O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi ona tili va adabiyot ta'lim sohasi: 110000 Pedagogika Ta'lim yo’nalishi



Download 287,15 Kb.
bet5/80
Sana28.01.2022
Hajmi287,15 Kb.
#414877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80
Bog'liq
3-KURS ONA TILI

Go'zal bo‘lar ular sivrati.
Birovlarning haqqin eganni Dasturxonga vo'lata ko‘ rmang.
Rostni ko‘ ri b vol g‘ on deganni ng Kosasini to'lata ko'rmang. (A.Oripov).

  1. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo'lsa, uzoq kutdirib qo'vmasangiz... (J.Abdullaxonov). Undav bo'lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov).

  2. Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor hal i gi ndav takror qo‘l siltadi: - Raddivani uning o‘ziga vozdirasiz, bo'tam. (J.Abdullaxonov).

  3. Buyruq gapning kesimi vazifasida fe’ldan boshqa so‘zlar ham kelishi mumkin. Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.Q.). Bobur uning so'nggi villarda o'rgangan chavandozlik mashqlaridan ko'rsatmoqchi ekanini sezdi. - Qani. qani,- dedi maroq bilan. (P.Q.). Hazratim, lozim bo'lsa, endi musiqadan, bir imtihon qilib ko'ring. -Qani. qani! (P.Q.). Orqadan kimdir: «E. bas, bas!» deb qichqirdi. (P.Q.).

Gapning his-hayajon ifodalash-ifodalamasligiga ko‘ra turlari
Gaplar emotsionallikka ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) his-hayajonsiz gaplar, 2) his-hayzjon yoki undov gaplar.
Xabar-darak, so‘roq, buyurish ohangsiga ega bo‘lgan gaplar emotsional bo‘lmagan gaplardir. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan gaplarning barchasi, ya’ni darak gap, so‘roq gap va buyruq gaplar emotsional bo‘lmagan gaplarni tashkil qiladi.
His-hayzjon gaplar, yoki undov gaplar kuchli his-hayajon bilan ifoda qilingan gaplardir. Bunday gaplar maxsus his-hayajon ohangi, ohangi bilan talaffuz etiladi.
Darak, so‘roq, buyruq gaplar his-hayajon bilan aytilsa, undov gapga aylanadi. Shunga ko‘ra undov gaplarning darak-undovgap, so‘roq-undov gap, buyruq-undov gap turlari yuzaga keladi.
Darak-undov gap: Ishonganimdan senikiga olib keldim-da, o‘rtoq! (O‘.H.)
So‘roq-undov gap: Bu gaplardan so‘ng menga ko'ngillarini ocharmidilar?! (P.Q.).
Buyruq-undov gap: Yo'qolgan pichoqning sopi oltin bo'lavermasin!- dedi Davlatbekov. (P.Q.).
Undov gap quyidagi grammatik vositalar yordamida shakllanadi:

  1. turli his-tuyg‘ularni: shodlik, quvonch, taajjub, afsuslanish, hayratlanish, g‘azab va shu kabilarni bildiruvchi ohang yordamida. Masalan: Odamlar bilan... yashash, ishlash, do'stlashish, yordamlashish va yordam olish naqadar yaxshi! (CH.Aytmatov). Aya, ayajon, shu ham gapmi! (A.Q.). Ayam bilan xollam yo‘lga nima pishirsak ekan deb maslahat qilib o'tirishibdi! (A.Q.). Yillar, yillar o‘tdi! (A.Q.). Kechag'ishtdan tekkan edi, endi paxtadan tegibdi-da! (A.Q.);

  2. undov so‘zlar yordamida. Masalan: E, u gaplar o‘tdi-ketdi-da! (P.Q.). Obbo, noshudlar-ey!- dedi Ortiq qo'ziga achinib. (P.Q.). Ha, barakalla!- dedi keksa ishchi. (A.Q.). O‘h-o‘h-o‘h! CHuchvarak-ku... Hay-hay, og‘izda erib ketadi- ya!.. (A.Q.);

  3. yuklamalar yordamida. Masalan: Nahot, Mavloningiz jiyanining to'yiga kelmasa! (A.Q.). ... birpas tinch qo‘ymaydi-ya!- deb bolalarini koyidi. (P.Q.). Boyaqishlar selda qoldi-yov!- deb Suyunboy aka qoyatoshning kamaridan chiqdi.

(P.Q Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasi gap bo’lagi deb ataladi. Gap bo’laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir. So’zlarga so’roq berish, ularning qaysi turkumga mansubligi, gap ichida joylashish tartibi, qanday qo’shimchalar olishi tom ma'noda gap bo’laklarining turlarini belgilashda asos bo’la olmaydi. Gap bo’laklarining turi odatda bir-biriga nisbatan aniqlanadi: ega kesimga nisbatan, aniqlovchi aniqlanmishga nisbatan, hol hollanmishga nisbatan, to’ldiruvchi to’ldirilmishga nisbatan aniqlanadi. Nisbat beriluvchi bo’lak bo’lmas ekan, u yoki bu gap bo’lagi haqida gapirish mumkin emas.
Gap bo‘laklarining gap tarkibidagi mavqei bir xil emas. Ba’zi gap bo‘laklari gap qurilishida markaziy o‘rinni egallaydi, bunday bo‘laklarsiz fikr anglashilmaydi. Ayrim bo‘laklar esa gap qurilishida asosiy rol o‘ynamaydi, ularning ishtirokisiz ham bosh bo‘laklar orqali fikr anglashilaveradi. SHunga ko‘ra gap bo‘laklari ikki turga ajratiladi:

  1. bosh bo‘laklar;

  2. ikkinchi darajali bo‘laklar.

Bosh bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi. Fikr, asosan, gapning grammatik asosi orqali ifodalanadi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar gapning grammatik asosini tashkil qilmasdan, uni hajm jihatdan kengaytiradi yoki so‘z birikmasini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ikkinchi darajali bo‘laklar bosh bo‘laklar bilan yoki o‘zaro tobe aloqada bo‘lib, ularni izohlash, aniqlash, to‘ldirish uchun xizmat qiladi.
Bosh bo‘laklar ega va kesimdan iborat. Ikkinchi darajali bo‘laklar aniqlovchi, to‘ldiruvchi va holdir.

Download 287,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish