Reja:
1. Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar haqida ma’lumot.
2.Undalma haqida ma’lumot.
3. Kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gaplar
1. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.2. Bo‘laklarga ajraladigan gaplar.
Tayanch so‘z va iboralar: Sodda gaplar, bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar,bo‘laklarga ajraladigan gaplar,so‘z-gaplar.Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma,kiritma gaplar.
Gap tarkibida ba’zan shunday so‘zlar va so‘z birikmalari hatto gaplar qo‘llanadiki, ular gapning biror bo‘lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. SHu tufayli bunday so‘z yoki so‘z birikmalari gap bo‘laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.
Undalma
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z yoki so‘z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.
Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh ohangsi, pauza (to‘xtash) bilan aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). YUrak, sensan mening sozim, tilimni naycha jo‘r etding. (U.Nosir).
Undalma ba’zan ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»).
Undalma vazifasida atoqli otlar shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka?! (F.Musatjonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni ko‘proq o‘ylang, cho‘pon aka! (P.Qodirov).
Undalma ot, otlashgan sifat otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu kabilar bilan ifodalanishi mumkin: Ey ustod, men buyuk ishlarga qadam qo‘ydim. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). O‘ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog‘ing suv bo‘ldi... (O.YOqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). YAxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov (A.Muxtor).
Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog‘ bon o‘tgan, o‘g‘lim. (J.Abdullaxonov).
Undalma kuchli his - hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi qo‘yiladi: -Xolbek! Qanisan? - dedi Eshmurot aka. - Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).
Kirish so‘z va kirish birikma
So‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini bildiruvchi so‘z yoki so‘z birikmasi kirish so‘z yoki kirish birikma. deb yuritiladi.
Kirish so‘z, kirish birikma mazmunan butun bir gapga yoki uning biror bo‘lagiga tegishli bo‘ladi.
Kirish so‘z va kirish birikma:
So‘zlovchining bayon qilinayotgan fikrga bo‘lgan turli munosabatini ifodalaydi:
Ishonch yoki tasdiqni (albatta, to‘g‘ ri, haqiqatan, darhaqiqat, shubhasiz, so‘zsiz kabilar): Albatta, mendan ko‘ra paxta ishining ustalari yaxshiroq bilishadi. (J.Abdullaxonov). To‘g‘ ri, til suyaksiz-u, lekin suyakni sindiradi. (SHuhrat).
Gumonni (ehtimol, balki, aftidang, chamasi kabilar): Ehtimol, o‘z xatolarini tuzatmoqchi bo‘lib yurgandir? (P.Qodirov). Aftidan, professorning so‘zlari unchalik quvonishga arziydigan emas shekilli. (J.Abdullaxonov).
Afsuslanish, taajjubni (afsuski, attang, essiz, baxtga qarshi kabilar): Afsuski, boya hamma raislarni mehnatga chaqirmagan ekansiz, Otaqo‘zi aka, - dedi Xolmurodov. (O.YOqubov).
Eslatishni (darvoqe, aytgandek, aytmoqchi kabilar): Aytgandek, sizdan bir nima so‘ramoqchi edim... (A.Muxtor). Darvoqe, Anvarga ko‘p mehnatim singgan ... (A.Qodiriy).
Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanligini ifodalaydi (menimcha, sizningcha, ularning aytishicha, aytishlaricha kabilar): menimcha, to‘g‘ risini o‘z vaqtida aytib, xatoning oldini olgan yaxshidir. (J.Abdullaxonov). Keksalarning aytishicha, o‘sha suv tog‘ ning tirqishidan oqib kelib, manna shu buloqdan chiqarmish. (P.Qodirov). Eshitishimcha, Anorxon bilan musobaqalashishga kelishibsizlarmi? (J.Abdullaxonov). Tadqiqotchi olimlarning fikricha, chinor daraxtini qadim - qadim davrlarda yurt kezuvchi sayyohlar, savdogarlar ... Eron va unga qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga olib kelishgan. (A.Aminov).
Bayon qilingan fikrning tarkibini ifodalaydi (avvalo, nihoyat, birinchidan, ikkinchidan kabilar): Nihoyat, xuddi yoshi ulug‘ odamlardek viqor bilan qadam bosib Asadillo paydo bo‘ldi. (F.Musajonov). Birinchidan, bugun hamisha opaning yubiley kechalari, ikkinchidan, ertaga oblastb yosh yozuvchilarining konferentsiyasi ochiladi. (O.YOqubov).
Aytilayotgan fikrning oldingi fikr bilan aloqasini ifodalaydi (demak, xullas, ishqilib, shunday qilib, binobarin, ko‘rinadiki kabilar): Xullas, barcha bilan ahillashib ketganligi ko‘rinib turardi. (J.Abdullaxonov). Ishqilib, shu oqshomchi so‘xbat bekor ketmadi. (J.Abdullaxonov).
Kirish so‘z ko‘pincha modal so‘z bilan, kirish birikma esa so‘z birikmasi bilan ifodalanadi. Masalan: CHamasi, o‘n minutcha yurilsa, salqin va so‘lim sayribog‘ bor edi. (F.Musajonov). Keksalarning aytishicha, bunday paytlarda tepalikning ustida erning nafasini eshitarmishsiz? (O‘.Hoshimov).
Kirish so‘z va kirish birikma gapning boshida kelib, yozuvda undan keyin, gap oxirida kelib, undan oldin vergul qo‘yiladi: Albatta, uning yuzida kasaldan asar ham yo‘q ... (F.Musajonov). Achchiq gapirganingiz ma’qul, albatta. (P.Qodirov).
Kiritma gap
So‘zlovchining asosiy fikr ichida yo‘l - yo‘lakay aytilgan fikrini anglatuvchi gap kiritma gap deyiladi. Kiritma gap o‘zi kiritilgan gapning biror bo‘lagiga mazmunan aloqador bo‘lib, maxsus pauza bilan ajratiladi. Masalan: Nima uchundir Ahmad yuragida ayriliq jafosi, achinish sezmadi (bu his keyin uning yuragini o‘rtaydi). (F.Musajonov).
Kiritma gap ko‘pincha qavs ichida beriladi: Hay, aytmoqchi, Oyim kelgan ekanlar ( u «Oyim» deb Humayrabonuni ko‘zda tutardi). (J.Abdullaxonov). Ba’zan esa u asosiy gapdan tire orqali ajratiladi: SHunday qilib, Asal va Samad o‘g‘lining ismi shunday ekan - bizning yo‘l uchastkamizda qolishdi. (CH.Aytmatov).
Sodda gaplar bo‘laklarga ajralish yoki ajralmasligiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1. Bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar.
2. Bo‘laklarga ajraladigan gaplar..
Nutqimizda sodda gaplarning yana shunday ko‘rinishlari ham uchraydiki, ular ega va kesim tarkibiga ajralmaydi. Shuning uchun ham bunday gaplar bo‘laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so‘z-gap deb yuritiladi. Bir so‘zdan iborat bo‘lib, tarkibga ajralmaydigan, boshqa so‘zlar bilan kengaya olish imkoniyatiga deyarli ega bo‘lmagan gaplar so‘z-gaplar deyiladi. So‘z-gaplar bir so‘z bilan yoki bo‘laklarga ajralmaydigan hamda boshqa so‘zlar bilan kengaymaydigan so‘z birikmasi yoki ibora bilan ifodalanadi. So‘z-gaplar tasdiq, inkor, so‘roq, his-hayajon kabi ma'nolarni ifoda qilib, matn mazmuni bilan bog‘liq bo‘ladi. So‘z-gaplar, asosan, modal va his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham ko‘proq dialog va monologlarda uchraydi.
Kishilar o‘rtasida oddiy muomala jarayonida tez-tez ishlatilib turadigan bir so‘z yoki so‘z birikmalari, iboralar so‘z-gaplar vazifasida qo‘llaniladigan bo‘lib qolgan. Masalan: assalomu alaykum, yoqimli ishtaha, marhamat, osh bo‘lsin, salomat bo‘ling, qulluq, yaxshi boring, xush ko‘rdik, labbay, jonim bilan, bajonidil, bosh ustiga va boshqalar.
So‘z-gaplar turli mazmunni ifoda qiladi:
1. Tasdiq yoki inkor mazmunini ifodalaydi. Bu vazifada ha, durust, shukur, shunday, to‘g‘ri, yaxshi, mayli, rost, xo‘p, yo‘q, aslo, hech-da kabi so‘zlar keladi. Masalan:
- Olib chiqaymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |