1.Gap bo‘laklari haqida umumiy ma’lumot.
2. Ega va kesim (bosh bo‘laklar) ikki sostavli gaplarni shakllantiruvchi predikativ birliklar .
Tayanch so‘z va iboralar: Gap, ega,kesim, bosh bo‘laklar,ikkinchi darajali bo‘laklar arak gap,so‘roq gap,buyruq gap,undov gaplar.Predikat, sintaktik birlik, kommunikativ aloqa, gapning asosiy belgilari.
Sintaksisda o‘rganiladigan asosiy sintaktik birlik gap hisoblanadi. Gap - kishilar nutqining eng kichik birligi bo‘lib, u grammatik jihatdan tashkil qilingan, mazmun va ohang jihatdan nisbiy tugallikka ega bo‘lgan so‘zlar bog‘lamasi yoki yakka so‘zdir. Aloqa birligi bo‘lmish gap fikrni ifodalash va shakllantirish birligi hamdir. Shunga ko‘ra gap kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr ifodalash) vazifalarni bajaradigan nutq birligi sanaladi. Gapning mazkur xususiyatlari uni so‘zdan va so‘z birikmasidan farqlaydi.
Gapning quyidagi asosiy belgilari mavjud:
1.Gapning ko‘pgina turlari mantiqiy hukm bilan chambarchas bog‘liq. Hukmda esa biror narsa haqida nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi va aynan ana shunda predikativlik o‘z ifodasini topadi. Demak, gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir. Predikativlik gap mazmunining obyektiv borliqqa bo‘lgan munosabatini ifodalaydi. Predikativlik ifodalovchi grammatik vositalar mavjud bo‘lib, ular mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridir.
Predikativlik, odatda, so‘zlarning predikativ aloqaga kirishuvi bilan, ya’ni ega-kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Bolalar keldi. Bolalar xursand.
Ayrim hollarda predikativlik bir bosh bo‘lak bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Tinchlik uchun kurashavlik.
Gapda bayon qilinayotgan fikrga so‘zlovchining munosabati ham ifodalanadi. Bunday munosabat modallik deb yuritiladi. Anglashiladiki, gapning asosiy belgilaridan biri modallik hisoblanadi. Modallik (tasdiq, inkor, gumon, shubha kabilar) mayl kategoriyasi, modal so‘zlar, yuklamalar kabi vositalar orqali ifolanadi.
Gap ohang (ohang) jihatdan tugallikka ega bo‘ladi. Ohang ham predikativlik, modallik belgilari singari gapni so‘z birikmasidan chegaralashga xizmat qiladi. Ohang, birinchidan, so‘zlar bog‘lanmasi yoki yakka so‘z gapni shakllantirganini ko‘rsatsa, ikkinchidan, gapning tugallanganligini ifodalab, uni boshqa gapdan ajratib turadi. Ohangning xabar, so‘roq, buyruq va boshqa turlari farqlanadi.
Gap mazmun jihatdan ham nisbiy tugal bo‘ladi. Uning tugal fikrni ifodalashi ma’lum sharoit bilan bog‘liqdir.
Shunday qilib, predikativlik (gap mazmunining borliqqa munosabati), modallik (so‘zlovchining aytilayotgan fikrga munosabati), ohang jihatdan shakllanganlik va mazmunan nisbiy tugallik gapning asosiy xususiyatlari, belgilari sanaladi.
Gapning turlari
O‘zbek tilida gaplar turli nuqtai nazardan tasnif qilinadi:
1.Ifoda maqsadiga ko‘ra.
2.Emotsionalikka ko‘ra.
3.Tuzilishiga ko‘ra.
Ifoda maqsadiga ko‘ra va bu maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan ohangga ko‘ra gaplar darak, so‘roq, buyruq gaplarga ajratiladi.
Emotsionalikka ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi: his-hayajonli gaplar yoki undov gaplar va his-hayajonsiz gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo‘lmagan gaplar deb yuritiladi. YUqorida sanab o‘tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gapga aylanadi.
Tuzilishiga ko‘ra gaplar sodda va qo‘shma bo‘ladi. Gaplarning bunday bo‘linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarning soniga, miqdoriga asoslanad.
Borliqdagi hodisalar haqida tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko‘p qo‘llanadi.
Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo‘ladi. Darak gap darak ohangi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko‘kda, daraxtlar ustida g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to'ldirgan, go‘yo kechaning o‘z kuylaydi. (O.).
Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe’l bilan yoki fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalanadi.
Darak gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
So‘roq gap
So‘zlovchiga noma’lum bo‘lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma’lumot olish ko‘zda tutiladigan gap so‘roq gap deyiladi.
So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutqda qo‘llanadi. Bunday gaplar alohida ohang bilan aytiladi.
So‘roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi:
So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo'rqqaningmi bu, Robiya? (P.Q.). Ammo Naziraning o'rniga o'zimni qo‘yib ko‘ rsam-chi ? (O‘ .Usmonov).
So‘roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo'ydingiz? (F.Musajonov). Nega o'rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O‘ .Usmonov).
So‘roq ohangi. Bunda savol mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zda ohang (ohang) ko‘tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? - deb so‘ radi. (O'.Usmonov). Juda kamnamolar, Akmalxon? (F.Musajonov).
So‘roq gaplar so‘roqning xususiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq buyruq gaplar.
Sof so‘roq gaplar tinglovchidan so‘roqqa javobni talab qiladi. Masalan: Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xo'jalik bo'limi shumi? (F.Musajonov) Ritorik so‘roq gaplarda so‘roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko'radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og‘ir jinoyat bormi? (A.Muhiddin). So‘roq-buyruq gaplar so‘roq orqali buyruq jilvasini o‘z ichiga oladi. Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o‘z qaerdaligini aytib berolmaysizmi? (O‘ .Usmonov).
Buyruq gap.So‘zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi:
Buyruq, do‘q-po‘pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. (P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga ham ota, ham ustozlik qiladi. o‘g‘lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov.). - Sen darsingga o‘tir, qizim, - buvruq qildi u YUlduzga, - sen Qunduz, Temirjonga darrandavu parrandalaringni ko'rsat. (J.Abdullaxonov.).
Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo'ladi. Faqat iltimos qilamanki, bo‘tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero. nifoq solguvchilar pavdo bo'lib, biror ishkallikni o‘vlab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga uncha ro'vixushlik bermavotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov).
Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buvuk narsa vo‘q, tovlog'im,- deb qoldi professor. - siz ham faolivatingizni kashf qilishdan boshlang. (J.Abdullaxonov). Keling, institutda olgan nazariv bilimingizni amalivot bilan bog‘ lash i mkoniga ega bo‘ l i ng avval. (J.Abdul laxonov).
Buyruq gapning ko‘pgina ma’nolari ohang orqali anglashiladi.
Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: 1) buyruq ohangi; 2) ko‘pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi; 3) gapga buyruq jilvasini qo‘shadigan maxsus so‘zlar (keling. kel. vaxshisi, iloji bo'lsa va boshqalar).
Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko‘ra farqlanadi:
Buyruq gapning kesimi ko‘p hollarda buyruq-istak maylidagi fe’l bilan ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang.
Etishmasa ishga qurbati,
Xunukkina qizlarni sivlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |