O‘qing, birikma bilan ifodalangan hollar ishtirok etgan gaplarni ko‘chirib, hollarning tagiga chizing.
Chimyonda dam olish uchun deyarli yil bo‘yi sharoit qulay. Tog‘ yon bag‘irlarida hali qor ketmagan, tog‘ etaklari esa xilma-xil ko‘katlar bilan qoplangan, bahor paytida u yer ayniqsa go‘zal bo‘ladi. O‘t-o‘lanlar orasida oq va sariq boychechaklar, alvon lolaqizg‘aldoqlar ochilib yotadi. Chimyon yozda ham ajoyib istirohat o‘chog‘idir. Tekislikda jazirama issiq bo‘lgan bir paytda u yerda havo mo‘tadil keladi, kechalari bo‘lsa juda salqin havo turadi. Tez-tez yomg‘ir yog‘ib o‘tadi. Kuz paytida tabiat alvon va oltin bo‘yoqlarga burkanadi. Qyechasi osmon gumbazida yulduzlar charaqlab turadi. Chimyon qishda ham gavjum bo‘ladi. Bu yerga dam olish kunlari qorli tog‘ yon bag‘irlarida chang‘i va chanalarda uchish uchun, qor havosidan to‘yib nafas olish va hordiq chiqarish uchun minglab kishilar keladi. (A. Qolbinsev.)
Do'stlaringiz bilan baham: |